Oila haqida ilk nasihatlarimizni onalarimizdan olamiz barchamiz, ayniqsa O'zbek qizlari bolalikdan bu ta'lim-tarbiya bilan quloqlari to'ldirib boriladi...
Dadamni xarakterlari ancha og'ir, birdan "lovillab" lekin yaxshiyam tezda "so'nadigan" dadalardan biri, Alloh uzoq umr bersin...
Bazan uyda dadam yo'q yerga bizni ozorlaganlarida ayajonimga shikoyat etardik...
Ayam esa: Bolalarim, u kishi sizni dadangiz, men u kishi qanchalik nohaqlik qilsalar ham dadangizni yomonlab, orangizda dushmanlik bo'lishiga sababchi bo'lmayman...Xalqimiz bekorga: Otang jinni bo'lsa, bog'lab boq, demagan, der bu maqolni eslatardilar...
Demoqchimanki, onajonlarimizni nasihatlarini tez-tez eslab tursak erkaklarga qarshi behuda nafratimiz kuchaymaydi....
Qolaversa bizni o'g'illarimiz ham vaqti soati bilan kimlargadir ota, er bo'ladi inshalloh....
Bularni unutmaylik....