Eng ibratli, go'zal SMSlar  ( 122550 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 B


zuhrahon  25 Aprel 2009, 10:43:51

Yo'l tanladizmi to'g'ri-noto'g'ri,
Bilmayman ham aslida buni.
Yosh to'kish shartmas ham edi,
Tikib xatto sof bu iymonni.

Qayd etilgan


zuhrahon  25 Aprel 2009, 10:44:15

Hayotda qiynalib qadr izlaymiz,
Qadrni bilganning qadrin bilmaymiz.
Mexrga tashnaning boshiga urib,
Gulni senlaymizu toshni sizlaymiz!


Qayd etilgan


zuhrahon  25 Aprel 2009, 10:44:34

Borliqdagi eng baxtli erkak
Odam Ato bo'lgan ekan.
Chunki, unda Momo Havvodan boshqa
tanlash imkoniyati bol'magan

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2009, 10:48:16

Kimga erta, kimgadir kech kelgay davron,
Kimlargadir shu kunlar ham bo'lgan armon.
Sinovlarga sabr qilmoq qandoq go'zal,
Shunda O'zi qo'llar bizni buyuk Rahmon!

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2009, 11:46:07

Zulmat ichra o`tar mening tunu-kunim
Men ham Sizday ko`rgim kelar Oy-Quyoshni,
Lek taqdirdan nolimasdan yashayman jim
Faryod solib toshga urmam aziz boshni.

Lek taqdirdan nolimasdan yashayman jim
Faryod solib toshga urmam aziz boshni.
Shukr deyman, oyoq-qo`lim salomatdur
Gar nolisam, bu - xudoga malomatdur.

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2009, 11:46:28

Ming bor shukr ko`kka yetar bo`ylarimiz
Har kun to`yga ulanmoqda to`ylarimiz.
Tirik jonni(ng) rizqin berar Qodir xudo
Elga tinchlik so`rar duogo`ylarimiz.

Ne'matlarning eng yaxshisi halovatdur
Gar nolisak, bu -xudoga malomatdur.

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2009, 11:48:43

To`rt yonimda topganim chin yoru-do`stlar
Bilinmaydi uncha-muncha kamu-ko`stlar.
Farzandlarim kulgusini eshitsam bas
Xotirjamman ko`rmasa ham mayli ko`zlar.

Qalbing bilan ko`rish ham bir karomatdur
Gar nolisam, bu - xudoga malomatdur.

Qayd etilgan


Zamiraxon  12 Iyun 2009, 08:40:20

Umrim o'tdi, qadrin bilmay yig'layman,
Qolgan umrim kalomingga bog'layman.
Qulingdirman visolingni chog'layman,
Borganimda bandam degil, Xudoyim!
Jum'a muborak!!!
Sizgayam...

Qayd etilgan


Fatima  15 Iyul 2009, 10:22:48

Senga jon chekkanni, sen ham joni bo`l,
Senga ishonganni sharaf shoni bo`l.
Boshi ko`kka yetsa ham, qulab tushsa ham,
Qadringni bilganni qadrdoni bo`l...

Qayd etilgan


G_u_l_i  21 Avgust 2009, 06:39:49

 :as:
Dunyo va oxirat mashriq va mag`ribga o`xshaydi. Agar biriga yaqinlashsang, biridan uzoqlashasan!

Shu SMSni yuborgan birodarimizdan Alloh rozi bo`lsin!

Qayd etilgan