Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 258356 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 49 B


AbdulAziz  14 Iyul 2007, 07:09:41

Dunyoning yangi yetti mo’jizasi



Portugaliya poytaxti Lissabon shahrida dunyoning yangi yetti mo‘'jizalari ro‘yxati e'lon qilindi. U deyarli 100 million nafardan ortiq sayyoramiz aholisining telefon va internet or­qali bergan ovozlari yakuni  sifatida 2007 yilning 7-oyi 7-kuni - 7 iyulda "Luz" stadionida taqdim etildi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1648&Itemid=59

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Iyul 2007, 06:23:46

Sakkiz yilga cho`zilgan mahkama



Liviya oliy qonunchilik kengashi besh nafar bolgar hamshirasi va falastinlik shifokor bilan bog‘liq mahkama jarayoniga nuqta qo‘ydi. Liviyalik 400 dan ziyod bolalarni OITS virusi bilan zaharlashda ayblangan xorij fuqarolarga qarshi sud jarayoni 8 yildan oshiqroq davom etdi. Bu muddat ichida ayblanuvchilarga uch bora berilib, shuncha marta bekor qilingan o‘lim jazosi umrbod qamoq bilan alishtirildi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1653&Itemid=59

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Iyul 2007, 06:24:38

 Abdulla Qahhor adabiyot va hayot haqida



Adabiyotda umr bo‘yi tutab yurgan yozuvchilar hech qachon o‘z mahallasi doirasidan tashqari chiqmaydi, lekin o‘zini klassik hisoblaydi. Shuning uchun bularni mahalla klassiklari deb atash mumkin.

* * *

Zaruratsiz, ichki dardsiz, ehtirossiz yozilgan asar o‘lik bo‘ladi. Bundoq asarga hech qanaqa g‘oya, muhim mavzu jon kirita olmaydi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1682&Itemid=59

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Avgust 2007, 09:59:17

O’n sakkizga kirmagan kim bor?
yoki kichik jamiyatning katta mas’uliyati haqida



Yoshingiz nechada? Turmush qurganmisiz? Oila deganda nimani tushunasiz?
Yo‘q, bu siz har doim xushlamaygina yoki aksincha — qiziqib javob beradigan anketa savollari emas. Faqat maqolani boshlashdan oldin shu haqda bilgimiz keldi. Chunki...

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1687&Itemid=59

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Avgust 2007, 09:59:57

Gyotening go‘zal va hikmatli satrlari



Olmon shoiri va mutafakkiri Iogann Volfgang Gyote (1749-1832)ning shajarasida bir tomchi turk qoni ham bo‘lganligi to‘g‘risida Niels Hansenning tadqiqiy maqolasi da o’qigan bo’lsangiz kerak. Endi uning ayrim ijod namunalari bilan tanishib chiqishimiz foydadan xoli emas.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1685&Itemid=59

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Sentyabr 2007, 19:40:34

Bolangizni tajovuzlardan asrang!



...Yaqin bir do‘stim akasi bilan bog‘liq voqeani gapirib berdi. Uning aytishicha, akasi hali maktabga bormaydigan qizini erkalatib, ko‘rpachaga yotqizsa, qizcha esa: «Dada, nega meni yotqizib oldingiz, axir sizning sevgilingiz emasman-ku!..» — debdi. «Hammasiga seriallar aybdor, — yozg‘iradi do‘stim, — jiyanlarimning bari bir qarich bo‘yi bilan serial ko‘radi, mana oqibati. Yoshim o‘ttizga yaqinlashdi, bola-chaqam bor, lekin televizorda yigit qizning qo‘lini ushlasa, uydagilardan xijolat bo‘lib boshqa kanalga olaman yoki o‘rnimdan turib chiqib ketaman. Hozirgi bolalar esa oxirigacha ko‘radi...»

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1719&Itemid=59

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Sentyabr 2007, 19:42:59

Jazo



Baxillikdan ham yomonroq kasal bormi? (Hadis)

«Nodir qoraning qizi daraxtdan yiqilib o‘libdi», degan gap bir zumda butun mahallaga tarqaldi. Mash’um xabarni eshitgan borki, «Eh, yaxshi bo‘lmabdi, otasining kasofati qiziga uribdi-da», deya bosh chayqardi. Mahalla ahli Nodir qorani to‘y-hashamlar, turli ma’rakalarga chaqirmay qo‘yganiga ancha bo‘lgan, ammo ta’ziya kuni Nodirning hovlisiga odam sig‘may ketdi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1718&Itemid=204

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Sentyabr 2007, 19:49:15

Uni kutyapsizmi?..



Mashina ko‘chamiz tomon burilganida endigina tong yorishib kelayotgan edi. Tirikchilik tashvishida darvozalaridan hatlayotgan qo‘shnilarimiz gap nimadaligini fahmlab, bosh chayqagancha bizni kuzatib qolishdi. O‘zimni tutib tura olmadim. Hiqillab yig‘lab yubordim. Endi hech qanday umid, hech qanday iloj yo‘q, yana bir necha soatdan keyin dadam bizni ham, bu yorug‘ olamni ham tashlab ketadi. Kechagina kasalxonaga ko‘rgani borganimda yig‘lab bergan edi, demak, ayriliq onlari yaqinligini bilgan ekan-da.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1717&Itemid=204

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Sentyabr 2007, 19:50:17

Endi g‘iybat qilmayman



Hammasiga o‘zim aybdorman. Balki o‘sha ayollarga salom berib o‘tganimda ular bilan tortishmagan, ikki kunlab asabim buzilib yurmagan bo‘larmidim. Lekin bekordan-bekorga ortimdan gapirishlari, pastga urishlari alam qildi"¦
Musofirchilik ekan, payti kelsa bir uydan boshqasiga ko‘chishimizga to‘g‘ri keladi. Yashayotgan kvartiramizning egasi "œendi elektr uchun o‘zlaring to‘langlar" degan gapidan keyin men ham to‘nimni teskari kiyib oldim.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1716&Itemid=204

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Sentyabr 2007, 19:51:34

Sharmandaga shahar keng(mi?)



Ishdan enidigina kelib, kiyimlarimni almashtirishga ulgurmasimdan ayolim gap boshlab qoldi (xotinlarning ichida gap turarmidi):
— Voy dadasi, bugun bolalarni boqqa olib chiqqandim, shunaqa narsa ko‘rib qold-i-i-m, yer yorilsayu, yerga kirib ketsam...

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1715&Itemid=204

Qayd etilgan