Ota - onalarni e'zozlab...  ( 43455 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Muslimа  14 Mart 2007, 12:55:04

Assalomu alaykum!
Bu mavzuda hayotimizni mazmuni, qalbimizga eng yaqin bo'lgan insonlar - ota-onalarimiz haqidagi o'zimizga manzur bo'lgan sh'er va qoshiqlar matnini joylashtiramiz. Albatta ota - onamiz haqida qancha gapirsak va ularni qancha e'zozlasak oz. Ba'zan ularni ko'ngillarini ranjitamiz, qalblariga ozor beramiz. Ular bizga yaxshilikni ravo ko'rayotganlarini tushunmaymiz. Lekin bir zum ularsiz hayotimizni tasavvur qilishimiz qiyin! Bahtimizga onalarimiz va otalarimiz doimo sog' bo'lishsin!
Alloh taolo barchalarini O'z panohida asrasin! Omin!

Qayd etilgan


Muslimа  14 Mart 2007, 12:59:52

Olamdagi eng go’zal ayol

Yulduz Usmonova qo'shig'i

Har qancha kuylamay zo’r berib ovoz
Tushgan sochingizga arzimaydi rost.
Sizga muhabbatim bayon etish uchun,
Onajonim kuylar ojiz, so’zlar esa oz.
Orzuim ne qilsam sizga o’xshasam,
Qovog’im uysam ham o’ylansam kulsam.
Hayoti o’rnagim, Luqmonu Hakimim
Ham Nodirabegim ham Bibihonim

Olamdagi eng go’zal ayol,
Nigohingiz nur sochar zilol.
Kaftingizda tuproq ham halol,
Azizim onajon yorug’ yulduzim,
Sog’inchim, quvonchim, ovozim, sozim

Sizni bir ismingiz Hazrati inson,
Ko’nglingizni olish osondan — oson.
Osmondagi Oyni olib bersamda oz,
Qo’limdan kelgani go’zal qo’shiq halos.
Lekin, Har qancha kuylamay zo’r berib ovoz
Tushgan sochingizga ham arzimaydi rost.
Sizga muhabbatim bayon etish uchun,
Onajonim kuylar ojiz, so’zlar esa oz.
Jajji qo’lchalarim ol yuzingizda
"œBismillo" o’rgandim jo’r bo’lib sizga.
Tarbiyalab mendek shaddod qaysar qizni
Onajonim ona bo’lib tushundim sizni.

Olamdagi eng go’zal ayol,
Nigohingiz nur sochar zilol.
Kaftingizda tuproq ham halol,
Azizim onajon yorug’ yulduzim,
Sog’inchim, quvonchim, ovozim, sozim

Onajonim ona bo’lib tushungim sizni"¦

Qayd etilgan


Muslimа  14 Mart 2007, 13:11:57

Ota — onang o’tgandan keyin"¦

Yulduz Usmonova qo'shig'i

Davlating ham, ishongan bog’ing,
Bo’lsa agar suyangan tog’ing.
Bilasan ham bu bahtli chog’ing
Ota — onang o’tgandan keyin"¦

Keng dunyo ham goho tor bo’lar,
Ko’ngli sog’inchlarga zor bo’lar.
Orzu emas, armon yor bo’lar
Ota — onang o’tgandan keyin"¦

Qalbing g’amga berilib qolar,
Do’st — dushmaning terilib qolar.
Osmon boshing egilib qolar,
Ota — onang o’tgandan keyin"¦

Topolmaysan dardingga malham,
Uy to’rida faqat ular kam.
Kiprigingni tark etmaydi nam
Ota — onang o’tgandan keyin"¦
Ota — onang o’tgandan keyin"¦


Qayd etilgan


Foniy  21 Mart 2007, 13:18:18

Onangni esla

Dildora Niyozova ijrosida

Elga manzur bir ish qilsam Ona sizni esladim
Bilmaganim agar bilsam yana sizni esladim
Qo'lim baland, baxtim kulsa Ona sizni esladim
Yo'ldan toyib xato qilsam yana sizni esladim


Do'sting qilmishidan alam o'tganda
Xiyonat ko'zasi sitam to'kkanda
Ilhom orom bermay sozin tutganda
Onangni eslagin duo qilganmi?!.
Otangni eslagin duo qilganmi?!.

Olqishga burkansang vujuding sarmast
Yulduzga qo'l cho'zsang yetganida dast
Ulkan maqsadlarga qilganingda qasd
Onangni eslagin duo qilganmi?!.
Otangni eslagin duo qilganmi?!.

O'g'ling oshiq bo'lsa bir qalam qoshga
Uyingga to'lsa gar to'y-u tomosha
Sochingga oq tushsa yillardan osha
Onangni eslagin duo qilganmi?!.
Otangni eslagin duo qilganmi?!.

Do'stim o'ylab ko'rgin issiq tanangga
Tirnoq botirmayman eski yarangga
Termulib qaro ko'z shirin bolangga
Onangni eslagin duo qilganmi?!.
Otangni eslagin duo qilganmi?!.

Qayd etilgan


Muslimа  26 Mart 2007, 12:43:33

Tavallo

To’ra Sulaymon

Nelardandir ko’ngil bo’lib g’ash,
Ham egilib, bu egilmas bosh,
Ko’zlarimda qalqib tursa yosh,
Bu holimga berolmay bardosh,
   Bir mushtipar Onam yig’laydir,
   Qolganlari yolg’on yig’laydir.

Qaytar bo’lsam quruq qo’l ovdan,
Qora qozon qolsa qynovdan,
Ham ayrilib o’lja, ulovdan,
Qarzga botar bo’lsam birovdan,
   Taskin berib Onam yig’laydir,
   Qolganlari yolg’on yig’laydir.

Birda haqdin, birda nohaqdin,
Jabr ko’rsam bir betafiqdin,
Ortda tursam qalbi quroqdin,
Qabrim harob bo’lsa tuproqdin,
   Ohlar urib Onam yig’laydir,
   Qolganlari yolg’on yig’laydir.

Og’a-ini o’rtasida gap"¦
Alhol, kelib chiqsa ixtilof,
Biri izzat, bir mulk talab,
- Bu oq sutim, mehrimga hilof,-
   Deya sho’rlik Onam yig’laydir,
   Qolganlari yolg’on yig’laydir.

Sinalmoqning gali kelganda,
Nogoh mag’lub bo’lsam maydonda,
Nomim qolmas bo’lsa jahonda,
Kim do’st-dushman bilinear onda
   Ahvolimga Onam yig’laydir,
   Qolganlari yolg’on yig’laydir.

G’anim bir yon, men bir yon bo’lsam,
U ustuvor men uryon bo’lsam,
Bu ham kamday nogiron bo’lsam,
Yog’och ot(tobut)ga yonma-yon bo’lsam,
   Oy tutilib, Onam yig’laydir,
   Qolganlari yolg’on yig’laydir.

Bo’lsam gumroh, bo’lsa gunohim,
Vujudimga solmasdan vahm,
Qabul aylab tavallo — ohim,
Darig’ tutma mehring, Ilohim,
   Yig’latmagin mushfiq Onamni,
   Volidayi muhtaramamni.

Qayd etilgan


oyqiz  04 Aprel 2007, 22:01:36

Assalamu alaykum.
Man avvallari yoshlik qilibmi yoki erkalikmi uzoq-uzoqlarga ketishni, boshqacha hayotda yashashni orzu qilardim. U vaqtlarda adamla hayot edi(olloh rahmat qilsin),mani juda erkalatardi. Oyijonim mani kunglimga qarar nimani xoxlasam shuni bugun bulmasa ertaga muhayyo qilardi.
Hozir adamla olamdan utdi, uzim esa orzu qilganimdek uzoqlardaman.
Oyijonimni juda soginaman, kunda tel.da gaplashsam xam.
Xar narsani vaqtida qadriga etish kerak ekan.
Man baxtliman lekin buni adamla kurmadi, shu mani qiynaydi.
Jamiyki Onalarni,Oyimlani xam umrlari uzun bulsin.
Adajonlarni xam umrlari uzun bulsin.

Qayd etilgan


Mahdiyah  06 Aprel 2007, 08:03:14

ONAMGA

Muhammad Yusuf she'ri

Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora onam,
Bolang bo`lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga farzand bo`ldimmi!..

Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo`qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim qo`shiqmas faqat,
Men mashhur hofizmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga farzandmanmi, ayt?...

Sha`ningga kuy bitdim. U seni topsin,
Poyingga tiz cho`kib, qo`lingni o`psin.
Undan ham ulug`im borligin ko`rsin,
Men uchun ham aziz holingni so`rsin,
Sensiz g`arib ko`nglim ko`ngilmi, onam,
Endi men ham senga o`g`ilmi, onam!..

Qayd etilgan


Mahdiyah  06 Aprel 2007, 08:03:53

OTA

Muhammad Yusuf she'ri

Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o'tlar bosgan o'rmonim bor.
Qizg'aldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab o'tmagan otajonim bor.

Ota desam, bag'ri-dilim yonaverar,
Kunim yonar, oyu yilim yonaverar,
Mozoriga qo'ygan gulim yonaverar,
Tutunlarga to'lib ketgan osmonim bor.

Esaversin jannatlardan kelgan nasim,
Momo yerim, o'zingsan eng muqaddasim,
Bag'ringda jim tinglab bu tun jon nafasim,
Ruhimni allalab yotgan jahonim bor.

Odam bo'lib bir odamni tushunmaslar,
Ko'zingda yosh ko'rib ham goh o'kinmaslar,
Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar,
Qabrdan qo'l cho'zib turgan qalqonim bor...

Men otamdan qolgan erkin sado-sasman,
Qonimga yot navolarga qayrilmasman,
O'lgunimcha endi undan ayrilmasman -
O'z otamdek bo'lib qolgan imonim bor.

Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Keng dalada gullar bosgan o'rmonim bor,
Qizg'aldoqlar bosh egib qon yig'lab turgan
Bu makonda mening ham nurjahonim bor

Qayd etilgan


Mahdiyah  06 Aprel 2007, 08:05:09

ONAJON

Yulduz Usmonova

Dunyoda eng toza suvni qidirib,
Onamning dardiga shifo so’radim
Yuzimdan ko’zimning yoshin sidirib,
Onamning dardiga shifo so’radim
Tiz cho’kdim eng avval yolg’iz hudoga
Dard bergan  qodirdir o’zi davoga
Yolvordim yana Momo Havoga
Onamning dardiga shifo so’radim

Onajon, onajon dardingiz o’zim olay
Makkayu Madinam siz
Onajon, onajon dardingiz o’zim olay
Dunyoda borlig’imsiz mening

Tangriga yaqinsiz oyu yulduzlar
Har bemor erta tong quyoshni izlar
Bo’g’zimda qamardir nolayu bo’zlar
Onamning dardiga shifo so’radim
Bulbullar bir nafas gulni uniting
Dunyoda bor gulni Tangriga tuting
Bizdaylarga jo’r bo’lin dodiga yeting
Onamning dardiga shifo so’radim

Onajon, onajonim dardingiz o’zim olay
Makkayu Madinam siz
Onajon, onajonim dardingiz o’zim olay
Dunyoda borlig’imsiz mening

Onajon, onajonim dardingiz o’zim olay
Makkayu Madinam siz
Onajon, onajon dardingiz o’zim olay
Dunyoda borlig’imsiz mening

Onajon, onajonim dardingiz o’zim olay
Makkayu Madinam siz
Onajon, onajonim dardingiz o’zim olay
Dunyoda borlig’imsiz mening

Na na na na "¦.
Makkayu Madinam siz
Na na na na "¦.
Makkayu Madinam siz mening
Dunyoda borlig’imsiz mening
Makkayu Madinam siz mening

Qayd etilgan


Mahdiyah  06 Aprel 2007, 08:06:04

ONA

Yulduz Usmonova

Yor uyida mast yurgan kunim
Onam qadrin nechun bilmasdim?
Do’stlar bilan davron surardim,
Onam dardin ko’zga ilmasdim
Onam esa borardi qarib,
Dard qo’lida indamay erib.
Ko’zlarida ba’zan yosh ko’rib,
Men beaql parvo qilmasdim.

Tushunsaydim, bilsaydim koshki,
Vaqt orqaga qaytsaydi yoki,
Jonimni ham men berib balkim,
Saqlab qolar edim onamni.

Yashayabman kunimga yarab,
Ich-ichimdan o’zimni qarg’ab.
Bo’lmasmidi o’lsaydim Yo Rab!
Armon bugun ichim tilmasdi.

Yomon boshlab ketguncha ketay
Bag’ringizga yetguncha yetay
Sog’inchlarim bisyordur netay?
Onajon, avval bilmasdim

Tushunsaydim bilsaydim koshki,
Vaqt orqaga qaytsaydi yoki,
Jonimni ham men berib balki,
Saqlab qolar edim onamni.

Qayd etilgan