Assalamu-alekum..Men bu forumni avvaldan mehmon sifatida kuzatib boraman.Yaqinda ro'yhatdan o'tdim.Avvallari forumda boshqa saytlardan ko'chirilgan maqolalar juda kam edi.Alhamdulillah hozir bu ish ko'paydi.Lekin savolim shu maqolalarni ko'chirib qo'yayotgan har bir forumchiga ,hurmatli forumdosh iltimos holis javob bersangiz siz o'zingiz boshqalarga ravo ko'rib ilingan maqolangizni qo'yishdan avval o'qiysizmi?O'sha o'qigan va forumga qoygan maqolangizdan qandaydir ozgina bo'lsa ham hulosa olib keyin qoyasizmi?,yoki maqsadingiz postlaringiz sonini ko'paytirish va o'zingizni biroz boshqacharoq korsatishmi bunda? Savolim kimlargadir ozor bersa uzr sorayman.Barchangizdan Allah rozi bo'lsin!
Assalomu alaykum! Intizor, avvalambor, forumga xush kelibsiz.
Juda yaxshi savol bo'libdi. Men boshqa saytdan ko'chirib qo'yayotgan barcha maqolalarni avvalo o'qib, uni forumga kiritsam, a'zolarga qanday foydasi tegadi, buni o'qigan kishi qanday ibrat oladi degan savollarga javob bergan holda, o'ylab keyin kiritaman. Qolganiga forum a'zolari baho berishadi. Bu maqolalarni kiritishdan maqsad postlar sonini ko'paytirish emas, balki o'zim uchun foydali deb bilgan narsalarni boshqalar bilan baham ko'rish.