Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264789 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 173 174 175 176 177 178 179 180 181 182 183 ... 270 B

AbdulAziz  29 Dekabr 2009, 15:29:13

Shokirbek, AbdulAziz, Bekmirzo, Ulugbek75, Salmon Forsiyga savol:

Menimcha, sizlar ko'p safarda bo'lgansizlar. Safar davomida yuz bergan ibratli hodislardan 2 tasini biz bilan baham ko'ra olasizmi?

2007 yili Xivaga borganimda jum'a namozida turk qardoshlar bilan tanishib qoldim. 5-6 nafar do'stlar boboyurtlari bo'lmish O'zbekistonni ziyorat etgani kelishgan ekan. Xivadan oldin Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo'lishibdi.
Ular bilan birgalikda Xivani aylandik. Yurtimizni so'radilar. Farg'onani so'radilar. Vodiyga ham borish buyuk orzulari ekanini aytdilar.

So'zdan so'z chiqib, minorlarni maqtadim: Minorai Kalon (X asr), Islomxo'ja minorasi (XX asr boshi). - Qaranglar, - dedim - necha yillardan beri savlat to'kib turibdi bu go'zal minorlar. (Vaholanki, XX asr boshida rus og'alarimiz Minorai Kalonning yarmini o'pirishga "muvaffaq" bo'lishgan).
Ular mening "hikoyam"ni zo'r ishtiyoq bilan tinglashdi. - Uni insho etganlarning oxirati obod bo'lsin, - deyishdi. So'ng menga savol berishdi:
- Davronbek, Ayasofyaning qachon qurilganini bilasanmi?
- ...

* * *

Xivada nega odam kamligini so'rashdi. Yoz mavsumi ekanlidan, dedim.
Ichonqal'ada 400 dan ortiq masjid va madrasa bo'lgan ekan, bir paytlar. Hozirda faqat bittasigina asl maqsadda foydalanilyapti ekan. Boshqalari - mehmonxona, choyxona, bar, muzey, ustaxona...
Asr namoziga kirdik. Katta jome' masjidi. Ko'pi bilan 10 kishilik jamoat (5 ta turist, men, masjid qorovuli, imom va yana bir qariya). So'ng yana savol berishdi:
- Davronbek, nega masjidlar bo'sh?
- ...

Qayd etilgan

Muhseena  29 Dekabr 2009, 19:33:39

Abdulhafiz, Ziyovuddin, Abdul_Malik, registan, Abu Muso, Samarqandiy, Guli, Muhseena, siddiqa, Nurzoda, Mahdiyahga:

Tasavvur qiling. Sizda imkoniyat paydo bo'ldi. (bo'lg'usi) umr yo'ldoshingiz ham siz bilan safar qilmoqchi. Moliyaviy yoki boshqa tomondan muammo yo'q. Faqat uchta shaharni tanlash imkoni berildi. Qaysi shaharlarni tanlardingiz va nima uchun?  (Makkai mukarrama, Madinai munavvara, Quddusi sharifdan tashqari)

PS. Ushbu savollarga istalgan yuser javob berishi mumkin.
Assalamu alaykum.
1.London-tinch va sokin joy,yoshlikdagi orzu....
2.Qohira-hamma arab davlatlarini ko'rib chiqardim imkon bo'lsa,faqat urush-janjal bo'lmagan joylarini...
3.Kuala Lumpur-shunchaki havas qilaman....
Umuman qayer bo'lishidan qat'iy nazar tinchlik bo'lishini xohlardim.Odam urush,falokatlarni eshitaverib charchadi.

Qayd etilgan

Nurzoda  30 Dekabr 2009, 05:31:11

Abdulhafiz, Ziyovuddin, Abdul_Malik, registan, Abu Muso, Samarqandiy, Guli, Muhseena, siddiqa, Nurzoda, Mahdiyahga:

Tasavvur qiling. Sizda imkoniyat paydo bo'ldi. (bo'lg'usi) umr yo'ldoshingiz ham siz bilan safar qilmoqchi. Moliyaviy yoki boshqa tomondan muammo yo'q. Faqat uchta shaharni tanlash imkoni berildi. Qaysi shaharlarni tanlardingiz va nima uchun?  (Makkai mukarrama, Madinai munavvara, Quddusi sharifdan tashqari)

PS. Ushbu savollarga istalgan yuser javob berishi mumkin.

 :as:

Avvalo kotta rahmat savol uchun  :)

Shunday imkoniyat bo'p qosa avvalo o'zbekistoni barcha viloyatlarini aylanish holirdim asosan vodiyni hich bo'maganmande  ::) chet elga chiqishga kesey

Turkiyaga nega deganda turk xalqini judayam yoqtiraman
boshqa shaharlani to'risi unchalik yoqtirmiman  :)[/b]

Qayd etilgan

As-Samarqandiy  30 Dekabr 2009, 06:52:07

Abdulhafiz, Ziyovuddin, Abdul_Malik, registan, Abu Muso, Samarqandiy, Guli, Muhseena, siddiqa, Nurzoda, Mahdiyahga:

Tasavvur qiling. Sizda imkoniyat paydo bo'ldi. (bo'lg'usi) umr yo'ldoshingiz ham siz bilan safar qilmoqchi. Moliyaviy yoki boshqa tomondan muammo yo'q. Faqat uchta shaharni tanlash imkoni berildi. Qaysi shaharlarni tanlardingiz va nima uchun?  (Makkai mukarrama, Madinai munavvara, Quddusi sharifdan tashqari)

PS. Ushbu savollarga istalgan yuser javob berishi mumkin.
Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

    Savolingiz va e'tiboringiz uchun katta rahmat. O'ylaymanki, o'rinli savol berilgan.
    Mobodo bu uch muborak shaharlarni ham tanlash huquqi berilganda ham, men birinchi bo'lib ona shahrim bag'ridagi bir qishlog'ni tanlagan bo'lar edim. Inshoolloh Olloh umr bersa aslida ham shunday qilaman. Shahar qolib qishloqniya deya ajablanayotgan bo'lishingiz mumkin. Bu qishloq Imom al Buxoriyni o'z bag'riga olgan qishloqdir.
    Bu kishini ziyorat qilmasdan boshqa shaharlarga safar qilishligimni o'zimga nojoiz deb bilaman. U kishi payg'ambarimiz Muhammad s.a.v sevgan zotdir.

Olloh hammangizni o'z panohiga olsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Qayd etilgan

G_u_l_i  30 Dekabr 2009, 07:51:14

Abdulhafiz, Ziyovuddin, Abdul_Malik, registan, Abu Muso, Samarqandiy, Guli, Muhseena, siddiqa, Nurzoda, Mahdiyahga:

Tasavvur qiling. Sizda imkoniyat paydo bo'ldi. (bo'lg'usi) umr yo'ldoshingiz ham siz bilan safar qilmoqchi. Moliyaviy yoki boshqa tomondan muammo yo'q. Faqat uchta shaharni tanlash imkoni berildi. Qaysi shaharlarni tanlardingiz va nima uchun?  (Makkai mukarrama, Madinai munavvara, Quddusi sharifdan tashqari)

PS. Ushbu savollarga istalgan yuser javob berishi mumkin.

Assalamu alaykum, Savol -n tashakkur!

1. Istambul-masjidlarni ko`rishni hohlardim.
2. London-dugonam singari bolalikdagi orzulardan biri.
3. Paris-ma`lum va mashhur minorani o`z ko`zlarim b-n ko`rish u-n shu shaharni ham tanlagan bo`lardim.

Qayd etilgan

G_u_l_i  31 Dekabr 2009, 20:42:02

Yuqoridagi postimga ilovacha:

To`g`risi moliyaviy tomondan qiyinchilik bo`lmasa-da, shunchaki shaharlarni tomosha qilish u-n  safarga chiqishni hohlamasdim,(menimcha pul ko`p bo`lsa, safar qilishdan ko`ra, ehson qilgan ma`qulroq).
Ilm olish yo`lida o`qish u-n yoki biror bir ish yuzasidan shu shaharlarga borishni istardim. Shunda yo`l-yo`lakay shahardagi e`tiborga sazovor jojlarni borib ko`rish imkoniyati paydo bo`ladi, menimcha.

Qayd etilgan

Ansora  01 Yanvar 2010, 14:46:54

Munira xonim, Diydor, Saltanat, Kapalak opalarga:

Ayol kishi uchun safarning foydalari va zararlari nimadan iborat deb o'ylaysiz?

A.alaykum. Ko'rmagan joylarga sayohat qilish qiziqishi bizni oilaviy qonimizda bor, desam adashmayman.
Rahmatli otam Abdulhamid Qosimov domla Geografiya o'qituvchilari edi. 72-73 yoshlarigacha maktabda dars berdilar. Bu ulug' ayyom kunda otamni esga oldim, Alloh rahmatiga olgan bo'lsin iloyim.
Ota-onam ham eski SSSR ni ancha Jumhuriyatlarini kezib kelishgan, bilasizlar oldin na viza dardi bor edi na boshqa narsa...
Men tug'ilganimda hatto dadam Batumi (Gruziya)da ekanlar.
Men ham Turkiyaning 81 viloyatidan 20 dan ortig'ini aylanganman. Juda katta taassurotlarim bor.
Sizni savolingizga kelsak, turmush qurganimga 14 oy bo'ldi, shu vaqt davomida ho'jayinim bilan tayinli bir joyga borish nasib qilmadi, ishlari bunga eng katta sabab.
Xozircha bir narsa deyishim qiyin oilaviy sayohat haqida, lekin qiyinchiligidan ko'ra menda qolgan taassurotlar ko'proq bo'lsa kerak, deb o'ylayman.

Hayirlisi bo'lsin inshalloh  : )

Qayd etilgan

Ansora  04 Yanvar 2010, 21:40:35

Abdulhafiz, Ziyovuddin, Abdul_Malik, registan, Abu Muso, Samarqandiy, Guli, Muhseena, siddiqa, Nurzoda, Mahdiyahga:

Tasavvur qiling. Sizda imkoniyat paydo bo'ldi. (bo'lg'usi) umr yo'ldoshingiz ham siz bilan safar qilmoqchi. Moliyaviy yoki boshqa tomondan muammo yo'q. Faqat uchta shaharni tanlash imkoni berildi. Qaysi shaharlarni tanlardingiz va nima uchun?  (Makkai mukarrama, Madinai munavvara, Quddusi sharifdan tashqari)

PS. Ushbu savollarga istalgan yuser javob berishi mumkin.

Agar shunday imkonimiz bo'lsa:

1. Sidney. Nimagadir bolaligimdan beri Avstraliyani yaxshi ko'raman.

2. Sankt- Peterburg. "Ermitaj" muzeyini ko'rish orzuyim bor...Qo'lyozmalar bo'limida bizni mamlakatlarimizda ham topilmagan qo'lyozmalar borligini Ermitaj katalogida ko'rgandim. Masalan Alisher Navoiyga oid o'nlab asarning orijinal nushasi bor:(

3. Hindistonning Agra shahri, Tojmahalni ko'rish uchun. Podshohning ishqi uchun qurdirgan bu o'lmas asarni yaqindan tomosha qilish boshqacha bo'lsa kerak. Qolaversa Boburshoh bosgan tuproqlarni ko'rish ham hammaga nasib bo'lavermaydi...

İnson qayerga bormasin albatta oldindan u yer haqida ozmi-ko'pmi ma'lumotga ega bo'lishi kerak. Buni tajribalarimdan bilaman, bo'lmasam quruqdan-quruq himmm deb vaqt sarflashdan nariga o'tmaydi inson.

Qayd etilgan

Bekmirzo  05 Yanvar 2010, 11:04:57

Tasavvur qiling. Sizda imkoniyat paydo bo'ldi. (bo'lg'usi) umr yo'ldoshingiz ham siz bilan safar qilmoqchi. Moliyaviy yoki boshqa tomondan muammo yo'q. Faqat uchta shaharni tanlash imkoni berildi. Qaysi shaharlarni tanlardingiz va nima uchun?  (Makkai mukarrama, Madinai munavvara, Quddusi sharifdan tashqari)

1. Potsdam (Germaniya) - o'sha shahardagi dunyoga mashhur Sanssouci-Parkni va shu park ichida joylashgan Yangi qasrni ko'rsatish uchun. Qasrning ikkinchi qavatidagi bir xona "Amir Temur xonasi" deb ataladi. O'sha xonaning katta devoriga Amir Temur turk sultoni Boyazidni asirga olib turgan holati tasvirlangan va 18-asrda bir italyan rassomi tomonidan ishlangan katta hajmdagi surat ilingan. O'zim ikki marta borganman shu qasrga. Qasrning 1-qavatidagi qabul va raqs zallari ham dahshat chiroyli ishlangan.

2. Salzburg (Avstriya) - Mozart kayfiyati ufurib turadigan bu shaharda bir marta bo'lganman, go'zal taassurotlar qolgan. Marcipandan tayyorlanadigan Mozart-Kugeln degan shokoladlari ham dunyoga mashhur, shu shokoladdan ham o'sha yerning o'zida olib berardim :)

3. Barcelona (Ispaniya) - Hali bu shaharga borish nasib qilmagan. Qachonlardir borib, bu shaharni ham ziyorat qilishni dilimga tugib qo'yganman. Me'morchilik san'atining o'ziga xos namunalari bilan ajralib turadigan joy, deb bilaman.

Qayd etilgan

siddiqa  12 Yanvar 2010, 08:46:22

Abdulhafiz, Ziyovuddin, Abdul_Malik, registan, Abu Muso, Samarqandiy, Guli, Muhseena, siddiqa, Nurzoda, Mahdiyahga:

Tasavvur qiling. Sizda imkoniyat paydo bo'ldi. (bo'lg'usi) umr yo'ldoshingiz ham siz bilan safar qilmoqchi. Moliyaviy yoki boshqa tomondan muammo yo'q. Faqat uchta shaharni tanlash imkoni berildi. Qaysi shaharlarni tanlardingiz va nima uchun?  (Makkai mukarrama, Madinai munavvara, Quddusi sharifdan tashqari)

PS. Ushbu savollarga istalgan yuser javob berishi mumkin.

Savol uchun tashakkur ,
demak safar qilishlikdan oldingi bundan ham muhimroq vazifalar o'talgach,albatta safar qilardim ,safar qiling salomat bo'lasiz degan olimlar ,
1 Malaysia (Kula Lampur ) ja maqtavorishdi ,shu bir o'tib choy ichib kemasam bo'miydi ,aslida u yerdagi 100 mingdan ortiq tirik kapalaklar muzeyini ko'rish niyyati bor .

2 Parij necha yil oldingi  orzu ,ko'ramiz hali
 
3 Afrika hayotini biror shahar yoki qishlog'iga borsam ,ham shukr ,ham fikr qilishlikka .jonli tabiat .

Qayd etilgan