Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?  ( 71949 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


AbdulAziz  16 Iyun 2006, 20:21:13

Muhrim:
Salom, hammaga qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?


AbdulAziz:
Wa alaykum salom!
O`qing, o`qing va yana o`qing,
o`rganing,
imtihon topshiring,
O`QISHGA KIRASIZ!!!


Gareeb:
Yahshi o'qib , Allohdan so'rasangiz inshalloh kirasiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Iyun 2006, 20:22:11

Noza:
Iqtibos
Assalomu alaykum! Avvalo 2005 yil bitiruvchilariga o'qishga kirishlarida OMAD lar tiliman. Man ham hudo hohlasa shu yili abiturient bo'laman va hudo hohlasa talaba bo'laman. Inshoolloh!
Shu bo'limda agar iloji bo'lsa imtixon kunlari nimalar bo'lishi haqida imtixonga kirganlar yozishsa, maslaxatlar berishsa manimcha biz abiturientlar uchun katta yordam bo'lar edi. Yordamingizni ayamaysizlar degan umiddaman. Hammaga o'qish va ishlarida OMAD tiliman.


Samo:
Avval aniq REJA tuzing

siz uchun eng muhimi nima?

Pulmi, karyerami, ozini rivojlantirish(buni koplar oylab kormagan ham)
diplommi?

qay biri uchun kirmoqchisiz.

Togrisini aytsam muhim kasblardan uchun kirsa boladi ayrimlariga umuman kirmagan maqul
bekorga vaqt otkaziladi

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Iyun 2006, 20:23:17

Noza:
Iqtibos
Man uchun hammasi muhim. Pul ham, karera ham, o'zini rivojlantirish ham......
Muhim kasblar deganda nimani nazarda tutmoqchisiz. Hammaga o'zini kasbi muhim.


SaMO:
Muhim kasb deganda:
Tibbiyot ammo Tabiblik emas
Iqtisod ammo Tadbirkorlik emas

Komyuter, Poyabzal tuzatuvchi tikuvchi, duradgor uchun diplom kerak emas.

Reja haqida yana tohtalib otmoqchiman

maktab hayotida yani umuman oqishda(university) faqatgina 3% odam shahsiy REjasini tuzishadi. 97% odamlarga BOSHQALAR reja tuzishadi.

misol uchun Programmist faqatgina dasturini rejasini tuzadi ammo uni ish faoliyatini boshqalar tuzadi. oylab koring shundoq otkazib yubormang REJA haqidagi narsalarni.

Ey Abuturob (Abiturentlarga hazillashaman) agar haqiqatdan kokarmoqlikni istasangiz
mutlaqo HAYOTINGIZNI REJASINI tuzing.
taqdir ekan deb MASULIYATDAN qochmang!!!
shunday qoida bor otgan ishga taqdir kelajakka iroda deb qarashlik togri aqiydadir...

Siz kelakalda kim bolmoqchisiz nimalarga erishmoqchisiz hammasini rejasini tuzing
maqsad mutlaqo bolishligi kerak. iloji boricha boshqalar sizni REJAngizda oz rejalarini amalga oshirishiga yol qoymaslikka harakat qiling.

Maqsad va rejada ipuchi: Siz nimaga ishonsangiz shu bolishi mumkin...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Noyabr 2007, 10:47:40

Meni maslahatim hech qachon kurashishdan to'xtamanglar. Shunda albatta o'qishga kirasizlar. Men ham 3 yil deganda o'qishga kirganman.
Faqat o'qing va Allohdan tunu kun iltijo qilib madad so'rang shunda albatta niyatlaringiz ijobat bo'ladi INSHALLOH!!!

Qayd etilgan


lolo  27 Noyabr 2007, 05:49:57

Qanaqa qilib o'qishga kirsa bo'ladi?

Turli xil yo'llar bilan kirsa bo'ladi, lekin eng haqqoniysini tanlagan ma'qul. Shunda har yerda yuzingiz yorug' bo'ladi va ko'ngil xotirjam bo'ladi. Bundan tashqari o'z bilimi bilan kirsa o'qish jarayoni ham oson kechadi. Qadriga yetib o'qiladi. Maqol: "Oshing halol bo'lsa ko'chada ich!"

Qayd etilgan


Robiya  15 Dekabr 2007, 16:33:08


AbdulAziz:
Wa alaykum salom!
O`qing, o`qing va yana o`qing,
o`rganing,
imtihon topshiring,
O`QISHGA KIRASIZ!!!

 Eng muhimi mana shu. Faqat o'qish va o'rganish kerak.

Qayd etilgan


Jakonda  09 Mart 2008, 20:18:43

O'zingizga cheklovla joriy qiling. Bir narsaga erishish u-n boshqa narsadan voz kechish k-k. kamro uhleng, uyqu vaqtidan o'qing,asosiysi shu!
Man bir paytla namunaviy abiturient bo'ganman. (Hozi namunali student bo'masamam). Yordam va maslahat kere bo'sa,bemalol.

Qayd etilgan


Jakonda  09 Mart 2008, 20:20:18

O'zi oramizda abiturientla bomi?

Qayd etilgan


Robiya  11 Mart 2008, 15:53:13

Assalomu alaykum! Ha, abituriyentlar bor. Faqat a'zolar orasida kamroq, mehmonlarning ko'pchiligi abituriyent. Ularga yana bir yangilik (bundan allaqachon xabar topishgan bo'lishsa kerak): endi tarix yo'nalishiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz)  tarix, chet tili yo'nalishiga esa tarix qo'shilibdi. (tarixchilar 5-9 sinf algebra fanini, chet tili yo'nalishiga tayyorlanayotganlar esa faqat O'zbekiston tarixidan qo'shimcha o'qishlari talab etiladi) Endi abituriyentlarimiz bir yo'la to'rtta fandan tayyorlanishlari kerak. Barcha abituriyentlarga o'qishlarida kuch-quvvat tilayman. Hozir qiynalsangiz ham, keyin rohatini ko'rasiz,inshoalloh. Shuning uchun hozir hech nimaga qaramay faqat o'qing. Hammangizga omad...

Qayd etilgan


Muzayyana  11 Mart 2008, 16:24:02

Assalomu alekum! O'qishga faqat bilim va yana bilim orqali kirsa bo'ladi. Siz shu darajada o'qingki, sizzi bilimizni xech kim inkor qila olmasin. Tanish bilish, pul, bularni xammasi omonat bir narsa. Bu narsalarga ishonib qolish, bu bamisoli qum ustiga imorat qurish bilan teng!

Qayd etilgan