Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265317 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 270 B


AbdurRohman  29 Oktyabr 2007, 16:02:59

Ali Rizo Bek: Sizningcha muhabbat nima? (Ikki xil jinsning orasidagi)
Assalomu aleykum!
Ayni paytda, shu savolga javob topolsam o'zimni juda baxtli his qilardim.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Oktyabr 2007, 16:04:12

Murodbek: Qizlarga, ayollarga dunyoviy ilm olishlarini lozim deb o'ylaysizmi?
Albatta, maktabni tugatgandan keyin...

Qayd etilgan


shoir  29 Oktyabr 2007, 16:10:02

Shoir: Sizni eng ko'p yig'latgan she'r?

Muhammad Yusufning "Onajon" she'ri.

Qayd etilgan


shoir  29 Oktyabr 2007, 16:18:42

Shoir:Nima deb o'ylaysiz,forumning ilgarigi a'zolari bilan bugungi a'zolari orasida qanchalik farq bor?

Farqlar bor.
Yangi a'zolar biroz o'yinqaroq (shu so'z ko'proq to'g'ri kelayapti). Forumga asosan ko'ngilochish uchun kirishadi. Lekin Ular ham asta-sekin forumning asl mohiyatini anglab yetishadi. Ko'bngilochish ham yaxshidir, ammo forumga kirgandan keyin o'zingizga biron bilim olib ketsangiz, bilim tarqatsangiz, judayam mamnun bo'lasiz.

Qayd etilgan


shoir  29 Oktyabr 2007, 16:23:19

Shoir: Qaysi davraga kirsa, shu davradagi insonlarga moslashib suhbat olib boradiganlar, sizningcha qanday kishilar? Masalan:Islomiy kishilarni orasiga kirganda, ularga yoqadigan mavzuda suhbatlashib, boshqa davraga kirganda ularga moslashib....

Agar haqiqatda ham dunyoviy, ham diniy ilmlardan xabardor bo'lsa + eng asosiysi shu ilmiga o'zi amal qilsa, u holda ikkala davrada ham yaxshi suhbatdosh bo'lish mumkin. Lekin ilmi yo'g'u u yer-bu yerdan eshitib olib, o'zini muttaqiy qilib ko'rsatganlarni menimcha munofiq deyiladi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Oktyabr 2007, 17:14:48

AbdulAziz: Siz har doim o'qiganda yig'laydigan Islom tarixidagi quvonchli voqea qaysi?

Har gal makka fathini o'qiganimda yoki "Risolat" kinosining so'nggini ko'rganimda ko'zimga yosh keladi. Dunyoda Sarvari koinot SAVning xulqalarichalik go'zal xulq-atvor, mehr-oqibat bo'lmaydi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Oktyabr 2007, 17:22:24

Abdulaziz.Hozirgi kunda badavlat kishilarni kibrga berilishlarini asosiy sababi nimada deb o'ylaysiz?

Bu narsa hamma davrlarda bo'lgan. Ularning mol-dunyolari ko'zlarini ko'r qilib qo'yadi. Mol-dunyo bir sinov. Lekin bu sinovdan eson-omon o'tish juda mushkul.
Alloh taolo mana shunday kimsalarni ogohlantiradi:
Ey mo‘minlar, na mol-dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizlarni Allohning zikridan (ya’ni Allohga ibodat qilishdan) yuz o‘girtirib qo‘ymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchi kimsalardir!

Qayd etilgan


Laylo  30 Oktyabr 2007, 07:52:35

Laylo: Sizningcha soliha ayol, solih erkak va islomiy oila qanday bo'lishi kerak?

Payg'ambarimiz SAV aytganlaridek solih ayol va erkakaning oilasi solih oila bo'ladi...

Qayd etilgan


Murod_bek  30 Oktyabr 2007, 10:56:42

Murodbek: Qizlarga, ayollarga dunyoviy ilm olishlarini lozim deb o'ylaysizmi?
Albatta, maktabni tugatgandan keyin...
Albatta har bir muslim va muslima uchun ilm talab qilish farz qilingan.Diniy ilm qizlar ayollar uchun zarur.Avvalo diniy ilmlarning poydevorini ona o'rgatmog'i kerak.Diniy ilm qizlarning kelajak hayotlarida ham muhim ro'y o'ynaydi...
Diniy ilm har bir insonni eng yaxshi hulq, odobga chorlaydi.Kaminani fikricha agar har bir ayol, qiz diniy olmlarni yaxshilab o'rganganda bugungi kunda ko'chalarimizni to'ldirib yubaroyotgan "zamonaviy" qizlar soni kamayardi...

Qayd etilgan


Muslimа  05 Noyabr 2007, 16:26:51

Muslima: Sizni eng ko'p yig'latgan hadis qaysi?

Assalomu alaykum!
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "œMen Rasululloh sallallohu alayhi vassallamdan eshitganman: "œKimniki ikkita farzandi voyaga yetmagan vaqtda vafot etsa, o’sha farzandlari tufayli Alloh uni Jannatga kirgizadi", dedilar. Shunda Oisha roziyallohu anho so'radilar: "Yo Rasululloh kimni bitta farzandi vafot etsachi? Uni holi nima bo'ladi?"
Rasululloh sallallohu alayhi vassallam: "Unga ham huddi shu va'da bor" dedilar. Shunda Oisha roziyallohu anho aytdilarki: "Yo Rasululloh kimni-ki umuman farzandi vafot etmasachi? U qanday Jannatga kiradi?"
Rasululloh sallallohu alayhi vassallam: "Unday kishilarga men o'zim ZAHIRAMAN! Chunki ummatim uchun farzandini yo'qotishdan ko'ra mendan judo bo'lishlik, ummatim uchun achchiqroq, alamliroq" dedilar.

Qayd etilgan