Assalomu alaykum.
Yangi va judayam qiziqarli savol.
Abu Molik al-Ash'ariy raziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir hadisda payg'ambarimiz shunday dedilar.
........... iymonning yarmi,
.................. mezonni to'latadi,
............................. osmonlar va yer o'rtasini to'ldiradi,
........ nur,
......... dalil,
......... ziyodir,
........... esa sening foydangga yoki ziyoningga hujjatdir.............
o'ylab ko'ringchi bu hadisda nimalarga va qanday so'zlarga bunday ta'riflar berilgan?

Javoblar kuyidagicha:
Poklik - iymonning yarmi.
"Alhamdi lillah" - me'zonni to'latadi.
"Subhanalloh va bihamdihi" - osmonlar va yer o'rtasini to'ldiradi.
Namoz - nur.
Sadaqa - dalil.
Sabr - ziyodir.
Qur'on esa sening faoydangga yoki zararingga hujjatdir, insonlarning har biri amal qiladi, kimdir o'z jonini sotib uni qutqarib qoladi yoki uni halok qilado." Muslim rivoyati...