Bismillohir rohmanir rohim!
Men avvaliga haqiqiy o'zbekona forum borligi haqida o'ylab ham ko'rmaganman. Horijga chiqqanimga bir necha oy bo'lgandan keyin o'zbek tilini, milliylikni, vatanni (ta'riflash qiyin bo'lgan) sog'inish hissi paydo bo'ldi. Keyin internetdan o'zbek tilidagi saytlarni qidira boshladim. O'sha paytlarda ziyouz.com saytini va bir necha o'zbekcha saytlarni googledan topib olganman. Bular ichidan ziyouz menga juda ham yoqdi va bu sayt muxlisiga aylandim.
Bu saytni topmasimdan oldin, o'zbekona forum qidirganman. Bir ikki o'zbekona forum topdim-y, ammo u yerdagi forum a'zolarining bir-biriga bo'lgan munosabati menga yoqmadi. Ziyouz forumidagi qoidalar, shartlar esa menga juda yoqib tushdi va shu zahotiyoq bu yerdan ro'yxatdan o'tdim.
Ushbu forumdan ro'yxatdab o'tganimdan afsuslanmayman.
Forumdagi faoliyatlaringizda muaffaqiyatlar, forumni bundanda ziyoda qilishlaringizda esa kuch - quvvat tilab qolaman!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!