Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265321 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 ... 270 B


Muhseena  26 Aprel 2009, 07:28:49

 
:bsm:
:as:


Abdullohga savol:

O'qishingizdagi muhitning sizga salbiy va ijobiy ta'siri qanday bo'lmoqda?

Qayd etilgan


Muhseena  26 Aprel 2009, 07:37:28

 
:bsm:
:as:
Y_U_R_I_S_T ga savol:

Yaqinda bir ko'rsatuvni ko'rdim,unda Missionerlik bilan shug'ullanayotgan kishilarni ayblari fosh etilgan.Turli noqonuniy ishlar bilan shug'ullanganlar.Lekin ularning ko'pchiligiga ma'muriy jazo berilibdi.Shu to'g'rimi?Bu haqida qanday qonunlar bor?

Qayd etilgan


Muhseena  26 Aprel 2009, 07:42:57

Hurmatli forumdoshlar!
Quyida sizlarga bergan savollarimga javobni kutib qolaman.O'zimni qiziqtirgan va qiynagan savollarimga sizlarning fikr-mulohazalaringiz orqali javob topish istagidaman.Avvalo hammangizga tashakkur.Alloh barchamizni hidoyatda bardavom qilsin! :amn:

Qayd etilgan


G_u_l_i  26 Aprel 2009, 08:18:24

:bsm:
:as:

Mutaallimah,AbdulAziz,G_u_l_i,Chustiyga savol:

Islom dinini o'rganishni xohla
ydigan insonga eng avval qaysi kitobni o'qishni tavsiya qilardingiz?
Sizningcha u kitob qaysi jihati bilan insonga ta'sir qilishi mumkin?


 :as:
Savol u-n, tashakkur!
Manimcha, bu kitob "Men ham namoz o`qiyman"," Saodat asri qissalari", "Vijdon azobi", "O`gay ona".
Bu ro`yhatni ancha davom ettirish mumkin, manimcha qanday kitob berish insonga bog`liq, shu inson nimalarga qiziqsa, nimalarni yoqtirsa, shularni e`tiborga olib kitob tavsiya qilgan ma`qul.
Anas(r.a) rivoyat qilinadi.
"Payg`ambar (s.a.w):
"Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar, xushxabar beringlar, nafrat qildirmanglar", dedilar".
Ikki Shayx rivoyat qilishgan.
Manimcha shu hadisga asoslanib kitob tavsiya qilgan ma`qul.

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 09:29:23

:bsm:
:as:

AbdulAziz,Salmoni Forsiy,Chustiyga savol:

Sizningcha "qabr" qanday maskan,uni qanday tasavvur qilasiz?Iloji bo'lsa hadis va rivoyatlar bilan javob bersangiz

 :vslm:
Savollar uchun tashakkur.

Alloh taolo aytadi:

 :bsm:
"œHar bir jon o‘limni totguvchidir". (Oli Imron, 185-oyat)

Har bir jon omonatini topshirgandan so’ng, mahshar maydonida yig’ilguncha uning makoni qabr bo’ladi. Hayoti dunyoda mo’min holda o’tib, Allohga qullik qilib, uning Rahmatiga ega bo’lgan kishilar uchun qabr hayoti rohatdir, jannatdan bir bog’chadir.

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: Qabr yo jannat bog’laridan bir bog’ yoki jahannam chuqurlaridan bir chuqurdir (Imom Termiziy).

Inson qabrga kirishi bilan uning kelgusi manzili ham oshkor qilanar ekan:

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz o‘lsangiz, qabringizda erta-yu kech jannatmi, do‘zaxmi, borar joyingiz ko‘rsatib kirilgaydir va: «Qiyomatda, qayta tirilganingdan so‘ng, borar joying ana shuldir!» — deyilgaydir», — dedilar. (Buxoriy rivoyati)

Hatto Rasululloh SAV ham, jannatiyligi bashorat qilingan buyuk sahobiylar ham qabr azobi va fitnasidan doim panoh tilashgan:

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ollohumma inniy a’uuzu bika minal-ajzi val-kasali val-jubni val-harami va a’uuzu bika min azobil-qabri va a’uzu bika min fitkatilmahyo valmamoti»,— der erdilar». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, notavonlikdan, yalqovlikdan, qo‘rqoqlikdan, munkillab qolmoqdan, qabr azobidan, tiriklik va o‘lim chog‘ida bo‘ladirgan fitnalardan meni o‘z panohingda asrag‘il!». (Buxoriy rivoyati)

Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) biror qabr oldida to‘xtasalar, yig‘lar, hatto yig‘idan soqollari ho‘l bo‘lib ketar ekan. Buning sababi surishtirishganda: "œMen Rasulullohning: "œQabr oxiratning ilk manzilidir. Agar mayit qabr(dagi azob)dan najot topsa, qolgani yanada oson kechadi, ammo najot topa olmasa, qolgani bundan-da og‘irroq bo‘ladi", deganlarini eshit-ganman", deb javob bergan ekanlar. (Termiziy va Ibn Moja rivoyati)

Qabrdagi savol-javob va mo’minlarga rohat haqida Rasululloh shunday marhamat qiladilar:

Asmo binti Abu Bakr rivoyat qiladilar: «Quyosh tutilgan kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari — Oisha singlimnikiga bordim. Qarasam, odamlar namoz o‘qishayotgan erkan. Oisha qiyomda turgan vaqtida: «Odamlarga ne bo‘ldi?» — deb so‘radim. Oisha qo‘li birlan osmonga ishora qilib: «Subhonalloh!» — dedi. Men: «(Qiyomat) alomatimi?» — dedim. Oisha «Ha» degan ma’noda bosh irg‘ab qo‘ydi. Janob Rasululloh namoz o‘qib bo‘lgach, Olloh taolog‘a hamdu sanolar aytdilarda, bunday dedilar: ((Men ko‘rmagan narsa qolmadi, hatto shul yerda turib jannatni ham, do‘zaxni ham ko‘rdim. Menga «Sizlar qabrda yotganingizda Dajjol fitnasi yanglig‘ bir sinovdan o‘tgaysizlar» deb vahiy qilindi»,— dedilar. Shunda: «Dajjol fitnasi yanglig‘»,— dedilarmi yokim: «Dajjol fitnasiga yaqin»,— dedilarmi, aniq yodimda yo‘q. Keyin, Janob Rasululloh bunday deb davom etdilar: «Har biringiz qabrda yotganingizda bir farishta kelib: «Bul kishi (Rasululloh)ni taniydursenmi?» —deb so‘raydir. Agar qabrda yotgan banda mo‘min (yokim «musulmon»,— dedilar shekilli) ersa, «Bul kishi Muhammad sallallohu alayhi va sallamdurlar, bizga mo‘jizalar (dalillar) olib kelganlar, biz ishonib qabul qilganmiz, ergashganmiz»,— deydir. Unga: «Biz sening mo‘min ekanligingni bilur erdik orom olib yotaverg‘il!»—deyishg‘ay. Ammo, munofiq (yokim, «ikkilanuvchi»,— dedilar shekilli) ersa, «Bilmadim, odamlar bul kishi xususida nimalardir deyishar erdi, men ham o‘shalar aytganini aytar erdim»,— deydir». (Buxoriy rivoyati)

Mo‘minga qabrda yetadigan xushxabar

Ibn Umardan rivoyat qiladilar: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "œLa ilaha illalloh" kalimasi ahliga o‘lim chog‘ida ham, qabrda ham, qayta tirilishda ham qo‘rqinch yo‘qdir. Go‘yo men ularga (qiyomat  kunidagi) qichqiriq chog‘ida boshlarini tuproqdan ko‘tarib, qoqib: "œBizdan g‘am-g‘ussani ketkazgan Allohga hamd bo‘lsin", deb aytayotganlarini ko‘rib turgandayman". (Tabaroniy, Abu Ya’lo, Bayhaqiy rivoyati)

Ka’bul Ahbor aytadilar: "œSolih banda qabrga qo‘yilgan payt-da uni solih amallari qurshab oladi. Azob farishtalari oyoq tomonidan keladilar. Shunda namozi ularga: "œQani, bu yerdan jo‘nab qolinglar-chi", deydi. So‘ng bosh tomonidan keladilar. Ro‘zasi aytadi: "œSenlarga uning oldiga yo‘l bo‘lsin, axir, u dunyo-da Alloh azza va jalla uchun uzoq vaqt chanqadi". Keyin tanasi tomondan keladilar. Haj va jihod aytadi: "œQani, daf’ bo‘linlar-chi, u jonini ko‘p toliqtirdi, badanini charchatdi, Alloh azza va jalla uchun haj va jihod qildi. Sizlarga yo‘l yo‘q". So‘ng qo‘l tomonidan keladilar. Sadaqa aytadi: "œMening sohibim oldidan jo‘nab qolingiz. Qanchadan-qancha sadaqalar mana shu qo‘llardan chiqib, Allohning jamoli orzusida Uning qullariga tushdi. Sizlarga yo‘l yo‘q". So‘ng unga: "œXotirjam yotaver. Tirikligingda yaxshi eding, mayyitligingda ham yaxshi bo‘lding", deyiladi".

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  26 Aprel 2009, 11:40:31

Salmoni Forsiyga:

Sizni eng tas'irlatgan hayotiy voqea?
Assalomu alaykum.
Men ko'pincha Youtubeda Islom dinini qabulqilgan g'arbliklarni Islom diniga amal qilib yurganini ko'rib ta'sirlanaman(Masalan:1!,2!,3!...).Bizda hozir ko'pchilik "Musulmonman" deydi lekin Islomni ismidan boshqa hech narsa bilmaydi.
Qani endi bizdagi ko'pchilik insonlar ulardan o'rnak olishsa.

Qayd etilgan


Mahdiyah  26 Aprel 2009, 12:54:56

Muslima, Noza, Mutaallimahga savol:

Tushlarda ba'zida ahaqiqatlar ham ayon bo'ladi.
Tushingizdan ko'rgan voqea-hodisa keyinchalik hayotingizda ham yuz bergan holatlar bo'lganmi?

Ayni o'zi bo'lmasa ham shunga yaqin holat yuz bergan

Qayd etilgan


Munavvara  26 Aprel 2009, 13:53:38

:bsm:
:as:

Siddiqa,Munavvara,Robiyaga savol:

Deylik siz bir kitob yozmoqchisiz.Kitobingizda qalbizdagi eng katta muammoni yoritish niyatidasiz.Sizni qalbingizni qiynayotgan muammo va uni yechimini qisqa qilib qanday izohlagan bo'lardingiz.

 :as: Savol uchun tashakkur!
Savol juda o'ylantiradi odamni, agar kitob yozmoqchi bo'lsam kitobni nomiga qarab avval o'z fikru hayolimdan o'tgan narsalarni jamlab keyin qog'ozga tushirib kerakli joylarini olib mazmunli qisqa lo'nda qilib kitob yozar edim InshaAlloh!  :)

Qayd etilgan


Imron  26 Aprel 2009, 14:42:51

Birodarga savol:

Ommaviy madaniyat haqida tushunchangiz? U jamiyatimizga qanday xavf tug'dirishi mumkin?

Очиғини айтсам, оммавий маданист терминига қайси нуқтаи назардан фикр билдиришни билмайман. Аввал маданист нима сканлиги ҳақида умумий тушунчани ойдинлаштириб олишимиз керак.. "Мадиний" ссзи араб тилида шаҳарлик деган маънони англатишини биламан, холос.

Qayd etilgan


Abdullоh  26 Aprel 2009, 15:02:50

Abdullohga savol:

O'qishingizdagi muhitning sizga salbiy va ijobiy ta'siri qanday bo'lmoqda?

 :vslm: Avvalo savol uchun katta tashakkur. Juda mazmunli savol bergansiz.

O'qish joyimdagi ijobiy muhitni quyidagilarda ko'raman:
1. Bizda tartibga juda katta e'tibor berishadi.
2. Bizda men bilishimcha domlalar baho uchun pul olishmaydi (garchi YURIST ishonmasa ham  :)
3. Bizda ko'pchilik domlalar talabni qattiq qo'yadi.
4. Bizda talabalar o'rtasida ham o'ziga xos raqobat bor. Bu esa o'z navbatida rovojlanishga olib keladi.
5. Bizda yuqori texnologiyadan samarali foydalanishadi (bu narsa hozirda ko'pchilik universitet va institutlarda yo'lga qo'yilmoqda).
6. Bizda ikkinchi chet tilini yaxshi o'qitishadi (jumladan, arab, xitoy, yapon, ispan, fransuz, italyan, nemis, koreys kabi tillar).
7. Bizda BMT ning Rivojlanish dasturi - UNDP ning Inson rivojlanishi - Human Development bo'yicha resurs markazi o'z ishini boshlagan. Bu markazdan o'zingizni qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishingiz mumkin. Uning kutubxonasi ham bor.
8. Bizda talabalar mayda guruhlarga (ba'zan 14 tadan, ba'zan 8-9 tadan) bo'lib o'qitiladi. Bu esa samaradorlikni oshiradi.
9. Bizda begonalarni ichkariga kiritishmaydi (ayniqsa, o'rtoqlarimiz bizni ko'rgani kelishsa, tashqarida turib gaplashamiz. Agar biz ularning o'qishlariga borsa, bemalol yotoqxonasiga kira olamiz  ;D)
10. Bizda formada yurish majburiy. Hamma galstuk taqadi.

Xullas, sanasam ijobiy tomonlari juda ko'p. Buning uchun Universitetimiz ma'muriyatiga katta rahmat aytaman. Lekin o'z o'rnida men sezgan salbiy tomonlari ham bor:

1. Bizda darslar ertalab 9:00 da boshlanadi. Bu esa ko'pchilikda uyquchilik kasalligini paydo qilishga ulgurgan.
2. Bizda uy vazifalarini ko'p berishadi. Hatto o'z sohamizga tegishli bo'lmagan fanlardan ham qattiq talablar qo'yishadi.
3. Bizda ba'zi fanlardan mutaxassis o'qituvchilar yetishmayapti. Ular avval bo'lgan, lekin ko'pchiligi chet elga ketib qolishgan.
4. Bizda hayfsan olish juda oson. Oxirgi paytda "ochisleniya" bo'lish ham juda oson bo'lib qoldi.  :2

Hozircha shu. Yana ba'zi tomonlar bor, lekin uzr ularni ayta olmayman. Bu universitet siri hisoblanadi  ;)

Qayd etilgan