Assalamu alaykum. Man bu mavzu nima haqidaligini hech chunmayotgan edim, [yaxshi] [yomon] knopkalarini ko'rib shular yordamida (+) yoki (-) berilsa kerak deb o'yladim Lekin man o'zimdagi -46ni ko'rib hayron bo'ldim... ko'pchilikka yoqmaydigan faoliyat yuritamanmi... Alloh bilguvchiroq. Endi manam (+) va (-)larni qo'yishni boshlamoqchiman. Mana, (+)lar qo'ydim, buni sanog'ini ham va kimlargaligini ham etmoqchimasman. Chunki man hayotta eng yomon ko'rgan narsalarimdan biri bu - bir odamni maqtab-maqtab uni ko'ziga yaxshi ko'rinib olishdir. Endi esa kimlarga (-) qo'yganimni etmoqchiman, indamay ketishlikni esa orqasidan yomonlash (g'iybat) deb chunaman. AbdulAzizga (-) (sababini PMda o'zlariga etganman), ikbaljohnga (kamnamo bo'lib forumdoshlaridan yiroqlashib ketayotganlari uchun) (-) qo'ydim. Mani -46imga kelsak, zora Alloh taolo shu -46 sababli gunohlarimni mag'firat etsa... deb so'rab qolaman.