O'zbek yoshlariga nima bo'ldi?  ( 32530 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Abdulholiq  09 Iyul 2007, 21:12:42

O'z vaqtida Islomning markazi bo'lgan va dunyoga ne-ne ilm egalarini etishtirib bergan bu yurtning yoshlarini hozirgi ahvoliga bir nazar tashlaylik.Agar Toshkent degan azim shaharda bir sayr qilsangiz uzbek bo'lgan yosh yigit-qizlarning quchoqlashib(astag'firulloh,bundan battarini ham uchratish mumkin) yurganini ko'rasiz.Bu manzara yildan-ylga kuchayib bormoqda.O'ylab qolasan kishi,bu qizlarning ota-onasi,aka-ukasi bormikan?!

Sizlar bunga nima deysizlar,shu ketish bo'yicha Uzbekistonda ham boshqa kofir davlatlardagidek hayosizlik hukmron bo'ladimi?Nima qilish lozim?

Qayd etilgan


Muslimа  10 Iyul 2007, 11:46:29

Assalomu alaykum Abduholiq!
Bu mavzu juda ham ko'p marta yozilgan, ko'p marta yozilgan bo'lsa ham gapirilishi lozim bo'lgan mavzu dib bilaman. Gaplarizda jon bor. Tog'ri yoshlarni aksariyati ayanchli ahvolda. Dunyoga berilib oxiratini barbod qilayotganlar bor. Lekin besh qo'l baravar emas. Alhamdulillah, iymonli va hayoli yoshlarimiz ham bor.
Bugungi kunda Toshkent ko'chalaridagi ahvolni yozibsiz, lekin bu hol faqat poytaxtdamas, afsuski boshqa joylarda ham bor.
Buni hammasi iymon zaifligidir. Yani "musulmonman", "qalbimda bo'sa bo'ldi" degan hayollar bilan yurishda. Aslida musulmon odam qalbi bilan iymon keltirib, amalda ham Alloh taoloning buyruqlarini bajarishi lozimku! Ming afsuski, hozir ko'pchilik yoshlarimiz Islomdan uzoqlashgan. Ular chet el kino va musiqa yulduzlarini yaxshiroq tanishadi, ko'pchiligidan Rasulimiz kim? Sahobalardan kimni taniysan? desangiz hech nima deya olishmaydi. Chet el yulduzlarini qachon qaerda tug'ilishganini, hatto nimalar yeb nimalar ichishigacha bo'lgan ikr chikirlarni bemalol aytib berishadi. Lekin Rasulimiz sallallohu alayhi vassallamning hayotlaridan ibrat olishmaydi.
Agar shu ketish bo'lsa bizda ham boshqa kofir davlatlari kabi hol yuz berishi tabiiy. Astag'irulloh, avvalo Allohni O'zi asrasin!
Nima qilish lozim? Qiyin va murakkab savol. Lekin ilojisi yo'q narsani o'zi yo'q, o'limdan boshqa har narsaga iloj topsa bo'ladi. Bu bitta yoki bir necha kishi qiladigan ishmas.
Iymonimiz doimo mustahkam bo'lsin!

Qayd etilgan


Muslimа  10 Iyul 2007, 11:55:40

Internet sahifalaridan mis_shoira degan userimizni she'rlariga ko'zim tushib qoldi. Aynan mavzbopekan.

Bir ochiq ayol uchun, to’rt erkak do’zaxda bo’lmish.
Biri ota, biri og’a, biri o’g’il, biri er.

SHariatni bilgan inson buni yaxshi biladi.
Qiyomat kun ayol uchun erkak javob beradi.

Javobgarlik burchini bugun unutgan xalqim.
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.

Mani o’tgan momolarim bunday ochiq yurmagan.
Orzu havas, man-man deya bid’atlarni qilmagan.

Mani o’tgan bobolarim, edilar hofizi Qur’on.
Alloh uchun shariatda bo’ldilar doimo qalqon.

Shuning uchun o’z yurtida bosmachi deb nom oldilar.
Lekin Alloh huzurida pok iymon-la qoldilar.

Shariatni posbonlari, bugun juda kam xalqim
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.

Paranjilar o’tda yondi, yondi kulga aylandi.
Hur erkinman degan ayol, asli qulga aylandi.

Shu o’tlarda birga yondi oru nomus, diyonat.
Barchasi yonib ketdi, qoldi faqat xiyonat.

Adolatdan yiroq bo’ldi, xiyonatga kon xalqim.
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.

Erkak ayol teng huquqli deya farmon berdilar.
Bugun ayol erdan o’zdi, pul topishda ming chandon.

Halol-harom farqi yo’qdir, molu dunyo bo’lsa bas.
Kim yaratdi, qayga borar, buni aslo o’ylamas.

Oxiratin unutgan mani bechora xalqim.
Aytsam tilim kuyadi aytmasam dilim.

Ayoli ochiq yurgan erkak bo’larkan dayus.
Qiyomatda qabul bo’lmas, ming bor qilsalar afsus.

Alloh barcha insonlarga berarkan molu davlat.
Lekin sevgan bandasiga berar iymon, hidoyat.

Iymon yarim, hidoyatga bugun tashnadir xalqim.
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.

«Nurxon»ning og’asini shuncha yil dedik qotil,
Yo’q! U qotil emasdir, Alloh yo’lida botir.

SHariatni asramoq, ota-bobomdan meros.
Allohdan yuz o’girgan, singildan oldi qasos.

Qasosli dunyo uchun, yugurib elar xalqim.
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.

Biz ham musulmon deya, bugun kerarlar ko’krak.
Lekin aslo yo’q amal, quruq so’z kimga kerak.

Erkaklarda bo’lsaydi, oru nomus, diyonat.
Minglab ayollar bugun qilolmasdi xiyonat.

O’zgalar baxtin yulib, o’z baxtin ko’zlamasdi.
Son-sanoqsiz bolalar, etim bo’lib bo’zlamasdi.

Benikoh go’daklarga to’lib ketdi bu dunyo.
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.

Qayd etilgan


Abdulholiq  12 Iyul 2007, 18:11:11

Rohatoy,ajoyib sher,hozirgi holatimiz sabablarini mutlaqo ochib tashlaydi.

Adashmasam bu ayanchli ahvol butun Islom mamlakatlarida allaqachon muammoga aylanib bo'lgan:Turkiya,Ozarbayjon,21 nafarlik arab mamlakatlari.Lekin bu bizning yurtimizda chidab bo'lmas darajaga etdi...

Buning bir asosiy sababi bo'lishi mumkin:

G'arb madaniyati(missionerlar,filmlar,jurnal-gazeta..) ta'sirida Islomdan chekinishimiz va yiroqlashishimiz(ilmsizlik).


Qayd etilgan


fazilat  13 Iyul 2007, 19:08:04

Assalomu alaykum aziz birodarlar!

Haq va juda kerakli bo'lgan mavzularga turtki berayotganinglarni ko'rib quvondim... Darhaqiqat ohir zamondir balkim ko'cha-kuyda umuman yurib bo'lmaydi: yo yoshlar yoshlik qilibmi,yo shaytoni la'inga berilibmi bosar-tusarni bilmay qo'yihsgan. Eng avvalo har bir insonning iymonini bersin Ollohim. Olloh iymonini but qilmas ekan, hidoyatga yo'llamas ekan, bizi bandai ojizalar qo'lidan hech narsa kelmaydi. Qo;limizdan keladigan ularga tutayotgan yo'llarining haqiqatdan yiroq ekanini aytish va haqlariga Ollohdan to'g'ri yo'lda sobitqadam qilishini surash!!!

Man bundan bir necha yil oldin ingliz tilidan dars berganman o'zim tengi bolaga. Na uni uyiga borganman va u meni uyimga hullas biz A.Temur maydonida dars o'tishga qaror qildik. Qaydan ham aytdim deyman, umuman o'tirib dars o'tib bo'lmas edi... Ham kulgili holat ham achinarli albatta. Usha yer kechirasizlaru ko'cha tili bilan aytganda "Babochkalar" turar joyi ekan. Man bundan behabar o'quvchimni kutib turganimda bir KISHI gap qotgan (aniq yodimda yuq lekin yaxhsi niyyat emas edi). Bundan tashqari dars paytida ko'zni qaratishga ba'zida joy bo'lmas edi...

Endi usha qizlar behabar bir mumin qobil yigit turmushga chiqib bola-chaqalik ham b-b ketgandir. Buni Yaratgandan uzga bilmaydi...

Man yana bir mavzuga tuxtalmoqchiman SIGARETA haqida!!!
Yaqinda "Odamlar orasida" degan gazetaga shuni yulladim balkim chop etishar va inshaolloh sezilarli darajada natija ham bular. Agar kamchiligi bulsa iltimos mani ma'zur tuting...

Sigareta tutgan "œnozik qo’llar""¦

Nafs yo’liga kirgan kishi rasvo bo’lur,
Yo’ldan ozib tuzib gumroh bo’lur,
Yotsa-tursa shayton birla hamroh bo’lur,
Nafsni tiygil, nafsni tiygil, Ey, badkirdor!

A.Yassaviy

   Shuni ta’kidlab o’tish joizki, bugungi kunda sigareta chekishga rujo’ qo’ygan ayollar, xususan qizlar soni ko’payib bormoqda. Avvaliga, bu ajablanarcha qabul qilingan bo’lsada, keyiniga xuddi oddiy holdek bo’lib qoldi. Buni har kim har xil talqin etadi. Mening fikrimcha, ayol kishi har qanday holatda ham ayollik nafosatini yuqotmasligi darkor!
   Kuni kecha bir voqea diqqatimni tortdi. Ishxonamiz oldida bir panaroq joy mavjud. Bir kuni ana shu yerga ikkita xushbichim o’zbek qizi o’tib ketib, ozgina vaqt o’tmay qaytib ketishdi. Bu holatni bir necha marotaba kuzatgan hamkasblarimdan biri: "œBalkim sigareta chekkani kelishgandir",-deya so’z qotdi. Darhaqiqat, ko’cha-kuyda qizlarni sigareta tutatib ketishlari tobora ko’paysa ko’paymoqdaki, lekin kamaymadi"¦
   Keyin bir zum tasavvur qildim. Shu sigaretani tutgan "œnozik qo’lli" oyimchalar, ertaga aqilli, diyonatli, balkim namozxon o’g’illariga ne-ne umidlar bilan so’rab kelgan onaxonlarga mayda qadamlar tashlab choy uzatishadi. Ular haqida aytilgan ba’zida asli haqiqat yashiringan ta’riflarni eshitgan sovchilar, misli boshlariga "œbaxt qushi" qo’ngandek beshak-begumon indiniga bo’lajak kuyov bilan uchrashuvni belgilab ketishadi. Yolg’on asnosida qurilajak oila kelajagini Olloh Azza va Jalladan o’zga bilmaydi.
   Yuqorida keltirilgan misol bilan men hamma qizlar ham shunaqa demoqchi emasman. Aslo! Aksincha, tabiatan xushxulq (yoxud orttirilgan), hidoyatli, iymon-diyonatli bo’lgan qizlar sha’niga shu oyimchalar tufayli ta’na-dashnomlar yetmasin, yigitlar qalbida o’zlari tasavvur qilgan mo’mina qizlarga nisbatan shubha uygonmasin deyman. Alhamdulillah, Yaratgan Egamga ming tasannolar bo’lsinkim, hayotda haqiqiy mo’minalarni uchratdim, ularga do’st tutindim va havas qilaman. Ularning hidoyati oldida bosh egaman.
   Yana so’zimizga qaytadigan bo’lsak, uchrashuvga chiqqan yigitni bir tasavvur qilib ko’ring-a? Nozik hilqat deya sanalmish oy yuzli qiz salom bersa-yu, sigaretaning yoqimsiz hidi undan ufurib tursa, qay ahvolga tushadi yigit bechora? Yoinki onasi bag’rida erkalanib, mayin hididan sarmast bo’lish ilinjida onasi sari intilgan bola dimog’iga achqimtir ifor urilib bolakayni to’ppa-to’g’ri otasi bag’riga yetaklasa? Mayli, uni bola deylik, necha yoshga kirmaylik baribir onamizga bolalarcha erkalik qilgimiz keladi, ularni bag’rida o’zimizni ko’rishni istab qolamiz ba’zida. O’shanda, mushtipar onamizdan kelgan "œyoqimsiz" hid kap-katta bo’lgan biz bolalarga ham yoqmaydi. Albatta, bu ko’rgulikdan Yaratganning o’zi asrsin, omin!
   Bundan bir necha oy oldin, men poytaxtinimizning nomi ulug’ firmalaridan birida ishlar edim. Firma chet eldan mol olib kelib tashkilotlarga tarqatardi.  "œBaliq boshdan sasiydi" deganlari bejiz emas ekan, chunki ishxonada direktordan tortib to oddiy mutaxassisgacha deyarli hamma sigareta chekardi (hatto bir dugonamning ham chekishi guvohi bo’lganimdan keyin unga qanday munosabatda bo’lishni bilmay boshim qotgan). Buni ustiga direktor bilan guruh-guruh bo’lib chekkan paytlari ham bo’lgan. Tez-tez, "œIltimos, tashqariga chiqib chekinglar",-deya qayta-qayta o’qtirishlarimga yo zarda aralash javob olardim, yo "œuf" deya chiqib ketishardi (Yaratganga ming tasannolar bo’lsin, men hozir o’zga bir tashkilotda, yaxshi hodimlar orasida faoliyat yuritib kelyapman). Yoki shu kabi holatlar keyingi yillarda tashkilotlar orasida odatga aylanib borayotgan rusmdir?
   So’zimni nubuvvat egasi bo’lmish, Payg’ambardan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qilingan bir hadislar ila yakunlayman: "œAyollarga o’zini o’xshatgan erkaklarga, erkaklarga o’zini o’xshatgan ayollarga Ollohning la’nati bo’lsin".  Shu hadisni chin dildan his etib, haqiqatdan o’zini yaratgan Ollohidan qo’rqqan Bandai ojiza, albatta, bunday hatti-harakatlarga yo’l qo’ymaydi. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "œKim (biror kishini) hidoyatga chaqirsa, hidoyatga ergashgan kishining ajridan biror narsa kamaytirilmasdan, uning ajricha ajr oladi", dedilar. (Imom Muslim rivoyatlari) Agar har birimiz yelkama-yelka bo’lib shu kabi illatlarga qarshi tursak, nafaqat, bu dunyoda balkim, inshaolloh, u oxiratda ham bizga yaxshiliklar ravo ko’rilgay.
   Olloh har bir insonni hidoyatga chorlab, to’g’ri yo’ldan ozdirmasin. O’zi tanlagan dinda sarmast va sobitqadan etib, oxiratimizni obod aylasin. Inshaolloh, Parvardigor bizni qiyomat pushaymonidan soqit, gunohlarimiz og’irligini yengil, yaxshilar hayotini rizq va matlabi ko’ngil, haloliyat ila kifoya va haromiyat tajovuzidan, yovuzlar yovuzligidan himoya, ota-ona, aka-uka, opa-singillarimizni qiyomat hasratlaridan va jamiki mo’’minu mo’minalarni jahannam dahshatlaridan ozod qilsin, omin!

                                                                  Duoingiz ilinjida,
                                                                                                                       Fazilat

Qayd etilgan


Abdulholiq  14 Iyul 2007, 06:54:52

Evropalik muslimalar...Ular bu kabi ochiq-sochiq kiyimlar kiyadigan mamlakat va jamiyatda yashashadi,ta'lim olishadi.Ba'zida ko'chalarda ro'mollarini o'rab o'tib qolishsa,insonning dili yayraydi:"Mana o'sha Evropalariga ham Islom bosib kelmoqda-ku va nihoyat"-deya dilimdan o'tkazaman.Lekin,ular ro'mol o'rash orqali soch va boshqa bezaklarni nomahram ko'zlardan to'smoqlikning haqiqiy ma'nosini anglamayotganliklari o'sha ro'mol bilan bir vaqtda... shim ham kiyishlaridan shundoq ko'rinib turibdi."Yo Alloh"- deya o'ylayman,ahir nima zarurati bor bu boshni ro'mol bilan to'smoqlikni agar shim kiyilsa?!Bu Daniyadagi arab va turk muslimlarining ahvoli.
      Va boshqa muslimalar haqida ham aytib o'tmaslik insofdan bo'lmas.Ular yuz tuzilishlari arablarga o'hshab ketadigan va biroz qoracharoq bo'lgan Somaliyalik muslimalardir.Bu yurt muslimalarini kamdan-kam holatda hijobsiz uchratish mumkin!  Allohga hamdlar bo'lsin,qanchalik istar edik o'zbek muslimalari ham hijoblari bilan barcha muslimalarni ortda qoldirishsa...

Qayd etilgan


Muslimа  16 Iyul 2007, 13:56:57

Assalomu alaykum Fazilat va Abduholiq!
Fikrlaringizga qo'shilaman!
Inshaolloh bizni muslimalar ham boshqa muslimalarni hijoblari bilan orqada qoldiradilar! Mani fikrimcha muslimalarni bu ishda muslimlar, ya'ni musulmon yigitlar qo'llashlari darkor! zarur! va SHART!
Chunki ayollarni qandayligi aksariyat hollarda erkaklarga bog'liq bo'ladi! Erkak kishi iymoni but bo'lsa ayoliga ham shuni ravo ko'radi! Iymonsiz erkak kishidan Alloh taoloning O'zi asrasin!
Alloh taolo hech birimizni to'g'ri yo'ldan adashtirmasin!
Sirotal mustaqiymda bardavom bo'laylik!

Qayd etilgan


Abdulholiq  17 Iyul 2007, 07:11:04

Uyga telefon qilganimda Onamlardan 10 yoshlik singlimning namoz o'qiyotgan yoki o'qimayotgani haqida so'rayman.Namozni 9 yoshidan o'qishni boshlagan,lekin hufton namozini ba'zida o'qib joynamoz ustida uhlab qoladi,ba'zida esa o'qimasdan uhlab qolishini aytadilar.Hech qisi yo'q o'rganib ketadi.Mamnun bo'laman.
Bu erda esa Abdulla degan hamyurtim,shu erda qo'shni bo'lib ham yashagan,mendan uch yosh katta bo'lgan,bir necha universitetlarni tugatib yuqori bilim egasi bo'lgan akam(akam desam ham bo'ladi,juda yaqinmiz) bilan ayollarning kiyinishi haqida ko'p bahslashar edik(chegaradan chiqmasdan).U kishi "ayollarning shim kiyishida hech yomonlik yo'q" deb aytar edilar!O'zlarining maktabni bitirgan singillari va boshqa yaqinlari shunday kiyinsa kerak deb tahmin qilaman.Lekin yaqinda Allohga hamdlar bo'lsin,ba'zi islomiy ma'ruzalarni tinglagandan so'ng namozni ham boshladilar va anchadan buyon uylanmoqchi bo'lib yurgan qizga shart qo'ydilar:"Hijob kiyishing lozim"(hozir bu akamiz ham,men ham  "hayot ummoniga sho'ng'ib" boshqa shaharlarga ko'chib ketgan bo'lsakda telefonda suhbatlashib turamiz).Rohatoy,menimcha ham shunday erkak kishi ayoliga o'z talabini qo'yishi kerak va agar lozim bo'lsa,ayol kishi ham talab qo'yish huquqidan foydalanib jufti-halolini to'g'ri yo'lga boshlashi zarur.

Qayd etilgan


fazilat  17 Iyul 2007, 19:18:21

ASSALOMU ALAYKUM AZIZ BIRODARLAR!

OLLOH ROZI BO'LSIN SIZDAN ABDULHOLIQ... INSHAOLLOH QANI HAMMA UYLANAJAK VA UYLANGAN BIRODARLAR SHUNAQA SHART QO'YISHSA. ALBATTA AVVALO AHLI AYOLLARINI O'ZLARI QIZG'ANISHLARI KERAK. MAGAR ULAR QIZG'ANISHMAS EKAN BUNDAN HECH QANDAY NATIJA CHIQMAYDI. HADISDA KELTIRILGANIDEK AYOL KISHI FITNADIR. ISTANG-ISTAMANG AGAR ULAR OCHIQ KO'CHAGA CHIQISHSA KO'Z TUSHADI....

ILOHIM TURMUSH QURMAGAN QIZLARGA O'ZGALARDAN QIZG'ANUVCHI, OLLOHDAN HAQIQIY QO'RQUVCHI, AHLI QARINDOSHLARIGA YAXSHI MUNOSABATDA BO'LGUVCHILAR YIGITLAR KO'PAYSIN, OMIN....

OLLOH BARCHANGIZDAN ROZI BO'LSIN....

Qayd etilgan


Muslimа  19 Iyul 2007, 11:02:11


ILOHIM TURMUSH QURMAGAN QIZLARGA O'ZGALARDAN QIZG'ANUVCHI, OLLOHDAN HAQIQIY QO'RQUVCHI, AHLI QARINDOSHLARIGA YAXSHI MUNOSABATDA BO'LGUVCHILAR YIGITLAR KO'PAYSIN, OMIN....

OLLOH BARCHANGIZDAN ROZI BO'LSIN....


Omin!

Qayd etilgan