Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin  ( 289155 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 B


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:51:35

III

Shu kecha juda uzoq o‘tirishdi. Azizbey gohi-gohida:
— Farida, yo‘lda charchab kelgansan, yot endi, qizim,— deb qo‘yar edi.
Farida esa allaqachon uxlab qolgan Najdadni bag‘riga bosib hadeb kular:
— Mayli, pochcha, sizlar bilan o‘tirsam, yaxshiroq dam olaman, meni yolg‘izlik charchatgan, — deyardi.
U porillab turgan shahlo ko‘zlarini, xushbichim, chiroyli lablarini kulimsiratib uzoq gaplashib o‘tirdi. Unda eski Choliqushi uyg‘ongan edi. Hamma qiziqib quloq solayotganini ko‘rgandan so‘ng so‘zlarini buzib-cho‘zib aytar, faqat arzanda bolalargina biladigan shirin nozlik qiliqlar bilan lablarini burar, tilini cho‘chchaytirib chiqarar, betlarining chuqurchalarini ko‘rsatib tinmay gapirar edi. Quvonchidan mast bo‘lib o‘tirgan qari pochchasi shu darajaga yetdiki, eski hazilkashligini qilishdan o‘zini tutib qololmadi. Farida kichkinaligida uning ustki labini barmoqlari bilan qisib turib "œVoy yaramas Choliqushi-ey! Giloslarimni o‘g‘irlab olibsan, ber bu yoqqa!" deyar, ushlab olgan labining uchidan o‘pib olardi.
Azizbey atrofda ko‘tarilgan qahqahalar ichida "œVoy, unday qilmang, pochcha!" deb qichqirgan Faridani iyagidan ushlab turib, eski hazilini takrorladi, keyin Faridaning yuziga tikilib turib:
— Menda nima gunoh, Choliqushi? Hamma ayb o‘zingda. Uyli-joyli, salobatli xotinsan-u, hali tabiating, yuzing yosh bolanikiga o‘xshaydi. Kim sening yuzingni juvon yuzi deydi? — dedi.

Qayd etilgan


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:51:48

Komronning yuzi op-oqarib ketdi. Choliqushi boshqa birovniki ekanligini u birinchi marta his etdi.
Shu kechadan keyingi ikki kun ichida Komron Faridani juda oz ko‘rdi. Choliqushi o‘n yil avval Taqirdog‘ida bir necha tengqur qizlar bilan do‘st tutingan edi. Endi ular uy-joyli, salobatli xonimlar bo‘lib qolishgan. Ana shu do‘stlari Faridani holi-joniga qo‘yishmas, yo‘qlab kelib bir necha soatlab o‘tirishgani ham yetmay, qaytishlarida Choliqushini ham sudrab uyma-uy, bog‘ma-bog‘ olib yurishardi.
Mujgon Komronning ichidan ezilayotganini ko‘rib quvonar, ko‘zlari kulib tursa ham, shikoyatlanib gapirardi:
— Obbo, Faridani hech bizga to‘ydirishmas ekan-da. Aslida-ku shunday yurgani yaxshi-ya, nimaga desang, bahri ochiladi, yoziladi.
Komron shu ikki kun ichida Faridani bir marta ovqat mahalida, ikkinchi marta ko‘chadan chodraga o‘ranib kirib kelayotganida ko‘rdi.
Nihoyat, uchinchi kechaning tongi ham keldi. Komron odatiga qarshi bugun juda erta turgan edi. Tong endi-endi yorisha boshlagan, hali hamma uyquda yotgan payt edi. Komron hujrasining derazalaridan birini ochayotganda, birdan ko‘zlari bog‘da yurgan Faridani ko‘rib qoldi. Derazaning ochilganini u ham sezgan edi. Birdan boshini ko‘tardi-da, yangi chiqib kelayotgan quyoshga qarshi qo‘lini soyabon qilib turib:

Qayd etilgan


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:51:58

— Uyg‘ondingizmi, Komronbey? — dedi. — O, odatlaringiz o‘zgarib ketibdi. Burunlari sizni uyg‘otish uchun derazangizdan yozda hovuch-hovuch toshlar, qishda esa qorlar otish kerak bo‘lar edi. Siz ham jindek anatoliyalik bo‘lib qolibsiz. Men Anatoliyada shu mahal uyg‘onsam "œTanbal, odam ham oftob chiqqandan keyin turadimi!" deb uyaltirishardi.
Eski o‘yinqaroq, hushchaqchaq Choliqushini eslatayotgan bu so‘zlarni so‘ylaguvchining ovozida qalbga sarinlik va musaffolik bag‘ishlovchi tiniq oqar suv ohangi bor edi.
Komron yuragi betlamaygina so‘radi:
— Men ham chiqaymi, Farida?
Farida qo‘lini hamon peshonasida quyoshga soyabon qilib turib, eski vaqtlardagidek yashiriqcha mazax qildi:
— Zax havoning nozik vujudingizga ozor yetkazishidan qo‘rqmasangiz, yomon bo‘lmas edi. Sizni anatoliyachasiga mehmon qilardim.
Farida Komronni kattakon yong‘oq daraxtining tagiga olib borib, kecha kechqurun esdan chiqib qoldirilgan bir stulga o‘tqazdi.
— Endi meni bir zumgina kutasiz, Komronbey.
— Takallufni qo‘yamiz degan edik shekilli?
— Bir ozgina sabr qilasiz, vaqti bilan-da. Birdaniga hurmatsizlik qilolmayman, yuragim dov bermaydi.
Komron kuldi.

Qayd etilgan


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:52:08

— Lekin bu yana ham zo‘rroq hurmatsizlik, Farida! Menga "œ Komronbey!" deb muomala qilsang, meni masxara qilayotganday tuyulasan. Yo‘q, ruxsat bermayman bu xilda muomalangga!
Farida ham kulardi:
— To‘g‘ri, haqqingiz bor, haqqing bor, unday demaslikka tirishaman. Endi menga ruxsat, senga sut qaynatib kelay.
— Farida, qo‘y, iltimos qilaman!
— Bekor o‘jarlik qilasan! Anatoliyalik xotinning o‘z maylicha ish ko‘rishiga, xizmat qilishiga yo‘l qo‘yilishi — uning uchun ko‘rsatilgan eng katta hurmat bo‘ladi.— U bir oz hazil-mutoyiba, bir oz qayg‘uli ohangda so‘zini davom qildi: — Axir ko‘ngil ovlash uchun uy ishini qilishdan boshqa hech qanday jozibamiz yo‘q-ku!..
Farida ketdi. Uning hozirgina o‘rnidan turib, bog‘da qo‘lida mis qumg‘on bilan quruq cho‘p yig‘ib yurgan qorovul bilan gaplashgani eshitilib turardi.
Axiyri u ichidan bug‘ chiqib turgan bir kosa qaynoq sut ko‘tarib keldi.
— Sutdan ko‘nglim to‘lmadi, Komron. Lekin uch kundan so‘ng, ha, bugun qaysi kun? Bo‘ldi, payshanba kuni ertalab seni ziyofatga chaqiraman. Shu qo‘y sutini ichasan-u, lekin ko‘rasan, butunlay boshqa, alomat narsa bo‘ladi. Bu mening kattakon sirim, qandayligini bilging kelmaydimi? Qiziqmaysanmi? Voy o‘lay, odam ham shunchalik hissiz bo‘ladimi! Xo‘p, hozirning o‘zidayoq aytib bera qolay. Qo‘yni uch kun nok bilan boqaman. Nazarimda, sovqotayotganga o‘xshaysan, havo bir oz salqin. Nima, meni Basima xolam: "œTentak qiz, o‘g‘limni kasal qilib qo‘yibdi!" deb qarg‘asinmi? To‘xta, men sovvuqqa, zaxga o‘rganib qolganman, ro‘molimni beray, o‘ranib ol.

Qayd etilgan


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:52:21

Farida to‘g‘nog‘ich bilan bo‘yniga to‘g‘nab olgan qizil yung sharfini chiqardi-da, ertalabki zax havodan ozor tortayotgandek, sekingina titray boshlagan Komronning yelkalari bilan ko‘kragini o‘rab qo‘ydi.
Komronning ko‘zlari oldida o‘n yil avvalgi boshqa bir oqshom gavdalandi. Qo‘ztog‘idagi chorbog‘ning tashqari eshigidan bir necha odim narida... yana shunday yelkalariga kichkina ko‘krang paltosini tashlagan kalta etakli, qora fartug‘li mo‘’jazgina maktab qizini, uning ko‘k siyoh bilan bo‘yagan barmoqchalarini ko‘rdi. O‘shanda katta odamlarday: "œEndi seni asrash mening burchimdir" degan edi. O‘sha ovoz hozir yana Komronning quloqlariga eshitildi.
— Komron, xuddi qarilarga o‘xshaysan-a! Qo‘lingdan suting to‘kilib, tizzalaringni kuydirsaydi. Nega bunaqa o‘ychansan?
— Hech, esimga bir narsa tushdi-da...
Farida esiga tushgan narsasini aytdirgisi kelmayotganday so‘zini bo‘ldi.
— Men ham shunday. Yelkangda ro‘mol ko‘rib "œKomron xonim" deganim esimga tushdi.

Qayd etilgan


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:52:31

*  *  *

Farida ishini bitirgach, Komronning ro‘parasiga, past kursichaga kelib o‘tirdi. Qalin, pishiq bursa ipagidan choqlari keng yengli qilib tikilgan viloyat bichimidagi ko‘ylagi bo‘yniga, ko‘kragiga mahkam yopishib turardi. Tirsaklarini tizzalariga qo‘ydi, iyagini qo‘llariga tiradi, betlarini hovuchlari ichiga olib, gapira boshladi.
Komron uning yuzini shu qadar musaffo yorug‘da, shu qadar yaqindan birinchi marta ko‘rmoqda edi. Chehrasi bir oz ozgan, so‘ligan edi. Bu ozg‘inlik ko‘zlarini yana ham kattaroq qilib, tevaraklaridagi bilinar-bilinmas ko‘lkalar ularni yana ham qoraroq qilib ko‘rsatardi. Besh yil avvalgi Choliqushining uchqunlar porillab turgan shahlo ko‘zlariga endi olov yaqinida qovjiragan gullar sho‘ri tushgan edi. Ammo bu ko‘zlar yana burungiday kuladi, yana burungiday mas’um bir dadillik bilan hayiqmay qaraydi. Lekin Komronga u ko‘zlarning burungi chuqurligini, tubini ko‘ra olmayotganday tuyulardi.
Sochlari ham viloyatlardagi singari farqi o‘rtadan qo‘yilib, ikkita yo‘g‘on-yo‘g‘on qilib o‘rilgan edi. O‘rilganda ham shunday tortib o‘rilgan ediki, peshonasi bilan chakkalarining terisi xiyol cho‘zilib, qalam qoshlarining uchlari bir oz yuqoriga ko‘tarilibdi, yana ham tiniq, nafis ko‘ringan terisida ko‘kimtir ingichka tomirlari bo‘rtib chiqibdi.
So‘zlaridan ziyoda ovoziga mahliyo bo‘lib o‘tirgan Komron uning yuzini tomosha qilib turib bir narsaga diqqat qildi: Faridaning rangi oilaviy hayot kechirayotgan yosh, baxtli juvonning rangiga o‘xshamasdi. Bu yuzda uzilmasdan so‘lishga mahkum bo‘lgan gullarda, shuningdek, ishq-muhabbat lazzatini totmay qarib o‘tadigan qizlarda ko‘rilgan bezgak qizilligiga o‘xshash yashirin bir otash, kasallarga xos bir tiniqlik bor edi.

Qayd etilgan


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:52:46

Tong quyoshi bu yuzni shu qadar nozik, ma’noli qilib ko‘rsatardiki, yigit hushidan ketguday bo‘lib havaslanar, yig‘lagisi kelib o‘tirardi. Iztirob qiz yuzini shu qadar chiroyli qilib yuborishi mumkinligini Komron hech mahal aqliga keltirmagan edi.
Faridaning lablaridan tabassum arimas edi. Eski ohangiga bir yeridan nozikkina darz ketgan billurning mungli, shikoyatli jarangi qo‘shilgan ovozi bilan bolalik chog‘larining xotiralaridan gapirardi...
Komron yuragini changallab turib, keyingi hayoti qanday o‘tganligini so‘radi. Farida birdan jiddiylashib, boshini chayqadi.
— Esimdan chiqdi, Komron. O‘n besh yoshimgacha, shu yerga kelgan vaqtlarimgacha bo‘lib o‘tgan narsalar esimda, qolganlarini esa tuman bosdi, ko‘rmayman.
Xotiralarini bosib qolgan tumandan gapirayotganda, ko‘zlarini ham tuman bosib borar, boshini bir yonga egib, uzoq-uzoqlarga tikilib o‘tirardi.

Qayd etilgan


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:52:55

*  *  *

Farida eng eski bolalik xotiralaridan so‘ng, nihoyat keyingi o‘n besh yil izlaridan bahs eta boshladi. U Hoji xalfaning ajoyibligini, Zaynilar oqsoqolining o‘gitlarini, mudir Rajab afandining alomatligini hikoya qilib turganda, kuluvchi ko‘zlariga, jonli harakatlariga ba’zan bir sababsiz horg‘inlik cho‘kar, shunda ovozidagi siniq billurning sezilar-sezilmas jarangi yana ham kuchayar, yaralangan qalb fig‘oni kabi titrardi.
Farida daryo bo‘yidan so‘z ochganda, Komron ko‘zlarini yumdi-yu: "œFarida tanbur chalayotgan sevgilisining tizzasiga bosh qo‘yib, uning ko‘zlariga tikilgan o‘sha sharshara bo‘yi bo‘lmasin tag‘in!" deb o‘yladi.
Choliqushi hayotiga oid bir qancha mayda-chuyda va ahamiyatsiz narsalarni aytib bergandan so‘ng, birdan esiga tushganday:
— Komron, senga hali pochchangning suratini ko‘rsatganim yo‘q, a? — dedi.
U bo‘ynidagi tilla zanjirda osig‘liq kichkina oltin medalonni olib, Komronga uzatdi.
Yigit sarosimaga tushganini, titray boshlaganini sezdirmaslikka tirishib, suratni oldi. Farida u bilan birga suratni tomosha qilish uchun boshini engashtirdi, yuzi Komron yuziga yaqinlashdi.
— Uning yuziga qara, Komron. Naqadar olijanob, naqadar issiq, a?

Qayd etilgan


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:53:03

Yigit esa ko‘z qiri bilan Faridaga sezdirmaygina qarab turardi. Farida qattiq o‘yga botgani va suratga butun borlig‘i bilan tikilib qolgani uchun uning qarab turganini sezmadi.
Komronning hayotida bu eng achchiq, eng iztirobli isyon minuti bo‘lgan bo‘lsa kerak. Demak, Faridaning nozli, yoqimli va pok go‘zalligi mana shu oq soch, dag‘al yuzli so‘loqmon cholga nasib bo‘libdi-da?
Komronning ko‘z o‘ngiga dahshatli bir manzara keldi. Farida uyalganidan lavlagiday qizarib ketgan yuzida javdirab turgan shahlo ko‘zlaridan duv-duv yoshlar to‘kib, bolalarniki singari mas’um lablarida yolborayotganga o‘xshash bir titroq bilan chol qo‘llarida o‘zini urib tipirchilayotganday ko‘rindi.
Choliqushi uning yuziga qaramagan bo‘lsa ham, lekin xayolidan o‘tgan o‘ylarni sezganday bir seskandi-yu, medalonni sekin olib ko‘ksiga qo‘ydi. Keyin:
— Uzr endi, men boray, Komron. Uyda mehmonlar bo‘lsa kerak, — dedi.

Qayd etilgan


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:53:21

IV

Choliqushining uyasiga qaytganiga o‘n kunga yaqinlashib qolgan bo‘lsa ham Azizbey pochchasi har kuni kechqurun:
— Payqayapsizlarmi, bolalar? Uyimizga fayz kirib qoldi. Choliqushi bu safar qaldirg‘ochga o‘xshash qanotlarida bahor keltirdi. Attang, bahorning yana bir kuni o‘tib ketdi-da, — deyishini qo‘ymas edi.
Farida bo‘lsa kulib:
— Hechqisi yo‘q, pochcha, bir necha yildan keyin yana ruxsat olib kelaman. Xafa bo‘lmang, hali oldimizda ancha kun bor, halitdan o‘zimizni dili siyoh qilish juda ham zarurmi? — deyardi.
Choliqushi tamomila eski Choliqushiga aylangan edi. O‘tkinchi bo‘ronda sovrilgandan so‘ng yana quyoshga yetgan toza gul singari kun sayin ochilib borardi.
Choliqushi yana uydagi bolalarga onaboshi bo‘lib oldi. Mujgonning uch yashar qizidan va undan xiyol katta Najdaddan boshlab to o‘n yetti yoshli Narmingacha katta-kichik bolalarning hammasi uning pinjiga kirib oldi. Bular ertadan-kechgacha Choliqushidan bir odim ham qolmay chorbog‘ni to‘s-to‘polonga, qiy-chuvga, o‘yin-kulgilarga to‘lg‘azishardi. Gohi mahallar ularning to‘poloni shu darajaga yetardiki, kattalar tanbeh qilishga majbur bo‘lardilar. Lekin kattalarni suyuntiradigan boshqa tomon ham bor edi. Komron bilan Farida har nima bo‘lganda ham eski nishonlilar, unashilgan kishilar edi, shuning uchun so‘nggi besh yil ichida bitib ketganday ko‘ringan eski yaraning yana ochilishidan qo‘rqardilar. Faridaning yosh bolalarcha sho‘xligi, uni faqat uzoqdan tomosha qilishdan boshqasini xohlamaganday ko‘ringan Komronning halim, sokin baxtiyorligi uydagilarni tashvishdan qutqara boshlagan edi. Shunday bo‘lsa ham ular Komron bilan Faridada eski vaqtlardagi "œaka" va "œsingil" hislarini yana ehtiyoti shartdan kuchaytirishga harakat qildilar. Uxlab qolgan kasalning uyida uni uyg‘otib qo‘yishdan qo‘rqib, qanchalik shivirlab gapirilsa, ular oldida ham ehtiyotsiz bir so‘z bilan u alamli o‘tmishni uyg‘otib yuborishdan shunday qo‘rqar edilar.
Ba’zan Azizbey Faridadan:
— Munchalik shoshilmay, ko‘proq tursang bo‘lmaydimi? — deb so‘rardi.
Choliqushi esa ketish so‘zini eshitib, har doim mashqi tushar:
— Iloji yo‘q-da, pochcha. Har nima bo‘lganda ham Choliqushi boshqa uyaning onasi, uning yo‘liga ko‘zlari to‘rt bo‘lib turganlar ham bor, — deyar edi.

Qayd etilgan