Xayotda kimga suyanib yashaysiz ?  ( 17022 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


BecK_Uz  11 Sentyabr 2009, 22:11:02

Albatta Man BU dunyoda eng Yaqin Insonlarim Ota -Onamga Suyanib Ish qilaman ,Ualrni har bittta Etgan Gaplari man uchun qadrli,aziz...

Qayd etilgan


AL_laziz87  13 Sentyabr 2009, 12:45:51

Ota onaga suyanib yashagandan ularni duolarini, nasixatlarini va maslaxatlarini olib yashagan yaxshi. Chunki xechkimni ota onasini butun umur suyanchig'imiz bo'lish uchun 'bog'lab' bermagan.

Qayd etilgan


Ansora  14 Sentyabr 2009, 17:59:55

Ota-onaga suyanib yashashning ohiri yo'qligini, suyangan insonlarimizning ham bir kun haqiqiy olamga ko'chishlarini hammamiz ham bilamiz. Lekin ular bizdan uzoq bo'lishsa ham dunyoning bir yerlarida sog'-salomat yurishlarini bilishlik ham bizga juda katta hotirjamlik beradi. Otasi yo'q bola bilan otasi bor bolaning ruh holi bir hil bo'lmaydi. Bu ham ko'rinmas energiya olish bilan bog'liq bo'lsa kerak. Bir paytlar psixologiya darsida bir test qilgan edik. Sizga qarab turgan kishini orqadan ham bo'lsa siz sezar ekansiz. Siz sevgan insonlar sizdan uzoq bo'lsa ham ularning duoalaridan kelgan nur sizni isitadi, ichingizga huzur bag'ishlaydi. Olloh sevgan insonlarimizni ortirsin iloyim.

Qayd etilgan


Muhseena  14 Sentyabr 2009, 20:24:32

Har qanday holatda ham Allohning rahmatiga suyanib yashayman.Ota-onam borligi Uning rahmati,birodarlar bor Uning rahmati,qo'l-oyog'im bor Uning rahmati,qalbda iymon bor-Uning rahmati...Hayotda nimadan suyunib yashamay faqat Uning Rahmonligi tufaylidir...shunday vaziyatlar bo'ladi muammoni atrofimizda hech kim yecholmaydi,suyangan insonlarimiz ham ojiz...Ana shu holat hayotdagi eng qiyin holat bo'larkan.Shunaqa vaziyatdan chiqishimda ko'pchilik o'z maslaxatlari yordam bergan bo'lsa-da,insonlarniing ojiz qilib yaratilganini angladim.Faqat O'ziga suyanish kerak ekan,Alloh taoloning O'zi yordam bermasa hammasi bekor.Ilojsiz vaziyatda men insonlardan yordam kutib hato qilganimni tushunib yetdim.

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Sentyabr 2009, 09:41:23

Mana shu she'rni juda yaxshi ko'raman.

Muhseena aytganlaridek hayotda turli vaziyatlar bilan sinalar ekanmiz.
Har gal shunaqa vaziyatga tushganimda ALLOHDAN O'ZGA YOR yo'qligiga yana bir bor AMIN bo'laman

Gohida ezsa gar meni g'am,
Qiynasa goh ich o'rtar alam.
Topilmasa biror-bir hamdam,
Allohdan o'zga yor topmadim...

Holim tushunmasa do'stlarim,
Yolg'on desalar rost so'zlarim.
Yig'idan tinmasa ko'zlarim,
Allohdan o'zga yor topmadim...

Zulmat ichra chiqmasa ziyo,
Gar sig'masam olamga go'yo.
Izlaganim bo'lsa bir ro'yo,
Allohdan o'zga yor topmadim...

Alisher Isomiddin

Qayd etilgan


zuhrahon  24 Sentyabr 2009, 20:15:58

"Dunyo  g'am  g'ussa uyidir.Inson  bu  uyda  Allohga  iymoni   bilan  yetishadi".(Hikmat)Allbatda  yolg'izgina  yaratgan  egamizga  suyanamiz  uning  rahmatidan  barchamiza  umidvormiza.

Qayd etilgan