Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin  ( 289156 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 B


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:53:31

*  *  *

Komronga qattiq tegayotgan bir narsa bo‘lsa, u ham Farida bilan Najdad o‘rtasidagi ahillik edi. Komron bolaning Choliqushi qo‘llarida uxlashini, ana shundan ke-   yingina ularning ayrilishini kutishga majbur bo‘lardi.
Komron bir kuni Faridaning bola bilan janjal qilayotganini eshitib qoldi. Choliqushi bo‘g‘ilib:
— Qani, Najdad, ayt-chi, yana bir marta "œamma" de-chi, amma, amma... — deyardi.
Lekin Najdad unga bo‘ysunmas, o‘jarlik bilan sariq boshini silkitib:
— Oyi, oyi, oyi, — deyardi.
Komron hayiqibroq:
— Qo‘y, Farida, oyi desa deyaversin, nima ziyoni bor? — dedi. — Kim biladi, balki shunday deyishga ehtiyoj sezayotgandir.
Farida hech nima demadi. Faqat egilib, bolaning boshini silay boshladi.

Qayd etilgan


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:53:46

V

Boshqa bir kuni ertalab Komron yopiq derazaga mayda toshlar kelib urilganini   eshitib uyg‘ondi. Faqat Faridagina shu taxlit uyg‘otishini u bilardi. Choliqushi yana katta yong‘oq tagida nonushta qilishga chaqirib kelgan edi. Dasturxonda dastlabki kunlari va’da qilgandek, juda ham yoqimli nok hidi anqib turgan ajoyib sut, buning yonida qishloqlarda yopiladigan mayda kulchalar, murabboga o‘xshash pushtirang bir nima solingan likopcha bor edi.
Farida kulchalarga murabbo surtib Komronga uzatdi-da:
— Mana, totib ko‘r, keyin mening qanchalik pazanda ekanimni bilasan, — dedi. — Bu nonlarning otini bilmayman, lekin murabboning oti "œgulbashakar".
Farida ishini bitirgandan so‘ng yana o‘sha past kursichaga, Komronning oyoqlari ostiginasiga o‘tirdi.
— Endi ayt-chi, Komron, gulbashakar yoqdimi?
Yigit kulib javob qildi:
— Yoqdi.
— Yaxshi ko‘rib qoldingmi?
— Yaxshi ko‘rib qoldim.
— Yana bir marta ayt.
— Yaxshi ko‘rib qoldim.
— Unaqa emas, Komron, "œmen gulbashakarni yaxshi ko‘raman", de.
Komron bu bolalarcha nozga tushunmay kuldi-da:
— Ha, men gulbashakarni yaxshi ko‘raman, — deb takrorladi.

Qayd etilgan


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:53:57

Faridaning yuzi loladay qizardi, ko‘zlari parpirab yondi, uyalganidan kipriklari pirpiradi, yalinayotgan yosh boladek bo‘ynini egib, iltimos qildi.
— Komron, yana bir marta: "œMen gulbashakarni juda yaxshi ko‘raman", degin.
Yigit, xohlagani berilmaganda yig‘lab yuborgan yosh bolaniki singari uning burilib, titray boshlagan lablariga taajjublanib qarab turdi, keyin sababini o‘zi ham bilmagan ichki bir hayajon bilan titrab:
— Gulbashakarni juda yaxshi ko‘raman, sen xohlaganingcha yaxshi ko‘raman, — dedi.
Farida yosh bola sevinchi bilan chapak chalib yubordi. Lablari kulib tursa ham, ko‘zlariga yosh keldi. Ahamiyatsiz narsa uchun yig‘layotgan boshqa birovni uyat qilayotgandek o‘z-o‘zidan kulib: "œPazandaligingni maqtagani uchun shunchalik suyunishing qanchalik esi pastlik-a, qanchalik esi pastlik-a!" — deb kular, masxara qilar, barmoqlari bilan ko‘zlarini quritishga urinar edi. Lekin yoshlari insofga kelmas, hadeb quyilar, yana quyilardi. Bo‘g‘iq tovush bilan birdan faryod ko‘tardi-yu, yuzini qo‘llari bilan bekitib, yig‘lay-yig‘lay uyga qochib ketdi.

Qayd etilgan


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:54:06

*  *  *

Bir kuni kechqurun Komron pochchasi bilan bozordan qaytib kelayotgan edi. Bolalar ularni uzoqdan ko‘rishdi-yu, odatlarini qilib, darvoza oldiga tizilishdi. Bolalar ulardan meva, qand-qurs, shokolad kutardilar.
Komron ularga tegishlarini ulashib turganda, oyoqlari ostiga bir siqim mayda tosh kelib tushganini sezdi. Bolalardan bo‘shab, darhol tevaragiga javdirab qaradi. Nariroqda kattakon bir kashtan daraxti orqasida Choliqushi Komronga qo‘li bilan bir nimalar ishora qilib turardi.
— Ma’nosiga tushunsangiz kerak, Komronbey? Biz ham bormiz, — dedi.
Farida kesatganda yoki sho‘xlik qilgisi kelganda hamisha bo‘lasini "œsiz"lay boshlardi. Hozir ham kulib turib sizlashda davom etdi:
— Meni barvaqt iste’foga chiqarib yuboribsiz. Qani mening tegishim? Eski qilmishlaringiz unutilgan deb o‘ylayotgandirsiz, afandim? Yo hozir sukut haqini berasiz, yo bo‘lmasa o‘sha eski gilos voqeasi bugun kechqurun dasturxon ustida jonlanganini ko‘rasiz.
Farida bundan o‘n yil avval mana shu darvoza oldida qilgandek, hozir ham tilini tishlari orasida qisib, uning pushti uchini chiqarib turib kula boshladi.
Komron paltosining cho‘ntagidan bitta quticha chiqardi, keyin kulib turib:
— Ataganim bor edi, Farida, bu ko‘p yaxshi bo‘ldi,— dedi. — Men ham bugun ichiga rom solingan bir quti shokoladli konfet olgan edim, xilvat qilib o‘zim yemoqchi edim, nachora, modomiki, shunday xavfga uchradik, nima ham deyar edik...

Qayd etilgan


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:54:27

Farida yosh boladek suyunib ketdi.
— Voy, qanday yaxshi-ya, qanday yaxshi-ya!
— Lekin bitta shartim bor, Choliqushi, konfetlarni yana o‘zim og‘zingga solib qo‘yaman.
— Qanday qilib?
— Hov bir vaqtlardagidek-da. O‘n ikki-o‘n uch yoshingda qanday qilardik.
Komron shu so‘zlarni ayta turib, Faridaga bitta konfet uzatgan edi, u bir necha sekund ikkilangandan so‘ng sekin boshini cho‘zib, xiyol titray boshlagan lablarini ochdi. Lekin Komron har qancha qistasa ham, Choliqushi qolgan konfetlarni bu xilda olishga ko‘nmadi.
— Menga ber, ovqatdan so‘ng Najdad bilan yeymiz,— dedi.
— Farida, yur, ana shu devorgacha boraylik. Qara, dengiz naqadar chiroyli bo‘pti. Bir oz gaplashamiz, tomosha qilamiz.
— Xo‘p. Oldin shu qutichani ichkariga tashlab chiqay. Bir zumgina kutib tur.
Komron uning bilagidan ushladi. Bu unga birinchi marta jasorat qilib, qo‘l tegizishi edi.
— Yo‘q, Farida, senga ishonib bo‘lmaydi. Bir zumgina kutib tur, kelaman deysan-u, kelmaysan. Yoki kelsang ham, kim biladi, qachon va qanday kelasan. Shunaqa, senga ishonchim qolmagan, Farida, — dedi.

Qayd etilgan


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:54:40

Choliqushi hech nima demadi, faqat boshini egib, u bilan yonma-yon yurib ketdi.
Komronning shu oqshom mashqi past edi. O‘zini bosolmay, kalta-kulta, kelishmagan so‘zlar bilan nuqul zorlanardi. Pastda oqshom g‘ira-shirasi quyuqlashib borar edi. Komron uchib ketayotgan bir gala qushni ko‘rsatib:
— Farida, yaqinda sen ham shu qushlar singari uchib ketasan, a? — dedi.
— ...
— Menga qara, xolalaringni, bo‘lalaringni, eski do‘stlaringni, bolalik chog‘laring o‘tgan yerlarni tashlab ketganingda nahotki yuraging achishmasa?
— ...
— Uyangda boshqalarni baxtiyor qilib, o‘zing ham baxtiyor bo‘lib yashar ekansan, sen qaqshatib ketayotgan boshqa bir uyaning xarob va parishon ahvoli nahotki seni dilgir qilmasa?
Farida javob bermas, hatto eshitmas ham edi. U kaltagina qalamcha bilan qutiga bir nimalar yozish, bir nimalar chizish bilan ovora edi.

Qayd etilgan


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:54:50

Komron nafsi og‘rib:
— Javob berging yo‘q, a, Farida? — dedi.
Choliqushi unga o‘ychan holatda qaradi.
— Kechir, Komron. Es-hushim boshqa yerda edi. Nima deganingni eshitmadim. Bir zamonlar bitta ashula eshitgan edim, so‘zi esimdan chiqib ketuvdi, hayronman, hozir birdan esimga tushib qoldi. Yana unutib qo‘yma-   yin deb yozib oldim. Xohlasang, mana, o‘qi. Sovqotib qoldim, kechir, men kirib ketaman.
Komron qutichaning osti tomoniga Faridaning shikasta qalami bilan yozilgan shu to‘rt satrni ko‘rdi:

Bag‘rim o‘ti, och-tir-ma, me-ning og‘zim-ni zinhor,
Zo-lim, me-ni so‘ylat-ma-ki, qal-bim-da ne-lar bor.
Bil-may-man-mi, qil-mi-sh-la-ring, ay-la-ma in-kor,
Zo-lim, me-ni so‘ylat-ma-ki, qal-bim-da ne-lar bor!

Qayd etilgan


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:55:03

VI

Bu voqeadan to‘rt kun o‘tdi. Shu davr ichida Farida Komrondan o‘zini olib qochib yurdi. Komronning u bilan yolg‘iz qolish niyatidagi bahonalarini, turli hiylayu nayranglarini puchga chiqarib bordi. Boshqalar oldida gaplashish to‘g‘ri kelgan paytlarda esa yuziga qaramas, ko‘zlarini to‘qnashtirmas edi.
To‘rtinchi kuni kechki payt uydagilarning hammasi mayda bolalarni olib mehmonga ketishdi. Endi ular xufton namozidagina qaytib kelishlari mumkin edi.
Tashqarida qattiq shamol esib, to‘zu tuproqni osmonga sovurganiga qaramay, Komron uydan chiqib aylangani ketdi.
Uzoq tepalarda shamol guvillar, ko‘rinmas yomg‘ir savalayotgandek, daraxtlar silkinib shovillar, uzoq-uzoqlarga cho‘zilib ketgan yo‘llarda to‘z-tuproq quyunlari quturardi.
Shamol Komronning yuziga changlarni keltirib urar, ko‘zlariga kirar, u har qadamda bir to‘xtab, shamolga orqasini o‘girib turishga majbur bo‘lardi. U yaydoq tepa labida so‘ppayib turgan kattakon qoyani ko‘rdi. Tosh yonida bitgan ingichka, jonsiz bir daraxt shamolda yalang‘och shoxlari bilan tinmay larzanglardi. Komron yo‘lini o‘sha yoqqa burdi. Toshning bir burchiga, shamol panasiga kelib o‘tirdi.
Shuncha guldurosga, to‘s-to‘polonga qaramay, hammayoq unga sahro kabi bo‘m-bo‘sh ko‘rindi... Komronga tabiat hech mahal shu bugungiday ruhsiz, uning butun husni-chiroyi hech vaqt luzumsiz, hayoti bunchalik umidsiz ko‘rinmagan edi!

Qayd etilgan


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:55:12

Birdan yo‘lning uzoq-uzoqlarida, uning dengizdan chiqib kelayotgandek tuyulgan suvga yaqin bir nuqtasida inson qorasi ko‘rindi. U kiyimlarining rangidan xotin kishi edi. Komron sababini o‘zi ham bilmay, pastga tushib qo‘raga qarab yurib ketdi. Bir oz borgandan so‘ng Narminning och pushti rangli chorshafini tanidi. Yosh qiz ham uni ko‘rgan bo‘lsa kerak, uzoqdan shamsiyasini silkita boshladi.
Komron "œNega Narmin boshqalardan ayrildi, nega yolg‘iz kelyapti?" deb hayron bo‘ldi-yu, qadamini tezlashtirdi.
Yosh qiz shamolga qarshi engashib, bir qo‘li bilan etaklarini, ikkinchi qo‘li bilan esa chorshafining yirtqich qush qanotlari singari lapanglab, yuqori ko‘tarilgan pelerinasini ushlab kelardi.
Qiz yuzini ko‘rar ko‘rmas Komronning yuragi qinidan chiqib ketayozdi; Narminning chorshafini yopinib, Farida kelardi!
Ikkalasi bir-biriga yaqinlashgan paytda birdan shamol Faridaning qo‘lidagi shamsiyani uchirib ketdi. Choliqushi voylab shamsiyasini ushlamoqchi bo‘lgan edi, shamol bir quturdi-yu, etaklarini ko‘tarib, pelerinasini uchirdi, sochlarini to‘zg‘itib yubordi. Komron vaqtida yetib keldi: shamsiyani bir buta tagida ushlab oldi. Ke- yin Faridaning yoniga chopib kelib, uni paltosining etagi bilan shamoldan to‘sdi, chorshafini yopinib olishiga yordam berdi.

Qayd etilgan


shoir  14 Oktyabr 2007, 12:55:21

— Yaxshiyamki, vaqtida kelib qolding, Komron, — dedi Choliqushi. — Oz bo‘lmasa shamol meni chinakam choliqushilari singari uchirib ketardi!
Farida yana bir nima demoqchi bo‘ldi-yu, lekin shamol quturib, boshini egishga, ko‘zlari bilan og‘zini yumishga majbur qildi.
Ular sekin-sekin yurib ketishdi. Komron uni yo‘l bo‘yi paltosining bag‘ri bilan shamoldan to‘sib bordi.
Farida endi so‘zlay oladigan ahvolga kelgan edi. Lekin u, nima uchundir, gapirishdan ko‘ra ko‘proq kular edi. Baayni kulgi shamoliga yo‘liqqanday o‘zini tutolmay nuqul xaxolardi. Kulgidan bo‘g‘ilib, nafasi tiqilib turib, kulgining sababini anglata boshladi:
— Bilasanmi, nimaga kulyapman, Komron? Mehmondorchilikda o‘tiruvdik, birdan bozorga borishim zarurligi esimga tushib qoldi. Egnimda yildirim bor edi, bu ahvolda, albatta, bozorga borolmasdim. Bechora Narmin bitta yaxshilik qilib yubordi. Bozorga uning chorshafini yopinib bordim. Betim yopiqlik, bozordan chiqib kelayotsam, bir ofitser orqamdan ergashib kelaverdi. Bir mahal yetib kelib: "œNarmin xonim, sizmisiz? Naqadar kutilmagan baxt-a!" desa bo‘ladimi? Boyoqish Narmin menga yaxshilik qilaman deb, o‘zini sharmanda qilib qo‘ygani menga shunaqayam qiziq tuyuldiki, men piqillab kulib yubordim. Bechora ofitser yanglishganini tushunib, qochvordi... Qochmay nima ham qilsin: Narmin o‘rnida kap-katta xotinni ko‘radi-yu...

Qayd etilgan