ZiyoUz Mehmonxonasi arxivi  ( 356447 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 97 B


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:18:09

 Saturday 07/17/2004 7:44:20pm
Ismi sharifingiz:    Azim Toshboyev
Mamlakat/shahringiz:    Boysun
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Saytingga kirdim. Bilasanmi hammasi yaxshi, lekin xabarlar ko'pligi ularning juda kichikligi va boshqalar odamni charchatadi. Senga savol: nima sababdan Qur'on suralari tarjimasi berilmagan. Scaner qilib kiritib qo'yishing mumkinku. Agar qorilarning qiroatlarini kiritsang a'lo bo'ladi. Saytga kiruvchilar ko'payadi. Bir maslahatim. Sayting oddiy, hamma tushunadigan, lekin 4 ta ustunni juda xunuk joylashtirgansan. Fikrimcha o'ng va chap tomondagi ustun razmerini o'ylab ko'r. Yana bir gap nima uchun xabarlaring eski? 3 - ustundagi sariq rangni olib tashla, ko'zni charchatib monitorga yaqinroq borishga to'g'ri keladi, bu esa o'zing bilasan... Ziyo.uz so'zini zagalovkaga sploshnoy qo'ysang qanday bo'ladi? Agar shunday qo'yilsa sayt ochilganda atrofdagilar diqqatini tortadi deb o'ylayman. Yaxshi. Yana bir fikr. Talabalar o'z maqolalarini kiritishi uchun joy och. Magistraturada o'qiyotganlar bunga ko'p murojaat qilishadi. Talaba saytni ochganda o'zi qo'ysa bo'ladigan qilsa bo'ladimi? Talabalar iqtisod, siyosat haqida o'z fikrlarini, qarashlarini yozadigan yoki bo'lmasa diskussiya olib borishi mumkinligini kiritish saytni davomiyligiga olib keladi. Internetga faqat yoshlar, talabalar kirishi yodingda bo'lsa kerak. Keyin o'tgan olimlarimiz haqida ham bo'lim kirit. Umuman sayt menga yoqdi. Dizayn yaxshi.

SAYT IJODKORLARIDAN: Saytimiz haqida bildirgan fikrlaringiz uchun katta tashakkur.
Ma'lumki, saytning asosiy mazmuni bosh sahifa (index)da joylanadi, shuning uchun ham bundagi ma'lumotlar ko`pdek tuyulishi mumkin, ularning kichikligiga kelsak, bu joy masalasi bilan bog`liq, agar biz shriftni katta qilib joylashtirsak, bosh sahifa dizayni o`zgaradi va besunaqay holatga tushishi mumkin.
Qur'oni karim suralari tarjimasiga kelsak, ularni kelgusida kiritish niyatimiz bor. Buning uchun tarjimani saytga joylashtirish huquqini qo`lga kiritishimiz kerak. Saytda joy masalasining tanqisligi ayrim media materiallari (audio, video) joylashtirishga to`sqinlik qilayapti, xudo hohlasa, Qur'oni karim suralari qiroati ham saytimizdan joy oladi.
Ma'lumotlar, ayniqsa kundalik xabarlarning eskiligi — bu bizning muammoimiz. Chunki, bu ko`p vaqt va mehnat talab qiladi. Sayt ijodkorlari esa sanoqli. Bundan buyog`iga xabarlarni ham update qilib boramiz.
Ziyo.uz bosh so`zini yoppasiga joylashtirishga ham qarshiman, chunki, hozirgi holati normal, ikkinchidan tabiiyki, qancha fayl kattalashsa, yuklanishi ham shuncha sekinlashadi. Hozirgi holat ham sayt dizayniga mos keladi.
Marhamat, talabalar o`z maqolalarini bizning elektron manzilimiz jo`natishsin, joylab berish esa bizdan. Talaba o`z maqolasini bizning ushbu fikr-mulohazalar kitobimizga ilova qilishi ham mumkin. U yerdan esa biz kerakli bo`limlarga kiritib qo`yamiz. Diskussiyalar uchun maxsus forum tashkil etganmiz, undan foydalanishsa bo`ladi, yoki, bo`lmasa, mana shu mehmonlar kitobida ham fikr almashishsa bo`ladi. Bu yerdagi ma'lumotlar doimiy saqlanib turadi. Talabalarga yordam tariqasida o`zbekcha ma'ruza matnlari, referat. kurs ishlari kiritib borishni ham rejalashtirgamiz.
O`tgan olimlarimiz haqida ham bo`lim ochilgan, lekin hali to`liq emasligi bois saytga joylashtirilmadi.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:18:36

 Monday 07/26/2004 9:31:18am
Ismi sharifingiz:    MURODLI_DIL
Mamlakat/shahringiz:    
E-mailingiz:    
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    BIlasizmi, man juda kop saytlar kordim, o'zbekcha, hozirda yaratilayotgan... lekin haligacha bu kabi insonga, odamlarga atab yaratilganini kormagan edim, Bu yerda maqsad, biror foyda olish emas, balki, o'zgalar kayfiyatini yuqoriga ko'tarish, o'zga insonlar uchun ham ma'nan, ham ruhan madad berishga harakat qilingan. Shul sababdan, barcha ushbu sayt ijodkorlariga chukur, minnatdorchilik izhor qilaman, Umud qilaman, Alloh nasib qilsa www.ziyo-uz.uz ga o'hshagan yangi internet sahifasi sizlar tomoningizdan yaratiladi.. Umuman olganda, qilgan mehnatlarizga tasanno, Omad yor bo'lsin barchangizga!

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:18:50

 Tuesday 07/27/2004 8:54:38am
Ismi sharifingiz:    GULCHIROY
Mamlakat/shahringiz:    TOSHKENT
E-mailingiz:    
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    SAYTGA GAP YO`Q! SILAGA OMAD TILAYMAN. SHUNAQA BIZANI KOP-KOP XURSAND QILIB YURURILAR. QOIL SILAGA! SAYT UMUMAN DAHSHAT!

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:19:00

 Thursday 07/29/2004 9:31:33am
Ismi sharifingiz:    Sevara Hayrullaeva
Mamlakat/shahringiz:    Tashkent
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Salom!!! Saytingiz haqida menda yaxshi taassurotlar uyg`ondi. Keyinroq yozaman.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:19:13

 Thursday 07/29/2004 9:54:11am
Ismi sharifingiz:    Nigora Mavlonova
Mamlakat/shahringiz:    O`zbekiston, Buxoro
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Manga bu sayt yoqdi: Zamonaviy
TAKLIF: Saytda ko`proq mazmunli she'rlar kiritilsa, Rekordlar kitobiga kiritilgan O`zbekistonliklar bo`lsa ular haqida bilishni istardik. Yan shu saytda o`zimizni chat ochilsa yaxshi bo`lardi, unda faqat O`zbekiston territoriyasidagi yoshlar chiqishsa.
Hozircha shu, qolganini sayt bilan yaxshiroq tanishgandan so`ng yozaman.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:19:29

 Thursday 07/29/2004 5:04:23pm
Ismi sharifingiz:    Nuriddin
Mamlakat/shahringiz:    Toshkent
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Sayt manga juda ham yoqdi. Avvalambor shuncha narsani kiritib, odamlarni vaqtini mazmunli o'tkazishga harakat qilgan ekansiz buning uchun rahmat. Albatta saytni juda ham ideal deb bo'lmaydi, ammo birinchi urinish uchun juda katta muvaffaqiyat. Mani fikrimcha saytdagi ma'lumotlar doimiy ravishda update qilib borilsa va dizaynlarda ozgina o'zgartirishlar kiritilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Kelgusidagi ijodiy ishlaringga omad va bundan keyin ham Ziyo.uz ni takomillashtirib boraveringlar.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:19:40

 Friday 07/30/2004 10:27:51am
Ismi sharifingiz:    Dima-hasanmura
Mamlakat/shahringiz:    Rossiya, Novosibirsk
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Sayt klassniy! Kak eta tam na uzbekskom - zo'r. Bilo bi yeshe luchshe yesli mojno bilob prosmatrivat sayt na russkom!

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:20:06

 Friday 08/13/2004 1:03:11pm
Ismi sharifingiz:    Xurshida Nazarova
Mamlakat/shahringiz:    Toshkent shahri
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum mening aziz do`st va dugonalarim Yaxshi yuripsizlarmi? Ishlaringiz yaxshimi? Mendan so`rasangiz hammasi joyida. Ishlab o`qib yuripmiz!

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:20:14

 Tuesday 08/17/2004 9:16:12pm
Ismi sharifingiz:    Amirov Sherzod
Mamlakat/shahringiz:    O`zbekiston, Termiz
E-mailingiz:    [email protected] [email protected]
Web sahifangiz:    http://termezsu.uzsci.net
Fikr-mulohazalaringiz:    Salom hammalaringizga.
saytlaringizga gap yoq.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:20:29

 Tuesday 08/17/2004 9:29:44pm
Ismi sharifingiz:    Maftuna Ismoilova
Mamlakat/shahringiz:    Parij, Fransiya
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum! Saytingizga kirib juda hursand bo`ldim. Bunaqa o`zbekcha ma'noli saytni hali ko`rmagandim. Hamma hammasi go`zal. Ayniqsa, bizga o`xshagan horijda yurganlarga shunday o`zbekcha saytlarni o`qish maroqli. Bu yerda o`z tilimizni, Vatanimizni sog`inamiz. Berayotgan maqolalaringiz o`ta mazmunli ekan. Ayniqsa, "Haqiqat nimada?", uning davomi bo`lgan "Sevgi nima?" maqolalari manga juda yoqdi. Har bir yoshga buni o`qishni taklif qilardim. Hozirgi yoshlarning muhim muammolari ko`tarilgan ekan bunda. O`zbekcha she'rlarni o`qib ham maza qilyapmiz. Man boshqa dugonalarimga ham bu saytni taklif qildim. Ular ham mamnun. Sizlarga ishlarizda rivoj tilayman. Saytingiz bundan ham zo`r bo`lursin. O`zbekistonga salomlar!!!

Qayd etilgan