Hijobli opa-singillarimga  ( 90066 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 B


Muvahhid  20 Dekabr 2010, 15:11:44

А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва
саллам
айтганлар:
«Икки тоифа кишилар борки улар жаҳаннам
аҳлидандир.
Мен ҳали уларни ксрмадим: Биринчиси қслларида сигир думига
схшаш
қамчилари билан одамларни уриб юрадиган кимсалар. Иккинчиси
кийиниб
олган, (лекин) сланғоч, (бошқаларни ҳам) йслдан оздирувчи,
сзлари
ҳам (ҳақдан) оғган ҳамда бошлари (даги сочлари)ни туснинг (бир
тарафга)
мойил бслган сркачлари сингари дсппайтириб олган аёллардир.
Улар
жаннатга кирмайдилар, унинг ҳидини ҳам топмайдилар. Зеро,
Жаннатнинг
ҳиди фалонча масофадан келиб туради». Муслим ривости



Qayd etilgan


Abdulhafiz  27 Fevral 2011, 02:40:32

Baxt koshonang muborak,
O'qiguvchi taborak.
Izlarida gul chechak,
Namozxon kelinoyim,
Baxting bersin Xudoyim.
Robbing Yagona Alloh,
Rosul sunnati nikoh,
Amaling jazakalloh.
Namozxon kelinoyim,
Baxting bersin Xudoyim.
Manglayingda sajdaning,
Shukrona izlari bor.
Allohimning fazli keng,
Senga mukofoti bor.
Namozxon kelinoyim,
Baxting bersin Xudoyim.
Uying to'la qora ko'z,
Ayamagin shirin so'z,
Payg'ambarim buyurgan
Poklikda hammadan o'z.
Namozxon kelinoyim,
Baxting bersin Xudoyim.
Qanoat boyligingdir,
Savoblar oyligingdir,
Ibodat chiroyingdir.
Namozxon kelinoyim,
Baxting bersin Xudoyim.
Bu turmushing qasriga,
Haqning rahmati yog'sin.
Zurriyoting ko'paysin
Namozxon kelinoyim,
Baxting bersin Xudoyim.


[Katta hajmda ekanligi bois o'chirildi.]

Qayd etilgan


Husniddin00  02 Mart 2011, 14:46:35

xiobli ayollarga ku4 quvat bersin alloxim

Qayd etilgan


Shukrona  16 Mart 2011, 08:20:58

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu.
Afsuski hozirgi kunda dinimiz buyruqlariga amal qilmaydigan, qolaversa boshqalarni ham bundan qaytaryotgan,tish — tirnog’i bilan qarshilik qilayotgan yana uyalmasdan o’zini musulmon xisoblaydiganlar keragidan ortiq.Alloh  insof bersin shunaqalarga va barcha mo’minlar qatori muslima opa-singillarimizga dinimiz buyruqlarini bajarishda O’zi onson qilsin omin.
Ko’nglimizdagi nidolarni Xayrulla Xamidovning quydagi sherlaridan topdik.

Yumib dindan tamom ko’zlaringizni,
Nahot is bosibdir yuzlaringizni.
Haqqingiz yo’q aslo ota-onalar!!!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Dindan so’z ochilsa ko’zlaringiz lo’q,
Go’yo u dunyodan ko’ngil tamom to’q.
Insof qiling endi o’zingizda yo’q,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ro’molda kulsa gar kula olingiz,
Loaqal dinidan to’la olingiz,
Hijobiga hijob bo’la olingiz,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Shukur qiling gaplar otmayapti-ku,
Gunohlar qariga botmayapti-ku,
Ko’chada tanasin sotmayapti-ku,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Islom deganida yuraklar yumshab,
Qachon tura olasiz chaponni to’shab?!
Bechora jin chalgan telbaga o’hshab,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Shunda yo’qlik sari ravo bo’lmaysiz,
Behayo qizlarga momo bo’lmaysiz,
Johil avlodlarga bobo bo’lmaysiz,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Oy so’lg’in nigohin o’pib turadi,
Malaklar xizmatda chopib turadi,
Ro’moli dinini yopiq turadi,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Hursand bo’lmaysizmi hilm istasa?!
Nafsingiz buncha ham zulm istasa?!
Boshingiz egilsin ilm istasa!...
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ikki dunyoda ham g’ov bo’lib yurmas,
Ilohiy amrga yov bo’lib yurmas,
Hamma nigohlarga ov bo’lib yurmas,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Vaxshiy tuyg’ulardan asrab avaylang!
Qalbiga ilohiy amrni joylang!
Musulmonsiz ahir, iltifot aylang!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Uchramas folbin-u ham kinnalarga,
Qalbini itarmas cho’g’ o’rnalarga,
Yo taqlid qilsinmi, Madonnalarga?!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Sizga suyaniblar turgisi kelar,
Asri saodatni ko’rgisi kelar,
Fotimaga o’hshab yurgisi kelar,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Avlodlar dastidan ohlamaysizmi?!
Zolimlar yetishsa choxlamaysizmi?!
Buxoriy chiqishin hohlamaysizmi?!
Din yo’lidan to’smang qizlaingizni!!!

Ko’p ham zulm bermang bu ko’cha tordir!
Alarming duosi maqbulu yordir!
Ojizalarning ham Robbisi bordir!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ohirgi ulushim din ilhomidin,
Oliblar tugatgum ko’ngil shomidan,
Tik turib so’rayman ummat nomidan!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Qaytarib oling bad so’zlaringizni!
Qiyomat kunida rasvo holatda,
Ko’rmayin desangiz yuzlaringizni!!!

Xurmatli forumdoshlar so’zimiz oxirida sizlardan  X.Xamidov haqlariga va muslimalar haqlariga duo qilishingizni so’rab qolamiz.Alloh hammamizni to’g’ri yo’lga xidoyat qilsin omin.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu.

Qayd etilgan


Mirоlim  17 Mart 2011, 16:41:32

:bsm:

 :as:

Bir ustoz opa aytgan voqeani shu mavzuga yozmoqchidim, ruhsatilar bilan.

Oltinko'l rayonida bir kollej bor, o'sha kollejda bir dugonam bor edi- deb boshladi ustoz opa voqeani.
Paxta yig'im- terim vaqti boshlanganida o'sha dugonam ham kollejdan paxta tergani dalaga chiqibdi.
Dugonam paxta tergan joyda Madrasaning talabalari ham paxta terishayotgan ekan.
Kun issiq, quyosh jaziramasida yuzga ro'molni yopib paxta terayotganida bir tolib opani shunde savolga tutibdi: "Ustoz yuzingizni Allohdan qo'rqib to'sdingizmi yoki Oftobdan qo'rqibmi?"- debdi.
Shunda haligi ayol hech narsa deyolme qolibdi.
Chunki savolga "Allohdan qo'rqib o'randim"- desa yolg'on so'zlagan yoki "Oftobdan qo'rqib o'randim"- desa, "Oftobdan qo'rqibsiz-ku, Allohdan qo'rqmadingizmi?"- deb savol bilan yuzlanishi muqarrar edi.
Sukut saqlagan ayolni holatini ko'rgach talaba yigitlar uzr opajon sizni qiyin savolga tutdik, deb uzr aytishib boshqa tarafga o'tib ketishibdi.

Ayol chekka joyga o'tib olib ko'zidegi yoshini to'xtatolme ho'ngrab yig'labdi.
Shu tolibning savoli orqali dugonamga Alloh hidoyat berdi, to'yida turmush o'rtog'ini diniy to'y qilishga majburladi, deb voqeani yakunladi Ustoz opa.

Alloh barcha muslima ayollarni ibo, sharm- hayoda sobit qadam qilsin.

Qayd etilgan


Shukrona  21 Mart 2011, 07:10:14

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu.

А­ртага райҳон гул очади, ғамлар кетади, дил таскин топади.
Сенинг муслима сканлигинг сен учун шарафдир.

Кенглик бслишидан ноумидмисан? У ҳолда Оллоҳ, Қадар деган ссзлар қаерда қолди.
Сенга етган ҳар бир мусибат Оллоҳнинг изни билан сенинг гуноҳларингга каффорат бслар. Ҳадисда айтилган: "œЛарвардигорига итоат қилган, беш вақт намозини канда қилмаган, номусини сақлаган аёл жаннатга киради". Бу Оллоҳ осон қилганларга осондир. Бас, Меҳрибон Ларвардигорингга йслиқиш учун бу улуғ ишларни қилгин. Шунда сен бу дунёда ҳам, Охиратда ҳам бахтиёр бсласан. Шариат буюрган ишни қил. Оллоҳ азза ва жалланинг, А асулуллоҳ соллоллоҳу алайҳи ва салламнинг йслини тут. Чунки сен муслимасан. Бу сса буюк шарафдир. Катта фахрдир.
Чунки сендан бошқа аёллар кофир юртларда ё насроний ё сҳудий ё худосиз бслиб ёки Оллоҳнинг динига қарши бслган динларга мансуб ҳолда дунёга келмоқдалар. Аммо сен сса.. Оллоҳ таоло сени муслима бслишингни ихтиёр стди. Сени Муҳаммад соллоллоҳу алайҳи ва салламнинг тобеларидан, Оишага, Хадичага, Фотима (Оллоҳ улардан рози бслсин)га сргашувчи тобеълардан қилди. Ҳурсанд бсл, чунки сен беш вақт намоз сқийсан, рсза тутасан, имконинг бслса ҳаж қиласан. Шаръий ҳижоб тутасан. Сен Оллоҳни Ларвардигор, Исломни дин, Муҳаммад соллоллоҳу алайҳи ва салламни А­лчи деб рози бслганингдан хушнуд бсл.       
Сенинг олтининг динингдир. Сенинг зийнатларинг ахлоқингдир. Мол-давлатинг одобингдир.
"œАлғиз Оллоҳнинг Ўзи кифос. У Зот снг схши ишончли Вакилдир!". (Ол-и Имрон сураси, 173-ост).

Islom.uz saytidan olindi.Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu.

Qayd etilgan


_IYMONA_  01 Aprel 2011, 12:43:39

Assalamu alaykum. Alloh barchamizning ahli oilamizni ham O'z hidoyatidan bahramand qilsin.

Qayd etilgan


registan  09 Aprel 2011, 11:00:06


Jannat muborak!


Qayd etilgan


Husniddin00  15 Aprel 2011, 18:36:13

shukurona sizdan ollox rozi bo`lsin sherlariz juda go`zalekan

Qayd etilgan


ан-Насафий  15 Aprel 2011, 20:29:52

 :as:

     Bugun ko'chada hijobli opa-singillarimizni ko'rdim. Ular salobatli, iboli, go'zal ko'rinishda. Boshqa ochiq-sochiq kiyinib yurganlar, hijobli opa-singillarimiz oldida biram ahmoqona, biram ko'rimsiz va behayo... Ko'ngling aynib ketadi...

     Hijoblilarga o'zini mo'minman degan kishi mehr qo'yadi. Alloh taolo shuni ko'ngilga solsa kerak.

     Hijobli, iymoni pok opa-singillarimizni Allohim O'z panohida asrasin.

Qayd etilgan