Davom ettiring!!!  ( 208505 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 ... 62 B


Munira xonim  13 Mart 2008, 08:40:27

Asri saodatning fayzi o'tibdi,
Muborak zaminga quyosh botibdi.
Abrahalar hali to'lib yotibdi...
Makkani xudoyim omon asragin...

Hayrulloh Hamidov.

Qayd etilgan


shoir  13 Mart 2008, 10:45:54

«Ne qilding, ishlaring bu qadar ulkan?
Derlarki, sen yaxshi inson ekansan!»
Avlodlar! Men oqil harakat qildim,
O‘ylamay bosmadim bironta odim.

Gyote

Qayd etilgan


Chustiy  13 Mart 2008, 12:17:33

Mmin uchun qabrlar ham topur ziynat, Munkar-Nakir ovozida rahmu shafqat, Yer onadek mehribonlik qilur albat, Ana shunday hushxabar bor mminlarga.
 Mirzo Kenjabek

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Mart 2008, 06:42:07

Alloh taolo Islomdan nasiba olgan kishini Islomdan benasib kishi kabi qilib qo‘ymaydi.
Abdulloh ibn Mas’ud

Qayd etilgan


Robiya  15 Mart 2008, 16:18:36

Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas,
Qo‘lingdan kelgancha tera olsang, bas. Abu Abdullo Rudakiy

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  15 Mart 2008, 16:52:04

Sabr tagi oltin deydilar.
Ammo, dunyoda ko'pchilik oltinsiz o'tmoqda.

Hikmatli gapdan

Qayd etilgan


Robiya  15 Mart 2008, 16:57:55

Agar puling ko’p bo’lsa — quvonma, agar kam bo’lsa — kuyinma.  Ezop.

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Mart 2008, 07:57:33

Allohning bir farishtasi har kuni "œO’lmoq uchun tug‘ilinglar, foniy bo‘lmoq uchun yig‘ilinglar, xarob bo‘lmog‘i uchun imorat quringlar", deb nido qilib turadi.
Ali ibn Abu Tolib

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Mart 2008, 10:27:42



Ilm molu-dunyodan yahshidir,ilm seni qo'riqlaydi,mol-dunyoni esa sen qo'riqlaysan

            Ali ibn Abu Tolib

Qayd etilgan


Abdusalom  17 Mart 2008, 07:32:04

Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi.

Abdulla Qahhor.

Qayd etilgan