AbdulAziz, Akbarjоn, Muslima, Robiya, Munira xonim, Yurist, Musannif Adham, Shokir63, Muhseena, Nurzoda, siddiqa, Bekmirzo, Kapalak, G_u_l_i, TITAN-UZ, Mahdiyah, Ziyovuddin, registan, Abdulhafiz, Samarqandiy va javob berishni istagan barcha uzerlarga:
1. Ilk maktabga chiqqan kuningizni eslay olasizmi?
2. Birinchi o'qituvchingiz kim edi?
3. Partada kim bilan o'tirgansiz?
4. Sinfdagi qaysi qiz (yigit)ni yoqtirib qolgansiz? (To'g'ri tushuning, yosh bolada qiziqish bo'ladi. Uni sevgi deb atalmaydi. Oddiy qiziqish yoqtirish bo'ladi. Masalan, sinfda kim a'lochi bo'lsa, o'shani hammalari yoqtirib qolishadi. Shu asosda javob bering.)
5. Birinchi olgan 5 ("a'lo") va 2 bahoingiz qaysi fandan edi?
Assalomu-alaykum, savol uchun katta rahmat Shoir.
1-2 savolga birgalikda javob beraman:
Meni birinchi o’qituvchim ayam hisoblanadilar, desam adashmayman. O’zlari o’qituvchi bo’lganliklari uchun 4 yoshimda mendagi o’qish-yozishga bo’lgan qiziqishni payqabdilar va harflarni o’rgatgata boshlagan ekanlar. "œNolevoyga" 5 yoshimda borganman, huddi boxchaga o’hshagani uchun bolalar asosan o’yin o’ynashardi. Meni esa bir narsalar yozib, o’qigim kelardi. Dadamni ishlari tufayli "œNolevoyni" birinchi marta borgan maktabimda tugata olmay boshqa joyga ko’chganmiz. 6 yoshimda maktabga borganman, 1 chi sinfga yana olishmagan, majbur yana "œNolevoy’da o’qiganman
Ohiri 7 yoshga to’ldim va nihoyat 1 chi sinfga olindim, lekin oradan ko’p o’tmay boshqa taraflarga qarab ko’chganmiz. Alifbe bayramiga 1 haftagina qolganda uyimizdan juda uzoqlarga qarab ko’chganmiz. "œSinfkom" bo’lganim uchun Alifbe bayramida menga ancha-muncha vazifa berilgandi. She’rlarim bor edi, kichkina teatrimizda rolim bor edi"¦Yangi ko’chib borgan joyimizda ham oradan ko’p o’tmay Alifbe bayrami nishonlandi. Maktabda, sinfda yangi bo’lganim va butun she’ru-qo’shiqlar bo’linib bo’lganligi uchun menga hech qanday "œvazifa berilmagan"
bularni haliyam eslasam bolaligimdagi o’sha onlarni qaytadan yashaganday bo’laman. Chunki men uchun o’qish, alifbe juda qadrli edi. Alifbe bayramida menga ilm bergan o’qituvchilarimga bo’lgan minnatdorchiligimni bir navi bildiraman, deb o’ylagandim :(Kattakon zalni, kattakon sahnasidagi bolalarning ichida eng ohirgi qatorlarda ichimdan hafa bo’lib kuzatgandim bu nishonlashni"¦.Eng ohirgi marta ko’chgan joyimizda birinchi o’qituvchimni isimlari Fotima opa Abdurahmonova edilar. Alloh uztozimdan rozi bo’lsin. 4 yil bizga ilm berdilar, tarbiyaladilar. Meni qizlariday yaxshi ko’rardilar. Doimo ota-onamga maqtab gapirganlari gapirgan edi. Yoshimiz ulg’ayib, o’qituvchi bo’lishga qaror berganimni eshitib juda xursand bo’lgandilar.
3. Sovet paytini avjiga chiqqan paytlarida maktabga boshlaganim uchun albatta bir yigit, bir qiz otirganmiz. Alifbe bayramidan ko’p o’tmay o’qituvchimiz meni darslarga bo’lgan qiziqishimni sezdilar, sinfga o’rganishim uchun juda katta yordam berdilar. Adashmasam, 2 oylardan keyin sinfkom qilib saylandim. Keyin sinfda qoida bor edi: bir yaxshi o’qiganni yonida bir yomon o’qiydigan o’quvchi o’tirardi. Sinfning butun ikkichi o’quvchilari bilan o’tirganman, o’qituvchimiz 1-2 oyda meni yonimdagi yomon o’qiydigan o’quvchini o’zgartirib turardilar. Ham to’palon qilmasligi ham darslarni yaxshi tayyorlashidan men mas’ul edim. Bazi a’zolar aytganday men ham Lenin partasida o’tirganlardanman : )Hammani partasida oq rangli mato, faqat meni partamda qizil rangli mato solingandi. Ah Lenin seni bizga qanday tanitishgandi, sen esa bizday sof bolalarni miyyasini berkorga band etibsan"¦.
4. Men oilada ham opa bo’lganim uchun, sinfdagi hammaga o’zimdan kichkinaday qarardim : )Unaqa yaxshi ko’rish-falon degan narsalarga umuman yo’l yo’q edi : )Lekin parallel sinfni sinfkomi Dilshod degan bolani juda hurmat qilardim, maktabni bitirguncha u ham men ham sinfkom bo’ldik, maktabda o’tkaziladigan har xil tabdirlarda asosiy raqibim Dilshod edi, bilimi juda kuchli bola edi. Maktabni ham bitirdik, men Nizomiyga kirdim, u ham qaysidir Unv-ga kirgandi, lekin oradan ko’p o’tmay Dilshodning sariq kasalligidan o’lganligini eshitdim. Alloh Dilshodni rahmat qilsin. Unigday odobli-o’rtog’lariga doimo hurmat-izzatda bo’lgan bola to’grisi u yoshlarda kam bo’ladi. Juda og’ir bosiq edi.
Bazilar yaxshi o’qiydiganlarni hamma yaxshi ko’rardi, deyishibdi, men yaxshi o’qirdim lekin hamma mendan qo’rqardi
5. Maktab tugaguncha hech qachon" 2" yoki "œ3" baho olmaganman. Birinchi marta Rus tili darsidan 2 chi sinfda "œ4" olgandim, chunki darsga unchalik yaxshi tayyorlana olmagandim. Bir savolga javob bera olmaganim uchun o’qituvchimiz 4 bergandilar, men rosa yig’lagandim, u kishi nasihat qilgandilar. Bahoga bunchalik ahammiyat berma, asosiysi biliming kuchli bo’lsin, baho o’tkinchi lekin bilimingni hech kim sendan ololmaydi, deb.
Keyingi sinflarda bir-ikki martagina 4 baho olganman. Aslida bu "œ5" baho olishga qiziqish unchalik yaxshi narsa emas, kasallikday gap. Meni ham kundaligimni haliyam ayamlar saqlashadi. Kunda 5-6 dars bo’lsa, 6 kunda eng kamida 30 ta "œ5" bo’lardi"¦.Farzandim maktabga boshlaganida unga yaxshi baho olish kerakligini, lekin o’zini "œo’tdan cho’qqa urmasligini" nasihat qilaman inshalloh.