Ahmad
Qo'shildi: 01/06/07 20:50:04
Assalomu alaykum xurmatli mexmonxona muxlislari xamda sayt egalari
sizlarga savolim bor edi, QUMOR o`ynash oqibatida qanday gunoxlar bo`ladi.
Javobingiz uchun oldindan raxmat.
AbdulAziz: Va alaykum assalom!
Qur'oni karim oyati:
90. Ey mo‘minlar, aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), butlar (ya’ni ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning xar biridan uzoq bo‘lingiz!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdan:
Bu Qur’oni karimda aroq haqida tushgan bir necha oyatlardan ikkinchisi hisoblanadi. Bu yerda Alloh taolo aroq va qimor haqida so‘rov va uni javobiga "œBularda ham foyda, ham zarar bor. zararlari foydalaridan kattaroqdir" degan ma’noni anglatishni uqtirgan. Endi savol o‘sha qimor bilan aroqni foydasi nima degan yerga borib taqalmoqda. Ulamolarimiz mazkur oyati karimani tafsirida bu savolga javob berganlar. Bu yerdagi foyda o‘sha vaqtning tushunchasiga binoan bo‘lgan foydadir. Islomda buni foyda deb ta’kidlash ma’nosi yo‘q, balki o‘sha vaqtni tushunchasida bular foyda bo‘lib ko‘ringan. Qimorning qushtirnoq ichidagi o‘sha vaqtda tushunilgan foydalaridan biri-qimorda yutgan qimorboz cho‘tal deb ba’zi bir kishilarga kambag‘allarga o‘sha yutgan pulidan ba’zi bir qismini taqsimlab berar ekan, shuni foyda deb tushunishgan. Aroqni foydasi esa uni sotib pul topish, buni foyda deb bilishgan va shunga o‘xshash aroqni ichgan paytda, o‘sha vaqtda biroz botir bo‘lib, jasorati quzib, urushga qurqmay kiradigan paytlari bo‘lgan ekan. Mana shuni ham foyda deb tushunganlar. Bu aroqni va qimorni asta-sekin yo‘q qilish uchun Qur’oni karimda ko‘rilgan tadbirlar orasida kelgan oyatlardan bittasidir. Mana shunday qilib bu aroqsiz umr o‘tib bo‘lmaydi, busiz hayot hayot emas, degan tushunchadagi odamlarga asta-sekin tushuntiriladiki: "œHa to‘g‘ri, sizlar har narsa deyishinglar mumkin, lekin buni zarari ko‘p, foydasidan." Keyin hamma yoq zarar ekani va oxiri harom qilishgacha borib yetilgan.