Ayol kishiga qo'l ko'tarish PASTKASHLIK!  ( 30234 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muslimа  02 Aprel 2007, 20:27:42

Assalomu alaykum!

Bu mavzuni ochishga bir voqea sabab bo’ldi. Kecha ish bilan metroga tushgandim. Metroga tushsam odam unchalik ko’pmas. Vagon esa endigina ketgan ekan. Hullas kutishga tog’ri keldi. Behosdan chiqqan shovqin tomonga qaradim. Bir yigit va qiz o’zaro janjallashardi (ko’rinishlaridan er — xotinga o’xshashmasdi, shunchaki sevishgan yigit bilan qiz bo’lsa kerak deb o’yladim). Ular hech kimga parvo qilishmas va bir birlarini inson eshitsa hayo qiladigan so’zlar bilan haqorat qilishardi. Birdan yigit qizninig yuziga tarsaki tushurdi va uni tepid, Astag’firilloh! G’alati bo’lib ketdim. Yigit qizni aymasdan urdi, qiz hech nima qilolmadi. Tezda metrodagi melitsionerlar etib kelishdi va yigit bilan qizni olib ketishdi. Ba’zida dugonalarim shunaqa holatlar haqida aytib berishsa unchalik parvo qilmas ekanman, lekin o’zim guvohi bo’lganimdan keyin juda g’alati bo’lib ketdim. Tog’risi nima deyishni ham bilmay qoldim. Balki qizda ham ayb bordir, man bu yerda hamma ayb yigitda dimoqchi emasman, lekin zaifaga qo’l ko’tarish yigit kishiga yarashmas ekan! Besh qo’l baravar emas, lekin oramizda shunnaqa yigitlar borligidan uyalib ketdim!
   Ahir Payg’ambarimiz Rasullulloh sallallohu alayhi vassallam ayollarni himoyalashni, ularga g’amho’rlik ko’rsatishni aytganlarku.
"œAlloh yo’lidagi janglardan tashqarida, Rasululoh sallallohu alayhi va sallam na bir ayolga va na biron xizmatkorga qo’l ko’targanlarini ko’rmadim" Buxoriy rivoyati (Irfon taqvimi, 2007/1428 (II)). Alloh taolo kuchni erkak kishiga bergan, ayollarga esa bekorga zaifa degan nom berilmagan. Nahot zaifalarga qo’l ko’tarishga erkaklarning or-nomuslari yo’l qo’ysa?!
Alloh taolo barchamizni tog’ri yo’ldan adashtirmasin!!! Har birimizga Payg’ambarimiz Rasululoh sallallohu alayhi va sallamning haqiqiy ummatlari degan nomni oqlash baxti nasib qilsin!

Qayd etilgan


action  02 Aprel 2007, 20:38:30

qiz yigitning shunday yo`l tutishiga loyiq ish qilgan bo`lishi kerak,lekin baribir noto`gri ish qilibdi u bola ...
shayton yo`ldan urgan.shunday bo`lishini xoxlamagan ayollarga bu voqea yaxshigina xayotiy dars bo`ladi inshaalox!

Qayd etilgan


MADINAQIZ  02 Aprel 2007, 21:53:28

ERKAK KISHI: AYOL KISHIGA QACHONKI U NAMOZ UQIMASA, UYNI OZODA TUTMASA, BEHAYOLIK QILSA QUL TUTARISH MUMKIN-KU.
MANIMCHA UZBEK ERKAKLARI XECH QACHON NOXAQ AYB ISH QILMAYDILAR.
AYOLLAR UZLARIGA TILAB OLISHADI.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Aprel 2007, 08:00:37

ERKAK KISHI: AYOL KISHIGA QACHONKI U NAMOZ UQIMASA, UYNI OZODA TUTMASA, BEHAYOLIK QILSA QUL TUTARISH MUMKIN-KU.
MANIMCHA UZBEK ERKAKLARI XECH QACHON NOXAQ AYB ISH QILMAYDILAR.
AYOLLAR UZLARIGA TILAB OLISHADI.

Assalamu alaykum.
Madinaqiz, siz turmushga chiqqanmisiz?
Bu savolim noo'rin bo'lgan bo'lsa uzr...

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Aprel 2007, 08:16:50

Men ham bu mavzuga o'z fikrimni bildirmoqchiman.
Rohatoy, avvalo sizga tashakkur.
Hozirgi kunda eng dolzarb va insoniyatni pastga uradigan holat bu.
Shunday mavzuni boshlaganingiz uchun, Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Siz guvoh bo'lgan narsa juda ham dashshatli holat.
Madinaqizni fikrlariga kelsak,umuman qarshiman. Ayol kishi o'ziga o'zi tilab oladi. Bu nima degani, ayol kishi eridan kaltak yeyish uchun intiq bo'lib turar ekanmi?
Har qanday holatda ham muammolarni yahshilik bilan hal qilish mumkin. Ayol ham inson, unga ham ALloh taolo aql degan ne'matni bergan. Unda ham firklash bor.
Rasululloh s.a.v. ayollarga qo'l ko'tarishdan qaytarganlar.
Onalarimizdan birlari hozir nomlari esimda yo'q, rasululloh s.a.v. ko'ngillariga botadigan bir gap gapirganlarida Rasululloh s.a.v. ayollariga:"Agar qiyomatda qasos olish bo'lmaganida, seni hozir shu misvok ila urgan bo'lardim", deganlar.

Ayol kishi ayb ish qildimi, unda erkak kishi yahshi gapirib yo'lga solishga harakat qilish lozim. Agarda yahshi gap bilan o'nglanmasa qattiq gapirishi, so'ngra joyini bo'lak qilib yotishi lozim. Urish oxirgi chora. Shunda ham ayolning qattiq jarohatlagudek urish mumkin emas.
Endi bunday holatlar qanday muammolarni hal qilish uchun ishlatiladi. Shuni ham bir o'ylab ko'rishimiz mumkin emasmikin?
Eridan kaltak yegan ayolni qalbida jarohat paydo bo'ladi. Tanasining jarohati bitib ketishi mumkin,lekin qalb jarohati bitmaydi. Bunday paytlarda ayol o'zidan-da yomon ayollar borligini va ular eridan kaltak yemaganini o'ylay boshlaydi. Natijada o'zini xo'rlangan, kamsitilgan his qiladi. Ana shunda uni eriga bo'lgan munosabati ham o'zgaradi.
Shuning uchun iloji boricha yahshi muomala bilan hal qilish lozim.
Ayol kishi qovurg'adan yaralgan. Qovurg'a esa egri bo'ladi. Uni tuzataman deb sindirib qo'yish mumkin. Uni o'z holiga tashlab qo'yilsa battar egri bo'lib ketishi mumkin. Shuning uchun unga ahamiyatli bo'lib, kezi kelganda mehr-muhabbat va shirin so'zni ayamasdan, kezi kelganda esa uni tartibga chaqirish uchun qattiqroq gapirib ogohlantirib turish lozim.

Qayd etilgan


MADINAQIZ  04 Aprel 2007, 13:14:59

Assalamu alaykum.
Nargisahon, man albatta turmushga chiqqanman Ollohga shukrlar bulsinki juda shirin ugilcham xam bor.

Qayd etilgan


MADINAQIZ  04 Aprel 2007, 13:26:09

Nargizahon, man xamma ayollar xaqida gapirmagandim(ayollar tilab olishadi deb). Ayollar qachon erlardan qattiq muomala kurishadi ular erlarni topganiga qanoat qilmagani, beurin tergagani, uzlarini xaq ekanliklarini ayganda(baribir erkaklar darrov siz xaqsiz deyishmaydi-ku tugrimi). Turmushga chiqvotganimda rahmatli buvijonim"ERKAK KISHI XAR DOIM AYOLDAN USTUN TURADI, SIZ U UYGA JUDA KUP ROZIMAN,HUP BULADI,SIZ XAQSIZ DEGAN SUZLARDAN OLIB KETINGKI HAYOTINGIZ JUDA SHIRIN BULADI"deb aytgandilar. Mana shuning uchun man uzimni tushunchamni aytdim xolos, bu nasixatlar bilan balkim hayotim juda chiroyli utvotgandir.
Sizni fikringiz xam juda urinli, agar biron suzim sizga ogir botgan bulsa uzr surayman

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Aprel 2007, 13:30:16

Assalamu alaykum.
Nargisahon, man albatta turmushga chiqqanman Ollohga shukrlar bulsinki juda shirin ugilcham xam bor.

Va alaykum assalam.
Sizni baxtingiz bundan-da bekam bo'lsin.
Farzandingizni Alloh taolo o'z panohida asrasin.
Umrini uzun va iymonini mukammal qilsin.
Amiyyn.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Aprel 2007, 13:44:27

Nargizahon, man xamma ayollar xaqida gapirmagandim(ayollar tilab olishadi deb). Ayollar qachon erlardan qattiq muomala kurishadi ular erlarni topganiga qanoat qilmagani, beurin tergagani, uzlarini xaq ekanliklarini ayganda(baribir erkaklar darrov siz xaqsiz deyishmaydi-ku tugrimi). Turmushga chiqvotganimda rahmatli buvijonim"ERKAK KISHI XAR DOIM AYOLDAN USTUN TURADI, SIZ U UYGA JUDA KUP ROZIMAN,HUP BULADI,SIZ XAQSIZ DEGAN SUZLARDAN OLIB KETINGKI HAYOTINGIZ JUDA SHIRIN BULADI"deb aytgandilar. Mana shuning uchun man uzimni tushunchamni aytdim xolos, bu nasixatlar bilan balkim hayotim juda chiroyli utvotgandir.
Sizni fikringiz xam juda urinli, agar biron suzim sizga ogir botgan bulsa uzr surayman

Madina, mendan uzr so'rashni hojati yo'q.
Menga hech bir gapingiz botgani ham yo'q.
Men faqat sizni firkingizga qarshi o'z fikrimni bildirdim, xolos. "Ayollar o'zlariga tilab olishadi",degan gapingiz umuman noto'g'ri. Shuni bildirmoqchi bo'ldim, bor gap shu.
Ayollarga kelsak ular ham banda, ularda ham aybu kamchiliklar keragidan ortiq topiladi. Shuning uchun hamma narsani yahshilik yo'li bilan hal qilish mumkin, dedim.
Ayol o'z o'rnini va burchlarini bilsa va shu bilan birga erkak ham o'z o'rnini va burchlarini bilsa oila tinch bo'ladi.
Umar r.a. hayotlaridagi bir voqea hammaga o'rnak bo'ladi deb o'ylayman.
Ular halifalik paytlarida  bir kishi kelib o'z ayolidan shikoyat qilish uchun u zotni eshiklariga yaqinlashibdi. Shunda ichkaridan kelayotgan ovozga hayron bo'lib qolibdi. Ichkarida halifa bilan ayollari gap talashib turishgan ekan. Shunda u kishi:"Shundoq zotni uylarida-ki bunday ishlar bo'lsa, men shikoyat qilmasam ham bo'ladi", deb qaytib ketayotganida, ichkaridan halifa chiqib qolibdi. U kishini ko'rib:"Nega keldingu, nega ketyapsan", deb so'rabdi. U kishi halifadan uzr so'rab:"Men sizga o'z ayolimdan shikoyat qilib kelgan edim, sizni holingizni ko'rib fikrimdan qaytdim"debdi. Shunda halifa:"Ey, birodar, biz erkak kishimiz, o'zimizni qo'lga olib, ayollarimizni biroz injoqliklarini ko'tarishimiz lozim. Ahir ular bizni nonimizni yopguvchi nonvoy, ovqatimzni pishiruvchi oshpaz, kiyimimizni tikuvchi chevar, uyimizni va molimizni asraguvchi posbon, farzandlarimizni tarbiyachisi, biz uyda yo'qligimda nomusini shu bilan birga bizni ham nomusimizni himoyachisi va biz hohlagnimda nafsimni qondirib, bizni  zinodan to'sib qolguvchi qalqonku. Bir ayolda shuncha fazilatlar borku, nega endi biz ularni bir-ikki kamchiligi va aybini deb ularga qattiq gapirishimiz kerak. Ahir bu insofdan emasku", deb javob bergan ekanlar.
Demak, har bir ayoldan yahhsi fazilat va sifatni topsa bo'ladi.
Alloh talo barchamizni Haq yo'liga boshlasin...

Qayd etilgan


Muslimа  06 Aprel 2007, 07:59:58

Assalomu alaykum!
   "œOdamlar orasida" gazetasidagi fikrlarni o’qib qoldim. Nazarimda juda ham to’g’ri gaplar yozilgan. Har bir yigit kishi ham shu maqola muallifi kabi fikirlaganda jamiyatimizdagi ba’zi hunuk voqealar ro’y bermagan bo’lar edi. Maqolani e’tiboringizga havola qilsam.

Ayollarimizni asraylik!

   Avtobusda qaytayotgan edim. Bir bekatda o’ntacha o’smir lo’li bolalar avtobusga yugurib chiqishdi. Deyarli hammasini qo’lida o’roq va o’t solingan qoplar bor edi. Chiptachi ayol ulardan yo’l haqini so’ragan edi, baloga qoldi. Bolalar chiptachi ayolni haqoratlab so’ka boshlashdi. Lo’lilarning jamoat transportida yo’l haqini to’lamasligi negadir odatiy holga aylangan. Ba’zi chiptachilar ulardan yo’l haqini so’rab ham o’tirishmaydi. Ularni tanobini tortib qo’yadigan mard bormikan? Galati savol. Ahir biz halqmiz-ku! Ular shunchaki olamon. Balki aksidir? O’sha kuni avtobusda birorta erkak l’oli bolalar tomonidan haqoratlangan o’zbek ayolini HIMOYA QILMADI. So’kong’ichlarning bittasini qo’lini qayiltirib o’zimcha tanbeh bergan edim, men ham eshitadiganimni eshitib oldim. Ortiq gapirishga rosti cho’chidim. Cunki ular olamon bo’lsa ham, bittasini urushsang hammasi ustingga tashlanadi. Biz halq bo’lsak ham, onamiz tengi ayolni haqorat qilishsa, damimizni ichimizga yutib ketaveramiz.
   O’sha kuni ikki uchta o’zbek o’g’loni harakat qilsak, ularni hammasini avtobusdan tushirib yuborar edik. Balki bu odamlar uchun arzimagan bir voqea bo’lib ko’rinar. Lekin, shunaqa arzimagan voqealarda kimligimiz ko’rinadi. Bunaqa arzimagan voqealarni ko’p ko’rganman. Ular bemalol o’zbek ayolarini, qizlarini haqorat qilishadi. CHUNKI AYOLLARNI HIMOYA QILADIGAN ERKAK TOPLIMAYDI Eng alam qiladigan tomoni, o’sha kungi voqeadan taxminan bir hafta o’tib bir tanishim "œNima qilib lo’lilar bilan urishib yuribsan?" deb qoldi. Keyin balsam, u ham o’sha kuni indamay o’tirganlarning safidan ekan. Yana menga "œUlar bilan talashib bo’lmaydi", deb janjallardan uzoq yurishni maslahat berdi. "œDod!" degim keldi. Demak, onalarimizni, singillarimizni, qizlarimizni, rafiqalarimizni haqorat qilishsa indamay ketaverishimiz kerak ekan-da! Astag’firilloh! Axir biz erkaklarmiz! Vatan himoyachilarimiz! Ayollarimizni himoya qilolmasak, yurtimizni qanday himoya qilamiz?
   Ayollarimizni o’zimiz himoyasiz og’ir ahvollarga solib qo’yganmiz. Qiziq, nega chiptachilar ko’pincha ayollar bo’lishadi? Nega savdogarlik uchun chet elga borib kelayotganlarning ko’pi ayollar? Mardikor ayollar qayoqdan paydo bo’ldi? Hammasiga biz erkaklarning ma’suliyatsizligimiz sabab. Ayollarimiz ko’chaga chiqib, og’ir ishlarni qilishga majbur bo’lishiga bir ayibdormiz. "œAyollar bilan erkaklar teng huquqli" degani ayollarning zimmasiga erkaklarning vazifalarini yuklash degani emas-ku axir! Biz ayolarni "œteng huquqlilik" degan balandparvoz gaplar bilan aldadik. Aslida esa ularni huquqini toptadik. Ayollar haqida so’z ketsa ularni ko’kka ko’tarishni bilamiz. Lekin amalda nozik qalb sohibalarini avaylamaymiz. Ayollarni qalbi billur misoli nozik bo’ladi. Negadir billur buyumlarni sindirib qo’ymaslikka astoyidil harakat qilamizu, lekin ayollarimiz qalbiga ozor berib qo’yayotganimizni ba’zan sezmaymiz ham. ENDI ERKAKLIGIMIZNI ESLAYLIK! AYOLLARIMIZNI ASRAYLIK!

"œOdamlar orasida" gazetasi
8(9)-son, 6 — bet.

Qayd etilgan