Qani top-chi?  ( 96357 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 B

Y_U_R_I_S_T  15 Fevral 2009, 10:02:16

Hammamiz bilamiz kanalizatsiya qopqoqlari doimo aylana shaklda bo'ladi. To'g'ri, uchburchak yo to'rtburchak, balki oltiburchak ham bo'lishi mumkin. Lekin iqtisodiy jihatdan ko'proq doira shaklidagi qopqoqlardan foydalaniladi. Qopqoqlarning yumaloq shaklda bo'lishi, birinchidan ularni quduqqa tushin ketishdan asraydi. Kanalizatsiya qopqoqlarini yumaloq bo'lishing yana ikkita foydasi bor. O'ylab ko'ringchi yana qanday foydasi bor?       

"Zakovat"ni ko'rarkansizda-a? :7

O'ziyam bizni jamoaga ekran orqali tushgandi shu savol. Mayli, men javob bermay qo'ya qolay.

Qayd etilgan

Muslim_4101  15 Fevral 2009, 18:57:39

Assalom alaykum! Ha, man juda qiziqaman Zakovat ko'rsatuviga oldinlari savollarni yozib olar edim. Ammo keyin Zakovat kitobi chiqnani eshitib juda hursand bo'ldim. Hozir shu kitobdan foydalanib mashq qilib turaman.   

Qayd etilgan

Zamiraxon  18 Fevral 2009, 15:01:49

Bu savol TVdan anchagina oldin berilgandi, men o'shani ko'rgandimu, sklerozlik qilib qo'yibman, ya'ni sal yodimdan ko'tarilibdi, lekin urinib ko'raman eslashga:
1) Ochilishi uchun qulay bo'lishi
2) Kamroq temir, ya'ni material ketishi
3) Kamroq yer ketishi

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  18 Fevral 2009, 16:36:42

Bu savol TVdan anchagina oldin berilgandi, men o'shani ko'rgandimu, sklerozlik qilib qo'yibman, ya'ni sal yodimdan ko'tarilibdi, lekin urinib ko'raman eslashga:
1) Ochilishi uchun qulay bo'lishi
2) Kamroq temir, ya'ni material ketishi
3) Kamroq yer ketishi

 :7 Ha, rostdan sal esingizdan chiqibdi. Sababi
Iqtibos
1) Ochilishi uchun qulay bo'lishi
degan javobni biz bergan edik. Ammo u noto'g'ri chiqqandi. To'g'ri javob esa:
Iqtibos
2) Kamroq temir, ya'ni material ketishi
3) Kamroq yer ketishi

Qayd etilgan

Muslim_4101  20 Fevral 2009, 16:15:20

Assalom alaykum! Bu savol ham zakovatdan olingan judayam chiroyli savol:
Uni qo'limga olib go'yo ichganday bo'ldim. To'yib hidlab yuzlarimga surtdim, so'ngra bilaklarimga o'rab, boshim uzra ko'tardim va uni oyoqlarim ostiga tashladim. Undan ko'nglim to'lmay uni yana qo'limga oldim  va shundagina jismu jonim orom topdi. Bunda qanday jarayon ta'riflanmoqda?    

Qayd etilgan

Hadija  20 Fevral 2009, 19:00:05

 :as:

MashaAlloh juda chiroyli savol ekan...

Suv... (tahorat haqida ketmayaptimikin?  :3)

Qayd etilgan

Muslim_4101  20 Fevral 2009, 19:33:54

Javob to'g'ri

Qayd etilgan

Muslim_4101  20 Fevral 2009, 19:41:07

Navbatdagi juda ham chiroyli savol:
4 ta yarim oy, har birida yana 4 tadan teshikcha. 4 yarim oyni 4 ta toshga bandi qildim bandi bo'lguncha 4 tosh qon yig'ladi. Chunki 4 ta toshning joni bor edi. Yuqoridagi jumboq ostida nima yashiringan?     

Qayd etilgan

Muslim_4101  27 Fevral 2009, 20:45:46

Navbatdagi juda ham chiroyli savol:
4 ta yarim oy, har birida yana 4 tadan teshikcha. 4 yarim oyni 4 ta toshga bandi qildim bandi bo'lguncha 4 tosh qon yig'ladi. Chunki 4 ta toshning joni bor edi. Yuqoridagi jumboq ostida nima yashiringan?    
Savolning javobi-Taqa edi

Qayd etilgan

AbdurRohman  27 Fevral 2009, 20:47:28

Navbatdagi juda ham chiroyli savol:
4 ta yarim oy, har birida yana 4 tadan teshikcha. 4 yarim oyni 4 ta toshga bandi qildim bandi bo'lguncha 4 tosh qon yig'ladi. Chunki 4 ta toshning joni bor edi. Yuqoridagi jumboq ostida nima yashiringan?    
Savolning javobi-Taqa edi

qoyil, juda ajoyib ekan.rosa o'ylantirdi lekin :)

Qayd etilgan