Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265731 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 146 147 148 149 150 151 152 153 154 155 156 ... 270 B

saltanat  24 Oktyabr 2009, 07:48:14

:as:
Munira xonim, imlaah, saltanat, Kapalak xonimlarga savol:

1.   Jufti halolingiz internetdan foydalanishizga qarshilik qilmaganmilar?
2.   Netdan foydalanishda qandaydur chegara va hadlarni belgilaganmilar?
3.   Oilali ayollarning netdan foydalanishiga munosabatingiz?

Mani ham yo'qlab savol qoldiribsiz, sizni Allohim yo'qlasin.Savol uchun tashakkur.
1.Oldiniga bir oz qarshiliklari bo'lgan, shu davrda man kiradigan saytlarni chegaralab qo'ygandilar.Hozirda qarshiliklari yo'q, faqat Fulldizi.comda "kurdlar vadisi"ni ko'raman shunga bir oz g'ashlik qiladilar.
2.Hozirda chegaralanmagan.
3.Har qanday odam o'z iymon e'tiqodi asosida ish qiladi.Ya'ni iymonli musulmon bo'lsa yomonliklarning ham yaxshi,ibrat bo'ladigan joylarini topib o'ziga ibrat qila oladi, qadumgilarning "Odobni odobsizdan o'rgandim" deganlaridek,(buning ma'nisi odobsizning yomon,beo'xshov qiliqlari va gap so'zlarini ko'rib, bularning xunuk ko'rinishini tushunib, o'zim shu ishlarni qilsam atrofimdagilarga yomon ko'rinadi, malol keladi deb tushunisidir), endi salbiy xarakterga ega odamlar yaxshiliklardan ham yomon yo'lda foydalanadilar.Oilali ayollarni netdan foydalanishlariga ijobiy qarayman, qachonki yaxshilik yo'lida foydalansalar.

Qayd etilgan

imlaah  24 Oktyabr 2009, 18:37:37

:as:
Munira xonim, imlaah, saltanat, Kapalak xonimlarga savol:

1.   Jufti halolingiz internetdan foydalanishizga qarshilik qilmaganmilar?
2.   Netdan foydalanishda qandaydur chegara va hadlarni belgilaganmilar?
3.   Oilali ayollarning netdan foydalanishiga munosabatingiz?

Assalamu alaykum .
Ayni kundagi hayotimizdagi eng dolzarb mavzulardan biri aks etibdi bu savolda :)
1. Alhamdulillah int olami umuman kompyuter olamiga turmush o'rtog'im boshlab kelganlar .
2. Har ishda meyor va chegara borligi ma'lum va  ma'qul.Bu chegarani oqil inson o'z nafsiga o'zi belgilashi lozim.Har qanday dunyoqarash va malumotlarga qaramay inson nafsini boshqara bilmasa meyorni saqlay olmaydi .
3.Inson oilaviy ahvolidan farqli ilm olishi va taraqqiyot bilan barobar yashamasa yutqazadi bu hayotda .Bu hayotdagi yutqazishlik ohiratdegini debochasi bo'lishi mumkin Allah asrasin.Har bir ayol farznad tarbiya qilar ekan ilmga ega bo'lishi juda zarur u ilm hoh diniy hoh dunyoviy farqi yoq.Toki farzandlariga ideal inson sifatida ibrat bo'la olishi lozim har bir ona.Bu uchun esa ayni kunimizda int olamida ishlab foydalanishga imkoni bor ayol qizlarni juda hurmat qilaman.Int va kom ilmlaridan foydalanishga iqtisod sababli imkonsizlarni malomat qilmayman .Ammo imkoni bo'lsa ham intilmaganlarni ,izlanmaganlari va bor imkonlarini to'gri sarflay bilmay  suiste'mol qilguvchilarni barobar yoqtirmayman.:)

Qayd etilgan

Robiya  24 Oktyabr 2009, 19:13:37

:as:

Uzmus, Shoir, AbdulAziz, AbdurRohman, Ulugbek-Uz, Abdulhafiz, Abdulloh, Registan!

Deylik net-kafedasiz.. Yonizda o'tirgan qiz (yigit) ning kompiga beixtiyor ko'ziz tushib qoldi. U Sizning nazdingizda o'zi uchun (din, jamiyat uchun) foydasiz ish bilan mashg'ul. Unga tanbeh berarmidiz yoki indamay qo'ya qolarmidiz?

Qayd etilgan

Abdulhafiz  24 Oktyabr 2009, 21:32:17

:as:

Uzmus, Shoir, AbdulAziz, AbdurRohman, Ulugbek-Uz, Abdulhafiz, Abdulloh, Registan!

Deylik net-kafedasiz.. Yonizda o'tirgan qiz (yigit) ning kompiga beixtiyor ko'ziz tushib qoldi. U Sizning nazdingizda o'zi uchun (din, jamiyat uchun) foydasiz ish bilan mashg'ul. Unga tanbeh berarmidiz yoki indamay qo'ya qolarmidiz?
Savol uchun tashakkur.
Men hali net-kafeda bo'maganman. Agar net-kafeda bo'lsam va shunday bo'lib qolsa, u insonga tushuntirishga harakat qilib 1-2 ta saytlarni taklif qilardim(biri albatta ziyouz bo'ladi).

Qayd etilgan

Munavvara  25 Oktyabr 2009, 11:54:01

mutaallimah, Mahdiyah, Hadija, Robiya, Muhseena, Munavvara, G_u_l_i xonlarga savol:

To’ydan keyin turmush o’rtog’ingiz sizga netdan foydalanishni ta’qiqlasalar qanday yo’l tutardingiz?

Assalamu alaykum saloingiz u-n tashakkur opajon!
InshaAlloh shunaqa baxt nasib qilib qolsa agar kelajakda turmush o'rtog'im i-netga kirmaysiz desalar tushuntirishga harakat qilardim internet deganga faqat yigit va qiz gaplashmaydi u yerdan ilm olsa ham bo'ladi derdim. Agarda ular barbir ubu narsadan shubha qilib kirmang desalar kirmasdim. Axir mo'mina ayolning farzi erini rozi qilishku...

Qayd etilgan

Munira xonim  25 Oktyabr 2009, 12:11:49

:as:
Munira xonim, imlaah, saltanat, Kapalak xonimlarga savol:

1.   Jufti halolingiz internetdan foydalanishizga qarshilik qilmaganmilar?
2.   Netdan foydalanishda qandaydur chegara va hadlarni belgilaganmilar?
3.   Oilali ayollarning netdan foydalanishiga munosabatingiz?

Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur...

1.Men faqat shu forumga a'zoman, xolos. Bunga qarshilik qilmaydila.

2.Lekin Chatlarda behudaga vaqt sarflashimga qarshila. Keyin forumda ham bekorchi joylarda aralashishimga qarshila.

3.Chegaradan chiqmagan holatda, xaromdan hazar qilib foydalanilsa, ilm olish uchun buni hech kimga zarari yo'q, shu jumladan oilalik ayollarga ham.

Qayd etilgan

Muhseena  25 Oktyabr 2009, 19:43:57

mutaallimah, Mahdiyah, Hadija, Robiya, Muhseena, Munavvara, G_u_l_i xonlarga savol:

To’ydan keyin turmush o’rtog’ingiz sizga netdan foydalanishni ta’qiqlasalar qanday yo’l tutardingiz?

:as:
Hozircha qanday juft bo'la olaman bilmaymanku,niyyat qilamanki,kelgusida ularning rizoligi shu yo'lda bo'lsa rozi bo'lmoqlikka ko'namizde.Lek bitta yaxshi ko'rgan opam borlade.Forumdoshimizni oyijonlari...Iltimos qilardim shular bilan ahyon-ahyonda bo'lsa-da gaplashib turishga.Chunki ko'p muammolarga duch kelganimda o'zlarining maslaxatlarini ayamaydilar.Bunga rozi bo'lsalar kere.Tag'in Alloh bilguvchi. Lek Niyatni chiroyli qilyapmiz opa  :)....

Qayd etilgan

Abdullоh  26 Oktyabr 2009, 00:51:15

:as:

Uzmus, Shoir, AbdulAziz, AbdurRohman, Ulugbek-Uz, Abdulhafiz, Abdulloh, Registan!

Deylik net-kafedasiz.. Yonizda o'tirgan qiz (yigit) ning kompiga beixtiyor ko'ziz tushib qoldi. U Sizning nazdingizda o'zi uchun (din, jamiyat uchun) foydasiz ish bilan mashg'ul. Unga tanbeh berarmidiz yoki indamay qo'ya qolarmidiz?

Savol uchun tashakkur. Bir narsani aniqlashtirib olaylik. Din, jamiyat uchun foydasiz deyilganda ikki xil ma'noni tushunish mumkin. Birinchisi, uning faqatgina foydasizligi, lekin zarari yo'q. Ikkinchisi esa, ham foydasiz, ham zarari bor. Agar mening hayotimda birinchi hol bo'lsa, unga hech narsa demayman. Ikkinchi hol bo'lsa, bu qiyinroq masala. Sizning unga bergan tanbehingiz yomon oqibatlarni keltirib chiqarishidan qo'rqaman. Shuning uchun eng ma'quli unga ham indamaslik. Chunki, men birovning gapiga (ayniqsa, begonaning) kirib, maslahatiga quloq soladigan kishini uchratmaganman. Ayniqsa, hozirgi zamonda bu narsani ko'plab guvohi bo'lishingiz mumkin. Bu yerdan bir foydani olish mumkin. Bu ham bo'lsa, o'sha yoningizda odam foydalanayotgan sayt foydasiz yoki zararli bo'lsa, siz bu haqda ma'lumotga ega bo'lasiz. Va bunday saytlarga qadam ranjida qilmasligingizga ancha yordam beradi.

Qayd etilgan

Muslimа  26 Oktyabr 2009, 03:58:24

Yana Munira xonim, imlaah, saltanat va Kapalak xonimlarga savol: :)

 :as:
Oldingi savollarga bergan javobingiz uchun tashakkur!

1. Oiladagi ishonch - siz uchun bu nima?
2. Deylik, turmush o'rtog'ingiz sizga netdan foydalanishda ma'lum chegara va hadlarni belgiladilar. Masalan, male (erkak) userlar bilan YM, agent, skype, ICQ, MSN orqali muloqot qilishni, forumda mavzudan tashqari va male userlar bilan ortiqcha muloqot qilmaslikni, PM orqali keraksiz suhbatlarni va hokazo... Siz buni qanday qabul qilasiz? Bu sizningcha ISHONCHSIZLIKMI?
3. Sizningcha ayollariga har ishda erkinlik beradigan "zamonaviy" erkaklar ISHONCHNI o'z DAYUSLIKLARINI yashirishda niqob qilmayaptilarmikin?

Qayd etilgan

Ansora  26 Oktyabr 2009, 12:11:53

Muslimaxon, turmushga tayyorgarlikmi, deyman : ) Alloh haqqingizda faqat hayirlisini bersin...
Savollaringiz juda ma'noli, bundan oldingi savolingizda bir navi javob bergandim bazilariga.

1. Oiladagi ishonch hamma narsa. Meni yaratilishim shundayki, hatto bu forumdagi biri ham menga ishonmasa, "boreee, bu shunchaki internet-ku",  deb keta olmayman. Yani bu faqat erkak-ayol munosabatidagi "ishonch" kabi emas, avvalo bir inson bor qarshimda, o'zi haqida shularni yozibdi, demakki aytgan gaplarida jon bor, buniyam yuragidan toshib chiqqani uchun (shunchaki lay-laylom vaqt o'tkazish uchungina emas) bizlar bilan baham ko'ryabdi, deb ishonishim kerak va ishonishlarini hohlardim.
Ki bu oila va inshalloh menga haqiqiy dunyoda ham Allohning saodatini qozonishimga sababchi bo'ladigan har ikki dunyodagi umr yo'ldoshim. Shunday ekan, albatta u insonga ishonishim va ishonch berishim kerak.
Men bolaligimdan beri jonsarak biriman, juda qayg'uraman, ishonasizmi, bu forumga a'zo bo'lganimdan beri o'qigan postlarimni ko'pi tushimga kirgan, kiryabdi...Aslida bu unchalik yaxshi narsa emas, nima qilasiz, yaratilish masalasi...
Kasal tuzalishiga  ishonmasa, shifo topmaydi, Yaratganimizga chin ko'ngildan ishonmagunimizcha Allohning haqiqiy sevgisini qozona olmaymiz....
Hullas İSHONCH men uchun-HAYOT, degani...

2. Yo'q bu ishonchsizlik emas. Har bir insonning ilgari ham aytganimzday o'ziga yarasha vazifasi bor. Avvalo men ayolman. Turmush o'rtog'imni baxti-meni baxtim. U yo'l berib qo'ysa-yu, lekin baxtli bo'la olmasa, bu mashg'uliyatimni tashlayman, ishoning. Uning ovozidan, qarashlaridan sezaman, nimadan behuzur bo'lganini. Ayni holatlarda men ham o'z fikrlarimni bildiraman.
Avvalo "biz bir-birimizni hafa qilmaymiz, omonat ko'zi bilan qaraymiz", deb Allohning huzurida so'z berdik. Bundan ortig'i bormi... Alloh adashtirmasin...

3. Bundaylarga hayron qolaman, hamma narsada chegara bo'lishi kerak.
Keyin bu tur insonlarni oilasini, olgan tarbiyasini surishtirish kerak, qizni bermasdan oldin. Agar erkak, "hamma narsada erkinsan", deyotgan bo'lsa, ayol hafa bo'lmasin, bir kun kelib o'zi ham hamma narsaga "mayli" deyish majburiyatida qoladi. Muslimaxon, insholloh, javoblarim uzab ketmadi : )

Qayd etilgan