Payg’am,arimizni(s.l.v) yig’latgan hodisalar.
Tafakkur, zbrh, Allohdan qo’rquv tufayli, xato, gunoh va isyonlar uchun to’kilgan bir tomchi ko’z yoshining inson qalbiga naqadar muhabbat, hayajon va nurli bir g’alayon berishi faqat qalb ahligagina ma’lum"¦
Bulbuldan s’rang gulning ishqini"¦ Bu savdo va bu ishq bo’lmasa, nozli bulbul butun vujudi kuylar olarmidi?!
Inson bulbul misoli ishqli va savdolidir. Allohga Rasulullohga (solallohu alayhi vassallam), valiy,olim va shahidlarga muhabbati bor. Allohning rahmatini umid qilib, azobidan qo’rqadi.Nafs va shayton kabi, adashgan va shafqatsiz dushmanlar har on uni zalolat va otash tomon tortadilar.
Inson ojizligini va Rabbiga sig’inishini ko’z yoshlari bilan ifoda qiladi. Ko’z yoshi ojizlikka ishoradir. Ojizlik esa bandalikdir. Ya’ni Rabbining azamati qarshisida ojizligini etirof etishi, kibr va g’ururdan xalos bo’lishi demakdir.
Ko’z yoshi qo’rquv va tafakkurdan kelasa, insonga oliylik va ma’naviy yuksaklik baxsh etadi.
"œKo’z yosh to’kish go’zal ekan, yosh no’kaylik", deb har yerda va har zamon yig’lash to’g’rimi? Har turli ibodatning ichiga fasod solgan nafs va shayton yig’iga ham aralashsachi?"¦ Yig’iga riyo va sum’a aralashsa-chi?
Sevikli Payg’ambarimiz (solallohu alayhi vassallam) ham yosh to’kkanlar. Faqat butun manbalarni taftishimizdan ma’lum bo’ldiki,Payg’ambarimiz (solallohu alayhi vassallam) yashirin yig’laganlar. Yashirin yig’lashni tavsiya etganlar. Chunki oshkora yig’iga kishining nafsi aralashishi mumkin.
Shu sababli Allohning do’stlari o’z asarlarida oshkora yigidan man qilganlar.Kechaning yarmida tanholik holatida istesnolik ko’rsatganlar.