Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263931 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 170 171 172 173 174 175 176 177 178 179 180 ... 270 B


Ansora  10 Dekabr 2009, 14:02:47

Savol: Hozirgi kunimizda ko’p uchrab turgan hodisalardan biri va bunga o'rganib ham ketdik. Mana misol uchun masjid va chorahalarda turadigan tilamchilar yoki o’zi yuqlab kelib qoladigan tilamchilarga sadaqa berish yoki hayr ehson qilish bu sizningcha tog’’rimi. Haqiqiy ehson va  sadaqani siz qanday tushanasiz

Javob: Haqiqiy sadaqa- o'ng qo'lni berganini chap qo'l bilmasligi kerak, deyishadi-ku.

Yuqoridagi holatlarga esa bir narsa deyish qiyin. Hammasi birday ehtiyoji yo'q deya olmaymiz, balki ichlarida rostdan ham juda yomon holda bo'lganlar bordir.

Alloh to'g'ri insonga ehson qilishni nasib etsin inshalloh....

Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2009, 14:12:46

Savol: Siz uchun dunyoda eng aziz bo’lgan narsa nima va uni qanday e’zozlaysiz?

Javob: Bu savolga uzundan-uzun maqola shaklida javob berishim mumkin aslida. Lekin qisqa javob beradigan bo'lsam, men uchun aziz narsa Allohni menga ato etgan "jon"i. Bu jondan men mas'ulman. Uni so'roq-savol kunigacha faqat amr etilgan ishlar uchun "ishlatishim" kerak. Alloh bu yo'lda butun sabab va natijalarni faqatgina "O'zining yo'lini" nasib etsin inshalloh....

Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2009, 14:15:30

Savol: tushkunlikka tushib qolganizda shu vaziyatdan qanday chiqib ketish yo’llarini kurardingiz.

Javob: Bu savolga kuni kecha javob berganim javik ukamizni savollariga juda o'hshar ekan. Shuning uchun javobimni aynan olishga qaror berdim:

Bunday holatlar ko'p bo'lgan afsus. Lekin insonni oson hayotdan ko'ra qiyini tarbiyalaydi. Avvalo yig'layman, ichimni rosaa bo'shatib olaman. Undan keyin o'tgan voqealardan "dars olishga" harakat qilaman. Vaqt hamma narsani davolaydi. Zamonga tashlayman hammasini. Shu kungacha meni haqqimni yeganlarni Allohga havola qilgandim, orada ular haqida bazi yomon narsalar eshitib qolaman...Turklarda gap bor: "Olma mazlumni ohini, chiqar ohista-ohista"...
Biz ming ota-onali, qarindosh urug'li insonlar bo'lsak ham sig'inadigan yagona eshigimiz Alloh eshigidir. Alloh bizni yaratdi, biz 1 marotaba "Alloh" deganimizda Yaratgan Egamiz 10 marotaba "Labbay qulim", der ekan....madomiki shunday nima uchun unga bunga ishonay... Yaratganimga duo etib, bu yolg'onchi dunyodagi aqlim yetgan, yetmagan sinovli holatlar uchun undangina yordam tilamay....


Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2009, 14:18:40

Savol: Bilasiz O’zbekiston terma jamoasi Jaxon chempionatiga chiqa olishmadi. Shuning uchun siz qaysi terma jamoaja muxlislik qilasiz. ( futbolga qiziqmaganlar bor albatta oramizda shuning uchun oldindan uzr suriman, agar qiziqmasangiz yo’q deb o’tib ketishingiz mumkin).

Javob: Futbol bilan shug'ullanayotgan insonlarimizni hammasiga bitta gap:

Bizni bayro'g'imizni Dunyoga ko'z ko'z qilishga haqqimiz yo'qmi????

Dunyo Chempioni bo'layotgan boshqa insonlardan nima kamimiz bor barakatopgurlar!!!

Qayd etilgan


Robiya  10 Dekabr 2009, 15:55:36


1. Biror kishi bilan yoki yaqin do’stingiz bilan gaplashib turganizda sizga suxbatdoshingiz yoqmaydigan va jaxlizi chiqaradigan gap aytib yuborsa siz qanday ish tutardingiz.


 :as:

Savollar uchun tashakkur. Men iqtibos olishda xato qipqo'ymaslik uchun,har bir savolizga alohida javob yozsam...

1. Bunaqa holda suhbatdoshimni ko'ngliga tegmaydigan qilib, mavzuni o'zgartiraman, yoki xatosini tuzatishga harakat qilaman...

Qayd etilgan


Robiya  10 Dekabr 2009, 16:02:39

2. Agarda sizga qaysidir davrda yashashlik tanlash imkoni berilganda qaysi zamonni tanlardingiz payg’ambarimiz hayotlik  davrlarida yashash tarzinimi yoki hozirgi kunimizdagi zamon tarzini  tanlarrmidingiz.

Bu savolga AbdulAziz aka juda chiroyli javob beribdilar.

Savolni bergan ekansiz, javob qilaman: menga shunaqa imkon berilsa, albatta Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam yashagan davrda  yashashni tanlagan bo'lardim...

Ammo, buning iloji yo'qligi bois, hozirgi zamonda iymonda mustahkam, e'tiqodda sof, amalda sobit bo'lib yashashni so'rab duo qilaman...

Qayd etilgan


Robiya  10 Dekabr 2009, 16:04:19


3. Kasbingizda yoki hozir ishlab turgan ish joyingizda biror kishini hafa qilib qo’yib yoki ko’nglini og’ritadigan so’z aytib qo’yib afsuslangan paytingiz bo’lganmi


Yo'q, bo'lmagan (hozircha). Bundan keyin ham bo'lmasin...

Qayd etilgan


Robiya  10 Dekabr 2009, 16:09:01


4. Hozirgi kuningizda baxtli ekanligingizni nimalarda bilasiz hayotizda sizni baxtli qilib turgan nasalar nimalar deb o’ylaysiz va bilasiz.


Meni zalolatda emas, hidoyatda yashatayotgani uchun baxtliman...

Ota-onam hayotliklari, chiroyli oilam borligi uchun baxtliman...

Tengdoshlarimning ko'pchiligiga nasib qilmagan talabalikka erishganim, va ayni damda o'qituvchilik qilyotganimdan baxtliman...

Yana bunaqa sabablarni juda ko'p keltirish mumkin...


Qayd etilgan


Robiya  10 Dekabr 2009, 16:12:46


5. Hozirgi kunimizda ko’p uchrab turgan hodisalardan biri va bunga o'rganib ham ketdik. Mana misol uchun masjid va chorahalarda turadigan tilamchilar yoki o’zi yuqlab kelib qoladigan tilamchilarga sadaqa berish yoki hayr ehson qilish bu sizningcha tog’’rimi. Haqiqiy ehson va  sadaqani siz qanday tushanasiz


Ehson (hadislarda ham kelgan bu haqida): Allohni ko'rib turganingdek ibodatda bo'lish...

Sadaqa esa - o'z ehtiyojidan ortsagina, va shu sadaqaga haqiqatda muhtoj bo'lsagina, rozi bo'lib berilgan pul, narsa yoxud boshqa... (oyoq-qo'li salomat kishilar bundan mustasno)

Qayd etilgan


Robiya  10 Dekabr 2009, 16:19:19



6. Siz uchun dunyoda eng aziz bo’lgan narsa nima va uni qanday e’zozlaysiz


Hmmm, o'ylantiradigan savol-ku... Dunyoda eng aziz bo'lgan narsa albatta IYMON! Uni qanday e'zozlayman: unga qarshi biror vaziyatga tushib qolsam, o'sha ishdan tezda voz kechaman... Alloh qodir qilgancha, uni doim poklab, ehtiyotlab yurishga harakat qilyapman...  (Savol eng haqida ekanligi sabab, bittasini yozdim)

Qayd etilgan