Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264915 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 169 170 171 172 173 174 175 176 177 178 179 ... 270 B


lolo  10 Dekabr 2009, 08:01:51

A.A.
,,ANDISHANI OTI QO'RQOQ" maqoliga fikrila qanaqa? biz ,,QO'RQOQ" bo'lmasligimiz uchun nima qilishimiz kere? (men hali yoshman har hil fikrlarni eshitib dunyoqarashimi boyitmoqchiman/yordam bervorasla)
Barchamiz Alloh nazarida bo'laylik!
Ha, shunday maqolimiz bor. Hayotta shunday vaziyatlar uchrab turadiki, ba'zan javob berayotganimizda qarshimizdagi insonga qattiq botishi, yoki nafsoniyatiga tegishi, yoki u bizga uzoq-yaqinligi, yoki keyinchalik bo'ladigan ishlarni orqa-o'ngini bir mulohaza qilib ko'rgach "o'sha gapni aytmay qo'ya qolay!" degan fikrga kelishimiz mumkin. Aniqrog'i esa andisha qilgan bo'lamiz. Lekin bizdan javob eshitishi kerak bo'lgan odam tushunmagani bois buni qo'rqoqlikka yo'yishi mumkin. Haqiqatda esa aksincha, andisha bu - qo'rqoqlik emas! Andisha bu odobdan, yaxshi tarbiyadan dalolatdir!

Qayd etilgan


lolo  10 Dekabr 2009, 08:06:58

HAMMAGA: Hayotda siqilib ketganizda. dunyo ko`zizga tor ko`rinib, yaqinlariz ham sizga xiyonat qilayotganga o`xhshab ko`rina boshlasa. ichizda dardiz bo`lsayu nimaligini bilmay qizynalgan paytiz bo`lganmi qande yo`l tutgansiz
Inson zotida, ruhiyatida shunday holat uchrab turadi, biron darddan qiynaladi, lekin dardi nima ekanini bilolmaydi, yoki hamma ko'ziga dushman bo'lib ko'rinadi, yoki besabab nimadandir siqilaveradi, o'ziga nima yetishmayapganini hech bilolmaydi, topolmaydi va hokazo. Bunday holatda faqat va faqatgina Robbimizdan yordam so'rashimiz kerak. Ibodatlarni ko'paytirish, har bir ishga istixora o'qish, Allohgagina tavakkul qilish va Allohdangina umid bo'lishi kerak. Zero bizga nima kerakligi va bizga nima foydali ekanini Robbimizdan boshqa hech kim aniq bilolmaydi va tushunmaydi.
Qur'on ko'p-ko'p o'qish (yoki tinglash) kerak. Chunki Qur'on shifo!
Allohni ko'p-ko'p zikr qilish kerak, chunki qalblarni hotirjam qiluvchi narsa - Allohni zikri!
Allohga ko'p-ko'p istig'for ayting. А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: «(Гоҳида) қалбимга ғафлат босади ва мен бир кунда юз марта истиғфор айтаман» деганлар (Имом Муслим «Саҳиҳ»; Имом Аҳмад «Муснад»).
Alloh barchamizga iymon halovati va qalb hotirjamligini bersin!
  :amn:

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Dekabr 2009, 13:26:39

3. Kasbingizda yoki hozir ishlab turgan ish joyingizda biror kishini hafa qilib qo’yib yoki ko’nglini og’ritadigan so’z aytib qo’yib afsuslangan paytingiz bo’lganmi

Ha, bunday holat bo'lgan va bo'lishi tabiiy. Chunki hammamiz bandamiz. Xato qilamiz. Bunday holatda uzr so'ragan holatlarim ham bo'lgan. Ko'pincha esa hech narsa bo'lmafgandek yaxshi muomalada davom etaveraman.

Iqtibos
4. Hozirgi kuningizda baxtli ekanligingizni nimalarda bilasiz hayotizda sizni baxtli qilib turgan nasalar nimalar deb o’ylaysiz va bilasiz.

Bundan nuch yil avval yozgan fikrimdan iqtibos keltiraman:
"œBaxtliman" deb aytish insonning o’ziga bog’liq. Allohning sinovlariga sabr qilish ham baxt, boshiga og’ir musibat tushganda ham o’zini yo’qotib qo’ymaslik - baxt! Zero, payg’ambarimiz s.a.v. va ularning do’stlari shunday edilar. Ularning bizlardek, katta xonadonlari yo’q edi, sufalarda tong otkizishardi,  ro’zg’orlarida bir kungagina yetarlik ovqatlari ba’zan bor edi, ba’zan yo’q. Ular mol yig’mas edilar, qo’llariga ortqicha mulk tushib qolsa, tezda uni muhtojlarga tarqatardilar. Mushriklar ularni har ko’yga solsalar, qiynasalar, xo’rlasalar, zo’rlasalar ham sabr qilardilar. Mana shunday insonlar ham "œBiz baxtsizmiz!" deyishmagandi, aksincha shukr qilishgandi. Biz-chi, yeyishga nonimiz, turishga joyimiz bo’lsa-da, oz’imizni baxtli emasman deb his qilamiz, bundan ham katta martabalarga erishishga, kattaroq uy-joy qurishga, katta-katta yeyishga, sarflashga harakat qilamiz. Dunyoning eng boy kishilariga "œSiz baxtlimisiz?" degan savolni berishganda, ular ham ba’zi bahonalarni ko’rsatib, hali dunyoda armonim bor, degan javobni berishadi"¦

Mo’min bu dunyoda ham, u dunyoda ham saodatli bo’lishini Allohdan tilaydi. Mo’min uchun iymon ne’mati — baxt! Musulmon bo’lib tug’ilgani baxt! Allohni tanigani, unga shukr qilishi, bergan mislsiz ne’matlariga shukrona sifatida ibodatni ado etishi — baxt! Mo’min mo’minga - aka-uka, qarindosh. U birodarini ko’rganda chehrasi ochiladi, sevinadi, o’zida baxtlilikni sezadi. Momin uchun mol-dunyo, bola-chaqa baxt manbai emas! Alloh bergandi, yana qaytarib oldi, hohlasa yana beradi, deb e’tiqod qiladi, musulmon. Mo’min uchun yaxshi zavja - baxt, ulardan tarqaladigan mo’min-mo’mina farzandlar kamoli, iymoni - baxt! U bir kun tuproqqa aylanib, yo’q bo’lib ketgunimcha bu dunyoda yashab olay, o’ynab olay demaydi, balki oxiratga zahira o’laroq kofirlar "œqiyinchilik, baxtsizlik" sanagan amallarni bajaraveradi. Mana shu "œbaxtsizlik" uning uchun katta baxt!"

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Dekabr 2009, 13:34:48

5. Hozirgi kunimizda ko’p uchrab turgan hodisalardan biri va bunga o'rganib ham ketdik. Mana misol uchun masjid va chorahalarda turadigan tilamchilar yoki o’zi yuqlab kelib qoladigan tilamchilarga sadaqa berish yoki hayr ehson qilish bu sizningcha tog’’rimi. Haqiqiy ehson va  sadaqani siz qanday tushanasiz.

«Durrul-muxtor» fatvo kitobida shunday deyiladi:
"Bir kunga yetarli ozuqasi (yemishi) bor kishining tilanchilik qilishi halol emas, haromdir. Tilanchida bir kunga yetadigan ozuqa borligini bilib, unga sadaqa bergan kishi gunohkor bo‘ladi.

Ushbu fatvoga ko'ra, doimiy tilamchilikni kasb qilgan kishilarga sadaqa berishdan ehtiyot bo'lishimiz kerak ekan. Tilanchilik qilmasalar, garchi bir kunga yetarlik ozuqasi bor bo'lgan kishilarga ham sadaqa bersa bo'laveradi.

Sadaqa, ehson - bu mulkiy va nomulkiy hayrdir. Payg'ambar alayhissalom mo'minning mo'minga tabassumini ham sadaqa deganlar. Sadaqa, ehsonni eng avvalo yaqinlardan boshlash kerakligi haqida ulamolarimiz ko'p ta'kidlashadi.

Iqtibos
6. Siz uchun dunyoda eng aziz bo’lgan narsa nima va uni qanday e’zozlaysiz

Iymon. Uni doimo saqlashini yaratgandan tilayman.
Ota-onam. Ularning umrlari uzoq bo'lsin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Dekabr 2009, 13:42:51

7.   tushkunlikka tushib qolganizda shu vaziyatdan qanday chiqib ketish yo’llarini kurardingiz.

Men sinab ko'rgan eng yaxshi usul - Qur'oni karim tilovatini eshitish.
Yana eski fotolarni tomosha qilish, eski zapislarni eshitish.

Iqtibos
8.  Bilasiz O’zbekiston terma jamoasi Jaxon chempionatiga chiqa olishmadi. Shuning uchun siz qaysi terma jamoaja muxlislik qilasiz. ( futbolga qiziqmaganlar bor albatta oramizda shuning uchun oldindan uzr suriman, agar qiziqmasangiz yo’q deb o’tib ketishingiz mumkin).

Futbolga unchalik ham qiziqmayman. Shu savoldan so'ng ro'yxatni ko'rib chiqdim. Xo'sh, yaqin qo'shnilardan hech kim yo'q. Eski qardoshlardan ham yo'q. Dunyoning uchunchi komandasi bo'lgan kardeslar ham yo'q (esimda, o'sha paytlari Demirning oldiga kaaatta televizor o'rnatilib, ko'pchilik bo'lib futbol tomosha qilinardi...). Endi musulmon davlatlardan Jazoir bor ekan. Shu terma jamoaga ishqibozlik qilamiz-da.

Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2009, 13:47:47

Savol: Biror kishi bilan yoki yaqin do’stingiz bilan gaplashib turganizda sizga suxbatdoshingiz yoqmaydigan va jaxlizi chiqaradigan gap aytib yuborsa siz qanday ish tutardingiz.

Javob: İnson bolasi xatosiz bo'lmas. Bunday holatlar bo'lgan. Balki men ham boshqalarga nisbatan shunday qilgandirman, bila olmayman. Avvalo sabrli bo'lishga harakat qilaman. Men uning ko'nglini o'gritadigan bir gap aytsam bu masala uzayib ketadi. Menga tushgan vazifa bu holatda- sabr ko'rsatish.
Do'stim yoki suhbatdoshim ketgandan keyin noo'rin gap aytgan tanishimga chiroyli til bilan tushintirishga harakat qilaman. Chunki Musulmon Musulmonni oynasidir...
Menga bunday qilding, lekin boshqasiga qilma, yomon gap eshitib qolishing mumkin, deb ogohlantiraman.

Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2009, 13:50:35

Savol: Agarda sizga qaysidir davrda yashashlik tanlash imkoni berilganda qaysi zamonni tanlardingiz payg’ambarimiz hayotlik  davrlarida yashash tarzinimi yoki hozirgi kunimizdagi zamon tarzini  tanlarrmidingiz.

Javob: -Juda ko'p marta tilga olgan narsam bu zotan:)

Men agar tanlash imkoniyatim bo'lganda, otga minib Dinim, Vatanim uchun qilich bilan kurashishim mumkin bo'lgan vaqtlarda yashashni juda juda xohlardim....

Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2009, 13:53:46

Savol: Kasbingizda yoki hozir ishlab turgan ish joyingizda biror kishini hafa qilib qo’yib yoki ko’nglini og’ritadigan so’z aytib qo’yib afsuslangan paytingiz bo’lganmi

Javob: Yuqorida aytganimday biz insonmiz, robot emas, his-tuyg'ularimiz, nafsimiz bizni boshqaradi. Bunday xolatlar bo'lgan albatta. Men birovga hafa bo'lib yura oladigan kuchli inson emasman. Kechirim so'rab, oramizni tuzatishga harakat qilaman....Meni xatoim bo'lsa albatta menga aytishini ish joyimdagilarga doimo tayinlaganman. Tabiiki chiroyli uslub bilan  : )

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Dekabr 2009, 13:54:12

11. Bilasmi Musilmon bilan Kofirni Namoz ajratib turarkan(Namoz o'qimagan odam kim bo'ldi unda )

Yo'q, bunday emas.
Musulmon deb tilida Alloh va Rasulining birligini tasdiqlagan insonga aytiladi. Qalbning tasdig`ini Allohga havola qilinadi. Tasdiq etganni musulmon deyaveramiz. Namoz o`qimaslik katta gunoh. Lekin namoz o`qimagan odamni kofir sanalmaydi. Kofir deb Allohga kufr keltirgan odamni aytiladi.
Namoz o'qimaslik gunohi azim. Gunohi kabirani tark etmagan insonni fojir deyiladi (vallohi a'lam). Lekin tili bilan Alloh va Rasulini tasdiq etgan insonni agar u kufr lafzini aytmagan bo'lsa, kofir deyishga hech kimning haqi yo'q. Lekin o'sha musulmon, namozni tan olmasa, ya'ni namoz o'qimasa ham bo'laveradi, unda kufr keltirgan bo'ladi.

Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2009, 13:58:32

Savol: Hozirgi kuningizda baxtli ekanligingizni nimalarda bilasiz hayotizda sizni baxtli qilib turgan nasalar nimalar deb o’ylaysiz va bilasiz.

Javob: Allohga shukr keltirishni o'zi ham eng buyuk ne'matlardan biri.
Shukrona keltiradigan sabablarim esa dunyo qadar.

1. Musulmonman va dinimni yashay olyabman.
2. Azon ovozini eshitib namozga turaman..
3. Halol yeb, ichyabman.
4. Dunyoning bir sinov ekanligini, bir kun hammasining tugashini qalbim bilan qabul qilib, mantig'im bilan qavraganman.
5. Yaqinimda suhbatlasha oladigan, meni tushunadigan insonar ko'p.

Yana nelar nelar. Hammasiga minglab hamdu-sanolar bo'lsin....
Meni baxti bo'lishimga sabab bo'lganlarni qolgan Musulmon qardoshlarim va oilalariga ham tilayman....

Qayd etilgan