Assalomu alaykum!
Ushbu bo'limga Sizga yoqadigan saytlar degan mavzuni ko'rib yangi mavzu ochish fikri tug'ildi:
Sizga umuman yoqmaydigan saytlar
Bunda siz garchi ko'pchilikka ma'qul bo'lsa-da, sizga umuman yoqmaydigan, siz yomon ko'radigan, sizni ranjitgan saytlar haqida yozishingiz mumkin. Iltimos, sababini ham yozinglar.
PS. iltimos, www, http:// siz yozinglar. Bo'lmasa, link bo'lib reklama qilgan bo'lib qolamiz.
O'zim boshlab bersam.
Birinchisi: shov-shuv.uz - Bu saytga 1 yil oldin bir marta kirganman-u, qaytib oyoq izi qilmaydigan bo'lganman. Chunki, o'shanda bir ayol xonandamiz, o'zlarining bo'y-u, bastlarini boshqalarga foto orqali namoyish qilgan ekanlar. pastdagi mulohazalarni hatto o'qish uyat edi...