Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 312111 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 49 B


AbdulAziz  07 Noyabr 2007, 07:30:12

Zamonaviy dunyoning eng aqlli (geniy) kishilari - Synetics 2007



Synetics konsalting kompaniyasi zamonaviy dunyoning eng aqlli 100 ta kishisi ro'yxatini tuzib chiqdi. Ushbu ro'yxat Buyuk Britaniyada 2007 yilning yozida o'tkazilgan so'rov asosida tuzilgan bo'lib, unda 4000 kishi ishtirok etgan. Natijalarga ko'ra eng aqlli kishilarning ko'pi AQSh (44 ta) va Buyuk Britaniya (34 ta) fuqarolaridir.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Noyabr 2007, 08:08:16

Diskotekaga boramizmi?



Biz kechasi ko‘chalar, binolar, bozorlar, umuman, hammayoq jim-jit, kimsasiz bo‘lishini tabiiy qabul qilishga ko‘nikkanmiz. To‘g‘ri-da, tunda kim ham (agarda kimningdir qaerdadir zarur ishi bo‘lmasa) ko‘chaga chiqardi, axir sutkaning bu payti uyquga bag‘ishlanadi. Lekin shaharda (so‘nggi paytda "shaharlashayotgan" qishloqlarda ham) shunday joylar borki, agar tunda u yerda hech kim bo‘lmasa, ko‘pchilikning taajjubiga sabab bo‘ladi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1831&Itemid=59

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Noyabr 2007, 07:42:38

Izma-iz



Yaqinlik

Ko‘pchilik biladigan bu odam haqida sirtdan eshitib yurgan yosh aktyor u bilan ro‘para kelishga qandaydir tortinardi. Shukur akadagi vazminlik qorishiq salobat uncha-muncha odamni dovdiratib qo‘yar, keng peshonasi, quyuq qoshlari, kulganda  qisilib ketadigan ko‘zlaridan g‘ij-g‘ij ma'no yog‘ilib turardi. Teatrning yetakchi aktyorlari-Olim Xo‘jaev, Nabi Rahimov, Abror Hidoyatov, Sora Eshonto‘raeva teatr va rassomchilik san'ati (o‘sha vaqtda) institutidan bu yerga kelib-ketib yuradigan talabalarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishar, ayrimlarini epizodik rollarga ham taklif qilishardi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Noyabr 2007, 07:43:31

Suv nazarimizdek ko'p emas



Ma'lumki, inson va tabiat o‘rtasida azaliy uyg‘unlik bor. Ularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Inson tabiatning bir bo‘lagi sifatida atrof-muhitni asrash, tabiiy muhitni himoya qilish va uning keng imkoniyatlaridan foydalanishga intilib yashaydi. Afsuski, dunyo miqyosidagi bunday "intilish" tabiatning keskin o‘zgarishiga, insoniyat hayotiga jiddiy xavf solishiga sabab bo‘lmoqda. Kutilmagan ofatlar yuz bermoqda. Bunday global tabiiy o‘zgarishlar bugun insoniyatni befarq yashashga qo‘ymayapti.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Noyabr 2007, 07:44:16

Karl Gustav Yung



Badiiy ijodni ruhiy tahlil nuqtai nazaridan o‘rganishda o‘arb falsafasida katta mavqega ega bo‘lgan ruhshunos olim, tub ruhshunoslikning asoschisi Karl Gustav Yungning estetik qarashlari diqqatga sazovordir.
Karl Yung 1875 yilning 26 iyulida Shveytsariyada dunyoga keladi.1895 yilning aprel oyida Bazel universitetiga kirib, avvaliga tibbiyot, so‘ng ruhshunoslik bo‘yicha tahsil oladi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Noyabr 2007, 07:45:03

Men Marg’ilonman



Men jannatmonand O'zbekistonning so‘lim vodiylaridan biri bo‘lmish Farg‘ona o‘lkasining janubiy qismida, Oloy tog‘i etagida, Marg‘ilonsoy yoqasida, dengiz sathidan 475 metr balandlikda joylashganman. Iqlimim -mo‘'tadil. Iyul oyida o‘rtacha harorat 26 daraja musbat. Yanvar oyida esa, 3 yarim daraja manfiy. Umumiy yer maydonim 4 ming 83 gektar.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Noyabr 2007, 07:45:54

Bunyodkor Bobur bog’lari



Movarounnahr va Xurosonda madaniyat, adabiyot, xalq xo‘jaligi sohalarining turli tarmoqlarida Sohibqiron Amir Temur hazratlari olib borgan olamshumul obodonchiliklarni juda ko‘p gapiramiz. Bobokalonimizning farmo­yishlari bilan qurilgan muhtasham binoyu madrasalar, karvon yo‘llariyu katta-katta ko‘priklar, madaniy-maishiy obidalar hamda ko‘plab shaharlarda ul zotdan yodgorlik bo‘lib qolgan bog‘u rog‘lar haqida adiblarimiz, salohiyatli yozuvchiyu olimlarimiz o‘z asarlarida hikoya qilganlar.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Noyabr 2007, 07:47:13

Jahon san'atining eng nufuzli kishilari - ArtReview 2007



rtReview jurnali 2007 yilgi dunyoning san'at sohasidagi eng nufuzli kishilari ro'yxatini e'lon qildi. Ro'yxatni fransuz milliarderi, Christie's uyi egasi Fransua Pino boshqarib turibdi. Ikkinchi o'rinni esa nyu-yorklik galereyachi Larri Gagosyan egallagan bo'lsa, uchunchi o'rin Londondagi Tate Modern galereyasi rahbari ser Nikolas Serotaga nasib etdi. Nyu-Yorkdagi zamonaviy san'at muzeyi direktori Glen Lauri 4-o'rinda, kolleksioner va moliyachi Eli Brod esa 5-o'rindadir.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Noyabr 2007, 07:49:28

Ming tabassum o’lkasi



Tailand qirolligini bejizga "kulguxona" deb atashmaydi. Yerlik aholi o‘z yurtiga tashrif buyurgan har qanday mehmonga yuzida tabassum bilan doimo yordamga tayyor ekanini bildiradi. U yerda bir kun ana shunday jilmayishlarni "ovlagan" sayyohning o‘zi ham ko‘p o‘tmay bunday odatni qo‘llayotganini sezmay qoladi. Mamlakatda g‘am-anduhga o‘rin yo‘q, muammolar o‘tkinchi, faqatgina quvonch va saodat barhayot yashab qoladi, deb hisoblaydilar.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Noyabr 2007, 07:51:17

Milliy kutubxonalar — mushtarak xazina



Ba'zi-ba'zida quloqqa chalinib qoluvchi gaplar orasida ilm manbai bo‘lmish kitob mutolaasi bilan bog‘liq so‘zlarni ham eshitamiz. Necha asrlar osha zamonlar zalvorini ajdoddan avlodga yetkazayotgan, insoniyatni buyuk tamaddunlarga yetaklayotgan va uning shon-shuhratini o‘zida abadul-abad muhrlab kelayotgan kitoblarga nisbatan odamzotning bunday sust munosabati, albatta, aksariyat ziyoli kishilarni tashvishlantirmay qo‘ymaydi.

davomi...

Qayd etilgan