Ota - onalarni e'zozlab...  ( 43467 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Mahdiyah  06 Aprel 2007, 08:07:07

"œHayr Onajon"

Anvar Sanaev

Bugun mana shodlik kunda do’stlarim ham yonimda
Bugun mana baxtli kunda o’z yorim ham bag’rimda
Yana sizni esga oldim meni sho’rlik onamey onamey onamey
Onamey onamey onamey
Meni mehribon, munis onajonim

Hotirangiz yod eturgan to’planur do’stlaru yorlarim
Sizni ko’rgan sizni bilganlar budir mexmonlarim
Bor savobi sizga tegsin aylayin exsonlarim
Joyingiz jannatda bo’lsin kamtarim jonim Onam

Onajon Onajon Onajonginam
Onajon Onajon mehribonginam

Uydagi har bir giyohda ko’zlaringiz aksi bor
O’g’ilngiz va qizingizda yuzlaringiz aksi bor
Uyimiz ostonasida izlaringiz aksi bor
O’g’ilgizman bu tanamda aylanar Onam Onam

Onajon Onajon Onajonginam
Onajon Onajon mehribonginam

Onajonim kettingiz siz qoldi ko’nglim tosh bo’lib
Ichdagi dardu alamlar qoldi ko’zda yosh bo’lib
Farzandlarni o’stiribsiz yurmadingiz bosh bo’lib
Joyingiz jannatda bo’lsin bebaho jonim Onam

Onajon Onajon Onajonginam
Onajon Onajon mehribonginam
Onajon Onajon Onajonginam
Onajon Onajon mehribonginam

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 May 2007, 16:26:59

 ONA QIMMATI
Ona qimmatini tariflash uchun
So’zlar xazinasin mulki etmaydi
Hayotimni hadya etaman deyman
Bu kichik jonimning o’zi etmaydi

Chunki mening kab qancha farzandni
Tug’ib, tarbiya ham qilolgan ona
Kichkina qalbini bo’lak-bo’laklab
Har bo’lakka jon ham bo’lolgan ona

Har bir to’lg’anog’i-o’lim bilan jang
O’limlardan qo’rqmay, janga kirdi u
Ona, qanday ulug’, jonin hisobiga
O’limlarni haydab hayot berdi u

Ononing farzandga mehri beqiyos
Farzand qanday oqlar ona haqqini
Ona rozi bo’lir bergan sutiga
Hayotim deb bilsang Vatan, xalqingni.
 
                         Shukurullo ijodidan                    

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Sentyabr 2007, 10:43:59

Assalomu alaykum!

"Bismillah"dir har bir ish uchun hidoyat
Allohga hamd-sano bo'lsin benihoyat
Rosuliga ergashib topdim men hidoyat
Muhammad ummati bo'lgan o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

O'zbek uchun o'ttizinchi qatog'on yillar
Sho'ro kelib dindorlarni qilgan qirg'inlar
Shunda sizga "din fazli" deb deb bobom buvim
Nom bersalar xursand bo'lgan o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

Bolalikdan ilm-u fanga meni ko'p chorlab
Ham jismonan kuchli, jasur bo'lishim istab
Fozil inson bo'lishimni Hudodan tilab
Ulg'aytirib katta qilgan o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

Yoshligimdan yaxshi ko'rib hurmat qilardim
Men uchun eng buyuk inson siz deb bilardim
Ammo bir kun yo'qotishdan qattiq qo'rqardim
Balki shundan soch oqargan o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

Kiyinishda, ko'rinishda, yurish-turishda
Yoshu-qari, erkak-ayol tilin topishda
Uzoq yaqin ham aqrabo holin so'rashda
Doim sizdan ibrat olgan o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

Dunyo ilmini egalladim qurbim yetguncha
Diniy ilm-ma'rifat ham ololdim ancha
Yana kitob o'qidim, men bilmadim qancha
Siz tufayli kitob ko'rgan o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

Kimdir meni olim sanab ko'rsatar hurmat
Koshki ondek bunda bo'lsa haqiqat
O'zni olim ta'n olishga qilolmam jur'at
Olim emas hanuz tolib o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

Yana kimdir dushman sanab qo'yar tuzoqlar
Orzusida mening jonim zindon-qamoqlar
Shu vaj bilan balki zolim qilmishin oqlar
Zulmu isyondan ko'p yiroq o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

Yetgan ilmim shu bo'ldi-ki ey otajonim!
Sizga hizmat qilolmasdan qiynalar jonim
Bu ahvolda qiyomat kun ne kechar holim
Rizoingiz umid etgan o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

Eslatay sizga shu on Yoqub qissasin
Yo'qotganda ul zot Yusuf hamda kenjasin
Bir kun kelib jamladi-ku Alloh barchasin
Yoqub sabrin sizga tilar o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

Bilaman sizga ho'b qiyin bo'ldi otajon
G'ariblikda yursa nega navqiron o'g'lon
Lekin bir kun qoshingizda turar besh ovlon
Yusuf kabi tushlar ko'rgan o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

Ota - Jannat darvozalar o'rtasi bilgil
Eplayolsang shu yerdan sen Jannatga kirgil
Yo'qsa faqat yutqazibsan ey nodon o'g'il
Shu ma'noda hadis ko'rgan o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

Orzuim - Shu darvozani qo'lga kiritmoq
Sizni rozi qilish uchun yelib-yugurmoq
Bunga fursat yetar yo yo'q bilmasman biroq
Xizmatingiz ho'b sog'ingan o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman

Onajonim sizga aytar dil so'zlarim bor
Yuzlaringiz sog'indim oppoq beg'ubor
Allohdan so'ng menga sizdan g'amho'rroq kim bor?
Kech bo'lsa-da anglab yetgan o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman

Kechalari alla aytib, silab yuzlarim
Kunduzlari najas tekkan yuvib kirlarim
Aqlim tanib, endi kuchga kirgan onlarim
Hizmatingiz qilolmagan o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

Tobim qochsa uyqu bilmay tunlari bedor
Shay bo'ldingiz joniz xatto bermoqqa ming bor
Endi mening galim kelsa, loaqal bir bor
Holingizni so'rolmagan o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

Yeb ichishda, kiyinishda bilmadim hech g'am
Onam bor-ku degan o'y-la yayradim beg'am
Ziyoratga farzandlarim borsalar har dam
Qoshingizga borolmagan o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

Ko'zlarimga qaniy sursam qo'llaringiz
O'zim artib yoshdan namli yuzlaringiz
Tushlarimda ko'rsam ma'yus ko'zlaringiz
"G'amgin bo'lmang Hudo yor" der o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

Ko'p eslayman so'nggi marta uchrashganlarim
To'yib-to'yib ko'z yoshi-la gaplashganlarim
Sezganmikan judolikni o'shal on qalbim
Xotiralar saqlab qolgan o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

Odamzotga sajda uchun bo'lganda ruxsat
Yiqilardim oyog'ingiz o'pib men albat
Bekorgamas bu oyoqlar ostida Jannat
Qarzlaringiz uzolmagan o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

Chaqirsangiz namozim ham buzaman alhol
Ota-onang tirik ersa duolarin ol
Yo'qsa Jannat degan rosul sen uchun muhol
Duo qiling! - Duo talab o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman.

Doim shu asragin ey Parvardigorim
Panohingda otam hamda onaizorim
Shuning uchun kerak bo'lsa berayin borim
Jonim fido bo'lsin sizga o'g'lingizman
Zindonlarda qolib ketgan o'g'lingizman...

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Sentyabr 2007, 07:28:15

Assalomu alaykum!
Judayam ta'sirli she'r ekan. Alloh rozi bo'lsin!
She'r muallifi kim?

Qayd etilgan


Munira xonim  24 Sentyabr 2007, 11:18:41

Ona!!!

Do'ppisini otsin osmonga,
Ko'zi kulib boqsin zamonga.
Qo'lin butun uzatsin nonga,
Hayot bo'lsa kimning onasi.

Sovqotmaydi qor bo'ronda ham,
Qoqilmaydi tosh yo'llarda ham,
Turtolmaydi hech bir muttaham,
Hayot bo'lsa kimning onasi.

Yulinmaydi nohaq bir pati,
Yahshi bo'lar doim ulfati,
Issiq turar doim ovqati,
Hayot bo'lsa kimning onasi.

Mehr izlab ko'chib yurmaydi,
O'z uyida cho'chib yurmaydi,
Rangi quti o'chib yurmaydi,
Hayot bo'lsa kimning onasi.

Farzand uchun ona bir me'mor,
Poyidadir onaning jannat,
Yetsin uning qadriga faqat,
Hayot bo'lsa kimning onasi.

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Sentyabr 2007, 12:57:28

Assalomu alaykum!
Judayam ta'sirli she'r ekan. Alloh rozi bo'lsin!
She'r muallifi kim?
Va alaykum assalom!
Sizdan ham Alloh rozi bo'lsin!
She'r muallifi Ruhiddin Fahruddinov...

Qayd etilgan


Muslimа  26 Oktyabr 2007, 08:05:41

Taskin

Rangi yaproqdayin siniq onama,
Ruhim bandi bo’ldi, tanam oldida.
Mening ishim faqat Xudoda qolgan,
Tiz cho’kmam na but, na sanam oldida.

Onamga ne berdim ko’z yoshdan bo’lak,
Ko’ksim ezib yotgan shu toshdan bo’lak.
"œBAHTLIROQ BO’LARDI MENI TUG’MASA"
BOSHIM MANGU EGIK SHU G’AM OLDIDA.

Kimdan gul, kimdandur pul qarzdorman,
Ey bundoq narsadan mo’l qarzdorman.
Qarzdorman deb ko’ngil cho’ktirmoq nechun,
Odam qarzdorku odam oldida.

Garchi u chorladi, unga bormadim,
Borsam ishq o’ladi, shunga bormadim.
Afsus, bekor bo’ldi ming mil yurganim,
O’sha qo’yilmas bir qadam oldida.

ONAM BU DUNYODA HALOLIK BERDI,
YUZLARIMNI TOZALAB ZILOLLIK BERDI.
ONAMNING QARZI YO’Q dunyodan, lekin,
DUNYONING QARZI BOR ONAM OLDIDA.

Qayd etilgan


Muslimа  26 Oktyabr 2007, 08:06:44

Ikki qo’rg’on

Onang ketsa savlatlaring ketgaydir,
Otang ketsa davlatlaring ketgaydir,
Shu ikkala qo’rg’oningdan ayrilsang,
Manglaydagi zar xatlaring ketgaydir.

Otasi yo’q cho’lda qolgan giyohday,
Onasi yo’q rangi ro’yi siyohday.
Kimning agar qo’rg’onlari yiqilsa,
To’rt tomondan to’rt ming ozozr yetgaydir.

Nari borsa to’rt yil kutar dildoring,
O’n yil kutar sadoqatli do’st-yoring.
Otang shunda sabr toshga aylanar,
Onang qiriq yil ko’z yummayin kutgaydir.

Otang o’lsa, o’ldi dema hayot u.
Ko’ksingdagi so’nmaydigan bayot u.
Nogoh agar yo’llaringda qoqilsang,
Onang ruhi qo’llaringdan tutgaydir.

Boshigga ish tushganida sinab ko’r,
G’amingga g’am qo’shganida sinab ko’r.
Kimlaringdir sen deb ko’z yosh yutar lek,
Otang qilich, onang qonlar yutar.

SHON — SHUXRATING KETSA KETAR DO’STLARING,
MOL — DAVLATING KETSA KETAR DO’STLARING.
OTA — ONANG QOLAR SENLA, QOLGANI
SHUNCHAKI"¦ko’changdan bir-bir o’tgaydir.

Qayd etilgan


Muslimа  26 Oktyabr 2007, 08:07:09

Iltijo

Mayli, mayli uyimizning g’aribligi,
Goh botartib, gohida betartibligi,
Yaraldikki dunyo g’ami aribdimi?
MENI UYDA ONAM KUTIB TURSA BO’LDI.

Mustarginam ko’zlarida yoshi qalqib,
Boshlarida tursa ro’mollari salqib,
Bu qorong’u umrim aro NURDEK balqib,
MENI UYDA ONAM KUTIB TURSA BO’LDI.

Oyoqlarin mehnat yuki og’ritmasa,
Qarimasa, bundan boshqa qarimasa,
Shu joniga g’amu dardlar dorimasa,
MENI UYDA ONAM KUTIB TURSA BO’LDI.
Yodlab etti yot, aqrabo, heshlarini,
Boshlaridan otib dunyo ishlarini,
Otam bilan kutib yozu qishlarini,
MENI UYDA ONAM KUTIB TURSA BO’LDI.

Bu dunyosin ishi bilan ishim yo’qdir,
Tishlashayin desam sinmas tishim yo’qdir,
KUYSAM ONAMDAYIN KUYAR KISHIM YO’QDIR,
MENI UYDA ONAM KUTIB TURSA BO’LDI.

Birodarlar bilmaysiz bu shunday g’amki,
Va shundayin ko’ngil quvnar bir bayramki,
Qishlog’imga ming yil o’tib borsam hamki,
MENI UYDA ONAM KUTIB TURSA BO’LDI.

Guljamol Asqarova
"œUyg’otuvchi alla" she’rlar to’plamidan.


Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:13:06

ONAJON

Onam Turdi Erdona Karvon qizi xotirasiga

I

Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.

Qo`llarida oq elpig`ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.

Keltirarlar goho beshik
Ko`zlarida hayajon.
Yotar payting bo`ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.

Qaylargadir yuguraman,
Fig`onimdan chiqar dud.
Yig`lama, deb qo`llarimga
Tutqazarlar so`ng tobut.

Tongda ruhsiz ko`z ochaman,
Qovurilar tanda jon.
Onajonim, bunday qilma,
Bunday qilma, onajon.

Axir o`zing der eding-ku,
Silab o`ksuk boshimni:
- Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.

Afsus, o`zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag`rim ezar,
Ajradik deb onamdan.

Bevaqt xazon bo`lmay har kim
Yoshab o`tsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab o`tsin dunyoda.

Garchi fano har kimsaga
Azaliy bir qismatdir.
Lekin, ona, tiriklik ham
Bilsang, yarim hikmatdir.

Tushlarimda, mayli, boshim
Silab turgin, onajon.
Qolganlarga endi umr
Tilab turgin, onajon.

Qayd etilgan