Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265726 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 153 154 155 156 157 158 159 160 161 162 163 ... 270 B


imlaah  15 Noyabr 2009, 15:48:54

Shokirbek , Ulug'bek 75,Arbuzchi,Salmon Forsiy ,  (oilalik deb tahmin qildim), Shohijahon12,Orif akalarga:

Ayolingiz yoki  singillaringiz qisqacha aytganda yaqin mahramlaringizdan birortasi forumlarda qatnashadilarmi? Sizning bunga munosabatingiz? (Ayollar forumlaridan boshqa umumiy forumlarni nazarda tutdim)

Qayd etilgan


imlaah  15 Noyabr 2009, 15:51:51

Muhseena.Guli,Mahdiyah,Siddiqa,Muslima,Munira honim,Kapalak

Int va forum orqalik munosabat va muomala sizga nima beradi.Forum sabab ilm olaman degan tushunchaga ko'p uchrayman sizning bu iboraga fikringiz?

Qayd etilgan


Shokirbek  15 Noyabr 2009, 15:52:49

Men hayotimda juda qadrlaganim bir onahon vafotlaridan avval o'g'illariga qabr ko'vab kelishlarini tayinlagan va o'g'illari qabristondan kelishlarini intiqlik ila kutganlarini eshitganimda hayratdan tillarim lol bo'lgan edi.

Shoir,Abdulaziz,Salmoni Forsiy.Ulug'bek 75,Shokirbek Che himik, Asadulloh
Sizlarga savol:
Hayotda o'zingiz qadrlagan eng yaqin kishingizni qabrga qo'yganmsiz? Yaqinlaringiz uchun qabr kovlab ko'rganmisiz? O'sha vaqtlarda qalbingizda o'tgan kechinmalaringiz qanday bo'lgan?

Qabr kovlab ko'rmaganman. Lekin qabrga tushgan vaqtlarim bo'lgan. Oxirgi bor qabrga tushganim bundan ikki yil ilgari Ramazon oyida ko'pchilik xabardor bo'lgan Abdulquddus qori (Abduvali qori aka o'g'illari) vafot etganida uning qabriga kiruvdim (mendan boshqa bir Makkalik asli o'zbek domla, Abdulquddusning bir qarindoshi bor edi). Hozirgidek esimda. O'sha kunlari Abdulquddus kelganidan keyin menga tel. qildi, bir necha bor gaplashdik. O'sha vaqtlarda Makkada edim. "Aka, Makkada ko'rishar ekanmiz unda, mana biz ham 13-Ramazonlarda Madinadan chiqayapmiz" dedi. Ha...  :( Makkada ko'rishdik, lekin qabristonda, qabr ichida ko'rishdik.. Ehromda jon taslim qilgani uchun boshi, yuzi yopilmagan, shunday kulimsirab yotar edi.. O'shanda o'pka to'lib ketganidan ancha vaqt o'zimizni yig'idan to'xtata olmagan edik.. Bir yoqda mahramlari uning onasini qo'yishayotgan, yana bir tomonda uning o'g'lini yerga berishayotgan edilar...
Unday paytda dunyo bir muddat odamning xotiridan ko'tarilib, oxiratdagi holatlarni eslab qoladi kishi.. Yurak dunyo ishlaridan sovib, barcha narsadan eng muhimi - qoldirilgan foydali amal ekanini chin dildan his qiladi odam...  Xotimamiz chiroyli bo'lsin Ilohim..

Qayd etilgan


imlaah  15 Noyabr 2009, 15:56:21

Shokirbek,Ulug'bek75,Arbuzchi

O'zlaringizni e'tiroflaringizcha forum arbuzda ko'p vaqtdan beri ishtirokchi ekansizlar.Shu ishtirokinglar davomida forum sizga nima berdiyu sizlar forumga (yoki forumdoshlar sizlarga ,sizlar forumdoshlaringizga) nima berdinglar?

Qayd etilgan


Shokirbek  15 Noyabr 2009, 16:05:31


Abdulhakim qori dada haqida ma'lumot bersangiz bizlarga.



Абдулҳаким қори ота
Абдулҳаким қори ота — Аллоҳ умрларини баракали қилсин - 112 ёшни қоралаб, бошларидан жуда ксп синовларни стказган бслсалар ҳам, хамон тетик ксринадилар. У киши Совет даврида Ўрта Осиёда кенг тарқалган ҳужра тартибида дарс бериш услубининг асосчиси, бу юртдаги неча сн минглаб толиби илмлар ва олимларнинг буюк устози саналадилар. Аллоҳ Қори отани бу слкада мусулмонларнинг динларини йсқ қилмоқчи бслган коммунистларнинг 70 йиллик йслидаги улкан тсғонлардан бири қилиб қсйган. Дарҳақиқат, бундай уламолар сабаби билан дин душманларининг хуружлари саробга айланади ва миллионлаб инсонларнинг қалбларига мусаффо иймон нурлари кириб бораверади. Шу зотларнинг меҳнатлари шарофати ила ҳақиқат ва адолат дини авлодлар оша Қиёматга қадар давом стади.
http://www.arbuz.com/showpost.php?p=1342736&postcount=37

A.H. qori ota darhaqiqat sovet davrlarida ko'pchilikka Islomiy ta'lim yuzasidan foydasi tekkan ulamolarimizdan bo'ladilar. Shaharlari Marg'ilonda darslari bo'lishiga qaramay O'zbekiston bo'ylab oylik, yarim oylik, haftalik darslar qilib turishar ekan.. Alloh taolo u kishiga behisob ajrlar bersin.

Qayd etilgan


Shokirbek  15 Noyabr 2009, 16:12:03

Shokirbek,Ulug'bek75,Arbuzchi

O'zlaringizni e'tiroflaringizcha forum arbuzda ko'p vaqtdan beri ishtirokchi ekansizlar.Shu ishtirokinglar davomida forum sizga nima berdiyu sizlar forumga (yoki forumdoshlar sizlarga ,sizlar forumdoshlaringizga) nima berdinglar?

Forumdan ko'p narsa o'rgandik. Birinchi navbatda shaxsan men o'z g'azabimni jilovlashni, yaxshi gaplar bilan birga yomon gaplarni hazm qila olishni o'rgandim desam noto'g'ri bo'lmaydi, buni men juda katta foyda deb bilaman. Forumga nima berganimiz esa postlarimizdan ma'lum, yaxshi narsa bergan bo'lsak Xudoga ming bor shukrlar aytamiz, agar boshqacha bo'lgan bo'lsa Alloh taolo o'zi kechirsin, qo'limizdan kelgan narsalarni yozishga harakat qildik.

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Noyabr 2009, 17:38:19

Robiya, Munira xonim opa, Mahdiyah, Muslima, lolo, mutallimah, Munavvaraga...

Do'stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj qilma Duo iborasini qanday tushunasiz?
P.s: Ushbu duoga tahlilingiz...

Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur.
Lekin juda qiyin savolni tanlabsiz, baholi qudrat javob berishga harakat qilaman, InshaALloh.
Kishilarni tili bilan aytilgan bu duoni:"Allohim, O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin..." duosi bilan bir tenglashtiraman.
Biz xohlagan, qalbimiz istagan, o'zimiz qoniqadigan va biz so'raganimizni aynan o'zini bera oladigan zot faqat va faqat Alloh taolodir. Bundan boshqasi berolmaydi va biz Uning yordamiga doim muhtojmiz. Men bu duoni shunday tushunaman.
Do'stga zor - birinchidan, bu dunyoda Alloh hech kimni do'stga zor qilmasin. HAmmaning Alloh uchun do'stlashgan do'sti bo'lsin.chunki do'stga zor bo'ladigan, uning hamdardligiga, maslahatiga va suyanch bo'lishiga inson ba'zan juda muhtoj bo'ladi.
Dushmanga xor - insonning eng katta dushmani nafsi hisoblanadi. ALloh hech bir bandani dushmani qo'lida xor qilib qo'ymasin.
Nomardga muhtoj bu so'zni izohlashni hojati yo'q. Chunki nomard vaqti kelganda o'z oilasidan kecha oladigan pastkash bo'ladi, shuning uchun bundaylarga muhtoj bo'lib qolishlikdan Allohni panohiga sig'inishimiz lozim.

PS:Javoblarim sizni qoniqtirmasa, ming bora uzr. Qo'limdan kelganida harakat qildim.Alloh sizdan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Noyabr 2009, 18:18:38

Munira honim , Mhadiyah,Muslima,Muhseena,Saltanat honlarga:

Azaga borsangiz eng ko'p tasirlangan voqeangiz?

Assalamu alaykum.
Savol uchun rahmat. Alloh rozi bo'lsin.
Doim azaga borganimda ikki xil holatdan ta'sirlanaman.
Birinchisi - jasadni kafanlik holda ko'rganimda chidolmayman. Go'yoki kafanda o'zim yotgandek his qilaman, o'zimni. Agar jasadni ko'rishni imkoni bo'lmasa tobut chiqib ketayotganida shunday holatga tushaman.
Ikkinchisi, insonlarni tirik yurgan kishilarni hollaridan ta'sirlanaman. Jasad ichkarida yotibdi yoki yelkalarda tubut ketyapti,lekin tiriklar va aqli borlar, o'z g'amlarida, o'z gaplarini so'zlab ketishyapti. Azaga kelgan o'z dardini aytib yig'laydi deganlaridek, azaga kelgan kishilar ham, ayollar ham, o'tib ketgan, hamma unutib ketgan dardlarini ham kovlab chiqarib gaplashishini yoqtiradilar. Shularni holatiga hayron qolaman. Oldilarida jasad yotib, shuni his qila olmayotgan bechorlarmiz aslida biz. Aslida bizni qalblarimiz jasadga aylanib qolgan deyman...
Buni o'z opamni janozasiga kelgan kishilarda ko'rgandim birinchi marta. Uni jasadi oldidan ketolmay o'tirganimda, insonlarni gaplaridan va qilayotgan ishlaridan juda lol qolgandim va nafratlagandim. O'sha paytda hammani uyda haydan chiqargim kelgandi, to'g'risi....
Alloh barchamizni oxirimizni go'zal qilsin.Avvalo har birimizga amal qilinadigan ilm va diniy bag'rikenglik nasib etsin. Qalbimizda iymonimiz shu qadar to'lsinki, unda gina, adovat, hasad va g'iybatga joy qolmasin. Ana shundagina bizni oxiratimiz ham go'zal bo'ladi,InshaAlloh.

PS:Bunday go'zal va ibratli savollar zanjirini boshlab bergan Shoirdan, bu savollarga go'zal javob berayotgan barcha ishtirokchilardan Alloh rozi bo'lsin. Va savollar berishda davom etayotgan barcha muslim va muslimalardan ham Alloh rozi bo'lsin. Barchamizga shu savol va javoblardan o'rnak o'la biladigan aql ato qilsin Alloh.


Qayd etilgan


Munira xonim  15 Noyabr 2009, 18:29:57

Muhseena.Guli,Mahdiyah,Siddiqa,Muslima,Munira honim,Kapalak

Int va forum orqalik munosabat va muomala sizga nima beradi.Forum sabab ilm olaman degan tushunchaga ko'p uchrayman sizning bu iboraga fikringiz?

Asalni ham ozi shirin, deganlaridek, hamma narsani ham ozi va me'yorda bo'lgani yaxshi. Shu jumladan int va forumlarda qatnashishni ham. Ilm olishga imkoniyatlar katta albatta, lekin faqat shu bilan chegaralanib qolish qiyin ko'p hollarda.
Chegaradan, ham Islom, ham Iymon, ham Hayo chegaralridan chiqish bo'ladi ba'zan.
Shu narsalardan saqlanib, faqat va faqat o'zi va boshqalar foydasi uchun ishlash, kishini iymoniga va taqvosiga bog'liq, InshaALloh.
Alloh har birimizni vaqtini qadriga yetadigan aql egalari qilsin. Amiyn.


Qayd etilgan


Muvahhid  15 Noyabr 2009, 20:07:33

Men hayotimda juda qadrlaganim bir onahon vafotlaridan avval o'g'illariga qabr ko'vab kelishlarini tayinlagan va o'g'illari qabristondan kelishlarini intiqlik ila kutganlarini eshitganimda hayratdan tillarim lol bo'lgan edi.

Shoir,Abdulaziz,Salmon Forsiy.Ulug'bek 75,Shokirbek Che himik, Asadulloh
Sizlarga savol:
Hayotda o'zingiz qadrlagan eng yaqin kishingizni qabrga qo'yganmsiz? Yaqinlaringiz uchun qabr kovlab ko'rganmisiz? O'sha vaqtlarda qalbingizda o'tgan kechinmalaringiz qanday bo'lgan?

Assalomu alaykum !
Savol uchun rahmat ! Qabr kovlab va qabrga tushib kurmaganman.Lekin o'lim har doim Oxiratni eslatib turadi. O'zim qadrlagan insonlarimdan ajralganda qancha harakat qilmayin ovoz chiqarib yig'lay olmaganman. Lekin ko'zimdan yosh tinmay kelaveradi...

Har erkak kishi o'z hayoti davomida kamida uch marta qabr kovlab, bo'lmaganda etti marta tobut ko'tarishi kerak degan gaplarni Bobolarimdan eshitganman. Shunda inson o'zining o'limidan so'ng, uni qabrga quyganlarni mehnatini o'zi uchun halollagan buladi deb eshitganman.

Bu dunyoda ikki joyda insonni qo'lidan hech bir ish kelmaydi. Bu ishlar uning uchun qilinadi, lekin usha vaqtda u eng ojiz bo'ladi:
Birinchisi Inson dunyoga kelgan vaqtda.
Ikkinchisi Inson vafot etganda.

Dinimiz ISLOM naqadar go'zalki unda hamma narsaning hisob kitobi qilingan. Payg'ambarimiz (s.a.v.) musulmon erkaklarni namozlarni har doim JAMOAT bilan o'qishga chaqirganlar, men shu haqda juda ko'p fikr qilaman ! Chunki Jamoatga chiqqan insonni uning atrofidagi barcha musulmonlar taniydi. Uning yaxshi va yomon kunlarida ana usha musulmonlar uning yonida buladi.

Tiriklikda insonlar qanchalik KIBRGA ketishadiki ayrim insonlarni o'zlaridan past hisoblaydilar. Kimlardandir nafratlanadi, mazah qilib aybini topishga, ustidan kulishga, kamsitib odamlar oldida sharmisor qilishga harakat qilishadi. Lekin usha insonlar bilishmaydiki bir kuni ular vafot etishsa balkim usha o'zlari mensimagan, kamsitgan, ustidan kulgan INSON, MUSULMON uning tobutini o'z elkasida ko'tarib uni qabristongacha olib boradi ! Usha INSON, MUSULMON unga atab qabr kovlaydi ! Usha INSON, MUSULMON duoga qo'l ochib JAMOAT bo'lib uning haqqiga ALLOH taolodan unga RAHMAT so'rab DUO qiladi !

Usha vaqtda hozir O'Z KIBRI bilan bu dunyoda yurgan odamni qo'lidan nima ish keladi ?!!
Shuning uchun har doim ALLOH taologa Musulmon bulganimiz uchun, Hidoyatga kirgizgani uchun, ALLOH yulida qasd qilib Do'stlashgan do'stlarimiz borligi uchun Shukr qilishimiz kerak ! Yonimizdagi har bir Musulmonni hurmat qilishimiz kerak, axir ertaga nima bo'lishini ALLOH taolodan boshqa hech kim bilmaydi ! Balkim ertaga usha Birodarlarimiz bizni tobutimizni o'z elkalarida ko'tarishlari mumkin...
INNA LILLAHI VA INNA ILAYHI ROJI'UUN.

Qayd etilgan