Qiziqarli savollar!!!  ( 255223 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 28 B


registan  15 Fevral 2010, 21:45:06

— Bobo, ayting-chi, o’g'lingizning yoshi nechada?

- Nabiram necha kunlik bo’lsa, o’g'lim shuncha haftalik bo’lgan.

- Nabirangiz necha yoshda?

- Mening yoshim nechada bo’lsa, nabiram shuncha oylik.

- Sizning yoshingiz nechada?

- Uchalamiz birgalikda 100 yoshdamiz.

Toping-chi, ular har biri necha yoshda ekan?



60х35х5 :)

Qayd etilgan


registan  15 Fevral 2010, 21:51:36

Qani kim o'qiy olarkan. :)


3 oydan ortibdiki javob bulmabdi.
Javobini uzingizdan eshitsak yaxshi bular edi

Aytish yo'q lekin hint berishim mumkin. Artur Konan Doylning Sherlok Holmes haqidagi "Raqqos odamchalar" (The dancing men) hikoyasi bor, man shu hikoyadan oldim. Juda qiziq hikoya, o'qishni maslahat beraman. Aslida, Sherlok Holmes haqidagi hikoyalarning hammasi ham qiziq. :)

Qayd etilgan


Hadija  16 Fevral 2010, 05:26:19

:as:

Yangi savol: Rasululloh :sw: istemol qilgan surmaning nomi qanday edi?

Ismid!

Qayd etilgan


JaviK  22 Fevral 2010, 11:25:39

Qani kim o'qiy olarkan. :)


3 oydan ortibdiki javob bulmabdi.
Javobini uzingizdan eshitsak yaxshi bular edi

Aytish yo'q lekin hint berishim mumkin. Artur Konan Doylning Sherlok Holmes haqidagi "Raqqos odamchalar" (The dancing men) hikoyasi bor, man shu hikoyadan oldim. Juda qiziq hikoya, o'qishni maslahat beraman. Aslida, Sherlok Holmes haqidagi hikoyalarning hammasi ham qiziq. :)

Sherlok Holmes ga kelgan sirli hatmi bu

Qayd etilgan


Muzayyana  04 Mart 2010, 13:47:56

:as:

Yangi savol: Rasululloh :sw: istemol qilgan surmaning nomi qanday edi?

Ismid!

Birodarim bormisizey....
Tasannolar bo'lsin sizga!

Qayd etilgan


JaviK  18 Mart 2010, 13:51:10

SAVOL: Umar ibn Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladi: "Bir kuni Rasululloh sollalohu alayhi va sallam bilan o`tirgan edik. shu payt oppoq, kiyingan, qora sochli hech birimiz tanimaydigan bir kishi tog`ri Rasululloh sollalohu alayhi va sallam oldilarigakelib, tizzalarini u kishining tizzalariga tekkizib o`tirdi  va qo`llarini qo`yib so`radi: ..... "  Hadisni davom ettiring, payg`ambarimiz Rasululloh sollalohu alayhi va sallamning oldiga kelgan kim edi?

Qayd etilgan


Akbarjоn  18 Mart 2010, 17:42:06

Iqtibos
Hadisni davom ettiring, payg`ambarimiz Rasululloh sollalohu alayhi va sallamning oldiga kelgan kim edi?
xadisni so'zma so'z keltiraolmiyman, amo Jabroil a.s. kelganlar va islom qoidalariga oid savolar berganlar, bundan maqsad islom ilmidan ta'lim berish bo'lgan, ketganlaridan keyin Rasuliloh s.a.v. shu xaqida sahobiylarga ma'lum qilganlar

Qayd etilgan


ZUBAIR  19 Mart 2010, 00:28:45

SAVOL: Umar ibn Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladi: "Bir kuni Rasululloh sollalohu alayhi va sallam bilan o`tirgan edik. shu payt oppoq, kiyingan, qora sochli hech birimiz tanimaydigan bir kishi tog`ri Rasululloh sollalohu alayhi va sallam oldilarigakelib, tizzalarini u kishining tizzalariga tekkizib o`tirdi  va qo`llarini qo`yib so`radi: ..... "  Hadisni davom ettiring, payg`ambarimiz Rasululloh sollalohu alayhi va sallamning oldiga kelgan kim edi?

Umar (r.a)dan:

«Bir kuni biz Rasululloh (s.a.v) huzurlarida o‘tirganimizda banogoh oldimizga oppoq kiyimli, tim qora sochli, ustida safar izlari ko‘rinmaydigan, oramizda ham hech kim uni tanimaydigan bir kishi chiqdi va Payg‘ambar (s.a.v) oldilarga borib o‘tirdi. Tizzasini (Rasululloh (s.a.v) tizzalariga taqab, ikki qo‘lini (o‘zining) sonlariga qo‘yib, dedi:
- Ey Muhammad! Menga Islom haqida xabar bering!
Rasululloh (s.a.v) dedilar:
- Islom Allohdan o‘zga iloh yo‘qligi hamda Muhammad alayhissalom Allohning Rasuli ekanligiga guvohlik berishing, namozni barpo qilishing, zakotni ado qilishing, Ramazonda ro‘za tutishing va agar qodir bo‘lsang, Baytullohni haj qilishingdir.
Haligi kishi:
- To‘g‘ri aytdingiz! dedi.
Biz uning ham so‘rab, ham tasdiqlab qo‘yayotganiga hayron bo‘ldik.
- Menga iymon haqida xabar bering!
- Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Payg‘ambarlariga va Oxirat kuniga ishonishing hamda taqdirning yaxshisi-yu yomoniga (barchasining Alloh tarafidan ekaniga) iymon keltirishing.
- To‘g‘ri aytdingiz! - deb, yana so‘radi:
- Menga ehson haqida xabar bering!
- Allohga xuddi Uni ko‘rib turgandek ibodat qilishing, agar ko‘rmayotgan bo‘lsang, U seni ko‘rib turibdi.
- Menga Soat (Qiyomat kuni) haqida xabar bering.
- U haqda so‘ralayotgan kishi so‘rovchidan ko‘proq bilguvchi emas.
- Uning alomatlari haqida aytib bering.
- (Uning belgilari shuki) cho‘ri o‘zining ho‘jayinini tug‘adi va o‘zlari yalangoyoq, yalang‘och, kambag‘al bo‘lgan qo‘yboqarlar faxr va riyo uchun bino qurayotganini ko‘rasiz.
So‘ng haligi kishi ketdi. Men (o‘sha kishi haqida so‘ramay) ancha muddat kutdim. Keyin (Rasululloh (s.a.v) mendan so‘radilar:
- Ey Umar! Bilasanmi, o‘sha so‘rovchi kimligini?
- Alloh va Rasuli biluvchiroq!
- U kishi — Jibriyl alayhis-salom, sizlarga diningizni ta’lim bergani kelgan edilar, - dedilar».

Muslim rivoyati.

.

Qayd etilgan


ibrohim  19 Mart 2010, 00:37:20

Sapyorlar necha marta adashadilar?  ;D

Qayd etilgan


JaviK  19 Mart 2010, 09:12:08

Sapyorlar necha marta adashadilar?  ;D

mina izzlovchilarga o`xshab bir martami

Qayd etilgan