Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263881 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 168 169 170 171 172 173 174 175 176 177 178 ... 270 B


Afruza  07 Dekabr 2009, 15:11:40

Afruza
hamda javob berishni istagan barchaga


1. Sizga qilingan eng yaxshi sovg'a nima bo'lgan?

2. Hech begona kishidan ham sovg'a olganmisiz?

3. "Sovg'ani boshqasiga sovg'a qilib bo'lmaydi", - deydi ruslar. Agar yaqin bir insoningiz sizga qilingan sovg'ani yoqtirib qolsa, unga berarmidingiz?

1. Kimdir tomonidan qilingan sovg'aning barisi qadrli. Eng yaxshi sovg'ani bir o'quvchim o'qituvchilar kunida bergan. Qadrliligi shundaki, o'quvchim o'z qo'llari bilan kashta tikib 1-oktabrda sovg'a qilgan

2. Olganman. Bir kuni avtobusda ketayotganimda bir begona qiz oylik yo'l chiptasini uyda qoldirib chiqqan ekan. Aksiga olib, yonida pul ham olmagan ekan. Mendan yordam so'ragandi. Shunda evaziga kalitga osadigan brelok bergandi. "Ko'rganizda mani eslab yuring, chin ko'ngildan" deb berib ketgandi. haqiqitan, salkam 4 yildan beri bu sovg'a kalitimdan tushmaydi

3. Shu paytgacha bunaqa holat bo'lmagan. Birov bergan narsani juda qadrlayman, ko'pincha ishlatmasdan asrab qo'yaman esdalikka. Agar juda yaqin odamim so'rasa...., berishim mumkin. "O'zing yaxshi ko'rgan narsani birovga bermaguningcha chin musulmon bo'lmaysan" degan gapni eshitganim uchun

Qayd etilgan


Afruza  07 Dekabr 2009, 15:37:57


Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi? (hikmatli so'zimi, nasihatmi...)[/color]

Yengil inson torozini bo'sh pallasiga o'xshaydi. Doim o'zini baland tutadi.

Yaqinda shu so'zlarni o'qib qoldim. Kimda tegishliligini eslay olmadim

Qayd etilgan


Bekmirzo  07 Dekabr 2009, 22:40:37


1. Sizga qilingan eng yaxshi sovg'a nima bo'lgan?
- Olgan sovg'alarim ichida ajralib turadigan 4-5 tasi bor. Masalan, Saudiya Arabistonidan buyurtma berganim nikoh uzugimga bir akamiz qo'shib jo'natgan cho'ntak kitobi hajmidagi Qur'oni karim;
qalbimni o'g'irlab qaytib bermagan qiz hadya etgan ko'ylak... :)


2. Hech begona kishidan ham sovg'a olganmisiz?
- Ha, to'g'ri kelgan.

3. "Sovg'ani boshqasiga sovg'a qilib bo'lmaydi", - deydi ruslar. Agar yaqin bir insoningiz sizga qilingan sovg'ani yoqtirib qolsa, unga berarmidingiz?
- Boshqaga foydasi tegsa, berardim. Baribir, sovg'aning o'zim uchun qanchalik qadrliligi ham miyaning orqa tomonlarida rol o'ynab turadi, buni tan olish kerak.

Qayd etilgan


MAFIYA  07 Dekabr 2009, 23:42:48

A.A.
,,ANDISHANI OTI QO'RQOQ" maqoliga fikrila qanaqa? biz ,,QO'RQOQ" bo'lmasligimiz uchun nima qilishimiz kere? (men hali yoshman har hil fikrlarni eshitib dunyoqarashimi boyitmoqchiman/yordam bervorasla)
Barchamiz Alloh nazarida bo'laylik!

Qayd etilgan


JaviK  08 Dekabr 2009, 18:37:32

HAMMAGA: Hayotda siqilib ketganizda. dunyo ko`zizga tor ko`rinib, yaqinlariz ham sizga xiyonat qilayotganga o`xhshab ko`rina boshlasa. ichizda dardiz bo`lsayu nimaligini bilmay qizynalgan paytiz bo`lganmi qande yo`l tutgansiz

Qayd etilgan


Shokir63  09 Dekabr 2009, 01:44:27

HAMMAGA: Hayotda siqilib ketganizda. dunyo ko`zizga tor ko`rinib, yaqinlariz ham sizga xiyonat qilayotganga o`xhshab ko`rina boshlasa. ichizda dardiz bo`lsayu nimaligini bilmay qizynalgan paytiz bo`lganmi qande yo`l tutgansiz

Dunyoga qanday qarasang, u ham senga shunday qaraydi, deyishadi. Hikmat qidirganga hikmatdir bu dunyo deydi she'rlaridan birida Sadriddin Salim Buxoriy. Agar kozimga siz aytgandek hamma xiyonat qilayotgandek bo'lib ko'rinsa, demak aslida o'zimda bir gap bor, ichimni kemirayotgan yashirin kin, adovat, ko'ngil qolish kabi narsa bormi, deb qarayman. Uning o'rniga o'zimni qo'yib ko'raman. Bir necha marta bo'lgan menda, ammo har safarida qo'limni duoga ochib "Allohim bizning oramizga sovuqlik solma, bir-birimizga muhabbatimizni ortir" deb duo qilgan va o'sha birodarlarim bilan juda yaxshi do'stmiz. Ba'zan boshlig'm har ishimdan kir qidirayotgandek bo'lib ko'rinaveradi, shartta ishdan bo'shab ketgim kelib qoladi, ammo vaziyatni yaxshiroq tadqiq etgach aslida u hich narsa  o'ylamayotganini, qidirmayotganini anglab yetaman, ko'pincha bu aslida ishxonada o'zimning qilsam yaxshi bo'ladigan, qilmasam hech kim qil demaydigan kichik isharni qilmayotganligim uchun ichimdagi bir siqilish tufayli vijdon azobi deb baholaganman va u ishni Alloh rizoligi uchun qilganman va o'sha siquvchi his yo'qolgan.

Ko'p qiyinchiliklarning yechimi ichimizda!

Qayd etilgan


Ansora  09 Dekabr 2009, 15:13:15

HAMMAGA: Hayotda siqilib ketganizda. dunyo ko`zizga tor ko`rinib, yaqinlariz ham sizga xiyonat qilayotganga o`xhshab ko`rina boshlasa. ichizda dardiz bo`lsayu nimaligini bilmay qizynalgan paytiz bo`lganmi qande yo`l tutgansiz

Bunday holatlar ko'p bo'lgan afsus. Lekin insonni oson hayotdan ko'ra qiyini tarbiyalaydi. Avvalo yig'layman, ichimni rosaa bo'shatib olaman. Undan keyin o'tgan voqealardan "dars olishga" harakat qilaman. Vaqt hamma narsani davolaydi. Zamonga tashlayman hammasini. Shu kungacha meni haqqimni yeganlarni Allohga havola qilgandim, orada ular haqida bazi yomon narsalar eshitib qolaman...Turklarda gap bor: "Olma mazlumni ohini, chiqar ohista-ohista"...
Biz ming ota-onali, qarindosh urug'li insonlar bo'lsak ham sig'inadigan yagona eshigimiz Alloh eshigidir. Alloh bizni yaratdi, biz 1 marotaba "Alloh" deganimizda Yaratgan Egamiz 10 marotaba "Labbay qulim", der ekan....madomiki shunday nima uchun unga bunga ishonay... Yaratganimga duo etib, bu yolg'onchi dunyodagi aqlim yetgan, yetmagan sinovli holatlar uchun undangina yordam tilamay....

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  09 Dekabr 2009, 16:03:52

Yigitlar. AbdulAziz, Abdulloh, Muhammad Sohib, Muhammad Amin, IXLOS, Salmoni Forsiy, Ziyovuddin, AbdurRohman, Musannif Adham, Shoir, Shokirbek Chustiy va Y_U_R_I_S_Tga savollar

Qizlar. Munira xonim,Robiya, Mahdiyah, Mutaallimah, Muhseena, Hadija, Siddiqa, G_u_l_i, Lolo, Kapalak,ga savollar

Kim javob berishdi istasa hammaga savol bilan murojat. Bemalol javob berishingiz mumkin. Savollardi bo'lib o'tirmadim chunki boshqa savolga boshqa kishi javob beralmas ekanmanda deb o'ylashlari mumkin, shuning uchun bitta qilib savol berib qo'ya qoldim.

1. Biror kishi bilan yoki yaqin do’stingiz bilan gaplashib turganizda sizga suxbatdoshingiz yoqmaydigan va jaxlizi chiqaradigan gap aytib yuborsa siz qanday ish tutardingiz.

2. Agarda sizga qaysidir davrda yashashlik tanlash imkoni berilganda qaysi zamonni tanlardingiz payg’ambarimiz hayotlik  davrlarida yashash tarzinimi yoki hozirgi kunimizdagi zamon tarzini  tanlarrmidingiz.

3. Kasbingizda yoki hozir ishlab turgan ish joyingizda biror kishini hafa qilib qo’yib yoki ko’nglini og’ritadigan so’z aytib qo’yib afsuslangan paytingiz bo’lganmi

4. Hozirgi kuningizda baxtli ekanligingizni nimalarda bilasiz hayotizda sizni baxtli qilib turgan nasalar nimalar deb o’ylaysiz va bilasiz.

5. Hozirgi kunimizda ko’p uchrab turgan hodisalardan biri va bunga o'rganib ham ketdik. Mana misol uchun masjid va chorahalarda turadigan tilamchilar yoki o’zi yuqlab kelib qoladigan tilamchilarga sadaqa berish yoki hayr ehson qilish bu sizningcha tog’’rimi. Haqiqiy ehson va  sadaqani siz qanday tushanasiz

6. Siz uchun dunyoda eng aziz bo’lgan narsa nima va uni qanday e’zozlaysiz

7.  tushkunlikka tushib qolganizda shu vaziyatdan qanday chiqib ketish yo’llarini kurardingiz.

8.  Bilasiz O’zbekiston terma jamoasi Jaxon chempionatiga chiqa olishmadi. Shuning uchun siz qaysi terma jamoaja muxlislik qilasiz. ( futbolga qiziqmaganlar bor albatta oramizda shuning uchun oldindan uzr suriman, agar qiziqmasangiz yo’q deb o’tib ketishingiz mumkin).
9. Asl mo’min so’zini qanday tushunasiz va qanday tariflaysiz haqiqiy mo’min kishi qanday bo’lishi kerak.

10. Ko’pchiligimiz bilamiz ko’cha kuyda yoki biror tanishimiz hulas juda ko’p insonlarga savol berilsa siz Musulmonmisiz diyilsa ha degan javobdi olamiz. Lekin usha man musulmonman digan insonlardi ham ko’pchiligi islom dinidan habari yo’q choyhonalarda yoki kucha kuyda mast holatda yoki boshqa biror bir yomon amallar bilan mashg’ul bo’lganliklarini guvohi bo’lamiz. SHunday insonlarga qanday qaraysiz bulardi ishi tog’’rimi. (hozirgi kunimizda bunaqa insonlar juda ko’p shuning uchun bu savoldi o’rtaga tashlagandim ma’zur tutasizlar).


11. Bilasmi Musilmon bilan Kofirni Namoz ajratib turarkan(Namoz o'qimagan odam kim bo'ldi unda )

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Dekabr 2009, 17:19:05

ЖАМШИДЖОА, avvalo mulohazakor savollaringiz uchun tashakkur. Inshaalloh, uzerlarimizdan go'zal javoblar olasiz, degan umiddaman.

1. Biror kishi bilan yoki yaqin do’stingiz bilan gaplashib turganizda sizga suxbatdoshingiz yoqmaydigan va jaxlizi chiqaradigan gap aytib yuborsa siz qanday ish tutardingiz.

Bu suhbatdoshimning menga qay darajada yaqinligiga bog'liq. Agar u mening yaqin do'stim bo'lsa, unga mana shu gaping yaxshi bo'lmadi, deb ochiq aytaman. Agar suhbatdoshim menga yaqinroq bo'lmasa, unda sabr qilaman, gapini tugatishini kutaman. So'ng, iloji boricha unga tegib ketmaydigan qilib, xatosini to'g'rilashga harakat qilaman. Agar suhbatdoshning johilligini qalbim sezsa, uning gyaplariga chidayman, javob bermayman. Chunki johil inson tanbehni og'ir zarba o'laroq qabul qiladi, tanbej unga ta'sir qilmaydi, balki uning jahlini battar keltiradi. Johilga tanbeh berishning eng yaxshi yo'li sukutdir.

Iqtibos
2. Agarda sizga qaysidir davrda yashashlik tanlash imkoni berilganda qaysi zamonni tanlardingiz payg’ambarimiz hayotlik davrlarida yashash tarzinimi yoki hozirgi kunimizdagi zamon tarzini  tanlarrmidingiz.

Mashhur tobeinlardan Hasan Basriy rahmatullohi alayh shunday degan ekanlar: "Agar saodat asrida yashagan sahobiylarni siz ko'rganingizda ularni jinni deb o'ylardingiz, agar ular sizlarni ko'rganlarida kofir deb o'ylardilar".

Bu gap aytilganiga 13 asrdan oshdi. Ajabo, agar saodat asrining ashoblari aynan bizning zamonimizni ko'rganlarida nima deb o'ylarkanlar?

Davrimizning eng taqvodor kishisi ham saodat asrining bitta oddiy namozxoniga ham arzimaydi. U davr biz uchun orzu bo'lib qolajak xolos. Endi hech qachon o'sha asri saodat bo'lmayajak. Tanlash imkoni ham berilmaydi. Berilganda ham bu chirkin qalblarimiz o'sha davrning eng jirkanch yuragi bo'lib qolardi...

Saodat zamonini endi jannatdan umid qilamiz. Allohim, barchamizni o'zimiz sevgan Rasululloh SAV va uning ashoblari bilan birga qilgin!

Qayd etilgan


Abdullоh  10 Dekabr 2009, 00:30:08

Shokirbek, AbdulAziz, Ulugbek75, Bekmirzo, Salmon Forsiy, Imlaah, Munira xonim, Saltanat, Yurist, Chehmik, Mahdiyah, Guli, Abdulhafiz, Jamshidjon, Muhseena, Abdulloh, Siddiqa, Afruza, Kapalak, Abdulhafiz, Registan:
hamda javob berishni istagan barchaga


1. Sizga qilingan eng yaxshi sovg'a nima bo'lgan?

2. Hech begona kishidan ham sovg'a olganmisiz?

3. "Sovg'ani boshqasiga sovg'a qilib bo'lmaydi", - deydi ruslar. Agar yaqin bir insoningiz sizga qilingan sovg'ani yoqtirib qolsa, unga berarmidingiz?

Assalomu alaykum.

1. Shu paytgacha ko'pchilikdan sovg'a olganman. Tan olishim kerak ularning ko'pchiligi tug'ilgan kunim sababli kelgan. Tug'ilgan kunda sovg'a oldi-berdisi haqida ko'p bahslar haqida o'qiganman va eshitganman. Lekin birov sizga sovg'a bersa, bu sovg'a ikki inson o'rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishiga va yaqinlashuviga olib kelsa, menimcha bu ishi lozim bo'lsa kerak. Agar noto'g'ri fikr yuritgan bo'lsam Allohning o'zi kechirsin.

Javobga kelsam, bir sinfdoshimning otasi hajdan tasbeh olib kelgan ekan. Shundan menga ham bitta olib kelib bergan. Shuni juda yoqtiraman. Juda yoqtirganimdan foydalanmasdan olib qo'yganman. Ikkinchisi, bir qiz bola jiyanim menga oyna sovg'a qilganda. Har safar oynaga qaraganimda o'sha jiyanim va uning menga mehribonliklari esimga tushadi.

2. Begona kishidan sovg'a olganimni eslay olmayman.

3. Berishim mumkin.

Qayd etilgan