Qiziqarli she'rlar  ( 45328 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Mahdiyah  05 Aprel 2007, 08:53:53

Assalomu alaykum aziz forumchilar!

Bilaman shunga o'xshash mavzu bor edi.
Lekin u mavzuda faqat sevgi haqida hazil she'rlar edi.
Bu mavzuda hohlagan mavzudagi qiziqarli, hazil she'rlarni joylashingiz mumkin

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Aprel 2007, 08:54:31

Tolib qo’shig’i

Bu tun hamma narsa mening raqibim.
Dilda hijron tug’I — G’alaba"¦
Yurakni ezg’ilab o’tgan poyezdda
Ketmoqda eng suluv talaba.

Tonggacha Bayronga tikilmoq og’ir,
Uxlaydi temirtan tramvaylar ham.
Uh, meni sukunat bug’ar beomon,
Qarog’imda qalqir tunday qaro g’am.

Sevmagan dotsentlar, eslatmang menga
Behuda o’tguvchi nursiz onlarni.
Biling, hech bir tolib eplolmas menday
Yolg’izlik fanidan imtihonlarni.

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Aprel 2007, 08:55:01

To’ng’ichga qulay.

Bolalar ko’p bo’lsa — to’ng’ichga qulay,
Bir oz baquvvat-da, bir oz sergak-da"¦
Itoat etishar unga har qalay,
Kenjabotir esa hamon ertakda.
Toki dil mulkida ulg’ayib isyon
O’zi al etmasa o’z rivojini
Har kichikning shimga ehtiyojini
Qondiradi to’ng’ich eskirtgan ishton.
Abdul Jalil

Yoshlik" jurnali, 1991

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Aprel 2007, 08:55:31

Insholardan ko’chirmalar

Barno depti: "œPaxtamiz
Momiq parga o’xshaydi",
Ra’no depti: "œPaxtamiz
Xuddi zarga o’xshaydi".
Uni oppoq bulutga
Qiyos qilibdi Davron.
"œMuzqaymoqning o’zi u"
Depti hzilkash Omon.
Kimdir "œpaxta — non" depti,
Kim yozibdi "œkunduz" deb
Abdurahmon Akbar

"œYoshlik" jurnali, 1990

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Aprel 2007, 08:56:12

BO’YDOQLARGA

Men alvido aytaman sizga —
Bo’ydoqlarning sho’x-shan onlari.
Uzr, endi go’zal, sho’x qizlar.
Sayr etishning yo’q imkonlari.
"œOla xurjun" bo’ynimda manim,
Uylanganman bir qo’shni qizga.
So’rasangiz, sir tutib pinhon,
Bo’ydoqman, deb aytaman Sizga.
Jo’ralarim, ulfatdoshlarim,
Chorlamaslar meni behuda.
Bilishadi, chunki, xotinim
Rashk bobida tanhodir juda.
Qadamlarim sanoqli, netay,
Sal kechiksam "œto’qmoq" boshimda.
Kim qo’yibdi menga bu g’amni,
Oh, yigirma ikki yoshimda.
Ba’zan esa u oqil, dono,
Berar menga har xil o’gitlar,
Xotin zoti shunday bo’lsa gar,
Uylanmangiz bo’ydoq yigitlar!..

Shukur Sodiq

Qayd etilgan


Nozli  24 Aprel 2007, 15:09:18

Man sizlaga "Salohiddin" yoshligida yod olgan birinchi sherini etib beraman, uylanman-ki ula hafa bumidila.

 Maning malla mushugim quyibdi turtta tuxum.
 Jujalar turt oyoqli, ham dikkaygan quloqli.
 Kuchugim chuchib ketdi, pir etib uchib ketdi.
 Buzoq chiqib qundaqqa, boshladi maramoqqa,
 Tovuqlar er tepindi,muzhonaga berkindi,
 Xuroz vov deb baqirdi melisani chaqirdi,
 Quylar qochib xar tomonga ,oxir tushdi qozonga.
 Sigir chiqvolib tomga, qaradi man tomonga.
 Boshimdan uchib hushim, mundoq qarasam tushum.

Qayd etilgan


AbdurRohman  24 Aprel 2007, 19:57:56

BO’YDOQLARGA

Men alvido aytaman sizga —
Bo’ydoqlarning sho’x-shan onlari.
Uzr, endi go’zal, sho’x qizlar.
Sayr etishning yo’q imkonlari.
"œOla xurjun" bo’ynimda manim,
Uylanganman bir qo’shni qizga.
So’rasangiz, sir tutib pinhon,
Bo’ydoqman, deb aytaman Sizga.
Jo’ralarim, ulfatdoshlarim,
Chorlamaslar meni behuda.
Bilishadi, chunki, xotinim
Rashk bobida tanhodir juda.
Qadamlarim sanoqli, netay,
Sal kechiksam "œto’qmoq" boshimda.
Kim qo’yibdi menga bu g’amni,
Oh, yigirma ikki yoshimda.
Ba’zan esa u oqil, dono,
Berar menga har xil o’gitlar,
Xotin zoti shunday bo’lsa gar,
Uylanmangiz bo’ydoq yigitlar!..

Shukur Sodiq


Wow! ja zo'r maslahat bo'ldiyu. uylanishga qo'rqib qoldim. =))

Qayd etilgan


Flower  01 Iyun 2007, 09:06:53

Siz yaramas, g'irt bekorchi, juda axmoq, foydasiz uyqichi, esi past ovsar, o'ta ketgan dangasa, badbashara, anqov, hech ham gapga kirmaydigan, tagi past, ko'chama-ko'cha, uyma-uy sandrog'lab yuradigan MUSHUGIMni ko'rmadizmi? (bu she'rmas, ammo hazil so'z)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  24 Iyul 2007, 15:29:38

BO’YDOQLARGA

Men alvido aytaman sizga —
Bo’ydoqlarning sho’x-shan onlari.
Uzr, endi go’zal, sho’x qizlar.
Sayr etishning yo’q imkonlari.
"œOla xurjun" bo’ynimda manim,
Uylanganman bir qo’shni qizga.
So’rasangiz, sir tutib pinhon,
Bo’ydoqman, deb aytaman Sizga.
Jo’ralarim, ulfatdoshlarim,
Chorlamaslar meni behuda.
Bilishadi, chunki, xotinim
Rashk bobida tanhodir juda.
Qadamlarim sanoqli, netay,
Sal kechiksam "œto’qmoq" boshimda.
Kim qo’yibdi menga bu g’amni,
Oh, yigirma ikki yoshimda.
Ba’zan esa u oqil, dono,
Berar menga har xil o’gitlar,
Xotin zoti shunday bo’lsa gar,
Uylanmangiz bo’ydoq yigitlar!..

Shukur Sodiq

Zo'r!!! Yana bormi?

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Sentyabr 2007, 12:18:31

"œJADVAL"

Birinchi dars tugasa —
to’rtta mayiz"¦ Bas.
Ertalabdan ko’p yeyish,
yo’q yaxshi emas.

Ikkinchi dars tugasa —
somsa, pirojniy.
Uchinchi dars tugasa —
gaz-suv, morojniy.

To’rtinchi dars tugasa —
nok bilan uzum.
Vazifa: hammasini
yeyman bir o’zim!

"œSharq yulduzi" 1989 â„– 6

Qayd etilgan