Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265727 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 147 148 149 150 151 152 153 154 155 156 157 ... 270 B


Robiya  26 Oktyabr 2009, 12:43:27

Kapalak opajon, :as: Muslima opamga Alloh xayrlisini ato etib bo'lgan alhamdulillah. Hozirda ajoyib oilaning ibrat olarli bekasilar sevimli opajonim..

Qayd etilgan


Ansora  26 Oktyabr 2009, 15:00:35

Kapalak opajon, :as: Muslima opamga Alloh xayrlisini ato etib bo'lgan alhamdulillah. Hozirda ajoyib oilaning ibrat olarli bekasilar sevimli opajonim..

Rahmat javob uchun:) turmush qurganlar faqat yuqoridagi savol berilganlar, deb o'ylabman:)
Alloh har doim hamma narsani faqat hayirlisini bersin turmushlarida...

Qayd etilgan


Muhyiddin  26 Oktyabr 2009, 16:29:53

:as:

Uzmus, Shoir, AbdulAziz, AbdurRohman, Ulugbek-Uz, Abdulhafiz, Abdulloh, Registan!

Deylik net-kafedasiz.. Yonizda o'tirgan qiz (yigit) ning kompiga beixtiyor ko'ziz tushib qoldi. U Sizning nazdingizda o'zi uchun (din, jamiyat uchun) foydasiz ish bilan mashg'ul. Unga tanbeh berarmidiz yoki indamay qo'ya qolarmidiz?

Savol uchun tashakkur!

Bu va bunga o’xshash narsalar kishining atrofga (jamiyatga) munosabatini belgilaydi. Hozir ko’pchilikni shiorlaridan biri — "œO’zingni bil, o’zgani qo’y"dek tuyuladi menga. Bu bir tomondan to’giri bo’lsa, ikkinchi tomondan noto’g’ri (o’ta befarq bo’lish ham bo’lmaydi).

Men faqat ishxonada internet ishlamay qolib zarurat tug’ilsagina inet kafega kiraman va ko’pincha shoshilinchda birovni nima ish qilayotganiga unchalik e’tibor bermayman.Umuman olganda, shunda ham ma`lum-ku: bir yonda yosh bollar komanda-komanda bo’volishib Counter Strike o’ynayotgan, talabalar o’ziga kerakli ma’lumotlarni qidirayotgan, pochtasini tekshirayotgan, yana allakimlardir agentlarda o’tirgan bo’ladi va bu aksari inet kafelardagi holat. Begonalarga dabdurustdan nasihat qilish yoki tanbeh berish noqulay va ko’p holda foydasiz. Menimcha, biz eng avvalo yaqinlarimizni ahvolidan boxabar bo’lishimiz lozim.
(Hamma narsaga parvo qilaversangiz, go’yo ularga muakkaldek, o’zingizni qiynab qo’yasiz. Menga ham bir paytlar shunday deb aytishgan edi"¦)

Qaniydi, shunday bir muttaqiy, ma`rifatli insonlar ko’paysa-yu, boshqalar ularni ko’rganlarida salobatlaridan darrov o’zlarini tuzatib olsalar, ularni yurish turishlaridan va hulqlaridan ibrat olsalar...

Qayd etilgan


Hadija  26 Oktyabr 2009, 19:15:46

mutaallimah, Mahdiyah, Hadija, Robiya, Muhseena, Munavvara, G_u_l_i xonlarga savol:

To’ydan keyin turmush o’rtog’ingiz sizga netdan foydalanishni ta’qiqlasalar qanday yo’l tutardingiz?


Ertani Alloh biladi nima bo'lishini, agarda shunday buyruq kelsa, bo'yin sunmay iloj yo'q. Ammo har narsadan ham to'g'ri foydalanishga bog'liq. Netda bor ko'pchilik ilmiy hamda marifiy kitob va dasturlar, real hayotda kam topiladi...

Qayd etilgan


imlaah  26 Oktyabr 2009, 20:59:58

Yana Munira xonim, imlaah, saltanat va Kapalak xonimlarga savol: :)

 :as:
Oldingi savollarga bergan javobingiz uchun tashakkur!

1. Oiladagi ishonch - siz uchun bu nima?
2. Deylik, turmush o'rtog'ingiz sizga netdan foydalanishda ma'lum chegara va hadlarni belgiladilar. Masalan, male (erkak) userlar bilan YM, agent, skype, ICQ, MSN orqali muloqot qilishni, forumda mavzudan tashqari va male userlar bilan ortiqcha muloqot qilmaslikni, PM orqali keraksiz suhbatlarni va hokazo... Siz buni qanday qabul qilasiz? Bu sizningcha ISHONCHSIZLIKMI?
3. Sizningcha ayollariga har ishda erkinlik beradigan "zamonaviy" erkaklar ISHONCHNI o'z DAYUSLIKLARINI yashirishda niqob qilmayaptilarmikin?

Assalamu alaykum.
1.Ishonch so'ziga baho berish uchun banda o'ziga manda omonatdorlik hissi qanchalar degan savolni berib holislik bilan bu savolga o'z nafsidan javob ololsa kifoya deb o'ylayman.
2.Int orqali har qanday muloqot u mening diniy va dunyoviy izlanishlarimga manfaatlik bo'lsa hech kimni malollantirmay yuritishga harakat qilaman.Endi erkak kishi tarafidan qandaydir cheklov bo'lsa avvalgi savolda aytganim meyorni buzgan va unga beetiborlik sodir bo'lgan bo'ladi manimcha. O'zini hurmat qilgan insonlarni  nafaqat msn va boshqa shahsiy suhbathonalarda hatto umumiy forum va shunga o'hshash joylarda ham o'ta erkin (hazilga erk berishlik,yoinki erkak userlarning begona ayolga yoinki ayollarning begona erkakka qarata ko'proq fikr tashlashliklari) ilm uchun bo'lmasa kundalik holat uchun bo'lishini ko'p ham maqullamayman.(Yaqinda o'zim hurmat qilgan bir birodardan olgan qisqagina bir ikki jumladan iborat maktub bu hulosamni yanada qat'iylashtirdi).Shunday suhbatlarda erkakni aralashuvi demak ayol chegarani toptaganidan deb bilaman.Demak erkakni aralashuviga ishonchsizlik emas ayolni asrashi va unga mas'ulligi  sabab  ayoldagi nuqson majbur qilgan deb bilgan afzalroq.
3.Hulosangizga men ham qo'shilaman .Men ham ayni fikrdaman.O'z nuqsonlarini oliyjanob sifatlarga berkitishlik bu munofiqlikni bir ko'rinishi.

Qayd etilgan


saltanat  27 Oktyabr 2009, 09:13:30

Yana Munira xonim, imlaah, saltanat va Kapalak xonimlarga savol: :)

 :as:
Oldingi savollarga bergan javobingiz uchun tashakkur!

1. Oiladagi ishonch - siz uchun bu nima?
2. Deylik, turmush o'rtog'ingiz sizga netdan foydalanishda ma'lum chegara va hadlarni belgiladilar. Masalan, male (erkak) userlar bilan YM, agent, skype, ICQ, MSN orqali muloqot qilishni, forumda mavzudan tashqari va male userlar bilan ortiqcha muloqot qilmaslikni, PM orqali keraksiz suhbatlarni va hokazo... Siz buni qanday qabul qilasiz? Bu sizningcha ISHONCHSIZLIKMI?
3. Sizningcha ayollariga har ishda erkinlik beradigan "zamonaviy" erkaklar ISHONCHNI o'z DAYUSLIKLARINI yashirishda niqob qilmayaptilarmikin?

savollar uchun tashakkur.
1.Bir odamni ikkinchi bir odamning ishonchiga kirishi va bu ishonchni oqlashi oson ish emas.Yuqorida aytigan fikrlarga quyidagilarni qo'shimcha qilmoqchiman:
Oiladagi ishonch o'z qadrimizni bilgan xolda bizning ikkinchi yarmimiz bo'lgan juftimizning manfaatini o'zimizning manfaatimizdan yuqori qo'yishimizdir(bu narsani biz burch deb ham tushunamiz va shu burchimizni sidqidildan samimiy bajarish natijasida juftimizni ishonchini qozona boramiz).
Yashayotgan barcha odamlar o'zining boshqa odamlar oldidagi mas'uliyatini xis qilib,o'zgalar manfaatini suiste'mol qilmasdan,o'zining  va o'zgalar manfaatlarini o'ylagan holda o'z vazifalarini halol ado etishi bilan kishilar ishonchini qozona oladilar.  
2.Oldingi "chegaralanmagan" degan javobimda YM,agent,skype,ICQ,MSM- bularni nazarda tutmaganman, man bulardan umuman foydalanmayman.Hetdagi bekorchi chadlarga kirmayman.
"ishonchsizlikmi?" degan savolizga man--ishonchsizlikdan ko'ra ko'proq xovotir bo'lsa kerak, chunki suvni suv buzadi, odamni odam--deb javob beraman.
3."zamonaviy erkaklar"ga keladigan bo'lsak (erkaklik g'ururini bilib,erkaklikka amal qilib yashayotgan yigitlarimizdan uzr so'rayman) hayotda ko'p uchratdim -- o'g'il bo'lib tug'ilganlarning hammasi ham erkak bo'lib yashayotgani yo'q.Anashu odam ko'paysinga yashayotgan erkak jinsiga oid odamlar yo ayoli boyligining quli, yoki bu dunyoning quli, yoki man erman kerak bo'lsam boqib ol deyotgan erkaklar, yoinki o'z qadrini, bu dunyoga nima uchun kelganini tushunib etolmaydigan "bechoralardir",ular o'z fikrlari bilan emas o'zgalar fikrlaridan yaxshi yomonni, halol xaromni farqlamay andoza olib yashayotgan odam mahluqlardir,shaxsan man uningday kishilarga bundan boshqa baxo berolmayman.
Yana bir bor oriyatli musulmon yigitlarimizdan uzr so'rayman, bu gaplar ularga qaratilgan emas.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  27 Oktyabr 2009, 13:07:01

:as:
Uzmus, Shoir, AbdulAziz, AbdurRohman, Ulugbek-Uz, Abdulhafiz, Abdulloh, Registan!

Deylik net-kafedasiz.. Yonizda o'tirgan qiz (yigit) ning kompiga beixtiyor ko'ziz tushib qoldi. U Sizning nazdingizda o'zi uchun (din, jamiyat uchun) foydasiz ish bilan mashg'ul. Unga tanbeh berarmidiz yoki indamay qo'ya qolarmidiz?

Ассалому алайкум. Саволни узи хам мавхумрок булипти чогимда, сна билмадим.
Форумдошларимизнинг жавобига кушилган холда
Iqtibos
Bir narsani aniqlashtirib olaylik. Din, jamiyat uchun foydasiz deyilganda ikki xil ma'noni tushunish mumkin. Birinchisi, uning faqatgina foydasizligi, lekin zarari yo'q. Ikkinchisi esa, ham foydasiz, ham zarari bor. Agar mening hayotimda birinchi hol bo'lsa, unga hech narsa demayman. Ikkinchi hol bo'lsa, bu qiyinroq masala. Sizning unga bergan tanbehingiz yomon oqibatlarni keltirib chiqarishidan qo'rqaman. Shuning uchun eng ma'quli unga ham indamaslik.

Iqtibos
Begonalarga dabdurustdan nasihat qilish yoki tanbeh berish noqulay va ko’p holda foydasiz.
   куйидагиларни илова киламан:
         Биринчидан ушбу холатларда, съни Интернет кафеда ишлаётганда ёнингиздаги кишининг нима билан шугулланаётганини кузатиш ахлокий меъёрларга, маданистга зид. Истисно тарикасида нохосдан кузингиз тушиб колиши мумкин, лекин ушбу холнинг олдини олиш ва мижозларга кулайлик тугдириш максадида Интернет кафеларда махсус тусиклар куйилади.  
        Хуп, борингки, узимдан мисол келтирадиган булсам,"¦аввало узига, динга, жамистга фойдали ёки фойдасизлигини кузингиз тушган вактдаёк ажратолмайсиз бир ондаёк манимча. Агарда бехаё сайтларга мурожаат килинган булса буни билиш мумкин ва шу инсонга норози киёфада 2-3 карашни узиёк етарли манимча, фаросати бор одам узи тушуниб олади. Аш болалар, усмирлар булса уларга танбех беришим мумкин. Чунки ёнимдаги кишининг ушбу харакатига муносабат билдириш ёш категорисларига хам боглик (тушундингиз шекилли нима демокчи булганимни).  
       Анимдаги киши манга шахсан таниш булса унга мулойимлик билан бу ишнинг зарарини тушунтираман ва узим куп мурожаат киладиган, билимини ошириш учун фойдали сайтларни тавсис киламан.


Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Oktyabr 2009, 17:21:13

Deylik net-kafedasiz.. Yonizda o'tirgan qiz (yigit) ning kompiga beixtiyor ko'ziz tushib qoldi. U Sizning nazdingizda o'zi uchun (din, jamiyat uchun) foydasiz ish bilan mashg'ul. Unga tanbeh berarmidiz yoki indamay qo'ya qolarmidiz?

Avvalo mening birovning PCda nima qilayotganini kuzatadigan odatim yo'q. O'zim ham men PCda internetda o'tirganimda ustimda turadiganlarni xushlamayman. Siz aytgan holatga hech tushmaganman.

Agar siz aytgan holat bo'ldi, deylik, agar u qilayotgan ish gunohi kabira bo'lsa, kim bo'lishidan qat'iy nazar yotig'i bilan ogohlantirishga harakat qilardim.

Agar u chatda o'tirgan bo'lsa, unga tushuntirish isrof ekanligini bilaman. Chunki, juda ko'p chatter-yoshlar qilayotgan ishlarining bema'ni ekanligini bilganlari holda yana bu ishdan o'zlarini chetlamaydilar.

Agar men guvohi bo'lgan shaxs tanishim bo'lsa, unda barcha qurollarni ishga solib, uni ma'siyatdan qaytarishga harakat qilaman.

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Oktyabr 2009, 21:37:30

Yana Munira xonim, imlaah, saltanat va Kapalak xonimlarga savol: :)

 :as:
Oldingi savollarga bergan javobingiz uchun tashakkur!

1. Oiladagi ishonch - siz uchun bu nima?
2. Deylik, turmush o'rtog'ingiz sizga netdan foydalanishda ma'lum chegara va hadlarni belgiladilar. Masalan, male (erkak) userlar bilan YM, agent, skype, ICQ, MSN orqali muloqot qilishni, forumda mavzudan tashqari va male userlar bilan ortiqcha muloqot qilmaslikni, PM orqali keraksiz suhbatlarni va hokazo... Siz buni qanday qabul qilasiz? Bu sizningcha ISHONCHSIZLIKMI?
3. Sizningcha ayollariga har ishda erkinlik beradigan "zamonaviy" erkaklar ISHONCHNI o'z DAYUSLIKLARINI yashirishda niqob qilmayaptilarmikin?

Assalamu alaykum.
Savollar uchun yana bir bora tashakkur.
Tinchlikmi ishqilib...  :)

1. Ishonch bu men uchun hamma narsa...Buni izohlasam postim juda uzuuuuuun bo'lib ketadi...
2. Bu albatta ishonchsizlik emas. Bu ayolini har xil insonlardan har xil dilni vayron qiladigan hodisalardan asrash va boshqalardan rashk qilish. Men erkak ishtirokchilar u yoqda tursin, ayol qizlar bilan ham behuda narsalarni gaplashishlikni yoqtirmayman. Agar tasodifan shunaqa bo'ladigan bo'lsa, bu suhbat menga katta foyda beradigan bo'lsa ham turmush o'rtog'imni ra'yiga qarayman va hammasidan voz kechaman.
3. Fikringizga to'la holda qo'shilaman. Bu dayuslik va munofiqlik. O'zini qadrini bilmaydigan, ayolligini unutgan shunday ayollar borki...agar bularga hamma narsada erkni berilsa, ko'ngillari nelarni xohlamaydi.
Shuning uchun hamma narsada me'yor afzal. Me'yorga amal qilgan kishi, diniy ishlarida ham, dunyoviy ishlarida ham, ilm olishda ham, oilaviy hayotida ham faqat hayrli oqibatga erishadi,InshaAlloh.

Qayd etilgan


registan  27 Oktyabr 2009, 22:11:47

:as:

Uzmus, Shoir, AbdulAziz, AbdurRohman, Ulugbek-Uz, Abdulhafiz, Abdulloh, Registan!

Deylik net-kafedasiz.. Yonizda o'tirgan qiz (yigit) ning kompiga beixtiyor ko'ziz tushib qoldi. U Sizning nazdingizda o'zi uchun (din, jamiyat uchun) foydasiz ish bilan mashg'ul. Unga tanbeh berarmidiz yoki indamay qo'ya qolarmidiz?

Manga ham navbat kelganidan xursandman. :)
Man indamagan bo'lardim. Sababi, birinchidan, Cafedagi deyarli hamma foydasiz ishlar bilan mashg'ul bo'lishadi. Gapiraman desangiz hammasiga gapirishingiz kerak. Ikkinchidan, qanaqa saytni taklif qilishingizni ham bilmaysiz, ayniqsa cafe devorida "Diniy saytlarga kirish taqiqlanadi" degan yozuv bo'lsa. Uchinchidan, natija o'laroq, siz noto'g'riga chiqib qolasiz.
Manimcha qiyomat juda yaqin qoldiyov.

Qayd etilgan