SABR-TOQAT HAQIDA  ( 69671 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Muhammad Amin  08 May 2007, 16:35:52

HIKOYAT.To’tini qarg’a bilan bir qafasga qamadilar. To’ti qarg’aning yoqimsiz basharasini k’rishdan dodga kelib, o’z-o’ziga dedi: "œBu qanday jirkanch qiyofa, qanday badnamo bashara, naqadar yoqimsiz shaklu shamoil va naqadar beso’naqay jasad? Koshki edi ikkalamizning oramizda mag’rib bilan mashriqcha masofa bo’lsayu,sening tasqara basharangni ko’rib bunchalik azob chekmasam!

Kim erta turiboq boqsa yuzingga
Uning yorug’ kuni bo’lur misli shom
Senga rafiq lozim o’zingdek rasvo
Ammo topilurmi sebdekni ayyom?"
Qizig’i shundaki qarg’a ham to’ti bilan birga yashashdan qattiq azoblanb, afsus-nadomadlar chekib, taqdiridan shikvayu shikoyatlar qilib derdi: "œNaqadar baxt qarolik bu, toleim past, falak bevafo ekan! Menga munosib ulki bashqa bir qar’a bilan bog’ning devorida  savlat to’kib yursam!

Rind bilan porso o’tirgan makon
Posoga bo’ur misoli zindon

Ne gunohim bor ekanki taqdir meni ja’zolab, o’ziga bino qo’ygan shuday ahmoq va be’mani, ablah va nojins bilan birga bandi-baloga giriftor qilib qo’ydi?

Bo’lsa devorda uning surati
U devor uoniga hech kim kelmagay
Agar uning joyi jannatda bo’lsa
U jannatni hech kim orzu qilmagay".

   Bu misol shuning uchun keltirildiki, bilib qo’ygaysiz: olim jahldan  qanday nafratlansa, johil olimdan ham yuz chandon ortiqroq hafrat qiladi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 May 2007, 16:38:51

Assalomu aliykum!!!
Menimcha sabr qilish har bir inson uchun juda foydali.
Bekorga aytishmagan sabr tagi oltin deb.
Har bir inson sabrli bo'lishni bilishi kerak. Dard kelganda sabr qilish va baxt kelganda shukur qilish kerak.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 May 2007, 16:26:27

Qadim zamonda bir aqilli dono kishi bo'lgan ekan. Unini hamma hurmat qilar, va qadrlashar ekan.
kunlarning birida u qattiq kasal bo'lib yotib qolibdi. Hech uning kasalini davolishning iloji bo'lmabdi. Hamma uni ko'rgali kelar va tezroq tuzalishini so'rab ketaverar ekan. U dono kishi shunchalik qiynalsa ham baribir qachondir tuzalib ketishiga ishonib sabr bilan o'sha kunning kelishini kutibdi. Hech ham nolimabdi. Faqat sabr va toqat qilib yashashdan umidini uzmasdan yashay veribdi.
kunlarning birida uning tushiga Rasulluloh sallalohi alayhi vassallam kiribdi. Va bu kasallik uning uchun berilgan sinovligini va yaqinkunlar ichida tuzalib ketishini aytibdi. Va o'sha kundan uch kun o'tgach dono kishi tuzalib ketibdi va hamma kishilar uni ko'rgali kelishibdi va yana u insonlarga yaxshilik qilishda davom etibdi va uzoq umur ko'ribdi.

Ollohim har bir insonga sabr bersin!!!

Qayd etilgan


siddiqa  05 Dekabr 2008, 16:00:46

Alloh sobur bandalari bn doim birgadir ,to'ri ularning boshlariga g'am tashvishlar kelishi mm nega ALLOh VA rasulini deganalri uchundir,lekin shunaqa paytlarda ALLOh ularni hech yolg'izlatmas,sabrlari evaziga firdavs jannatlarini tayyorlab qo'yadi .ALLOh barchamizni sobur bandalaridan qilsin.

Qayd etilgan


ziyoda_aliyeva  30 Iyul 2009, 17:50:43

Assalomu alekum va rahmatulloh!!!
Alloh Taolo"¦"¦"¦"¦.Ye mo’minlar, Sabr qilingiz va sabru toqat qilishda (kofirlardan) ustun bo’lingiz
Rasulluloh s.a.v "¦"¦"¦"¦"¦Sizlar mening huzurimdagi narsalarimga faqat menig  roziligimni talab qilish yo’lida O’zlaringiz hush ko’rmagan narsalarga sabr qilmaguncha eta olmaySizlar. Menga itoat qilishdagi bardoshlik menga osiy gunohkor bo’lib jazoga giriftor bo’lishdan onsoroqdir!!!!!!!!!!!!
Inson hayoti davomida boshi ustida quyosh charaqlab turish barobarida  turliy tashvish bulutlari ham suzib yuradi. Kenglik Tnaglik ham, To’qlik-Ochlik ham, Shodlik-Musibat ham!!!!!
 Inson Umri faqat shodligu g’alaba bilan o’tgan kimsani tarih bilmaydi. Odam boloasidan mashqat va musibat Paytida sabr qilishi Umidsizlanmasligi, haq ustida sabot turishi talab etiladi!!!
Shundoq ekan har bir inson tushunib etishi kerakiy Dunyo g’ami kelib ketguvchi mehmondir abadiy qoladi deb ranjimaslik kerak!

Qayd etilgan


ziyoda_aliyeva  30 Iyul 2009, 17:51:15

Qur'oni Karimda Sabr bayoni!!!!!
Qur'oni Karimda Sabr haqida juda kop bor takrorlangan. Alloh bejiz Sabr haqida aytmagan demak Sabr Alloh bergan ne'matlar ulug’i bunga misol quydagilar!

Alloh Taolo: "Ey mo'minlar, Sabr qilingiz va sabru toqat qilishda (kofirlardan) ustun bo’lingiz" (Oli-Imron surasi 200-oyat)
  
"Va albata sizlarni havfu hatar, ochlik, molu jon va  meva-chevalarni kamaytirish kabi narsalar bilan imtohon qilamiz. Bas, Sabr qiluvchilarga xushhabar bering!" (Baqara surasi 155-oyat)


"Hech shak shubha yo’qki, Sabr Toqat qiluvchilarga ajr mukofotlari hisob kitobsiz to’la to’kis qilib berilur!" (Zumar suarsi 10-oyat)


"Albatta kim( o’ziga yetgan ozor-aziyatlarga) sabr qilsa va (intiqom olmay Alloh, uchun) kechirib yuborsa, shak-shubhasiz, bu  ish ishlarnig maqsadga muvofig’idir!" (Sho’ro surasi 43-oyat)


"Ey Mo’minlar, sabr qilish va Namoz o’qish bilan (Mendan) madad so’ranglar! Albatta Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir!" (Baqara surasi 153-oyat)

"Albata Biz to Sizlarnig orangizdagi (Bizning yo’limizda molu jonlari bilan) jihod qilguvchi va (yaxshi yomon kunlarda) Sabr qilguvchi zotlarni bilgunimizcha sizlarni imtihon qilurmiz!" (Muhammad surasi 31-oyat)



Qayd etilgan


ziyoda_aliyeva  30 Iyul 2009, 17:51:43

MODOMIKIY, ER OSTIDA QABR AZOBI BOR EKAN,
ER  USTIDA  O’SHA  AZOBNIG  MUQOBILI  SIFATIDA   SABR  AZOBI HAM MAVJUD!!!!!
Buqurot hakim  hikmatda ravnaq topgach, Uzlatni ihtiyor etadilar. Bir kuni Podshoh hastalanib, Ul zotni huzuriga chaqiradi. Buqurot hakim Podoshni davatini qabul qilmadilar. Shunda ul zotnig huzuriga Vaziring o’zi  keladi. Qarasakiy Buqrot hakimnig emishlari turliy giyohlar ekan. Vazir Podshohnig amrini aytib yalinsa ham hakim ko’nmadilar. Shunda vazir achiqlanib dedi-kiy"¦"¦"¦"¦.Podshohni hizmatini qilishini o’rganganingda bunaqa giyoh eb o’tirmas edig.
Bu dashnomni eshitgan hakim kuldilar va dedilarkiy"¦"¦"¦"¦.AGAR SEN  GIYOH  EB YASHASHGA QANOAT QILISHNI O’RGANGANINGDA JONIGNI  HATARGA QO’YIB  Podshoh hizmatini qilmas edig!!!!!!
Alloh Taolo"¦"¦"¦"¦..Ularnig huzuriga har eshikdan Farishtalar kirib Sabr qilganingiz uchun Sizlarga Salom bo’lsin! Bu oqibat diyori  qanday yaxshi derlar (Rad surasi)


Qayd etilgan


ziyoda_aliyeva  30 Iyul 2009, 17:52:01

BORIGA  QANOAT  QILGAN  ODAMGINA  CHINAKAM BOYDIR?!
Evropanig mashhur faylasufi uzlatga chekinib Umrini bochkada o’tkazgan Diyogendan bir odamnig boymi yoki kambag’al ekanligini so’raydilar.
-Bilmayman,- deb javob beradi Diyogen, Men faqat  unig puli ko’pligini bilaman.
Puli ko’p bo’lsa demak boy ekanda?????????
Ko’p pulga ega bo’lish va boy bo’lish bir narsa emas deb javob berdi Diyogen"¦.BORIGA QANOAT  QILGAN  ODAMGINA  CHINAKAM  BOYDIR!!!

O’zida bor narsadan ko’proq boylik ortirishga harakat qilgan odam. Oz bo’lsada, boriga qanoat qilgan odamdan kamag’alroqdir!!!!
 

Qayd etilgan


ziyoda_aliyeva  30 Iyul 2009, 17:52:34

Sabr  haqidagi  to’rtliklar   Ulamolardan!!!!!!!

Har kecha so’ngida nuri ziyo bor,
Har bardosh so’ngida zavqi safo bor!
 
Shoh uldurkiy-olmaydiyu beradi,
Gado uldirkiy-sochmaydiyu teradi!

Odamga sabr gar ko’ringay zahar,
Chidam nihoyasi jonga bo’lgay shaker!


Bir yo’qlikni bir kun to’qligi border!
Bir g’amlikni bir kun Shodligi border!
Qanoat qilgan rohat  ko’rmagan emas!
Gadolikni bir kun bekligi border!!!

Gar qanoat birla bo’lsang barqaror,
Bo’lmagaysan dunyoda hech horu zor!

Saodatliy erur moli yo’q gadoy,
Borga toqat qilsa, unig ko’ngli boy!!


Qayd etilgan


ziyoda_aliyeva  30 Iyul 2009, 17:53:10

Sabr haqida Hadislarda!
Rasulluloh s.a.v Sbar haqida sahobalarga juda ko’p gapirganla va bunga misolar ham juda ko’p Rasulluloh s.a.v shunday dedilarkiy Alloh kimga Sabrni beripti darhaqiqat juda ulug’ nemat beripti! Ha Sabr bu insoniyat  uchun juda kota mukofat! Sabr haqida juda ko’p gapirishimiz mumkin lekin biz qisqa qilgan holda Rasullulohni Umatlariga etgan ulug’ so’zlarini keltiiramiz!
HAVZ  KAVSAR-DA  MENGA  DUSH  KELGUNLARIZCHA   SABRLIY  TOQATLIY BO’LINGLAR!!!!!!!!!!!
Bu so’zlar hech qaysi bekorgamas! Shuni hech qachon unutmaylik!
Assalomu alekum va rahmatulloh!!!

Qayd etilgan