Saturday 10/09/2004 8:55:05pm
Ismi sharifingiz: Sanjar Kamoliddinov
Mamlakat/shahringiz: Toshkent, Uzbekistan
E-mailingiz:
[email protected]Web sahifangiz:
Fikr-mulohazalaringiz: Assalomu alaykum sayt tashkilotchilari! Sizlarni haqiqiy ma’noda mana shunday saytlariz bilan tabliklasa arziydi. Hali shu paytgacha bunaqa go`zal saytni ko`rmagandim. Asta-sekin sayt materiallari bilan tanishib chiqyapman. Qisqasi Gap yo`q!
Manga yoqqan maqolalardan biri chakish haqidegisi bo`ldi. Bundan juda ko`pchilik ibrat olishi mumkin. Chunki sigaret nos chakishning zararini hamma biladi. Lekin bu "œkasallik"dab qutula olmayotganlar ham anchagina. Manam shular toifasidan edim. Chakishni yoshligimdan boshladim. Albatta, qiziqishdan boshlandi hammasi. Avvaliga adamlarning cho`nchaklaridan o`girlab chakdim, qo`limga oz-moz pul tusha boshlagach o`zim ham sotib ola boshladim. Bir kuni cho`nchagimda sigaretning qoldiqlari qolib ketibdi. Onam kir yuvayotib ko`rib qopdilar. Darhol, yonlariga chaqirib nasihat qildilar, adang bilmasidan bu odatingni tashla, dedilar. Qayerda! Man sigaretadan o`zgacha rohat olardim. Uni chaksam maza qilardim. Uyda iloji yo`qligidan hojatxonada chakishga harakat qilardim. Bir kuni hojatdan chiqayotsam adam mani kutib turganakanlar. "œPuf" qilchi dedilar-da, bir tarsaki qo`ydilar, lekin biron gap gapirmadilar. — O`zizam chakasiz-u, demoqchi ham bo`ldim, lekin... Bu holatdan keyin adamlani chakkanlarini umuman ko`rmadim. Uydegilardan yashirib yana bir-ikki yilcha chakib yurdim. Endi kattaroq bo`lib ko`cha-kuyda chakishni sharaf, qanaqadir oliftagarchilikni bir turi deb bilardim. Bir kuni tushimga o`tib ketgan buvam kirdilar. Mandan ancha hafa bo`lgan ko`rinardilar: Ularning gaplari: "œAgar shu zormondang halol bo`lganda hojatxonada og`zingga tutarmiding?.." Turdim-u, o`ylanib qoldim. O`tgan umrimga nazar tashladim. Sigareta bilan o`tkazgan damlarim hammasi bema’ni tuyulib ketdi. Hatto adamning tarsakilari-yu, hech narsa demasdan o`tkir nigoh tashaganlariniyam ma’nosiga tushunmagan ekanman. Chakib nima foyda topdim? Bo`ldi, shu ondanoq chakishni tashiman. Cho`nchegimdegi sigaretalarimni oldimda, olib chiqin ezg`ilab, majag`lab tashladim. Bo`ldi endi chakmiman. Qayerda! Xumor degan narsa yomon bo`larkan. Tushlikka bormasdanoq o`zimni yomon his qila boshladim. Nima endi bitta chaksam, xumori bosiladi, azgina-azginadan chakib tashavoraman, degan fikr keldi tezda. Lekin, man o`zimga va’da bergan edim. Yo`q! Chakmiman. Nima qilishni bilmasidim. Ichim g`alati bo`lib, yuragim o`ynardi. Yo xudo, o`zing madad ber deya, magazindan so`rgich qand oldimda tinmay so`ra boshladim. Kechgi ovqatdan keyin ham rosa xumor tutdi. Shunaqa tutdiki... Yana o`zimni bosdim, qand bilan aldadim. Ertasiga ham shunaqa bo`ldi. Bir-ikki oy deganda esa qand yemasam ham xumor tutmaydigan bo`ldi. Allohga shukronlara aytardim. Bir kuni oyim yonlariga chaqirib: "œO`g`lim, rahmat sanga, irodangga ishonardim", dedilar. Man oyimladan yashirib yursam ham hammasidan xabardor bo`lgan ekanlar. Duo qildilar. Shunday qilib buyuk kasallikda qutuldim. Endi esa o`zimni juda yaxshi his qilyapman, ilgarigidek, kechalari sigareta ahtarishlar, sassiq tutunni yutishlar yo`q. Hammasi o`tib ketdi. Man bu bilan nima demoqchiman. Sigaretani tashlasa bo`ladi. Albatta bo`ladi. Irodali erkagu ayol bu narsani albatta eplaydi. Mana, Ramazon ham kevottilar. Bu ayni chakishni tashashshi vaqti. Astoydil niyat qilib hammasiga chidang. Albatta tashlaysiz!
Ha, etgancha, sayt tashilotchilari mana shu ramazon oyi haqida ham maqolalar berselar yaxshi bo`lardi. Silaga ishilada omad. Olloh rozi bo`lsin!
Davronbek: Yozib yuborgan fikrlaring boshqalarga ham ibrat bo`ladi degan umiddamiz. Boshqalar ham Sanjar akaga o`xshab yo`l tutishsa yaxshi bo`lardi. Axir, sigareta ixtiyoriy ravishda o`limni sotib olish degan gap-ku! To`g`ri emasmi?