Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 310928 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 49 B


AbdulAziz  21 Oktyabr 2007, 07:34:12

Qaysi universitet eng yaxshi?



Eng yaxshi oliy o‘quv yurtlari ro‘yxatida Garvard universiteti birinchi o‘rinda turibdi

Oxirgi yillarda xalqaro miqyosda oliy o‘quv yurtlari darajasini aniqlovchi tadqiqotlar o‘tkazish ommalashyapti. O‘tkazilayotgan reytinglarda sayyoramizdagi universitet va institutlarga turli mezonlardan kelib chiqib baho berilmoqda.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1776&Itemid=59

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Oktyabr 2007, 07:35:14

"œTitanik" haybatining siri



«Inson aksariyat o‘zi ilohlashtirgan narsasi bilan jazolantiriladi» (E. Gurdog‘an).

Shu paytgacha hali bunday katta kema qurilmagan edi. Kemani tayyorlashda 17000 ishchi ishlagan, muhandislar barcha mahoratlarini ishga solib, eng ustun texnologiyasini ishlatgan edilar. Juda ham dabdabali va xavf-xatar uchun hamma narsa o‘ylab qo‘yilgan edi. Qurganlar ko‘kraklariga urib maqtanishgan va bahaybat kemaga o‘ziga mos nom ham topildi: TITANIK.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1777&Itemid=59

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Noyabr 2007, 06:44:46

Qashqirlar vodiysi - Iroq: Zulm va adolat chegarasi



Avvaldan ishlab chiqilgan maxsus reja asosida uyushtirilgan 11 sentabr voqealari Afg'onistonga, so'ngra Iroqqa yo'l ochib berdi. "Tinchlikparvar kuchlar" tinch aholi boshiga insoniylik chegarasidan chiqqan holda ayovsiz aziyatlar sola boshladilar... Natijada minglab insonlar ushbu bema'ni urushning gegunoh qurbonlariga aylandilar, necha-necha oilalar, xalqlarning tinchi buzildi...

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Noyabr 2007, 06:45:53

Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat"i va yangi topilgan namunalar



Xoja Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat"i dunyoga kelishi bilan turkiy xalqlar o‘zining mustaqil tariqat kitobiga, tom ma'nosi ila Ma'rifat, Haqiqat, Ruhoniyat qomusiga sohib millat o‘laroq e'tirof etilgan. Ahmad Yassaviydan keyingi turkiy xalqlarning tarixi - ma'naviy-axloqiy hayotda yangi yo‘nalish, yangi ilohiy nuqtai nazar shakllangan, komil inson haqidagi tasavvurlar to‘la oydinlashgan tarix erur.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Noyabr 2007, 08:04:45

Tutanxamon qanday o’ldirilgan?



Yaqinda arxeologlar uyushmasi - «Skotland-Yard»ning sobiq xizmatchisi Grexam Melvin va tibbiyot fanlari professori, nev­rolog Yan Ishervud G‘arb matbuotida shov-shuvli maqola bilan chiqishdi, ya'ni, 1352 yil sirli tarzda to‘satdan vafot etgan qadimgi Misrning yosh fir'avni Tutanxamonning qanday va nima sababdan o‘lganligi to‘g‘risidagi jumboqni ochishdi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Noyabr 2007, 08:06:32

Insoniyatning eng buyuk ixtirosi



Milliy taomlar va ne'matlar orasida non qadim-qadimdan o‘ziga xosligi bilan qadrlanib kelgan. Mashhur fizik olim Albert Eynshteyndan talabalari "Siz yaratgan nisbiylik nazariyasi atom bombasini ishlab chiqishga yo‘llanma berdi. Shuning uchun o‘zingiz yaratgan  nazariyani eng buyuk ixtiro deb ayta olasizmi?" - deb so‘rashganida, mashhur olim biroz o‘ylanib turib, "Insoniyat hayotidagi eng buyuk ixtiro, bu - nondir", - deb javob bergan ekan.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Noyabr 2007, 08:07:34

Manfaatlar to’qmashuvi: axboriy va madaniy qurol muvozanati



Raqibni qo‘rquvga solib, uni kundalik odatlaridan uzoqlashtirish hamda eski xotiralarini yo‘qotib, uning o‘rniga yangilarini tiklash usuli ko‘pdan beri qo‘llanib kelinadi. Bundan 2003 yili AQSh Iroqda Saddam Husayn tuzumini tugatishda keng foydalandi. Endi esa yoppasiga xususiylashtirish va kapitalizatsiya qilish dasturi tufayli yaralangan mamlakatda qanday qilib "amerikacha sog‘lom turmush tarzi" barpo etish haqida savollarga javob izlanayapti.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Noyabr 2007, 08:10:19

Vatanni suymak. Abdulla Avloniy



Vatan: har bir kishining tug‘ulib o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sgan joyi­ni  jonidan ortiq suyar. Hatto bu - Vatan hissi - tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan - uyuridan ayrilsa, o‘z yeridagi kabi rohat-rohat yashamas. Maishati talx bo‘lur, har vaqt dilining bir go‘shasi o‘z vatanining muhabbati turar.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Noyabr 2007, 08:15:37

2007 yil Nobel mukofoti sohiblari aniqlandi



Har yili Stokgolmda an'anaviy Nobel haftaligi bo‘lib o‘tadi. Haftalik davomida Nobel mukofotining olti yo‘nalishdagi g‘oliblari e'lon qilinadi. Mukofotning besh yo‘nalishi shvetsiyalik kashfiyotchi (u kashf etgan dinamit 1867 yil patentlashtirilgan), sanoatchi, lingvist, faylasuf Alfred Nobel tomonidan vasiyat qilingan, iqtisod sohasidagi mukofot esa, 1968 yilda Shvetsiya davlat banki tomonidan Alfred Nobel xotirasiga ta'sis etilgan.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Noyabr 2007, 08:19:19

Moturidiy pandnomasi



BIRINCHI BOB

- Xudoga takya qilmoq kerak. Nimani xohlasang U beradi.
- Uni asra, U ham seni asraydi.
- U berganni hech kim tortib ololmaydi.
- Unga kim itoat etsa, hamma unga farmonbardor bo‘ladi.
- Kimdakim Undan qo‘rqsa, boshqalar sendan qo‘rqishadi.

davomi...

Qayd etilgan