Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265693 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 152 153 154 155 156 157 158 159 160 161 162 ... 270 B


Muhseena  14 Noyabr 2009, 23:39:54

Uzmus, Ziyovuddin, Muhammad Amin, Muhseena, Mahdiya, Hadijaga:

Аллоҳ учун схши ксриш билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?
:as:
Go'zal  savol uchun tashakkur.Javobni kechikkanini sababi bu savolni necha kundan beri o'ylab yuribman.Vaqtida javob berolmaganim uchun uzr so'rayman.Bu savol bilan bog'liq ilk hodisani Payg'ambar s.a.v.ni tanish orqali his qila boshlagan edim.Bu hissiyot meni islomga yaqinlashtira boshladi,ammo men bu hissiyot aynan nima ekanligini bilolmaganman u vaqtda.Chunki Alloh uchun yaxshi ko'rish degan narsani eshitmaganman.Men Alloh uchun yaxshi ko'rgan ilk inson ham Payg'ambar s.a.v. bo'lganlar.O'qishga kirish uchun tayyorlanib yurgan paytlarim edi.Bir kuni juda zerikdim.Xonamda katta kitob javonim bor.Sekin qarab chiqsam "Saodat asri qissalari" degan kitob bor ekan.Qizig'i bu kitobni onam qo'shnimizning qistovi bilan sotib olgan ekandilaru,ammo hech kim ochib o'qimagan.Shu kitob qo'limga tushib qoldi.Namoz o'qishni endi boshlagan vaqtarim edi.Men uchun qiziq tuyula boshladi.Namoz o'qirdimu,lekin Payg'amabarimiz hayotlari bilan qiziqib ko'rmagan ekanman.Shu tariqa o'qiy boshladim.O'qiy,o'qiy qalbimda iliq tuyg'u paydo bo'la boshladi.Buni tuyg'uni hali his qilib ko'rmagan edim.Bu kitob orqali islomga qiziqishim yanada ortdi.U paytda men Qur'oni Karimdan uchtagina sura bilgan holimda namoz o'qirdim.Tushuncham kam edi.Meni hayratga solgan narsa shu ediki,men yosh bo'lsamda,men hayotda ko'rishni istagan,mana shunday xislatga,axloqga inson bormi degan savolimga javob topolgan edim.Payg'amabrimizga mehrim orta bordi.Ularni ismlarini eshitsam yig'lab yuboray derdim.Ko'nglimda"Eh,shunchalik ham mehribon inson bo'lgansiz,mukammal inson bo'lgansiz,sizni juda yaxshi ko'raman" degandim.Insonlardan biron ozor yetsa,doim ularni eslayman,Payg'ambarimiz s.a.v yonimda bo'lganlarida edi,menga yig'lamagin,hech o'ylama degan bo'lardilar-deb qolaman.Bunga o'zimni ishontiraman.Ular men uchun qoldirgan har bir narsaga amal qilishni o'zimga maqsad qilgan edim.Umuman mening islomga bo'lgan muhabbatimni aynan Payg'ambarimizning go'zal hulqlari sabab bo'lgan edi.Ayniqsa sahoba Abdulloh ibn ummi Maktum bilan bo'lgan hodisani o'qiganimda rosa yig'lagandim,payg'amabrimiz Alloh taolodan tanbeh eshitganlaridan so'ng:Kel,Rabbim meni tanbeh qilishiga sababchi bo'lgan ey sharafli inson! deganlari...Men doim insonlardan qalb go'zaligini qidiraman.Qalbi go'zal insonning amallariyam chiroyli bo'ladi.Meni hayotda bironta ustozim bo'lmagan.Keyinchalik Alloh uchun yaxshi ko'rish nafaqat Rasululloh s.a.v.ga boshqalargayam bo'lishi mumkinligini bilganman.Ikkinchi inson Xayrulla aka Hamidov bo'lganlar.Bu insondan Alloh rozi bo'lsin.Ko'p insonlarni hidoyatiga sababchi bo'lganlar.Bir kuni ulardan shu haqida so'radim va ular quyidagicha javob bergandilar:
Аллохни схши куриш аломати Унинг каломи шарифи Куръони Каримни укиш, унга амал килиш .
Лайгамбаримизни схши куриш аломати у зотнинг суннатларини махкум ушлаш, суннатни тирилтираётган инсонларни калбдан схши куришдир.
Одамларни схши куриш учун албатта уларнинг хаммаларига бу мухаббатни айтиб утириш шарт смас. Балки скин одамга айтиб куйса булади. Одамларни хакки рост схши куриш аломати ер юзидаги жамики инсонларга Аллохдан хидост сурашдир.

27.09.2007.
Men hozir muayyan voqea hodisa haqida gapirolmadim.Chunki bunday muhitni deyarli ko'rmaganman.Atrofimni dunyoviy insonlar qamrab olgan.Ularning ko'plariga bu savolni berib ko'rardim  yoki ko'rishni istardim.Ammo men xohlagan javobni olmaganim uchun,o'zimni javobim bilan cheklanishga majburman.Men Allohni va Uning Rasulini sevuvchilarni,qalbini turli nopok,qabih ishlardan saqlab,pok saqlovchilarni yaxshi ko'raman.Va bu forumda menga shunday muhabbat paydo qilgan insonlar borki,ulardan Allohning O'zi rozi bo'lsin.Savolga to'liq javob bera olmaganim uchun uzr so'rayman.Kamchiliklari bo'lsa kechirib yuborgaysizlar,qalbimdagi bor gaplarni yuzaga chiqara olmadim.

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Noyabr 2009, 07:29:57

Uzmus, Ziyovuddin, Muhammad Amin, Muhseena, Mahdiya, Hadijaga:

Аллоҳ учун схши ксриш билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?


Assalamu alaykum. Muhseenani javobi eng go'zal javob shu savol yuzasidan.
Biz Rasululloh  :sw: Alloh uchun yaxshi ko'ramiz...
Ul zot  :sw: bilan bir zamonda yashamsak ham, ul zotni ko'rmagan eshitmagan bo'lsak ham...
Bu insonni yaxshi ko'rmay bo'ladimi?
Biz uchun arzimagan narsasini bergan insondan butun umr minnatdor bo'lamiz...
Rasululloh  :sw: chi? Butun umrlarini UMMAT uchun yashadilar, xatto farzandlaridan ham UMMATni tanladilar...

Rasululloh  :sw: "Birodarlarimni sog'indim..." dib aytgan hadislarida ul zot ham oxirgi zamon ummatlarini g'oibona yaxshi ko'rishlarini va shu ummat bilan jannatda birga bo'lishlikni xoxlashlarini aytganlar.
Biz esa ana o'sha "birodarlari" qatorida bo'lishni va shu yo'lda harakat qilishni Allohdan so'rimiz.

Man uchun ibratli voqealardan biri...

TOSHMI tarafda ishlab yurganimda ishxonamiz direktori chamasi 7 yoshlardagi bolakay bilan ishxonaga kirib keldilar.
O'sha bolakayga ko'zim tushdiyu, uning yuzidagi nur mani o'ziga jalb qildi.
[Inson chiroyli bo'lmasligi mumkin, lekin Alloh uni qalbini nurga to'ldirsa albatta bu uning tashqi ko'rinishiga ham ta'sir qilmay qolmaydi.]
Shu bolakay uyalibgina salom berdi, alik oldim. Ko'zimni u boladan uzgim kelmasdi...
Ichimda o'zimga "Alloh bandalariga farzand baxtini bekorga bermagan, bola inson bag'ri-dilining quvonchi dib bekorga etishmagan" dib qo'ydim.

Keyin direktorim Zulfiya opa shu bolaning ota onasi bilan bog'liq voqeani etib berdilar.
Otasi dindor, taqvodor odam edi.
Ayoli ham itoatkor, taqvodor, erini hurmat qiladigan ayollardan.
Otasi Allohning taqdiri bo'lib qamoqqa tushdi va mana necha yildirki absiz qamoq jazosini o'tamoqda...
Bu ayol esa o'sha vaqtda (ya'ni eri qamalganida), qo'lida 1 gina chaqaloq bilan qolgandi.
Ishonasizmi yo'qmi shu ayol qolgan 3 farzandini shu qamoqxonaga qatnab tug'di...
Mana shu bolakay - AbduMalik ham "zona"ning bollaridan.
Undan keyingi 2 farzand ham huddi shunday tug'ilishgan...

SubhanAlloh! didim o'zimga...
Shu ayol erini Alloh uchun yaxshi ko'rgani uchun ham musibatga sabr ila 4 farzandni mana necha yildirki o'zi katta qilmoqda.
Xuddi shu xolga tushgan yana bir oilani bilamanki, u oilada ayol va uning qarindoshlari bunga sabr qila olmadi...
Va natijada yigitning emas qizning hayoti do'zaxga aylandi... (vaholanki yigit qamoqda bo'lsa ham...)

Bu voqea man uchun juda katta ibrat bo'ldi.
Shu bolakay bilan o'sha kuni rosa o'ynadik... ishxonada qulashmachoq, bekinmachoqlar o'ynadik...
Haligi bolaning yuzidagi tabassum, undagi sokinlikni ko'rgan inson barcha g'amini unutardi...

"Allohni dib yaxshi ko'rish va Allohni dib yomon ko'rish iymondandur" diganlar Muhammad Mustafo  :sw:

Qayd etilgan


G_u_l_i  15 Noyabr 2009, 08:53:46

YURIST, Cheh_Mik, Abdulhafiz, Afifaxon, G_U_L_I, Arbuzchi, jalolbekka savol:

Сизнинг ҳидостингизга сабаб бслган воқеа?

 :as:
Savol u-n tashakkur!
Bu voqeaga ancha bo`lgan, chamasi 2 yoki 3 sinfda o`qirdim, bir kuni tvda mo`jiza haqida ko`rsatuv berilayotgandi, oldiniga dunyodagi bir necha mo`jizalar haqida so`z bordi, ya`ni hammaga tanish Misr ehromlari, Tojmahal .........
Shunda bir ishtirokchi insonning qanday murakkab to`qima, hujayralardan tashkil topgani haqida aytib o`tdilar. Bilmadim, negadir o`shanda rosa ta`sirlanganman. Uydagi diniy risolalarni birma-bir o`qishni boshlaganman. Ammo biror ustoz, nasihatgo`y bo`lmagandan keyin bu narsalar vaqti kelib unut bo`lib ketgandi..................
Ammo alhamdulillah, yillar o`tib Alloh meni ham qalbimga hidoyat berdi,uni topish u-n sababchilarni ham ro`baro qildi. Abituriyent paytimiz bir kursdoshimiz bo`lardi,ko`pincha bizga kitoblar hadya qilardi. Shulardan birinchi o`qigan kitobim Ahmad Lutfi Qozonchining "Qaynona" asari edi. Birinchi bor islomiy muhit, musulmonlar qanday bo`lishi haqida tasavvur uyg`ongan.  Birodarimning Yusuf Islam hayoti, opasining hijoblanishi haqida gapirib berganida chinakamiga qalbdan yig`laganman.
Bir o`qituvchi opamiz esa bizni qiynagan muammolar b-n o`rtoqlashardilar, har kuni islomdan oz bo`lsa-da, ta`lim berardilar. Muhseena ikkalamiz qachon bizni xonalariga chaqirarkinlar deb kutib o`tirardik.
Atrofimizda muslima qizlar ko`p edi, har kuni, har soniya ular bizga o`rnak bo`lishardi.Ko`pchilik nazdida qariganda ro`mol o`rash tushunchasi bizda ham bor edi, ammo yonimizadgi muslima qizlar bu tushunchalarga o`zalaring go`zal hulqi, mustahkam iymoni b-n  barham berishdi.Kunlarimiz ma`ruza, ibratli hikoya, o`rnak bo`lgulik hodisalar b-n o`tardi. .O`sha paytlarni hozir judayam  sog`inaman.
Ko`plab insonlarning da`vat, ma`ruzalari  sabab  alhamdulillah, hijoblanish ham nasib etdi
 Talaba bo`lolmadim, lekin alhamdulillah, muslima bo`ldim.....................

PS: Javobim uncha chiroyli bo`lmagan bo`lsa, uzr.

Qayd etilgan


Arbuzchi  15 Noyabr 2009, 08:58:30

 :vslm:
Hich qisi yo', javobiz chiroyli bo'maganidan. Glavniysi qisqa va lo'nda bo'gani... :)
Masturaoy bo'ganizdan hursandman. :) Allah barakali va davomli qilsin.... :)

Qayd etilgan


Muhseena  15 Noyabr 2009, 11:26:23


 Talaba bo`lolmadim, lekin alhamdulillah, muslima bo`ldim.....................

InshaAlloh talaba ham bo'lasan,birodarim,biz sen uchun duodamiz.O'zing bilganingdek hayotda muhimi talaba bo'lish emas,talaba bo'lish ko'pchilikka nasib qilganu,ammo muslima bo'lish hammagayam nasib qilmagan.Mani holatimni ko'rib ibrat ol birodar.Talaba bo'ldimu,hali hijobga yetib borolmadim.Sani o'zing hikmatini ko'rib turibsanku!!!Shuni bilginki,bu dunyoda senga havas bilan qarayotgan insonlar ham bor.... :'(



Qayd etilgan


Hadija  15 Noyabr 2009, 13:32:38

Uzmus, Ziyovuddin, Muhammad Amin, Muhseena, Mahdiya, Hadijaga:

Аллоҳ учун схши ксриш билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Assalam alaykum Wa Rohmatulloh...
Savol uchun tashakkur...
Inson sinovlarda toblanganidek, do'stingiz ham sinovlarda sinalmagunicha uni sizga qanchalik haqiqiy do'st ekanligini bilolmaymiz...
Alhamdulillah, Alloh yo'lida qadirlaganim suygan birodarlarim bor, Alloh ulardan rozi bo'lsin... Man uchun eng musibatli kunimda yonimda birodarlik burch vazifalarini sidqidildan o'tab berishgan...

Qayd etilgan


Hadija  15 Noyabr 2009, 13:34:06

Robiya, Munira xonim opa, imlaah opa, Mahdiyah, Muslima, lolo, mutallimah, Munavvaraga...

Do'stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj qilma Duo iborasini qanday tushunasiz?
P.s: Ushbu duoga tahlilingiz...

Qayd etilgan


imlaah  15 Noyabr 2009, 15:32:47

Men hayotimda juda qadrlaganim bir onahon vafotlaridan avval o'g'illariga qabr ko'vab kelishlarini tayinlagan va o'g'illari qabristondan kelishlarini intiqlik ila kutganlarini eshitganimda hayratdan tillarim lol bo'lgan edi.

Shoir,Abdulaziz,Salmon Forsiy.Ulug'bek 75,Shokirbek Che himik, Asadulloh
Sizlarga savol:
Hayotda o'zingiz qadrlagan eng yaqin kishingizni qabrga qo'yganmsiz? Yaqinlaringiz uchun qabr kovlab ko'rganmisiz? O'sha vaqtlarda qalbingizda o'tgan kechinmalaringiz qanday bo'lgan?

Qayd etilgan


imlaah  15 Noyabr 2009, 15:37:02

Munira honim , Mhadiyah,Muslima,Muhseena,Saltanat honlarga:

Azaga borsangiz eng ko'p tasirlangan voqeangiz?

Qayd etilgan


imlaah  15 Noyabr 2009, 15:44:13

Shoir,Abdulaziz,Asadulloh ,Abdul_malik ,registan,ikbaljohn Bo'lajak turmush o'rtog'ingiz forumlarda qatnashishni istasa qanday munosabatda bo'lasiz?

Qayd etilgan