Eng ibratli, go'zal SMSlar  ( 122691 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 23 B


ZUBAIR  02 Sentyabr 2008, 00:46:49

Qayg’uni qamadik zindonga bu oy,
Duolar nur kabi chiqdi samoga,
Ko’ngillar rahmat-la bezanmish saroy,
Mo’minda hasrat bor dorulbaqoga.

Qayd etilgan


ZUBAIR  02 Sentyabr 2008, 00:54:47

Jannat darvozasi ochilgan bu kun
Osmondan farishta tushgandir bugun.
Panohida asrasin robbim har kun
Qutlug' bo'lsin sizga ushbu kun.!

Qayd etilgan


ZUBAIR  02 Sentyabr 2008, 00:57:29

Alloh uyingizga nur, qalbingizga huzur, oilangizga baht, o'rningizga taht, ishingizga omad, qo'lingizga daromad, yaqinlaringizga quvonch ato etsin. Ramazon muborak bo'lsin.

Qayd etilgan


Amina  16 Sentyabr 2008, 10:06:47

har bir kuningiz bomdodi- munavvar iqbol, peshini-iymon, asri-mexr-muhabbat, shomi-omad va xuftoni-sabr toqat olib kelsin!

Qayd etilgan


Robiya  23 Sentyabr 2008, 15:59:31

Assalamu alaykum wr ta'ala wb!

Yaratganning mag'firatin tilab dildan,
Ibodatdan huzur va ishq istalgan kun,
Tabriklayin izn bering ey dindoshim,
Yetti kunga sulton bo'lgan Jum'a bugun!

Sayyidul-ayyom Muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


Robiya  23 Sentyabr 2008, 16:07:52

Hech kim yetolmaydigan BAXTni,
Hech kim ololmaydigan OMADni,
Hech kim buzolmaydigan XOTIRJAMLIKni,
Ayni damda eng osoyishta TONGni Siz uchun ALLOHdan so'rayman!

Qayd etilgan


Robiya  23 Sentyabr 2008, 16:20:59

Uyqu shirin,namoz undan shirinroqdir,
Dunyo go'zal, jannat undan go'zalroqdir.
Sabr qiling ibodatga ajri bordir,
Jannat go'zal Alloh undan go'zalroqdir.

Qayd etilgan


G_u_l_i  13 Oktyabr 2008, 08:57:00

Dear!"What did you do today for Allah?
Did you do any goodness to smn?
I hope you will give this question to yourself every night!

Qayd etilgan


AL_laziz87  06 Yanvar 2009, 18:10:01

Иймоннинг охири нурли келажак
Жаннатга калит йук номоздан булак
максад йук савоб иш килишдан булак
сшайлик Оллох деб сшайлик бизлар

Qayd etilgan


Abdulhafiz  06 Yanvar 2009, 22:59:00

Assalomu alaykum varahmatullohi vabarokatuh.
Hayotda shunday qasr quringki:
Darvozasi iymondan,
Devorlari Qurondan,
Ustunlari ishonchdan,
Oynalari ixlosdan,
Turgan taxtingiz faqat rahmatdan iborat bulsin.
Tilagim Alloh rozi bo'lsin hammamizdan.

Qayd etilgan