Assalomu alaykum!
Anchadan beri reytingni e'lon qilmagandim. Bugun kechroq bo'lsa-da, mart oyining reytingini e'lon qilishga qaror qildim.
2010 yil, mart oyi natijalari birqancha rekordlarga boy bo'ldi. Bu forumda 1 oylik va kunlik o'qilgan sahifalar soni bilan bog'liqdir.
Mart oyida forumda 1,5 milliondan ortiq, 1 578 521 sahifa o'qildi. Shuningdek, yana bir rekord natija - 5 mart kuni forumda 96973 sahifa o'qildi.
Kunlik o'qilgan sahifalar soni ham oshib boryapti: 11662 (9 aprel, 2010). 2 dekabr, 2009 dagi natija 9379 edi, 1 oktabr, 2009 dagi natija 8366 edi.
Forum ochilgan beri o'qilgan sahifalar soni esa 16 milliondan oshib ketdi: 16 292 450
O'tgan oyda forumda 10556 ta post qoldirildi.
O'tgan oyda forumda 81 ta yangi mavzu ochildi, 158 nafar user ro'yxatdan o'tdi.
Hozirda forumda jami 3566 nafar ishtirokchi, 235681 xabar (post), 3691 ta mavzu, 71 ta bo'lim mavjud.
Yangi foydalanuvchilarning kunlik o'rtacha soni: 2.73
Xabarlarning kunlik o'rtacha soni: 174.58
Mavzularning kunlik o'rtacha soni: 3.08
Bir vaqtning o'zida online bo'lganlarning o'rtacha soni: 63.27