Abdulhamid Tahmoz. Oisha roziyallohu anho  ( 42195 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B



Mahdiyah  21 Iyun 2007, 10:38:47

Bismillahir rohmanir rohiym

"œBu sening dunyo va oxiratdagi juftingdir"
Jabroil alayhissalom buni
Nabiy alayhissalomga aytgan


***

"œEy Oisha, Jabroil senga salom keltirdi".
Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam

***

"œBiz Rasulullohning sahobalari, biron bir hadis ustida ikkilanib qolsak, darrov Oishadan so’rardik va uning bu masaladan habardor ekaniga guvoh bo’lardik".
Abu Muso Ash’ariy

***

"œU (ya’ni Oisha onamiz) Siddiqning qizi siddiqa, Alloh rasulining suyuklisi, Rasul alayhissalom habibasining pok ekani osmondan habar qilingan zotdir".
Masruq ibn Ajda’ Hamadoniy
mashhur tobe’in


***

"œAbdullohning onasi, Rasululloh halifasining qizi sahobalarning eng ulug’ faqihidir".
Imom Zahabiy

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Iyun 2007, 10:39:29

BIRINCHI FASL


        Islom olamidagi muhtarama zotlarning eng avvalida shubhasiz Oisha onamizning nomi zikr etiladi. Chunki ul muhtarama Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun eng sevimli rafiqa bo’lgan. Shuning uchun ham Nabiy alayhissalom Oisha onamizni erkalab, "œYa A’ish" deb chaqirar ekanlar. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uchun sevimli bo’lgan zotlar uning ummatlari uchun ham sevimlidir. Qolaversa, Oisha onamiz bilan bog’liq oyati karimalar nozil bo’lganki, bu ulug’ hodisa ham ul zotning Alloh huzuridagi martabasidan nishonadir. Oisha onamizning o’zidan shunday hadis rivoyat qilinadi: "œRasul alayhissalom menga: "œEy Oisha, Jabroil senga salom keltirdi" dedilar" (Buxoriy rivoyati). Jabroil alayhissalomdek ulug’ farishtaning salomiga munosib bo’lish saodati har kimga ham nasib etavermaydi. Termiziyning "œShamoyil"ida Nabiy alayhissalom uni "œEy muvaffaqa" (qammatbaho tosh nomi) deb chaqirganlari keltirilgan. Ko’p hollarda "œEy Siddiqning qizi, Ey Abu Bakrning qizi" deya murojat qilganlar. Oisha roziyallohu anho Nabiy alayhissalomdan o’ziga kuniya berishni so’raganda "œSeni o’g’ling nomi bilan "œUmmu Abdulloh" deb chaqiramiz", deganlar. U opasining o’g’li Abdulloh ibn Zubayrni tarbiyasiga olgan edi. Nasoiyning "œSunan"ida Nabiy alayhissalomning bu suyukli ayolini "œEy Humayro" deb chaqirganlarini tasdiqlaydigan ikki hadis ham mavjud.

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Iyun 2007, 10:42:23

        Oisha roziyallohu anho Rasul alayhissalomning har ikki dunyodagi do’sti, xalifasi Abu Bakr Siddiqning qizidir. Bu ulug’ zot islom olamiga tengsiz hizmatlari bilan dunyo va oxiratning yaxshiliklariga sazovor bo’lgan insondir. Termiziy Oisha onamizdan keltirgan bir rivoyatda aytilishicha, bir kuni Abu Bakr roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kirganida: "œAlloh sizni do’zaxdan xalos etdi", deganlar. O’sha kundan boshlab u "œAtiyq" (qutilgan, xalos topgan) degan nomga sazovor bo’ladi. Ul zotning kunyasi Abu Bakr bo’lib, "œBakr" kalimasi "œtuyaning bo’talog’i" degan ma’noni ifodalaydi. "œSiddiq" degan sharafga sazovor bo’lishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning me’rojga chiqish hodisasi bilan bog’liq. Ya’ni, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning me’rojga chiqqani haqidagi habarni Hazrati Abu Bakr hech bir ikkilanish va taraddudsiz qabul qilgan. Vaholanki, odamzot aqliga sig’maydigan bu hodisani tasdiqlash uchun insonning ko’ksi to’la iymon bo’lishi kerak. Shuning uchun Isro hodisasidan keyin Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirgan bir qism odamlar murdat bo’lishgan. Ularning bu ulug’ mujdani tasdiqlashga quvvatlari yetmagan. Ayniqsa, bu paytda mushriklarning kuni tug’ib qolgan. O’sha muborak kunlarning birida bir guruh mushriklar Abu Bakrning oldiga shoshib borib: "œBirodaring to’g’risida nima deysan? U kechasi Baytulmaqdisga borib, tong otishidan oldin kelganini ma’qullaysanmi?", deydi. Abu Bakr roziyallohu anhu esa: "œAgar Muhammad sollallohu alayhi vasallam bundan-da g’aroyibroq xabarlarni aytganlarida ham hech ikkilanmay tasdiqlardim", deb Allohning dushmanlarini mulzam qiladi. Shundan so’ng ul zotga Payg’ambarimiz ta’rif beradilar: "œEy Abu Bakr, sen Siddiqsan".
        Aslida Abu Bakr Siddiq johiliyat davrida ham o’zining siddiqligi bilan mashhur bo’lgan Chunki u quraysh qabilasining raislaridan bo’lib, ular diya (xun haqi)ni faqat Abu Bakrga ishonishardi.
        "œSahihayn"da Anas roziyallohu anhudan keltirilgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni Abu Bakr, Umar va Usmon  bilan birga Uhud tog’iga chiqadilar. Bir payt ularning haybatidan tog’ larzaga tushadi. Shunda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam muborak oyoqlari bilan tog’ni urib: "œTinchlan Uhud, sening ustingda Nabiy, Siddiq va ikki shahid turibdi", deydilar. Darhaqiqat biz ta’rif etayotgan Oisha onamiz ana shunday ulug’ zotning nuri diydalari edi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Iyun 2007, 10:44:25

        Oisha roziyallohu anhoning onasi Ummu Ruvmon bo’lib, uning ismi xususida ixtiloflar bor. Bir rivoyatda Zaynab deyilsa, boshqa bir rivoyatda Da’d binti Omir ibn Uvaymir ibn Abdushams deyilgan.
        Ummu Ruvmonning nasabi xususida ham turli xil qarashlar mavjud. Oisha onamizning: "œOta-onamni faqat dindagi paytidan eslayman" degan so’zlariga qaraganda, bu muhtarama ayol islomning dastlabki paytlaidayoq iymon keltirgan. Ummu Ruvmon Abu Bakr roziyallohu anhu Payg’ambarimiz bilan hijrat qilib, Yasribni muborak Madinaga aylantirganlaridan keyin hijrat qilgan. Ibn Sa’dning rivoyatiga ko’ra, Ummu Ruvmon hali Payg’ambarimiz hayotlik paytlarida (hijriy 6-yili) vafot etadi. Shunda Nabiy alayhissalom bu ayolning qabri oldiga borib, istig’for aytadilar. Biroq bu boradagi ma’lumotlar ikki xildir. Buxoriy "œKichik va o’rta tarix" asarida bu ayolni Usmon xalifaligi davrida vafot etgan kishilar qatorida sanab o’tadi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Iyun 2007, 10:45:42

        Abu Bakr roziyallohu anhu johiliyat zamonida Qatala degan bir ayol bilan turmush qurgan edi. Bir rivoyatda uni quraysh amiri Abdul Uzzoning qizi deganlar. Bu ayolning musulmon bo’lgan bo’lmagani esa aniq emas. Abu Bakr roziyallohu anhu bu ayoldan Abdulloh va Asmo degan ikki farzand ko’radi. Bu ayoldan keyin Ummu Ruvmonga uylanadi va bu nikohdan Abdurahmon va Oisha dunyoga keladi. Abu Bakr roziyallohu anhu islom davrida yana iki ayolga uylanadi. Asmo binti Umays ismli ayol bilan bo’lgan nikohdan Muhammad ismli bir o’g’il ko’radi. Habiba binti Xorij degan ayoldan esa Ummu Kulsum degan bir qiz tug’iladi. Shuni ham aytish kerakki, Ummu Kulsum tug’ilganida Abu Bakr roziyallohu anhu vafot etgan edi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Iyun 2007, 10:49:12

        Oisha roziyallohu anhoning oilasidagilar islomni dastlabki kunidanoq qabul qilgan edi. Faqat Oisha onamizning tug’ishgan akasi Abdurahmongina bu baxtdan mosuvo qolgandi. U hatto Badr va Uhud janglarida mushriklar tomonida turib musulmonlarga qarshi jangda qatnashgan. Otasi unga qarshi o’rnidan turganida Payg’ambarimiz: "œSiz bizga keraksiz, Abu Bakr" deya u zotni to’xtatganlar. Oradan yillar o’tib mashhur Hudaybiya sulhida Abdurahmon ibn Abu Bakr Allohning marhamati bilan muqaddas dinni qabul etish saodatiga noil bo’ladi.
        Bu o’rinda shuni ham aytish kerakki, hech bir musulmon oila islom dinining yoyilishida Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu oilasidek fidoyilik ko’rsatmagan . Bu oila Nabiy alayhissalom bilan birga hijrat qilgani uchun ham islom tarixida yorqin iz qoldirdi. Hozirgacha bu sanani musulmonlar islom tarixining muqaddimasi deb hisoblaydilar.
        Sahl ibn Sa’d aytadi: "œHijriy sana Nabiy alayhissalomning payg’ambar bo’lishlari yoki vafot etishlari davridan belgilanmaydi, balki Madinaga hijrat qilishlaridan belgilanadi". Umar ibn Xattob roziyallohu anhu marhamat qiladi: "œHijrat haq va botilning o’rtasini ajratadi. Sanani aynan shunday belgilanglar". Hazrati Abu Bakrning oilasi islom tarixidagi ana shunday ulug’ hodisaning bevosita ishtirokchisi bo’lgan.
        Hijrat voqeasi xususida Oisha onamiz shunday deydi: "œOtam Abu Bakr Madina safariga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Nabiy alayhissalom unga: "œShoshmay turing, albatta menga izn beriladi, deb umid qilaman" dedilar. Otam u zotga izn berilishi va bu yo’lda hamroh bo’lishni intizorlik bilan kutdi. Kelajak mana shu kun uchun ikki tiyasini yem berib boqdi. Bir kuni biz peshin chog’ida uyda o’tirgan edik. Payg’ambar alayhissalom uyimizga nihoyatda bezovta holda keldilar. Ma’lum bo’lishicha, ul zotga hijrat uchun izn berilgan ekan. Otam Nabiy alayhissalomga boqilgan ikki tuyasidan birini tanlab olishlarini taklif etdi. Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunga rozi bo’lmadilar. Ul zot tuyalardan birini o’zining puliga sotib olishini aytdilar.
        Biz shoshilinch ravishda tayyorgarlik ko’rdik. Ikkovlari uchun yo’l xaltasiga ozuqa soldik. Onam Asmo o’z kamarini ikkiga bo’lib xaltalarning og’zini bog’ladi. Shu ish tufayli u "œikki bog’ich egasi" degan laqabga sazovor bo’lgan. Shundan keyin ular tunda yo’lga tushdilar va Savr tog’idagi bir g’orda uch kun yashirinib yotishadi. Abdulloh ibn Abu Bakr kechalari xabar olib turadi. Otamning quli Omir ibn Fuhayro qo’ylarni toqqa haydab borib, g’orda o’tirganlarga sut sog’ib berib turgan".
        Shunday qilib, bu oilaning har bir a’zosi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hijratlarida o’z hissalarini qo’shdi. Ibn Ishoq keltirgan rivoyatda Asmo aytadiki: "œRasul alayhissalom hijrat qilib chiqqanlarida Abu Bakr ham birga yo’lga otlandi. Shunda Abu Bakr hamma besh ming yoki olti ming dirham boyligini o’zi bilan olib jo’nadi. Buni payqab qolgan bobom Abu Kuhofa roziyallohu anhu oldimizga kirdi. U kishining ko’zlari ko’rmasdi. Bobom aytdiki: "œU bor-budini o’zi bilan olib ketib, sizlarni qiynab qo’ydi, deb o’ylayman". Men bobomning nima demoqchiligini tushundim-da, mayda toshlarni xaltachaga yig’ib, otamning puli turadigan tokchaga qo’ydim. So’ng bobomning qo’lidan ushlab: "œBobojon, bunga qo’lingizni qo’ying", dedim. U qo’li bilan xaltani paypaslab: "œBuni sizlarga qoldirgan bo’lsa, yaxshi qilibdi. Shunisi ham sizlarga yetadi", dedi. Allohga qasamki, otam bizga hech narsa qoldirmagan edi. Lekin shu tadbir bilan bobomning ko’nglini xotirjam qilgan edim".

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Iyun 2007, 10:52:02

        Oisha roziyallohu anho risolat davrida tug’ilib voyaga yetdi. U Fotima onamizdan sakkiz yosh kichik bo’lgan. U esini tanigan paytlarini xotirlab: "œOta-onamni faqat musulmon bo’lgani holidan bilaman", degan. Zarkoshiyning aytishicha, Payg’mbar alayhissalom Oisha onamizdan boshqa otasi ham, onasi ham muhojir bo’lgan ayolga uylanmaganlar. Oisha onamizning afzallik tarafi shundaki, otasi ham, bobosi ham ulug’ sahobiy bo’lishgan. Abu Bakr ibn Haysamaning so’ziga qaraganda, u juda yoshligidan islomni qabul qilgan. Ungacha o’n sakkiz kishi islomni qabul qilgan edi. Oisha roziyallohu anho hijratdan yetti yil ilgari dunyoga kelgan. Oisha onamizning o’zidan keltirilgan rivoyatda ta’kidlanadiki: "œRasul alayhissalom meni olti yoshga to’lganimda nikohlab olganlar va men bilan to’qqiz yoshimda qo’shilganlar" (Buxoriy rivoyati). Bundan ko’rinadiki, Nabiy alayhissalom u bilan Badr g’azotidan keyin hijriy ikkinchi yili shavvol oyida qovushadilar.

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Iyun 2007, 10:54:21

        Oisha roziyallohu anhoning bolalik yillarida kishilarni islomga da’vat qilish juda qiyin kechdi. Musulmonlar turli azob va qiynoqlarga duchor bo’ldilar. Bu davrda hech bir musulmon bundan chetda qolgan emas. Oisha onamiz din yo’lida otasi boshidan kechirgan ba’zi uqubatlarni keyinchalik esalb aytib beradi.
        Uning aytishicha, otasi Abu Bakr roziyallohu anhu o’sha kunlari Makkadan Habashistonga tomon ketishga majbur bo’ladi. U Bakrul G’amod degan joyga yetganda qabila raisi Ibn Dug’una degan kishini uchratib qoladi. U Abu Bakrning muddaosini anglab: "œSen faqirlarga yordam berasan, yetimlarga silai rahm qilasan, zaiflarni qo’llaysan, mehmonni siylaysan va qiynalganlarga yordam berasan. Shuning uchun men senday odamni tashlab qo’ymayman. Seni o’z himoyamga olaman. Shahringga borib, Rabbingga ibodat qilaver", deydi. Ibn Dug’unaning bu iltifoti Abu Bakrni yo’ldan qaytaradi.
        Oisha onamiz yoshligida o’yinqaroq va shox qiz bo’ladi. To’qqiz yoshida ham birga o’ynaydigan dugonalari va tengdoshlari yoniga borib turadi. Oisha roziyallohu anho aytadiki: "œArg’imchoq uchib o’ynab o’tirsam, oldimga onam Ummu Ruvmon keldi. Yonimda dugonalarim ham turishardi. Meni oldiga chaqirdi. Bordim. U qo’limdan tutib eshikdan ichkariga sudradi. Men o’zimni orqaga tashladim. O’z holimga qo’ymay xotinlar o’tirgan uyga olib kirdi. Ular meni tabrikladilar".
        Oisha roziyallohu anho nikohlangandan keyin ham bir necha vaqt tengqurlari bilan o’ynab yuraveradi. Nabiy alayhissalom uning yoshligi va o’yinga bo’lgan qiziqishini e’tibordan chetda qoldirmaganlar. Bu haqda Oisha roziyallohu anho shunday deydi: "œRasul alayhissalom oldilarida qizlar bilan o’ynab o’tirardim. Tengdoshlarim ham tortinmasdan oldimga to’g’ri kelishardi. U kishi masjidda nayza bilan o’ynayotgan habash qullarni tomosha qilishim uchun ruxsat berdilar". Oisha onamiz keyinchalik o’sha qutlug’ kunlarni xotirlab yana shunday deydi: "œQizlar bilan o’ynar edim. Ular ham oldimga tortinmay kelishar edi. Rasul alayhissalom chiqib ketardilar va dugonalarim oldimga kirishardi. O’ynab o’tirganimizni hech kimga aytmas edilar. Bir gal qizlari bilan o’ynab o’tirsam, oldimizga Rasul alayhissalom kirib qoldilar va o’yinchoqni ko’rib: "œNima bu, ey Oisha?", deb so’radilar. "œSulaymonning otlari, qanotlari ham bor", dedim. U kishi kuldilar".
       Oisha onamizning bolalik va yoshlik davri ana shunday g’aroyib kechadi. Bolaligi Abu Bakr Siddiq xonadonida o’tgan bo’lsa, yoshligi nubuvvat uyida o’tadi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Iyun 2007, 10:57:02

        Har bir ayolning qalbida o’zi uchun aziz bo’lgan xotiralari, sirlari bo’ladi. Oisha onamizning nikohlanishi uning uchun ana shunday unutilmas xotiralardan biridir. Ayol erini qanchalik yaxshi ko’rsa va u bilan baxtli hayot kechirsa, qalbidagi xotiralari ham shunchalik ulug’lik kasb etadi. Oisha roziyallohu anho ham Rasuli Akramni yaxshi ko’rar edi. Axir bu dunyoda Rasul alayhissalomdan yaxshiroq va suyukliroq kim ham bo’lishi mumkin?
        Oisha onamizning nikohlanish va erga tegish davri qalbida bir umrga muhrlanib qoldi. Bu muborak nikoh ilk marta Alloh subhanohu va taolodan vahiy orqali bildirildi. Keyinchalik Rasul alayhissalom Oishaga shunday xabar bergan edilar: "œSeni uch kecha tushimda ko’rdim. Farishtalar harir ro’molga o’ragan holda bir ojizani olib kelishdi va u sening jufting, deyishdi. Ro’molni ochib qarasam, u sen ekansan".
Oisha roziyallohu anhodan keltirilgan bir rivoyatda Jabroil alayhissalom Nabiy alayhissalomga yashil ipak ro’molchadagi suratini keltirib: "œBu sening dunyo va oxiratdagi zavjangdir", deydi (Termiziy rivoyati). Nabiy alayhissalomning avvalgi zavjalari Xadicha roziyallohu anho vafot etganidan keyin Alloh taolo bu muborak nikohni muvofiq ko’rdi. Xadicha onamiz hijratdan uch yil burun vafot etgandi. Nabiy alayhissalom ikki yil yoki shunga yaqinroq vaqtdan keyin Oishani olti yoshida nikohlab oldilar.
        Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladi: "œXadicha onamiz qazo qilganidan keyin Xavla binti Hakim Nabiy alayhissalom oldilariga kirib: "œUylanmaysizmi, ey Rasululloh?", deydi. U zot: "œKimga?", deb so’raydilar. Xavla binti Hakim aytadiki: "œBokira qizgami, yoki juvongami?"[/] U zot yana so’raydilar: "œBokira qiz kim, juvon kim?"[/] Xavla binti Hakim: "œBokira qiz sizga eng sevimli bo’lgan kishining qizi Oishadir. Juvon esa sizga iymon keltirgan va sizning yo’lingizga ergashgan Savda binti Zam’a", deydi. Rasuli Akram aytadilar: "œIkkisini ham so’rab ko’r-chi"[/]. U xotin darhol onam Ummu Ruvmonning oldiga borib: "œEy Ruvmon, Alloh sizlarga baraka va xayr ato qilsin", deydi. Ummu Ruvmon bundan hayron bo’ladi va xushxabarni eshitganidan so’ng: "œBiroz kutib tur, erim Abu Bakr kelsin", deydi. Abu Bakr uyga qaytganida buni bildirishadi. Abu Bakr roziyallohu anhu bu mujdadan biroz taraddudlanib: "œBirodar bo’lsak qizim unga munosib bo’larmikin", deydi. Bu gap Rasul alayhissalomga yetkazilganda: "œMen uning birodariman, u ham mening birodarim, qizi menga munosib bo’ladi", deydilar".

Qayd etilgan