QIZIQARLI MANTIQIY SAVOLLAR  ( 1151010 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 101 B


Mashhura  08 Fevral 2008, 19:13:47

Savol:
Eramizdan avvalgi 11 asrlardayoq Vavilonliklar uni chavandozga qiyos qilishadi. Yunon afsonalarida esa Gerakl zaharlangan o’q yoy bilan o’ldirgan kentavr Xiron esga olinadi. U doimo Chayonga o’qtalib turadi. Unga hukmdor va panohgo’y Yupiter homiylik qiladi. Bu ta’rif egasi nima?

Qayd etilgan


Mashhura  08 Fevral 2008, 19:20:37

Savol:
Bu ikki aka uka bir joyda tug'ilgan. Yosh orasi ham uncha uzoq emas. Akasi to'rt yil yashagan, ukasi undan ikki yil ko'p yashagan.
Bu mashhur g'alati aka-ukalar nimalar?

Qayd etilgan


Mashhura  08 Fevral 2008, 19:24:02

Savol:
 Jarko Petanning shunday g'alati o'xshatishi bor: "Agar u yaratilgan eng birinchi asar ekanligi hisobga olinsa, umuman bu asar unchalik yomon chiqmagan"
Siz nima deb o'ylaysiz?

Qayd etilgan


Mashhura  08 Fevral 2008, 19:29:53

Savol:
U odamzod o'zi uchun tuzib olgan qora ro'yxatda turadigan, lekin hech qachon modadan qolmaydigan sirli narsa. Uning kattasi emas ba'zan ko'zga korinmaganlari xavfliroq. A.Oripov uning Napaleonga tegishlisi haqida bir she'rida aytib o'tadi.
Bu kattasimi kichigimi Hammamizda bor. Nima deb o'ylaysiz?

Qayd etilgan


Mashhura  08 Fevral 2008, 19:42:10

Savol:
Biroz mubolag'a bilan aytilishicha u zanjirning birinchi halqasi xolos. U nima?

Qayd etilgan


Mashhura  08 Fevral 2008, 19:45:00

Savol: Qanday boshni egish oson?

Qayd etilgan


Mashhura  08 Fevral 2008, 20:09:43

Savol:
Uning o'rnida Sulaymon orollarida odamning bosh suyagi, Santa Krus orollarida qush patlaridan yasalgan 10m.lik tasma, Tinch okeanidagi ba'zi orollarda 100 yil oldin diametri 4m.lik toshlar ishlatilgan. Biz hozir nima ishlatamiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2008, 22:07:59

Savol:
Eramizdan avvalgi 11 asrlardayoq Vavilonliklar uni chavandozga qiyos qilishadi. Yunon afsonalarida esa Gerakl zaharlangan o’q yoy bilan o’ldirgan kentavr Xiron esga olinadi. U doimo Chayonga o’qtalib turadi. Unga hukmdor va panohgo’y Yupiter homiylik qiladi. Bu ta’rif egasi nima?

kentavr

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2008, 22:08:18

Savol: Qanday boshni egish oson?

egilgan boshni

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2008, 22:08:47

Yana savol:
Ulug’bek Hamdamning "œIsyon va itoat" romanida shunday tasvir bor - «Bu — kuchli va ojizning it-mushuk bo'ladigan joyi ekan. U yerda insoniyat yaratgan madaniyatdan asar ham yo’q edi. Inson uning eshigini ochib kirar ekan, tug’ilgandan shu yoshgacha o’ziga yuqtira olgan neki ezgulik bor hammasini yechib tashlab, ichkariga yalang’och badan, qaynoq qon oqib turuvchi vujud bilan kirar edi».
   Savol: Asarda tasvirlangan joy qayer?

qamoqxona

Qayd etilgan