Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin  ( 289144 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 61 B


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:49:07

Bir kuni Mujgon ikkimiz dengiz bo‘yiga tushdigu, uzoqdagi burunga qarab ketdik. Maqsadimiz ana shu burunni hosil qilgan qoyalar orqasidagi pana qo‘ltiqqa borish edi, faqat aksiga olib, yo‘l berk chiqib qoldi. Oyoq kiyimlarimizni yechib suvga tushishdan boshqa chora yo‘q edi. Meni-ku bu narsa sevintirdi-ya, lekin bo‘yiga yetib, xonimcha bo‘lib qolgan Mujgonni nima qilamiz?
Har qancha aytganimda ham tuflilari bilan paypoqlarini yechmasligini bilganim uchun:
— Kel, Mujgon opa, seni opichib olay... Ko‘tarib o‘tkazib qo‘yaman, — dedim.
Mujgon unamadi.
— Jinni qiz, kap-katta odamni qanday olib o‘tasan! — dedi.
Bechora Mujgon, yoshiga o‘xshash bo‘yi ham menikidan katta bo‘lgani uchun meni ko‘tarib o‘tishga kuchi yetmaydi, deb o‘ylagan-da.
Jadal yaqinlashib:
— Ko‘ramiz, bu ham bir tajriba-da, ko‘tara olsam marra bizniki, — dedim-u, boldirlaridan ushlab dast ko‘tardim.
Mujgon avval buni bir-ikki odimlik sinov deb o‘yladi, keyin qo‘limdan chiqishga harakat qildi.
— Jinnilik qilma, qo‘yvor. Meni qanday ko‘tarasan? — deb kuldi. Keyin yalang oyoqlarim bilan suv kechib ketganimni ko‘rib, dod solguday bo‘ldi.
— Qushday yengilsan, opa, — dedim. — Tipirchilaydigan bo‘lsang shaloplab yiqilamiz, ikkovimizning ham sho‘rimiz quriydi. Tek tursang, eson-omon o‘tib olamiz.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:49:29

Bechora qizning rangi o‘chib ketdi. Churq etguday bo‘lsa posongisini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib, og‘zini, ko‘zlarini yumib, qo‘llari bilan sochlarimga yopishib oldi.
Bechora Mujgon bir qarichlik suvda, xuddi jar yoqasidan o‘tayotganday ko‘zlarini yumib, quchog‘imda qimirlashga yuragi betlamay borardi.
Burunga yetganda nimalarni ko‘rdik deng? Suvdan tortib qo‘yilgan bir qayiqcha yonida ovqat yeb o‘tirgan uchta baliqchi bizni ko‘rib qolsa bo‘ladimi.
Mujgonning esxonasi chiqib ketdi, qo‘llarimni xuddi sindiradiganday qisib:
— Murodingga yetdingmi, Farida? Endi nima qildik? — dedi pichirlab.
Men kuldim.
— Baliqchilar odam yeyishmaydi-ku, — dedim.
Lekin ahvolimiz chindan ham xunuk edi. Masalan, tizzamning ko‘zlarigacha ochiq boldirlarim, qo‘lda paypoqlarim bilan odamlarga ko‘rinadigan ahvolda emas edim.
Mujgon supurgidan qochgan o‘rgimchakdek, ingichka boldirlari bilan qochish harakatiga tushib qoldi. Menga bu vahm aybday tuyuldi, shuning uchun baliqchilarni gapga solish fikriga tushdim.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:50:21

Suv o‘sha kuni nega yo‘llarni bosib ketgani, dengizning qaysi tomonlarida qachon baliq tutishganini so‘radim. Ishqilib, gapga solish niyatida aytilgan safsatalar bu...
Baliqchilarning ikkitasi yigirma yo bundan ortiqroq yoshlardagi ikki yigitu, bitta soqolli chol edi.
Yigitlar uyatchan ko‘rindi. Javobni chol qildi. Lekin u ham men singari gapdonlikni yaxshi ko‘rarkan shekilli, mening kimligimni so‘radi.
Bir zumda shoshib turganimdan so‘ng: "œMarika degan qizman. Savdogar amakimnikiga Istambuldan mehmon bo‘lib keldim", — deb yurib ketdim.
Mujgon meni qo‘limdan ushlab sudramoqchi bo‘lganday oldinga tortar: "œXudo jazoingni bersin, nega bunday qilding?" deb koyir edi.
— Qaydam, — dedim men ham, — Istambuldagi xolalarim: "œTilingni tiy. Behuda vaqillama. U yerning odamlari g‘iybatchi bo‘ladi", deb tayinlashuvdi-da. Baliqchilar: "œBu qanday musulmon qiz, boshinigina emas, sonini ham ochib yuribdi", deyishmasin dedim-da......
Xullasi, qo‘rqoq Mujgon bu ahamiyatsiz narsadan katta voqea yasadi...

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:51:02

* * *

Kechqurun Mujgon ikkimiz qo‘ltiqlashib sayr qilib yurganimizda, bir yosh suvori ofitseri orqamizga tushganini ko‘rib qoldik. Bu ofitser otiga ta’lim berayotgan ko‘rinardi. Lekin xudoning dalasiga boriladigan boshqa joy qurib ketganday, nuqul biz yurgan yo‘lda borib-kelar, yonimizdan o‘tayotganda bizga tikilib qolardi. Yana shundayin g‘alati avzodaki, hali-zamon to‘xtab gaplashadi, deb o‘ylaysan...
Bir kun u yana otini o‘ynata-o‘ynata bizni devor chetidagi daraxtlar orqasiga qochirib, yonimizdan o‘tib ketgandan so‘ng sekingina kuldim-u, tomog‘imni qirib:
— Tushundik, Mujgon opa, — dedim. Mujgon yuzimga qaradi.
— Nima demoqchisan, Farida? — deb so‘radi.
— Shuni demoqchimanki, biz avvalgiday yosh qizcha emasmiz, opa... Ofitser bilan yaxshigina jigarso‘xtaligingiz bor ekan...
Mujgon kula boshladi.
— Meningmi? Jinni qiz!
— Bizni ham bir oz mensib muomala qilish darajasiga tushsangiz qanday bo‘lar ekan, xonim afandim?
— Ofitser menga ilhaq bo‘lib yuribdi, deb o‘ylaysanmi?
— Bunday o‘ylamaslik uchun bir oz to‘mtoq bo‘lish kerak.
Mujgon yana kuldi. Lekin bu safargi kulgisida bir oz iztirob bor edi. Keyin chuqur tin oldi.
— Jonginam, men orqasidan birov yuguradigan qiz emasman-ku... U seni deb atrofimizda parvona bo‘lib yuribdi.
— Nahotki, opa!..
Ko‘zlarim moshday ochildi.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:52:12

— Ha, seni deb yuribdi... Sen kelmasdan avval ham ko‘rardim, lekin yo‘l bo‘yidagi mana shu daraxtlar orasidan meni quvmay, indamay o‘tib ketardi-da, qaytib kelmas edi...
O‘sha kuni kechqurun ovqatdan so‘ng Mujgon ikkimiz uy oldiga chiqdik. Gaplashib yurib dengiz tomonga ketdik.
— Sening bir darding bor, Farida, hech gapirmaysan, — dedi Mujgon.
Bir oz ikkilanib turganimdan so‘ng:
— Kunduzi aytgan behuda gapingni hech miyamdan chiqara olmayapman, ko‘nglim xijil, — deb javob berdim.
Mujgon shoshib so‘radi:
— Nima devdim?
— "œMen orqasidan birov yuguradigan qiz emasman-ku", deding.
Mujgon yumshoqqina kuldi.
— Ana xolos, senga nima kuygulik?
Men Mujgonning qo‘llarini ushladim, ko‘zlarimni jovdiratib, mungli tovush bilan:
— Nima, sen xunukmisan, opa? — deb so‘radim.
U yana kuldi, meni erkalab betimga asta shapati urdi.
— Xunuk ham emasman, chiroyli ham... O‘rtachaman deyayin-u, shu bilan gapni tamom qilaylik... Senga kelsak, bilasanmi, yoshing o‘sgan sari odamning hushini oladigan darajada ochilib boryapsan!

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:52:34

Qo‘llarimni Mujgonning yelkasiga qo‘ydim, uni o‘pmoqchiday burnimni burniga taqab:
— Meni ham o‘rtacha deyaylig-u, shu bilan bu masalani bitiraylik, — dedim.
Qiyalikning chetiga kelgan edik. Yerdan tosh to‘plab dengizga ota boshladim. Mujgon ham menga qo‘shildi, lekin boyaqish tosh otishni bilmasdi, qo‘lida quvvati yo‘q edi.
Men otgan toshlar osmonda bir zumgina ko‘rinmay ketardi-da, keyin fosforday yaltirab borib, suvga o‘qday otilib kirib ketardi. Uniki esa kulgili bir alfozda yumalab borib, qirg‘oq toshlariga urilar yoki etakdagi qumlarga tushardi. Biz ichagimiz uzulguday bo‘lib kular edik.
Nima ham deysiz, oy yog‘dusiga cho‘milgan dengizning ikki yosh qizga bag‘ishlangan ilhomi shugina bo‘lmasligi kerak edi, lekin nachora. Bir ozdan keyin Mujgon charchab kattakon toshga o‘tirdi. Men ham turgan yerimga cho‘kkaladim.
Mujgon maktabdoshlarim to‘g‘risida har xil savollar bera boshladi. Men ham Mishel to‘g‘risidagi bir necha voqeani aytib berdim. Keyin tilimni tiyolmay, o‘z uydirmalarimni aytishga kirishdim.
Buning nima hojati bor edi? Ajabo, Mujgonga shu narsalarni aytib berishga meni majbur qilgan narsa shunchaki bir sho‘xlik ehtiyojigina edimi? Qaydam. Noo‘rin ish qilayotganimni sezib, tilimni shuncha tiyishga urinsam ham, hech epini qilolmay so‘zlar edim.
Mujgonga aytib bergan narsalarim dugonalarimni bo‘ri ertagidagi singari qanday aldaganim hikoyasidan iborat edi. U mahal rol talabi bilan o‘zimni qayg‘uli holga solardim, lekin bu safar bunga majburiyat bo‘lmasa ham, nima uchundir, yana o‘zimni, qayg‘u og‘ushiga tashladim. Ovozim asta-sekin mung olib, boqishlarim telbalanib bordi. Mujgonning yuziga qarashdan qo‘rqib ko‘zlarimni olib qochar edim. Uning goh etaklari, yo tugmalarini o‘ynar, goh boshimni tizzasiga qo‘yib, nuqul dengizga, uzoqlarga tikilardim.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:53:08

Hikoyamning qahramonini avval Mujgondan yashirishga tirishdim-u, keyincha buni ham og‘zimdan chiqarib yubordim.
Mujgon sochlarimni silab, so‘zlarimga jimgina quloq solib o‘tirardi.
So‘zimni bitirib, dugonalarim haqida yolg‘on-yashiq narsalar aytganim aybligini bo‘ynimga olganimda, u nimalar dedi deng?
— Bechora Faridaginam! Komron chindan ham jigaringdan urib qolibdi!
Jinim qo‘zg‘adi-yu, birdan o‘zimni Mujgonning ustiga tashladim, uni qurib qolgan o‘tlar ichida yumalatib tortqilay boshladim.
— Nima deding, opa, nima deding? Men unaqa sariq chayonni...
Mujgon o‘lib-tirilib o‘zini qutqazishga tirishar, tipirchilardi.
— Qo‘yvor, qo‘yvor deyman senga! Ust-boshimni yirtasan! Odamlar ko‘rsa sharmanda bo‘lamiz, xudo xayringni bersin, bunday qilma, — deb yolvorardi.
— So‘zingni qaytarib ol...
— Xo‘p, qaytarib oldim. Nima desang qilaman, lekin meni qo‘yib yubor.
— Ammo yuz-xotir uchun emas, meni aldash uchun emas... Chindan...
— Juda soz, yuz-xotir uchun emas, seni aldash uchun emas... Chindan...
Mujgon o‘rnidan turib, ust-boshini qoqa boshladi.
— Farida, chindan ham jinni bo‘libsan, — dedi kulib.
Men o‘rnimdan turmagan edim, titrab turib:
— Xudodan qo‘rqmay menga qanday tuhmat qilding-a, opa! Men hali yoshman, — dedim.
Ana shundan keyin o‘zimni to‘xtatolmay yig‘lab yubordim.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:54:50

* * *

O‘sha kuni kechasi juda yomon bezovta bo‘lib chiqdim. Negadir uyqum kelmas, alahlar, to‘rga ilingan kattakon baliq singari u yoqdan-bu yoqqa o‘zimni otar, to‘lg‘anar edim.
Xayriyatki, kechalar qisqa edi. Tong yorishguncha Mujgon yonimdan jilmadi.
Ichimda bir narsa o‘zgarganday o‘zimdan-o‘zim dahshatli bir qo‘rquv, nafrat his etardim. Dam-badam yosh boladay Mujgonning bo‘yniga tashlanar: "œNega bunday deding, opajon?" deb ho‘ngrar edim.
U yana ham battarroq hujumga uchrashdan qo‘rqqani uchun na "œha", na "œyo‘q" deyar, indamay sochlarimni silar, boshimni bag‘riga bosib, meni yupatishga tirishar edi. Tong yorishar payt uning ham asab tori uzildi, jahli chiqib meni koyib berdi:
— Jinni, yaxshi ko‘rish aybmi? Qiyomat qo‘pgani yo‘q-ku!.. Juda bo‘lmasa uylanarsizlar, shu bilan olam guliston... Uxla, bezor qilib yubording-ku! Men bunaqa odobsizlikka toqat qilolmayman.
Mujgon opamning jahli bu safar ham bo‘ynimni egib qo‘ydi. Bundan tashqari u bilan gap talashib o‘tirishga o‘zimda ham majol qolmagan edi. Musyo Segenning butun kecha bo‘ri bilan olishib, saharga yaqin o‘zidan ketib qolgan echkisi* singari holdan ketgan edim.
Ko‘zim ilingan paytda Mujgonning yana shirin til bilan:
— U ham senga beparvo qaramas, — deganini eshitgan bo‘lsam ham, bunga qarshi isyon ko‘tarishga qurbim yetmay uxlab qoldim.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:55:10

 * * *

Ertasiga shu yerlik boylardan birining chorbog‘iga taklif qilingan edik. Umrimda shu bugungiday bahrim ochilgan kun bo‘lmagandir, deyman.
Oysha xolam bilan Mujgon chorbog‘ hovuzi bo‘yida kattalar bilan gaplashib o‘tirganlarida, bolalarni yonimga oldim-u, tevarakda o‘tni o‘tga, suvni suvga otib, to‘polon qila boshladim. Hatto bir qur bitta yaydoq otga minmoqchi bo‘lib, jonimni xatarga ham qo‘ydim. Xolam bilan Mujgon meni ko‘rib qolishib, qo‘l-bosh ishoralari bilan imo qilishardi.
Ularning nima demoqchi ekanliklarini juda yaxshi bilsam ham, anqovsirab o‘zimni ko‘rmaganga solar, daraxtlar ichiga kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lar edim.
Ha, yoshi o‘n beshga yetib, ularning nozik iborasi bilan aytganda, "œbo‘yi cho‘zilib qolgan" qizning xizmatkorlar orasida boshi ochiq, poychalari yalang, ust-boshi ochilib sho‘xlik qilib yurishi ayb, buni o‘zim ham tushunaman, lekin nachora, o‘zimni go‘llikka solaman.
Bir mahal Mujgonni yolg‘iz topib, qo‘lidan ushladim-u:
— Arman keliniga o‘xshagan bu xonimlarning nimasi yoqib qoldi senga? Undan ko‘ra men bilan yur, — dedim.
— Kecha saharga dovur holi-jonimni qo‘ydingmi? — dedi. Keyin ilova qildi: — Sen, rosti, g‘alati mahluqsan, jonivorga o‘xshaysan, Farida. Kecha kechqurun qanday ahvolda eding? Ertalab ikki soat uxlar-uxlamas darrov turib ketding. Ahvolingdan hech charchagan kishiga o‘xshamaysan. Ranging noppa-nozanday, ko‘zlaring porillaydi. Qara, meni ne ahvolga solding!
Chindan ham bechora Mujgon achinarli ahvolda edi. Kechasi uxlamagani uchun yuzi, ko‘zlarining oqi ham bol mumi singari sarg‘ayib ketgan edi.
— O‘tgan ishga salavot, — dedim-u, yana yugurib ketib qoldim.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:56:01

* * *

Oqshom payti. Aravamiz kechikib qolgani uchun yayov kelayotibmiz. Albatta, bunisi yana yaxshi. U yog‘ini surishtirilsa, chorbog‘ uncha uzoq ham emas... Xolam o‘z tengi ikkita qo‘shnisi bilan orqada kelardi. Men bo‘lsam bir oz chehrasi ochila boshlagan Mujgon bilan qo‘l ushlashib, ancha ilgarida kelar edim. Yo‘lning bir tomonida yiqiq devorlar, shoxlar bilan to‘silgan bog‘lar, narigi tomonidan esa poyonsiz umidsizlikka o‘xshagan yelkansiz, tumansiz dengiz...
Bog‘larda barvaqt kuz boshlangan, devorlar, shoxlar yonida g‘ovlab yotgan ko‘katlar qurigan, hammasini chang-to‘zon bosgan, bir-biridan uncha uzoq ekilmagan nihollarning titrab turgan ola-quroq soyalari chang yo‘lga xazon aralash tushib turardi.
Faqat uzoqlarda, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bog‘larning ichkarisida bir qancha qizil donalar sochilib yotibdi. Bular pishgan maymunjonlar, bularni parvardigor choliqushlar — chittaklar yesin, deb yaratgan...
Shu sababdan umidsizlik dengizini bir yoqqa qo‘yib, Mujgonning qo‘lidan ushladim-da, maymunjonlar tomon sudray boshladim.
Orqadagilar toshbaqa qadami bilan bizdan o‘tib, quyi chorbog‘ning etagiga yetgularicha biz ishimizni sakson marta bitirib olamiz.
Faqat Mujgon opa odamning toqatini toq qilib yuboradigan darajada imillaydi. Dala o‘rtasida yurib borayotganda tuflisining poshnalari bukiladi, o‘rib olingan ekinlarning xas-cho‘plari oyoqlariga kirishidan qo‘rqadi, ikki qarichlik chuqurdan hatlashga to‘g‘ri kelganda taraddud qilib qoladi.

Qayd etilgan