Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265345 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 ... 270 B


Imron  26 Aprel 2009, 16:20:53

Сиз "ИнЯз" талабаси бслсангиз керак.

Qayd etilgan


imlaah  27 Aprel 2009, 11:34:43

:bsm:
:as:


Munira opa,Imlaah opaga savol:

Hozirda din insonning qalbida bo'lishi kerak,tashqarisida emas-degan gaplarni ko'p uchratamiz.
" Hijob o'rash shart emas,Alloh qalbimizdaku,hijob o'rab olib,jirkanch ishlarni qilayotganlar qancha.Biz ro'mol o'ramasak ham,bunaqa ishlar qilmaymiz.Hijob o'radingmi uyda o'tir."-deydigan ayollarga javobingiz qanday bo'ladi?

Assalamu alaykum.
Savol uchun rahmat.
Umuman o'hshatishlik nojoiz bo'lsada men bu holatni huddiki qo'lida "qizil diplomi" bor inson biror korhonaga borib mening bu sohada malumotim oliy ishoning deb tilida aytib qolidagi hujjatni ko'rsata olmaydigan holatga taqqoslab ko'rishni maslahat bergan bo'lardim. Bugungi kunda jamiyyatda qo'lingizda sizning malumotingizni "tasdiqlovchi bir parcha qog'oz" bo'lmasa aqlingiz hargiz tiniq bo'lsa ham sizni oliy malumotli mutahasis sifatida tan olmaydilar.Yana bir fikr shu "hijob kiyib olib har hil buzuqliklardan saqlanmay yurganlar" deb malomat qilguvchilar qo'llarida nufuzli oliygohni nufuzli "diplomlari" bo'lgani holatda o'zlarini jamiyyatni ziyoli va madaniyyatli qatlami hisoblaydilar.Bu "madaniyyat va ziyo sohiblari" buzuqliklarni bemalol qilsa mumkin ekanmi? Bir opadan ko'p eshitardim "inson Allahni buyruq va hukmlarini ba'zilariga tobe' bo'lib imkoni qadar amalga harakat qilyapti degani bu o'sha insonni hato ,nuqson,kamchiliklaridan umuman ozod qiladi degani emas.Inson o'z nomi bilan gunohkor va unutguvchi shundayligicha qoladi "deb ko'p ta'kidlar edilar.O'sha siz aytgandek "romol oramasalar ham qalblari pokiza" bo'lgan ayollarni qollaridagi diplomlarini ko'rmaguncha oliy malumotli ekaniga shubha qilgandek "qalblarini pokizaligiga ham bemalol shubha qilinsa joiz" degan hulosa chiqadi.Huddiki ular hijoblik muslimadan shubha qilganidek ....
Hijob o'ragan ayolni uyda o'tirishiga kelsak jamiyyatda harom va nifoqqa aralashmagan holatda o'z ustida ishlashiga imkon beradigan joylarga hijoblik muslima borib ishtirok etishi afzal deb bilaman.Chunki u ayol kiyimidan farqli avvalo ona, demak farzand tarbiyalaydi.Hijob va islomga taslim bo'lgan bo'lsa ummatni tarbiyachisi hisoblanadi.Bu ummatga esa ilmlik,bilmdon,fikrlaguvchi insonlar zarur.Bunday farzandni ONAlar tarbiya qiladilar...

Qayd etilgan


Muhyiddin  27 Aprel 2009, 14:01:16

Uzmusga savol:

Oila qurganingizdan keyin ayolingizning siz uyda bo'lmagan paytda internetdan foydalanishiga ruxsat berarmidingiz?

 :as:

Savolingiz uchun tashakkur. Hozirda dolzarb bo’lgan o’ylantiradigan savolni beribsiz.
 
Xudo xohlasa uylansam, avvalo, ayolimni ishlatmoqchimasman. Unga uyda kerakli shart-sharoitlarni baholiqudrat qilib berishga harakat qilaman, jumladan, ilm olishi, ibodat qilishi va kompyuterda ishlashi uchun sharoitlarni ham, inshaalloh. Vaqti-vaqti bilan sayrga olib chiqishni ham unutmayman.
O’zim shu paytgacha yiqqan hamma kitoblarni, media ma’lumotlarni uning ihtiyoriga topshiraman. Birorta yaxshi kitob, jurnal yoki qiziqarli narsa Internetda va Media olamida paydo bo’lsa, o’zim olib kelib qo’yib beraman.
Oldindan bir narsa deyishim qiyin, balki uydaligimda u bu islomiy saytlarda ishlashiga ruxsat berarman. Faqat ma’lum bir muddatgacha uyda Internetga ulanishni kechiktirib turmoqchiman. Qolganini, keyin o’ylashib ko’rarmiz"¦
Qisqasi uni zeriktirmaslikni, hayotimizni go’zal va sermazmun bo’lishni ming bitta chorasini topishga harakat qilaman, inshaalloh"¦

Qayd etilgan


Robiya  27 Aprel 2009, 14:27:01

:bsm:
:as:

Deylik siz bir kitob yozmoqchisiz.Kitobingizda qalbizdagi eng katta muammoni yoritish niyatidasiz.Sizni qalbingizni qiynayotgan muammo va uni yechimini qisqa qilib qanday izohlagan bo'lardingiz.

Assalamu alaykum wa rohmatullohi wa barokatuh!

Savol uchun tashakkur...

 Qisqacha javobim:

"Nega odamlar bir-birini tushunmaydi?.. Nega hamma noshukr bo'lib ketyapti?.. Nega hasadchilar ko'paymoqda?..Xolislik qayoqqa yo'qoldi?.." -

Yechim:

21. Ey, insonlar, sizlarni va sizlardan oldingilarni taqvoli bo'lishlaringiz uchun yaratgan Rabbingizga ibodat qilingiz! "Baqara" surasi

110.  Namozni mukammal ado etingiz va zakot beringiz! O'zingiz uchun nimaiki yaxshilik qilgan bo'lsangiz, uni Alloh huzurida topajaksiz. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir. "Baqara" surasi

1. Ey, odamlar! Sizlarni bir jon (Odam)dan yaratgan va undan jufti (Havvo)ni yaratgan hamda ikkisidan ko'p erkak va ayollarni taratgan Rabbingizdan qo'rqingiz! Shuningdek, o'rtalaringizdagi o'zaro muomalada nomi keltiriluvchi Allohdan va qarindoshlar (aloqasini uzish)dan qo'rqingiz! Albatta, Alloh sizlarni kuzatib turuvchidir. "Niso" surasi

Izoh: Islomdan uzoqlashgan sayin shunaqa savollar ko'payadi, ISLOM - bu savollarga eng munosib javobdir!!!

Qayd etilgan


Abdullоh  27 Aprel 2009, 15:28:20

Сиз "ИнЯз" талабаси бслсангиз керак.
Nahotki Inyazda ham shunday holat bo'lsa. Bu faqat bizning universitetda deb o'ylardim  ???

Qayd etilgan


siddiqa  28 Aprel 2009, 08:31:35

:bsm:
:as:

Siddiqa,Munavvara,Robiyaga savol:

Deylik siz bir kitob yozmoqchisiz.Kitobingizda qalbizdagi eng katta muammoni yoritish niyatidasiz.Sizni qalbingizni qiynayotgan muammo va uni yechimini qisqa qilib qanday izohlagan bo'lardingiz.
:as:

O'tkir Hoshimovni shunaqa mazmundagi gaplari bor edi " o'qigan asaringizda  sizning labingizda kichik tabassum paydo bo'lsa bilinki ,bu asarni yozuvchi chinakamiga kulib yozgan ,agar ko'zlaringiz salgina yoshlansa ,yozuvchi bu asarni chinakamiga yig'lab yozgan demak asar yozish bu oddiy ish emas .asar yozishga kirishishimdan oldin ,maqsadimni anglab olaman ,inshaAlloh ........va asarni o'qigan o'quvchi hayotida kuchli burulish yasashi uchun uni ,ayni mo'jizaviy haqiqatlar bn bezayman .

Qayd etilgan


Abdurauf  28 Aprel 2009, 09:12:25

AbulAziz, G_u_l_i, Siddiqa va barcha boshqa forumdoshlarga savol:
Assalamu aleykum
Bir rus do'stim bor, unga islomni o'rgatmoqchiman, ammo nimadan boshlashni bilmayman, nimadan boshlash kerak va qanday kitoblarni sovg'a qilish kerak. Umuman olganda odamni o'ziga qarab islom qabul qiladigan va qilmaydiganga ajratish mumkinmi. Hidoyat Allohdan emasmi? Lekin ba'zilar bunga gapirib og'zingni charchatma deyishadi, shundaymikin-a...

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 09:51:16

AbulAziz, G_u_l_i, Siddiqa va barcha boshqa forumdoshlarga savol:
Assalamu aleykum
Bir rus do'stim bor, unga islomni o'rgatmoqchiman, ammo nimadan boshlashni bilmayman, nimadan boshlash kerak va qanday kitoblarni sovg'a qilish kerak. Umuman olganda odamni o'ziga qarab islom qabul qiladigan va qilmaydiganga ajratish mumkinmi. Hidoyat Allohdan emasmi? Lekin ba'zilar bunga gapirib og'zingni charchatma deyishadi, shundaymikin-a...

Va alaykum assalom!
Albatta, hidoyat Allohdan. Ugina hidoyat bermasa, bandasining qo'lidan hech narsa kelmaydi.
Lekin o'sha do'stingizning hidoyatiga siz sababchi bo'lib qolishingiz ham mumkin. Shuning uchun agar uning tushunadigan inson ekanligini bilsangiz, harakatni boshlang.
Quyidagi linkdan ko'p ma'lumotlar topsangiz bo'ladi:
http://islam.ru/vera/guide/

Yana Chorsudagi kitob rastalaridan Islom haqida ruscha adabiyotlarni ham olish mumkin. Shuningdek, "Я тоже хочу читать намаз" ("Men ham namoz o'qiyman") kitobi ham juda foydali kitobdir.

Bu haqda menimcha Chustiyda yaxshi ma'lumotlar bor.
Chustiyjon, siz ham u-bu maslahatlar bervoring.

Qayd etilgan


Chustiy  28 Aprel 2009, 10:55:42

 :bs1:
 :as:
Kecha internetga ula olmadim, o'zi aslida kecha savollarga javob yozmoqchi edim. InshaAlloh, bugun barcha savollarga kechqurun ishdan qaytib javob yozaman.

Qayd etilgan


Chustiy  01 May 2009, 02:54:16

 :bs1:
 :as:

Chustiyga savol:

Deylik, sizga bir taomni tayyorlash ishonch bilan topshirildi. Siz e'tiborsizlik yoki boshqa sabab yuzasidan o'sha taomni buzib qo'ydingiz, taom dasturxonga tortilishiga juda oz vaqt qoldi. Uning ustiga boshqa masalliq ham mavjud emas. Shunaqa holatga tushganmisiz? Mobodo shunaqa holat bo'lib qolsa qanday yo'l tutasiz?

Bunday holat tez tez bo'lmasada, har holda tarjibada kuzatilgan.  ;D Misol uchun 2001 yil edi chog'i o'shanda somsani hamirini tuzsiz qilganman,  ba'zan drojjili hamirlaga droji tashash yoddan ko'tarilgan.  ;D
Endi qanday qovun tushirilganligiga bog'liq, buzib qo'ygan taomni sal bo'lsayam tog'irlash mumkin bo'lgan versiyasi bor, umuman tog'irlashni iloji bo'lmaydigan versiyalari bor.

Misol uchun drojili hamir qorildi, vaqt esa tig'iz, hamir ko'tarilmagan, shunda sal iliqroq suvga drojjini va ozgina shakar qoshib aralashtirib ustini yopib qo'yiladi, 2-5 daqiqada tayyorlangan suyuqlik ko'tariladi, shuni sekin hamir oralariga quyib ishlov beriladi. Tezda kutilgan natijaga yetishadi.

Sho'r bo'lib qolsa, suv bilan, qattiq bo'lib qolsa yog' bilan, suvli bo'lib qolsa un bilan, ishlov beriladi. bitta taomda ikki hil mahsulot bo'lsa (deylik somsa hamiri va masallig'i) shulardan birini tuzi kamro bo'lsa, birinikini ko'pro qilinadi.

Lekin kuyib ketgan, achib qolgan, dimiqib qolgan kabi va h/k holatlar bo'lsa unda o'zini o'tga cho'qqa urish befoyda.

Qayd etilgan