Eynshteyn topshirig'i
Muallif shu topshiriqni o'ylab topganda, yer yuzining atigi 10% aholisi bu topshiriqni yecha olishiga ishongan ekan. Qani Ziyouz forumchilari usha 10% ichiga kiradilarmi yo'q ko'ramiz.
Shartlar:
1. 5 ta uy bor.
2. Har bir uyda turli hil millatdan odam yashaydi.
3. Har bir yashovchi turli hil ichimlik ichadi, turli hil sigaret chekadi va turli hil hayvon saqlaydi.
4. Hech qaysisi bir hil ichimlik ichmaydi, bir hil sigaret chekmaydi av bir hil hayvon saqlamaydi.
Savol: Kim uyida baliq saqlaydi
Yordamchi ma'lumotlar:
1. Ingliz odam qizil uyda yashaydi.
2. Shved uyida kuchuk saqlaydi.
3. Daniyalik choy ichadi.
4. Yashil uy oq uyning chap tomonida joylashgan.
5. Yashil uyda yashovchi kishi kofe ichadi.
6. Pallmall chekadigan odam uyida qush saqlaydi.
7. O'rtadagi uyda yashaydigan kishi sut ichadi.
8. Sariq uyda yashaydigan kishi Dunhill chekadi.
9. Birinchi uyda Norvegiyalik kishi yashaydi.
10. Marlboro chekuvchi kishi uyida mushuk saqlaydigan kishidan keyingi uyda yashaydi
11. Uyida ot boqadigan kishi Dunhill chekadigan odamdan keyingi uyda yashaydi.
12. Winfield chekadigan odam pivo ichadi.
13. Norvegiyalik odam ko'k uy qarshisida yashaydi.
14. Nemis Rothmans sigaretasini chekadi.
15. Marlboro chekuvchi kishi suv ichadigan odamdan keyingi uyda yashaydi.
Vaqt ketdi... Yaxshigina aqlni charhlaydigan va boshni qotiradigan topshiriq!