Eng ibratli, go'zal SMSlar  ( 122704 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 B


_NOSTRA_  22 Noyabr 2009, 16:44:41

Hayot bir sinovdir har bir insonga,
Goho yo'qotarkan, goho toparkan.
O'kinmang "hech nima qolmadi" deya,
Siz bilan yagona ALLOH qolarkan

Qayd etilgan


AL_laziz87  09 Dekabr 2009, 14:59:37

Bor SMS borib kel,
Do'stginamni ko'rib kel.
Tani joni sog' bo'lsa,
Bitta SMS olib kel

Qayd etilgan


Muslima.bgm  10 Dekabr 2009, 12:22:54

Sizga xam bizga xam Islom muborak
Qalbimiz bahori Qur'on muborak
Allohdan ajr tilab dou qilguchi
Kunlarning sayidi Hayit muborak

Qayd etilgan


Robiya  15 Dekabr 2009, 17:24:06

 :as:

Bir kun Sizga armon bo’laman,
Ko’nglingizdan ketkazolmaysiz.
Sizdan juda olis bo’laman,
Dardingizni yetkazolmaysiz.
Nigohingiz yo’lga qadalar,
Kelarmikan deya shu ilinj.
Bag’inrgizni hijron timdalar,
Qalbingizni qiynaydi sog’inch.
Armonlarning yuki ko’p og’ir,
Meni eslab o’ksiysiz yomon.
Axir shunday bitilmish taqdir,
Bir kun Sizga armon bo’laman"¦.

***   

Qayd etilgan


Robiya  15 Dekabr 2009, 17:24:52

Vijdoning og’riydi etayotib rad,
Xuddi aybdorday yerga qaraysan.
Bir yurak, bir sevgi, tilaydi hayot,
"œSevolmayman"¦" deysan, uzr so’raysan"¦
Keyin, u ketadi ko’ksida sanchiq,
Tishida chaynalar qarg’ish xitobi"¦
Ey, Xudo! Bunchalar achchiqdan-achchiq,
Sevilish azobi — sevish azobi"¦
Sog’inib yashaysan, ko’klarga boqib,
Dunyoga tutashib ketar oloving.
Rashkingdan o’zing ham to’yib yashaysan,
Yuraging pinjida yashab "œbirov"ing.
Ko’zingning oqiyu-qoralariga,
Solarkansan erka suyukligingni.
Sen pisand qilmagan bechoralarga,
Bilmaysan, naqadar buyukligingni!..
Kiprigining torlarin chertadi yomg’ir,
Qo’lingda titraydi tunlar kitobi.
Ey, Xudo! Vunchalar og’irdan-og’ir
Sevilish azoib — sevish azobi"¦

*** 

Qayd etilgan


Robiya  15 Dekabr 2009, 17:25:08

Alloh nomi ila salom yo’llayman,
Yuragimning tubidan sog’lik tilayman.
Munavvar tongingiz nurli bo’lsin deb,
Sabrli, iymonli hayot tilayman!

Qayd etilgan


Robiya  15 Dekabr 2009, 17:25:27

Har yerda bo’lsak ham, abadiy bo’lsin,
Bizni bog’lab tursin mehr rishtasi.
Parvardigor O’zi yor bo’lsin bizga,
Yor bo’lsin doimo qalb farishtasi.

Qayd etilgan


Robiya  15 Dekabr 2009, 17:25:39

Ko’ngil sirlarini ko’rishib baham,
Barcha oyga qarab niyat qilarkan.
Lekin to’lin ko’kdagi oy ham,
Faqat sizgagina havas qilarkan.

Qayd etilgan


Robiya  15 Dekabr 2009, 17:25:57

Men sizni nur desam, nurdan go’zalsiz,
Ming pari, parizod hurdan go’zalsiz.
Go’zal yo’q dunyoda bunday qalbi pok,
Siz chindan go’zalsiz, chindan go’zalsiz.


Qayd etilgan


Robiya  15 Dekabr 2009, 17:26:15

Iloho tegmasin yomonlar ko’zi,
Also tugamasin Haq bergan ro’zi.
El aro rizqingiz ziyoda bo’lsin,
Sizni aziz qilsin, Allohning O’zi"¦

Qayd etilgan