Bularni bilarmidingiz???  ( 185053 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 36 B


yasemin  06 Iyun 2007, 16:13:40

assalamu alaykum forum ishtirokchilari.
sizlar bilan ushbu ma'lumotlarni paylashmoqchiman. sizlardan ham shunga o'xshash, balki bizning habarimiz bo'lmagan ma'lumotlar bilan paylashishingizni so'rab qolaman.

1. Agar inson shiddatli kuch bilan aksirsa, qovurg'alardan biri sinishidan habariz bormi?

2. Inson aksirmadan, uni tutishga harakat qilganida, miyadagi va boshdagi tomirlarning yorilishini, natijada o'lishini...

3.Aksirganimizda tanamizdagi butun organlarimizning faoliyati 1 soniyaga to'htashini bilarmidiz?


Shunchun ham aksirgandan keyin albatta, "Alhamdulillah" deyishimiz kerak, yani eson omon aksirib olganiga va Alloh unga yashashni nasib qilgani uchun Allohga hamd etishimiz lozim.

Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Kimki aksirsa, "Alhamdulillah" desin. Shunday desa, unga birodari yoki do'sti "yarhamu-kalloh" desin. Unga do'sti "yarhamukalloh" desa, u "yahdi-kumullohu va yuslihi balakum", deb javob qaytarsin". "Yarhamukalloh" - Alloh senga marhamat qilsin. "Yahdikumul-lohu va yuslihi balakum" - Alloh seni hidoyatga yo'llasin va barcha ishlaringni isloh qilsin.


Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) ko'cha bo'yida va baland joyda (ya'ni ko'cha ko'rinib turadigan yerda) o'tirishdan qaytardi-lar. Shunda musulmonlar: "Biz bunga chiday olmaymiz, toqatimiz yetmaydi", dedilar. Ul zot: "Modomiki, chiday olmas ekansiz, unda ko'chaning haqini berib o'tiring", dedilar. Ular: "Ko'chaning haqi nima?" - deb so'rashdi. "Ko'zni yerga qaratish (ya'ni ko'zni nomahram-lardan tiyish), yo'lovchilarga (agar adashib qolgan bo'lsa) yo'l ko'rsatish, aksa urib "alhamdulillah" degan kishiga "yarhamukalloh" deyish va salomga alik olishdir", deb javob berdilar". (Imom al-Buhoriy hadislari)

Qayd etilgan


yasemin  06 Iyun 2007, 16:15:21

Eng mukammal tomchi - Ko'z yoshi

Ko'p insonlarning tuzli suv deb biladigan ko'z yoshi turli hil moddalardan iborat bo'lgan suyuqlikdir. Eng asosiy maqsadi ko'zni mikroplardan saqlashdir. Tarkibidagi Lizozim moddasi bir qancha bakteriyani parchalash hamda mikrobni o'ldirish hususiyatiga egadir. Bu modda ho'jalikda ishlatadigan dezinfektsion vositalaridan kuchlidir.
Bunchali kuchli bo'lganiga qaramasdan hassos bo'lgan ko'zimizga hech qanday zarar bermasligi Allohning mo'jizasidir. Bu qadar kuchli moddasi mavjud bo'lgan ko'z yoshi ko'z tarkibiga uyg'un shaklda yaratilgandir. Ko'z yoshining 98.2%i suvdir, qolgan qismi esa, qon plazmasi, glukoza, tuzlar va organik moddalardan iborat. Lizozim suyuqligi esa juda oz miqdordadir.
Ko'z va ko'z yoshining faoliyati miya, jigar, suyuqliklar, suyak iligi, jigar, to'qimalar, hullas vujudimizdagi butun parchalari faoliyati bilan chambarchas bo'gliqdir. agar bulardan biri rivojlanmagan bo'lsa edi, na ko'z va na badan hayoti uzoq davom etardi. Vujudimizning bunday kam ko'stsiz, nuqsonsiz yaratgan zot har narsaga qudratli Allohdir.
Agar ko'z yoshi yetarli miqdorda bo'lmasa, ko'z va ko'z qopqog'i orasida ishqalanma jarayoni yuz berib, ko'zimizning har bir harakati biz uchun chiday olmaydigan darajada aziyat bo'lardi.Ko'zlarimiz ishib, qizarib, natijada ko'zimizdan ayrilardik.
Ko'rinib turibdiki, ko'zimizda ko'z yoshlari bezlarini kam-ko'stsiz, lozim bo'lgan miqdorda suyuqlik chiqarishida nazorat mexanizmi bordir. Bunchalik nozik hisob kitob qilingan bu Ko'z Allohning bizga bergan so'nsiz ne'matidur.

     " Biror narsa (yaratish)ni iroda qilganda, Uning ishi faqatgina: "Bo'l!"- deyishdir. U (narsa) esa bo'lur (vujudga kelur)." (Yosin surasi, 82-oyat)

     "Ayting: "(O'ylab) ko'rdingizmi, bordiyu Alloh quloq va ko'zlaringizni olib qo'ysa va dillaringizni muhrlab qo'ysa, Allohdan boshqa uni (qayta joyiga) keltiradigan iloh kim ekan?" Oyatlarni qanday tasarruf qilayotganimizga, so'ngra ularning yuz o'girib ketishlariga (bir) boqing!" (An'om surasi, 46-oyat)

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Iyun 2007, 09:55:13

Assalamu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin!

Insonni tafakkurga, shukrga undovchi ma'lumotlar ekan.
Yana shunaqa ma'lumotlardan kutib qolamiz.

Qayd etilgan


Replikantka  09 Iyun 2007, 15:10:52

Ха ажойиб маълумотлар буларни билмасдим ва сшитмаганман

Qayd etilgan


Fatima  03 Iyul 2007, 13:19:59

Assalomu alaykum
Man ham bular haqida bilmasdim. O`qib bilib oldim. Katta rahmat Yesemin opa.

Qayd etilgan


lolo  03 Iyul 2007, 23:24:19

Man qattiq apshirganimdan beri biqinim qattiq og'riyapti, 2 oydan beri. Manimcha qovurg'alarim butun, o'pkam teshilip qogandur deb o'ylavamman, do'htirga borishga qo'rqaman, nima bo'lganikin? Kimdadur shunaqa holat bo'lganmi?

Qayd etilgan


yasemin  12 Iyul 2007, 17:04:47

assalamu alaykum lolo, Alloh asrasin, bunaqa hayollarga bormang, insonni o'pkasi teshilip qolishi biroz qiyin jarayondir, oson oson teshilmaydi :) har holda qattiq apshurganizda ko'krak va qorin qismi muskullari ta'sirlangandir.  vujuddaki muskullarning taranglashishi,  o'sishi natijasida ham biroz og'riq paydo bo'lishi mumkin.  biroz yengil harakatlar (badantarbiya) qiling, vaqti vaqti bilan massaj qiling. og'ir narsalarni ko'tarmaslikka harakat qiling, inshaAlloh tez kunlarda o'tib ketar. Alloh shifo bersin.

Qayd etilgan


sevar  06 Sentyabr 2007, 12:05:31

Rahmat

Qayd etilgan


Usmon  05 Noyabr 2007, 17:19:29

Ko'zni ochib aksirib bo'lmaydi :P

Qayd etilgan


Robiya  08 Noyabr 2007, 21:14:22

Tarixda faqat odamlar emas,hayvonlar ham jinoyatlari uchun jazolanganlar.
  864 yil Olmoniyada odamni chaqib o’ldirgani uchun bir uya asalari tutun bilan bo’g’ib halok qilingan.
  1314 yil Fransiyaning Moysi qishlog’ida bir kishini suzib qornini yorgan ho’kiz dorga osilgan.
  1474 yil Shveysariyaning Bazel shahrida tuxum o’g’irlagan xo’roz hibs qilingan.
  1494 yili bir go’dakning o’limida aybdor sanalgan to’ng’iz osishga hukm qilingan.
  1712 yili avstraliyalik amldoeni tishlab olgani uchun ko’ppakni qutiga hibs qilishgan.Faqat itning bo’yni va old oyoqlari uchun teshik qoldirilgan.
  1864 yili Sloveniyada bir qizaloqning qulog’ini tishlab olgan to’ng’iz o’limga hukm qilingan.To’ng’iz egasi esa, qiz ulg’ayib,qalliq topishda qiynalmasligi uchun sep tayyorlab berishga majbur etilgan.("Musulmonlar taqvimi"dan)

Qayd etilgan