Nargizahon, man xamma ayollar xaqida gapirmagandim(ayollar tilab olishadi deb). Ayollar qachon erlardan qattiq muomala kurishadi ular erlarni topganiga qanoat qilmagani, beurin tergagani, uzlarini xaq ekanliklarini ayganda(baribir erkaklar darrov siz xaqsiz deyishmaydi-ku tugrimi). Turmushga chiqvotganimda rahmatli buvijonim"ERKAK KISHI XAR DOIM AYOLDAN USTUN TURADI, SIZ U UYGA JUDA KUP ROZIMAN,HUP BULADI,SIZ XAQSIZ DEGAN SUZLARDAN OLIB KETINGKI HAYOTINGIZ JUDA SHIRIN BULADI"deb aytgandilar. Mana shuning uchun man uzimni tushunchamni aytdim xolos, bu nasixatlar bilan balkim hayotim juda chiroyli utvotgandir.
Sizni fikringiz xam juda urinli, agar biron suzim sizga ogir botgan bulsa uzr surayman
Madina, mendan uzr so'rashni hojati yo'q.
Menga hech bir gapingiz botgani ham yo'q.
Men faqat sizni firkingizga qarshi o'z fikrimni bildirdim, xolos. "Ayollar o'zlariga tilab olishadi",degan gapingiz umuman noto'g'ri. Shuni bildirmoqchi bo'ldim, bor gap shu.
Ayollarga kelsak ular ham banda, ularda ham aybu kamchiliklar keragidan ortiq topiladi. Shuning uchun hamma narsani yahshilik yo'li bilan hal qilish mumkin, dedim.
Ayol o'z o'rnini va burchlarini bilsa va shu bilan birga erkak ham o'z o'rnini va burchlarini bilsa oila tinch bo'ladi.
Umar r.a. hayotlaridagi bir voqea hammaga o'rnak bo'ladi deb o'ylayman.
Ular halifalik paytlarida bir kishi kelib o'z ayolidan shikoyat qilish uchun u zotni eshiklariga yaqinlashibdi. Shunda ichkaridan kelayotgan ovozga hayron bo'lib qolibdi. Ichkarida halifa bilan ayollari gap talashib turishgan ekan. Shunda u kishi:"Shundoq zotni uylarida-ki bunday ishlar bo'lsa, men shikoyat qilmasam ham bo'ladi", deb qaytib ketayotganida, ichkaridan halifa chiqib qolibdi. U kishini ko'rib:"Nega keldingu, nega ketyapsan", deb so'rabdi. U kishi halifadan uzr so'rab:"Men sizga o'z ayolimdan shikoyat qilib kelgan edim, sizni holingizni ko'rib fikrimdan qaytdim"debdi. Shunda halifa:"Ey, birodar, biz erkak kishimiz, o'zimizni qo'lga olib, ayollarimizni biroz injoqliklarini ko'tarishimiz lozim. Ahir ular bizni nonimizni yopguvchi nonvoy, ovqatimzni pishiruvchi oshpaz, kiyimimizni tikuvchi chevar, uyimizni va molimizni asraguvchi posbon, farzandlarimizni tarbiyachisi, biz uyda yo'qligimda nomusini shu bilan birga bizni ham nomusimizni himoyachisi va biz hohlagnimda nafsimni qondirib, bizni zinodan to'sib qolguvchi qalqonku. Bir ayolda shuncha fazilatlar borku, nega endi biz ularni bir-ikki kamchiligi va aybini deb ularga qattiq gapirishimiz kerak. Ahir bu insofdan emasku", deb javob bergan ekanlar.
Demak, har bir ayoldan yahhsi fazilat va sifatni topsa bo'ladi.
Alloh talo barchamizni Haq yo'liga boshlasin...