Islom muolajasi.
Yuragingiz sizni tez-tez bezovta qilib turadimi, aziz birodar? Sizga atagan dorimiz bor: dilingizni og’ritgan har bir shaxsni yuragingizdan "œozod" qiling, iltimos. Kechirsangiz, KECHIRILASIZ"¦
O’pkam yallig’langan deysizmi? Keling, birgalashib yaxshi insonlarga havas qilaylik. Hursandchiliklariga sherik bo’laylik, g’amgin do’stlarimizga quvonch bag’ishlaylik. Havas qilsangiz, albatta erishasiz"¦
Nega uch kundan beri tumovsiz, mo’min do’stimiz? Balki o’tayotgan umrimizni sarhisob qilish payti kelgandir, ey aziz? Ko’z yoshlaringiz xazinasidan o’zingizga bir exson qiling: yig’lab — yig’lab oling. Zero astoyidil to’kilgan ko’z yoshlar ruhni poklaydi"¦
O’t pufagingizda og’riq bormi? Sizga tavsiya: achchig’ingiz chiqishi bilan tahorat oling. Bag’rikenglik — hotirjamlik ko’prigi"¦
Asabingiz tarang tortilibdi. Atrofingizga boqib, do’stu yorlaringizga TABASSUM hadya eting. Axir, bu hadya siz uchun arzimas muruvvat-ku! Zero TABASSUM — Payg’ambarimiz Rasululoh sallallohu alayhi va sallamning tashrif qog’ozlari edi"¦
Yurak bezovtaligiga qarshi kuniga uch mahal "œKechirim", o’pka yallig’lanishiga qarshi kun davomida "œHavas", tumovning asoratini kesish uchun haftada ikki bor "œKo’z yoshi", o’t pufagining sog’ligi uchun "œJahlni bosish", asabingiz tinchligi uchun har daqiqada "œTabassum" dorilaridan iste’mol qiling. Qo’shimcha ma’lumotlar uchun o’zingizdagi QALB MUOLAJASI dorixonasiga murojaat qiling!
Habiba.
"œIrfon taqvimi"1428(III)/2007 dan olindi.